22
Axborot-kutubxona infratuzilmasi (AKI)
tushunchasi ostida
respublika yoki mintaqa miqyosida axborot-kutubxona muassasalarining
(AKM) foydalanuvchilari ehtiyojlarini maksimal ravishda qondirishga
qaratilgan, axborotni saqlash va tavsiflash, yagona uzatish standartlariga
asoslangan yagona tarmoqqa birlashuvi tushuniladi.
Axborot-kutubxona muassasalarini (AKM)
rivojlantirishda asosan
quyidagi ikkita model ishlatiladi:
1.AKMlarining mahalliy taqsimlangan modeli. №1 model.
2.Mijoz-server modeli. №2 model.
AKMlarining mahalliy taqsimlangan modeli.
1-model 1970-80-
yillar va 90-yillar boshida yetakchi G‘arb davlatlarining kutubxona va
arxivlarida keng tarqalgan edi. Bunda har
bir axborot muassasalari
o‘zining elektron kataloglarini tashkil etib,
elektron pochta va
Internetdan axborot va yozuvlar almashuvida foydalanganlar.