• Foydalanuvchinig shaxsiy kabineti
  • Axborot tarmoqlarida axborot himoyasining bir nechta darajasi




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    Axborot tarmoqlarida axborot himoyasining bir nechta darajasi
    nazarda tutilgan: 
    • 
    Axborot resurslarini ruxsatsiz tahrirlash, to‘ldirish, o‘chirishdan 
    himoya qilish (foydalanuvchining login va parolini, ramzlarni 
    tekshirish, ramzlarni generatsiyalash va kombinatsiyalash orqali login va 
    parollarni topishga urinish (xakerli urinishlar); 

    SQL Injectiondan himoyalash;

    Bosh server ma’lumot bazalarini himoyalash.
    Bibliografik 
    yozuvlar 
    almashinuvida 
    ISO 
    2709 
    standarti 
    qo‘llaniladi. Har bir kutubxona bosh serverda foydalanuvchilar haqida 
    foydalanuvchilarni resurslardan foydalanishi borasidagi statistik 
    ma’lumotlarning bazasini tuzishlari, elektron resurslar asosida 
    o‘zlarining axborot muhitini tashkil etishlari mumkin. Shuningdek,
    foydalanuvchilarning va korporativ resurslarning shaxsiy kabinetlarini 
    shakllantirish imkoniyati mavjud (3-jadval ). Bu foydalanuvchilarga 
    bosh serverdagi diskli muhit yordamida adabiyotlardan foydalanishning 
    statistik hisobini yuritish, o‘zining individual elektron kutubxonasini 
    yaratishga imkon beradi. 
    Foydalanuvchilar va korporativ resurslarning shaxsiy kabinetlarini 
    shakllantirish imkoniyati 
    3-jadval 
    Foydalanuvchinig shaxsiy kabineti
    i- foydalanuvchi statistikasi (so‘rovlar, so‘rovlar kategoriyasi, 
    xizmatlarning bajarilishi, foydalanilgan adabiyotlar) 
    Shaxsiy elektron kutubxona 
    Foydali havolalar va 
    foydalanuvchining 
    elektron katalogi 
    Shaxsiy foydalanish 
    uchun import 
    qilingan axborot 
    resurslari 
    Foydalanuvchi 
    tomonidan 
    shakllantirilgan axborot
    resurslari 
    Foydalanuvchi ID – password 
    O‘zbekiston ARM korporativ tarmog‘ida o‘tkazilgan tadqiqotlar 
    shuni ko‘rsatadiki, bu texnologiyalarni qo‘llash quyidagi afzalliklarga 
    ega:


    28 

    kutubxona ma’lumotlarini qayta ishlashda yuqori darajadagi tezlik; 

    ARMdagi shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan texnik talablar va 
    foydalanuvchilar uchun texnik talablarning pasayishi; 

    moslashuvchanligi; 

    samaradorligi: dasturiy ta’minot uchun qo‘shimcha mablag‘ 
    ajratilmaydi, foydalanuvchilar uchun ma’lumot bazalariga onlayn ega 
    bo‘lish imkoni yaratilib, kompyuter xotirasi tejaladi (ma’lumotlar va 
    dasturlar masofaviy serverlarda saqlanadi). 
    Texnologik masalalarni yechish tashkiliy masalalarni yechishdan 
    ko‘ra osonroq ekani aniqlandi. Tashkiliy masalalarga quyidagi vazifalar 
    kiradi:

    Axborot-resurs 
    markazlari 
    xodimlariga 
    avtomatlashtirilgan 
    tizimlar va korporativ tarmoqda ishlash bo‘yicha ta’lim berish; 

    Korporativ tarmoqda ish jarayonini boshqarish; 

    Tarmoqning muvaffaqiyatli ishlashi uchun ijrochilar orasida 
    vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi; 

    Resurslardan foydalanishda mualliflik huquqi masalalarini hal 
    qilish.
    Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tashkiliy masalalarni samarali hal etish 
    loyihani amalga oshirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
    Tashkiliy masalalarni yechishda to‘liq matnli elektron resurslardan 
    foydalanishni ta’minlash hamda elektron nashrlarga oid mualliflik 
    huquqlariga rioya qilish masalalari muhim o‘rin tutadi.
    ARMAT tizimida uchta ish tartibi nazarda tutilgan:
    1.
    Axborot manbadan erkin foydalanish. Muallif yoki manba egasi 
    tomonidan mazkur manbadan ochiq foydalanishga imkon yaratish. 
    2.
    Ro‘yxatdan o‘tgach foydalanish imkoni. Muallif yoki manba egasi 
    tomonidan 
    dastlabki 
    ro‘yxatdan o‘tgach, mazkur manbadan 
    foydalanishga imkon yaratish. 
    3.
    Pullik foydalanish. Axborot manba resursning to‘lovi amalga 
    oshirilgach taqdim etiladi. 
    Yuqorida keltirilgan masalalarni to‘liq hal etilishi ARM korporativ 
    tarmog‘ining samarali ishlashiga imkon yaratadi. 
    Bu model quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

    kuchli xarakteristikaga ega server yig‘ma elektron kataloglarni 
    (YEK), ta’lim muassasalari ARMlari elektron kataloglari va to‘liq 
    matnli ma’lumot bazalarini saqlash uchun o‘rnatiladi;


    29 

    avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi faqat bosh serverda 
    o‘rnatiladi. Zaruratga ko‘ra ARMlar ma’lumotlarni bosh serverdan 
    o‘zlarining serverlariga yuklab olishlari mumkin;

    ma’lumot bazalarini boshqarish markazlashgan holda amalga 
    oshiriladi. 
    Tarmoq 
    boshqaruvchilari 
    (administratorlar) 
    axborot 
    xavfsizligini, viruslar xuruji, YEKda ma’lumotlarning takrorlanishini va 
    boshq. nazorat qiladilar;

    har bir ARM mustaqil ravishda o‘zining mutaxassislari tomonidan 
    tuzilgan, shuningdek, boshqa ARM yoki yig‘ma elektron katalog 
    markazidan (YEKM) olib elektron kataloglarini tashkil etishi, yurgizishi 
    mumkin;

    Internet, Intranetning yuqori tezligi talab etiladi, chunki ma’lumot 
    bazalariga bo‘lgan murojaatlar soni juda katta bo‘ladi

    bosh serverda har bir ARM uchun axborot uchun xotira muhiti 
    ajratiladi.
    Tarmoq samaradorligi ko‘rsatkichlari quyidagilar:

    foydalanuvchilar axborot resurslariga erkin ega bo‘lishni 
    ta’minlash. 

    Oliy 
    ta’lim muassasalari ARM va axborot-kutubxona 
    muassasalari korporativ tarmog‘ining YEK orqali qanday axborot 
    resurslari qaysi kutubxonalarda mavjud, ulardan foydalanish bo‘yicha 
    sharoitlarning mavjudligi haqida axborot olish mumkin. 

    Kutubxonalarda elektron kataloglashtirishda takrorlanishlarni 
    qisqartiradi. Elektron bibliografik yozuvlarni qayta takrorlamay, 
    yaratilganlarini tarmoq orqali olish mumkin. 

    Axborot-kutubxona xizmatlarini keng ko‘lamda ta’minlash. Bu 
    axborot resurslariga masofadan turib to‘liq matnli ma’lumot bazalaridan 
    foydalanishga imkon yaratish, hujjatlarni yetkazib berish, ma’lumot 
    bazalarini statistikasini yuritish kabilar.

    Barcha bilim sohalariga oid bibliografik axborotni yetkazib berish 
    sifatini va tezkorligini oshirish. Bibliografik axborot sifati jiddiy 
    yaxshilanadi, 
    chunki, 
    yozuvlar 
    bazasiga 
    ma’lumot 
    kiritish 
    markazlashgan holda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan takroriy 
    tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.

    Axborotni qayerda joylashganidan qat’i nazar foydalanish uchun 
    imkon yaratish tamoyilini amalga oshiradi. YEK ma’lumot bazalari 
    Konsorsumning barcha a’zolari uchun ochiq bo‘lib, har bir ishtirokchi 
    qayerda joylashganidan qat’i nazar ulardan foydalanish huquqiga ega.


    30 

    Axborot resurlariga ruhsatsiz kirish borasidagi xavfsizlikni 
    ta’minlash. YEK ma’lumotlar bazasini boshqarish markazlashgan holda 
    yuqori malakali ma’lumot bazalari va tarmoq administratorlari 
    tomonidan boshqariladi. Bu orqali yozuvlarni himoyalash, o‘chib 
    ketishlarini oldini olish, ruxsatsiz kirishlardan saqlanadi.

    Download 3 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tarmoqlarida axborot himoyasining bir nechta darajasi

    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish