Nazorat savollari:
1.
«Axborot resurslari» nima?
2.
Axborot resurslarni axborot-kutubxona resurslaridan farqini
tushuntiring.
3.
«Jahon axborot resurslari» tushunchasi nimalarni o‘z ichiga
oladi?
4.
«Ma’lumot bazalari» nima?
5.
Ilmiy ishlarni retsenziyalash nima?
6.
Elektron ilmiy-ta’limiy resurslar noshirlarining asosiy
funksiyalari nima?
7.
Ma’lumotlar bazasini oddiy yig‘ma yoki ma’lumotlar
massividan farqi?
8.
Plagiat mohiyati nimada va uning salbiy jihatlari?
9.
«Axborot resurslarini shakllantirish texnologiyasi»ga izoh
bering.
10.
Elektron resurslarni shakllantirish texnologiyalari va
prinsiplarini tushuntiring.
11.
Jahon axborot resurslarini qanday yig‘ish mumkin?
12.
Jahon axborot resurslaridan foydalanish samaradorligini
tushuntiring.
13.
Axborot-kutubxona resurslari integratsiyasi nima beradi?
14.
Lokal
axborot-kutubxona
infrastrukturasi
modeli
xarakteristikasi.
15.
Mijozga yo‘naltirilgan axborot-kutubxona infrastrukturasi
modeli xarakteristikasi.
16.
Axborot-kutubxona
infrastrukturasi
modellarining
afzalliklari va kamchiliklari.
17.
Cloud Technology asosiy xarakteristikalari.
31
2. ELEKTRON ILMIY-TA’LIMIY RESURSLARNI
HUQUQIY HIMOYALASH
2.1. Mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro me’yorlari
“Mualliflik huquqi” (MH) tushunchasining o‘zi XVIII asrning
boshidayoq paydo bo‘lgan. Ushbu huquqning asosiy maqsadi –
insonning intellektual faoliyatini himoya qilish va taqdirlash
hisoblanadi. Elektron resurslarni huquqiy himoyalash nafaqat obuna
bo‘lish va jahon ma’lumot bazalaridan foydalanishga imkon yaratishda,
balki lokal va korporativ tarmoqda o‘z raqamli kutubxonalarini
shakllantirishda ham muhim jihatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
«Mualliflik huquqi» (MX) tushunchasi 1709-yildan beri rivojlanib
kelmoqda. Bu huquqning asosiy maqsadi – insonning intellektual
faoliyatini himoyalash va rag‘batlantirishdan iborat.
MH termini ikki xil mazmunga ega:
O`zining ishini takrorlash yoki ommaviy taqdim
etish mumkinligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish muallifning
shaxsiy huquqi;
muallifning huquqlarini himoya qilish yuridik tizimi, moddiy
huquqiy tizimning bir qismi.
MH (mualliflik huquqi) asarlarga o‘zining umumiy qattiq talablarini
qo‘yadi:
muallif o‘z ishiga ma’naviy huquqqa ega:
hech kim muallifning ruxsatisiz uni o‘zgartirishi yoki muallifnin
familiyasini ko‘rsatmasdan foydalanish huquqiga ega emas;
muallif bajargan ishi uchun mukofot olish huquqiga ham ega;
prodyuser/nashriyotchi ham ko‘pchilik hollarda qo‘shgan hissasi
uchun mukofot olishi kerak.
Barcha holatlarda ham ushbu talablar qo‘yiladimi? Har doim ham
mualliflik huquqi talablariga amal qilish zarurmi? Agar shu masalani
chuqurroq tahlil qilib chiqilsa, umumiy qoidalardan chetlanishlarni
ko‘rsatish mumkin. Bu asosan MH uchun ma’lum chegirmalar nima
maqsadda berilishiga taalluqlidir: ta’lim maqsadlaridami? Madaniyatni
rivojlantirish maqsadlaridami? Ijtimoiy maqsadlardami?
Kutubxona – bu axborot resurslaridan foydalanish faolligi eng ko‘p
kuzatiladigan soha bo‘lganligi uchun aynan kutubxona xodimlari
32
qandaydir alohida shartlarni hisobga olib axborot resurslaridan
foydalanish cheklanishlari hamda imkoniyatlari doirasini o‘rganishlari
zarur.
Kutubxonalar endi kitob, kasseta, disklar kabi fizik oby’ektlarga ega
bo‘lishlari, balki Internet tarmog‘idan va boshqa raqamli axborot
resurslaridan (elektron jurnallar, ma’lumot bazalari va shu kabilar) erkin
foydalanish huquqiga ega bo‘lmoqdalar.
Kutubxonachilarda yangi tashvishlar va vazifalar paydo bo‘lmoqda:
elektron resurslardan foydalanish tartibi to‘g‘risida litsenziyali
kelishuvlarni tuzish;
ular kutubxona fondini bir qismi sifatida tarmoq xujjatlarini tanlab
olish, baholash va solishtirishni o‘rganib olishlari kerak:
shartnoma va shartnoma huquqini o‘qish uchun qo‘shimcha bilim
va ko‘nikmalar olishlari hamda muzokaralar olib borish ko‘nikmalarini
egallashlari kerak.
MHga amal qilish ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy va boshqa
asarlarni rag‘batlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. O‘z asarlarini
kutubxonalarda e’lon qilish va taqdim etishga ijodiy shaxslarni jalb
qilish uchun samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini topish zarur.
Rivojlangan chet davlatlari tadqiqotlari nima uchun mualliflar
kutubxonalarda erkin foydalanish uchun o‘z asarlarini taqdim eta
olishlarining muhim sabablaridan biri-bu muallifning maqolalari yoki
kitobidan foydalanish ko‘rsatkichlarining ancha o‘sishi ekanligini
ko‘rsatadi. Mana shuning hisobiga uning asarlariga o‘quvchilarning
qiziqishlari va talab darajasi bir necha bor ortadi.
Ammo, har qanday holatda ham kutubxona muallif bilan litsenziyali
kelishuv tuzishi lozim. Kelishuv tuzishning qandaydir qat’iy standartlari
mavjud emas, ammo muallif bilan imzolanishida amal qilinishi kerak
bo‘lgan tomonlari bor. Bu tomonlari nimalardan iborat?
Odatda litsenziyali kelishuvlarda quyidagi tushunchalarga kiruvchi
moddalari bo‘ladi:
kelishuv tomoni;
deklarativ qismi;
kelishuv izohlari;
aniqlik kiritish;
qonunni tanlash;
shartnomaning asosiy qismi;
ushub litsenziya tomonidan beriladigan huquq;
33
qo‘llash cheklanishlari;
amal qilish muddati va tugashi sanasi;
yetkazib berish usuli va litsenziyalashtirilgan materiallardan
foydalanish;
litsenzion to‘lov;
litsenziya egasining (kutubxonaning) harakatlari;
bajarish va baholash;
kafolotlari, majburiyatlar, zararni o‘rnini to‘ldirish;
fors-major;
huquqini sotish(berish);
xabardor qilish;
kelishmovchiliklarni hal qilish;
qo‘shimcha hujjatlar;
imzolar.
Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda
mualliflik huquqlari «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risidagi» (21.07.2006-yil) Qonun bilan belgilanadi. Afsuski
elektron nashrlar bilan bog‘liq punktlarni hisobga olish mumkin bo‘lgan
moddalar yoki alohida qonun hali yo‘q, ammo hozirgi paytda asarlardan
kutubxonalarda foydalanishda MHni himoya qilish uchun ushbu
Qonunning qator moddalaridan foydalanishimiz mumkin. Elektron
resurslardan nusxa olish, shakllantirish, yozma hamda elektron
shakllarini tarqatishda kutubxonalar amal qilishlari mumkin bo‘lgan
Qonunning eng muhim moddalarini ko‘rib chiqamiz.
4-moddaga binoan «MH quyidagilarga taalluqli: O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari hisoblangan yoki O‘zbekiston Respublikasida
doimiy turar joyiga ega bo‘lgan mualliflar asarlari yoki boshqa MHning
dastlabki egalariga; mualliflarning fuqaroligi va doimiy turar joyidan
qat’i nazar birinchi bor O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilingan
asarlarga; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga binoan
O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlanadigan asarlarga».
Mualliflik huquqi (MH) adabiyot asarlariga ham taalluqli (5-
modda). Elektron resurslarni, elektron ma’lumotlar bazalarini, elektron
kutubxonalarni yaratishda biz kimningdir asaridan foydalanadigan
bo‘lsak ushbu moddaga amal qilishimiz kerak bo‘ladi.
MH biror-bir oby’ektiv shaklda bo‘lgan, e’lon qilingan hamda
e’lon qilinmagan asarlarga ham taalluqli: yozma (qo‘lyozma, mashinada
terilgan, nota yozuvi va shu kabilar); ovozli yoki video (mexanik,
34
magnitli, raqamli, optik va shu kabi); tasvir (rasm, eskiz, kartina, plan,
chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va shu kabilar); boshqa
formatlardagi.
6-moddaga binoan quyidagilar mualliflik huquqi hisoblanadi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va
boshqalar);
drama va ssenariy asarlari;
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
musiqali drama asarlari;
audiovizual asarlar;
fotosurat asarlari va fotosuratga o‘xshash usul bilan olingan
asarlar;
geografik, geologik va boshqa xaritalar, planlar, eskizlar,
geografiyaga, topografiyaga hamda boshqa fanlarga taalluqli asarlar.
Shundan kelib chiqqan holda, agar darsliklar, ilmiy maqolalar,
kitoblar va hakazolarni raqamli turiga aylantirmoqchi bo‘lsangiz ushbu
asarlardan ixtiyoriy foydalanish, ko‘paytirish bo‘yicha Qonun
qo‘yadigan cheklanishlarni hisobga olish lozim.
7-moddaga binoan asarlarning bir qismi, asarning hosilasi va
tarkibiy qismlari ham mualliflik huquqi oby’ektlari hisoblanishini esda
tutish zarur. Bunga quyidagilar kiradi: mustaqil foydalanilishi mumkin
bo‘lgan asarning ma’lum bir qismlari (shu jumladan uning nomi);
asarning hosilalari (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar,
referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar,
soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va san’at asarlarining boshqa
qayta
ishlanmalari);
to‘plamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar,
ma’lumotlar bazalari) va materiallarning tanlab olinishi yoki
joylashtirilganligiga ko‘ra ijodiy mehnat natijasi bo‘lgan boshqa
jamlama asarlar mualliflik huquqi oby’ektlari hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, elektron to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini,
meltimediali ma’lumotlar bazasini yaratishda kimning asarlaridan, qay
darajada (to‘laligicha yoki qisman, matnli yoki multimediali shaklda)
foydalanilayotganligi hisobga olinishi kerak.
Rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar) hamda ularning
tarjimalari mualliflik huquqi oby’ektlari hisoblanmaydilar; rasmiy
belgilar va ramzlar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilar va shu
kabilar); odatiy ommaviy axborot xususiyatiga ega kun yangiliklari
to‘g‘risidagi yoki kundalik hodisalar to‘g‘risidagi xabarlar. Ushbu
35
hujjatlar, agar ochiq matbuotda e’lon qilingan yoki jamoatchilik
xabardor bo‘lsa hech bir maxsus ruxsatlarsiz va kelishuvlarsiz elektron
ma’lumotlar bazasiga kiritilishi mumkin.
Kim asarning muallifi hisoblanadi? Mualliflik huquqi barcha
qoidalariga amal qilish uchun kimga murojaat etish kerak? Asarning asl
nusxasi yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs muallif
hisoblanadi (10-modda).
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning
taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan
mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan
noshir, agar boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi
hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga
oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi
o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif ekanligini ma’lum
qilguniga qadar amalda bo‘ladi.
Ammo asar bir necha mualliflar tomonidan yozilgan bo‘lishi
mumkin. Hamkorlikdagi asarga MH shunday asar ajralmas yaxlitni
tashkil qiladimi yoki har biri mustaqil ahamiyatga ega qismlardan
tashkil topadimi, bundan qat’y nazar hamkorlikda hammualliflarga
tegishli bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda mualliflar o‘rtasida qandaydir
rasmiy kelishuvlar bo‘lmasa hammualliflardan har biri mustaqil
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zi yaratgan asarning bir qismidan foydalanish
huquqiga ega (12-modda).
Ko‘pincha qandaydir asarlar qayta ishlanadi. Bu holat odatda ilmiy
asarlar, kitoblar bilan kuzatiladi. Ular asosida boshqa mualliflar
to‘ldirishlar va qo‘shimchalar bilan o‘z asarlarini yaratadilar. Ya’ni,
umuman olganda yangi asar paydo bo‘ladi. Agarda yaratilayotgan
elektron resursda boshqa mualliflarning asarlaridan foydalanilgan
bo‘lsa, mohiyati bo‘yicha asarning hosilasi hisoblanadi.
Hosila asarning muallifi qayta ishlangan asarning muallifi
huquqlariga amal qilish sharti bilan o‘zi yaratgan asarga bo‘lgan MH
dan foydalanadi. Bular dastlabki muallifga ilova yoki qandaydir
kelishuvlar bo‘lishi kerak. Hosila asarning muallifi MH qayta ishlashga
asos bo‘lgan asarni boshqa shaxslar tomonidan qayta ishlashlariga to‘siq
bo‘lmaydi.
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usul bilan
foydalanish
huquqiga
ega
(19-modda).
Ya’ni o‘z asarlarini
raqamlashtirishga, ma’lumotlar bazasida saqlashga, Internet orqali
tarqatish uchun berish yoki bermasligini o‘zi hal qilish huquqiga ega.
36
Asardan foydalanishga muallifning favqulodda huquqi quyidagi
harakatlarni amalga oshirish yoki ruxsat berish huquqini anglatadi:
asarning asl nusxasini yoki nus’halarini sotish yoki boshqa
xususiyliklik huquqini (tarqatish huquqini) berish bilan tarqatish. Misol
uchun, muallif asarning raqamlashtirilgan shaklini faqatgina ushbu
kutubxonaning lokal ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkinligi sharti
bilan o‘z asarini kutubxonaga berishi mumkin;
asarni o‘zgartirish, bezash yoki boshqa usul bilan qayta ishlash
(qayta ishlash huquqi);
muallif asaridan har bir foydalanish turi uchun mukofot olish
huquqiga ega (mukofot olish huquqi).
Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganmi yoki undan
foydalanishda
buni
ko‘zlanmaganmi, bundan qat’i nazar, u
foydalanilgan hisoblanadi. O‘z o‘quvchilariga bepul taqdim etish uchun
asarni raqamlashtirgan, ammo buni muallif bilan kelishmagan
kutubxonalar, ARMlar ham MHni buzgan hisoblanadilar.
«Qaysi
asarlardan
muallifning
ruxsatisiz
foydalanishimiz
mumkin?», «Muallif olamdan o‘tgan bo‘lsa nima qilish kerak?»,
«Qadimiy qo‘lyozmalar, nodir asarlarni nima qilish mumkin?», «Ular
kimning mulki?», «Ularni ortiqcha qog‘ozbozliksiz raqamlashtirish
mumkinmi?» degan savollar juda muhim.
Asar muallifining yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va
mukofot to‘lamasdan kutubxonalar erkin foydalaniladigan asarlar
nusxalarini faqatgina vaqtinchalik foydalanishga taqdim etishlari
mumkin. Bunda mualliflik huquqi oby’ektlari bo‘lgan, raqamli shaklda
ifodalangan
asarlarning
nusxalari,
shu
jumladan,
kutubxona
resurslaridan o‘zaro foydalanish tartibida beriladigan asarlarning
nusxalari, bu asarlarning raqamli shakldagi ko‘chirma nusxalarini
yaratish imkoniyatini istisno etish sharti bilan faqat kutubxonalarning
binosi ichida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.
(26-modda):
Asarda muallifning ismi-sharifi, olingan manbasini albatta
ko‘rsatgan holda hamda asardan normal foydalanilishiga zarar
yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik
sharti bilan quyidagi tarzda erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi:
daromad olishni ko‘zlamagan holda, muallifning yoki boshqa
huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda, lekin asaridan
foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbayini
37
albatta ko‘rsatgan tarzda bir nusxada reprografik takrorlashga yo‘l
qo‘yiladi (27-modda);
kutubxonalar va arxivlar tomonidan asarning yo‘qolgan yoki
yaroqsiz bo‘lib qolgan nus’halarini tiklash, almashtirish uchun,
shuningdek o‘z fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yo‘qotgan
boshqa kutubxonalar va arxivlarga asarlarning nusxalarini berish uchun
chop etilgan asarni;
kutubxonalar va arxivlar tomonidan fuqarolarning o‘quv va
tadqiqot maqsadlaridagi so‘rovlari bo‘yicha, shuningdek ta’lim
muassasalari tomonidan auditoriya mashg‘ulotlari uchun to‘plamlarda,
gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalari va
kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki
suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada.
Kutubxona o‘z o‘quvchilari uchun mana shunday ixtisoslashtirilgan
elektron-kutubxonalarni yaratishi mumkin.
Qonun dasturli mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari egalari va
foydalanishga MHni ham qamrab oladi. EHM uchun dasturning yoki
ma’lumotlar bazasining nusxasiga qonuniy ega bo‘lgan shaxsning
keyinchalik shaxsiy foydalanish maqsadida EHM uchun dasturni yoki
ma’lumotlar bazasini erkin takrorlashga va soddalashtirishga bo‘lgan
huquqi qonun bilan belgilanadi (32-modda).
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning
vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi (35-modda).
Hammualliflikda
yaratilgan
asarga
bo‘lgan mualliflik huquqi
hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng
uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida
amal qiladi. Agar asarning muallifi va hammualliflari ellik yil ilgari
vafot etgan bo‘lsalar kutubxona hech bir maxsus ruxsatlarsiz elektron
resurslar yaratishi va ularni lokal tarmoqda, Internetda hamda sotish
uchun taqdim etishi mumkin.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga
bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin ellik yil
davomida amal qiladi. Ya’ni kutubxonada saqlanadigan qadimiy
qo‘lyozmalar qo‘shimcha ruxsatlarsiz raqamlashtirilishi mumkin.
Muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tadi (36-modda).
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tmaydi.
Muallifning merosxo‘rlari ko‘rsatilgan huquqlarni himoya qilishga
haqlidir. Merosxo‘rlarning ushbu huquqlari muddat bilan cheklanmaydi.
38
Asarlarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddati tugashi
ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi (37- modda).
Mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo‘li bilan
huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin (38-
modda).
Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq
huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi
asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish
to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mualliflik shartnomasi (yoki litsenziya kelishuvi)da quyidagilarni
nazarda tutish kerak:
asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida
o‘tkaziladigan aniq huquqlar);
asardan foydalanishning har bir usuli uchun to‘lanadigan haq
miqdori va (yoki) to‘lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni
to‘lash tartibi hamda muddatlari (39-modda).
Misol uchun muallif o‘z asarining elektron shaklidan faqatgina
ushbu kutubxona doirasida (kompyuterli o‘quv zalida) va uning
o‘quvchilari uchun nusxa olish huquqisiz foydalanishga ruxsat berishi
mumkin. U elektron versiyasini sotishda foizlarni talab qilishi yoki hech
qanday cheklanishlarsiz kutubxonaga undan foydalanishda to‘la erkinlik
berishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi
qancha muddatga o‘tkazilishi to‘g‘risida shart belgilanmagan taqdirda,
shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil o‘tganidan keyin, agar
foydalanuvchi shartnomani bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin
bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa, shartnoma muallif
tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal
qiladigan hudud doirasi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda,
shartnomaga binoan boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan huquqning amal
qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi. Boshqa
shaxsga o‘tkazilishi mualliflik shartnomasida bevosita nazarda
tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga o‘tkazilmagan
deb hisoblanadi.
To‘lanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning
tegishli usuli uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi yoki
agar buni asarning xususiyati yoki undan foydalanishning o‘ziga xos
jihatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish mumkin bo‘lmasa,
39
shartnomada qayd etilgan summa tarzida yoxud boshqacha tarzda
belgilanadi.
Shartnomada, masalan, asarni onlayn foydalanish uchun pullik
taqdim etilganda foydaning ma’lum qismini to‘lash kabi mukofot turi
ko‘zda tutilishi mumkin. Bunday holatlarda manbaga necha bor
murojaat etilganligi, asardan necha bor nusxa olinganligi qat’iy qayd
etilishi kerak.
Asar mualliflari, ijrochilari yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy
huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy
asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir (56-60-moddalar).
Kutubxona konsorsiumi shunday tashkilot bo‘lishi mumkin.
Konsorsium, notijorat tashkilot sifatida muallif bilan asarning elektron
shaklidan va kutubxona – konsorsium a’zolari doirasida foydalanishga
eksklyuziv huquqqa shartnoma tuzishi mumkin. Bu holat konsorsiumga
birlashgan kutubxonalarga har biri alohida shartnoma tuzgan holatlarga
qaraganda mablag‘ni ancha tejashga, muallifga esa munosib mukofot
olishiga imkon beradi. Konsorsium kutubxonalari kutubxonalardan
biriga mualliflar bilan muzokaralar olib borish va konsorsium nomidan
shartnomalar imzolash vakolatini berishlari mumkin.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning
faoliyatiga nisbatan monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan cheklashlar qo‘llanilmaydi.
Konsorsium o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan
bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar
asosida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi (58-modda):
mukofot miqdorini va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa
shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olish;
konsorsium boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun
foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish;
tashkilot to‘lanadigan haqni yig‘ish bilan ushbu Qonunda nazarda
tutilgan hollarda shartnoma tuzmasdan shug‘ullangan taqdirda, bunday
haq miqdorini foydalanuvchilar bilan kelishib olish;
shartnomalarda nazarda tutilgan haqni yig‘ish, taqsimlash va
to‘lash;
bunday tashkilot o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish
uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish;
shunday tashkilot tomonidan belgilangan tartibda asarlarni va
(yoki) turdosh huquqlar oby’ektlarini, shuningdek asarlarga va (yoki)
40
turdosh huquqlar oby’ektlariga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga
o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olishni va (yoki)
saqlashga topshirishni amalga oshirish.
Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot huquq
egalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida va qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin (62-modda).
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish quyidagilar bo‘lishi
mumkin:
mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;
ijrochining ism-sharifga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda buzib
ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan
himoya qilish huquqlarini buzish;
huquq
egasi
yoki
mulkiy
huquqlarni
jamoaviy
asosda
boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh
huquqlar oby’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda
foydalanish, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to‘lash
to‘g‘risidagi talablarni buzish;
asarlardan yoki turdosh huquqlar oby’ektlaridan huquq egasi yoki
mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan
tuzilgan shartnoma bo‘yicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan holda
foydalanish;
huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’ektlarining takrorlanishi yoki
tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda
amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir. Ushbu Qonunga
muvofiq muhofaza qilinadigan asarlarning va turdosh huquqlar
oby’ektlarining bunday asarlarni va turdosh huquqlar oby’ektlarini
muhofaza qilish to‘xtatilgan yoki hech qachon muhofaza qilinmagan
davlatlardan huquq egalarining roziligisiz import qilinadigan nusxalari
ham kontrafakt nusxalardir.
Elektron resurslarni yaratish va foydalanishda mualliflik huquqini
himoya qilish bo‘yicha muhim tomonlarini ko‘rsatish mumkin.
1. An’anaviy va elektron ko‘rinishda taqdim etilganda quyidagilar
mualliflik huquqi oby`ektlari hisoblanadi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa
asarlar);
drama va ssenariy asarlari;
41
matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
musiqali drama asarlari;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy
san’atning boshqa asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan
asarlar;
geografik, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya,
topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar.
2. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida
ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar
muallifi hisoblanadi. Elektron to‘la matnli ma’lumotlar bazasini va
meltimediali ma’lumotlar bazasini yaratishda kimning asarlaridan, qay
darajada (to‘laligicha yoki qisman, matnli yoki multimediali shaklda)
foydalanayotganligimizni hisobga olish kerak.
3. Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda
foydalanish mutlaq huquqiga ega. Muallif kutubxonaga o‘z asarlarini
raqamlashtirish, ma’lumotlar bazasida saqlash, Internet orqali tarqatish
uchun ruxsat berishi yoki ruxsat bermasligi mumkin.
4. Muallif o‘z asaridan elektron ko‘rinishda foydalanganligi uchun
mukofot olish huquqiga ega (mukofot olish huquqi). Ushbu huquq
muallif va kutubxona o‘rtasida maxsus kelishuv bilan belgilanadi.
5. Muallif roziligisiz va mukofott to‘lashsiz quyidagi hollarda
ularning asarlarini elektron kutubxonaga kiritish mumkin:
ellik yil ilgari vafot etgan mualliflarning asarlaridan kutubxona
to‘siqlarsiz foydalanishi mumkin;
kutubxonada saqlanadigan qadimiy qo‘lyozmalardan hech bir
qo‘shimcha ruxsatlarsiz raqamli ko‘rinishga keltirilishi mumkin (27-
modda).
6. Shuningdek, daromad olishni ko‘zlamagan holda muallifning
yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda, lekin
asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va albatta
reprografik asar olingan manbani ko‘rsatgan tarzda kutubxonalar va
arxivlar tomonidan.
7. Asarning yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan nusxalarini
tiklash, almashtirish shuningdek o‘z fondlaridan bu asarlarni biron sabab
42
bilan yo‘qotgan boshqa kutubxonalar va arxivlarga asarlarning
nusxalarini berish uchun chop etilgan asarni;
8. Kutubxonalar va arxivlar tomonidan fuqarolarning o‘quv va
tadqiqot maqsadlaridagi so‘rovlari bo‘yicha, shuningdek, ta’lim
muassasalari tomonidan auditoriya mashg‘ulotlari uchun to‘plamlarda,
gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va
kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki
suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada takrorlashga yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, Butundunyo intellektual mulk egaligi (WIPO) tashkiloti
1974-yil tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Birlashgan Millatlar tashkiloti
organi sifatida intellektual mulk borasida ishtirokchi mamlakatlarga
bo‘lgan talablarni o‘rnatadi. Bu talablar quyidagi hujjatlarda o‘z aksini
topadi:
1996-yilgi Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnoma (The WIPO
Copyright Treaty 1996), Ijro va fonogrammalar bo‘yicha 1996-yilgi
shartnoma VOIS (The WIPO Performances and Phonograms Treaty
1996);
VOIS va VTO o‘rtasidagi 1995- yilgi shartnoma (the Agreement
between WIPO and WTO; 1995);
Adabiy va badiiy asarlarni himoyasi bo‘yicha Bern Konvensiyasi
1971-yilgi Parij akti (the Paris Act; 1971);
Ijrochilar, ovoz yozish prodyuserlari, eshittirish tashkilotlarini
himoyalash xalqaro konvensiyasi (the International Convention for the
Protection of Performers, Producers of Phonograms and Broadcasting
Organisations) .
1961-yilgi Rim konvensiyasi (the Rome Convention; 1961).
Xalqaro Savdo tashkilotlarga a’zo bo‘lish istagini bildirgan
mamlakatlar (WTO) Shartnomani ratifikatsiya qilishga majburlar
Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights (TRIPs)-
intellektual mulk huquqlarini savdo jihatlari bo‘yicha o‘z milliy
qonunchilik doirasida Shartnomani qabul qilishlari lozim. Bu WTOga
a’zo mamlakat dunyo bozoriga chiqish uchun muqobil bo‘lgan
mualliflik huquqining xalqaro normalariga qat’iy amal qilishini
anglatadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda mualliflik huquqi asosiy strukturasini
shakllantiruvchi Bern konvensiyasiga 150 dan ortiq mamlakatlar
qo‘shilgan. Bern konvensiyasining shartnoma shartlari qonunchilikdagi
43
eng so‘nggi o‘zgarishlarni hisobga oladi. Qonunchilikdagi eng so‘nggi
o‘zgarishlar quyidagi prinsiplar ta’siri ostida shakllantiriladi:
1. Shartnoma imzolagan har bir mamlakat kelib chiqishidan qat’iy
nazar barcha asarlarga bir xil himoyani amalga oshirishi zarur.
2. Yaratilgan asarga hech qanday rasmiyatchiliklarsiz mualliflik
xuquqining mavjud bo‘lishi.
3. Mualliflik huquqi himoyasining minimal muddatlarining
belgilanishi.
4.
Barcha mamlakatlar mualliflik huquqi himoyasiga birdaniga bir
xil darajada amal qila olmasliklari tan olinadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun Bern konvensiyasi talablariga biroz yengilliklar
kiritilgan.
5.
Mualliflarning asosiy huquqlari yoritilgan.
6.
Mualliflik huquqi mamlakatning kelib chiqishiga bog‘liq
bo‘lmaydi.
7.
Barcha istsnolar kutubxonalar uchun: Bern konvensiyasi doirasida
yuqoridagi huquq va majburiyatlarning istisnolari tariqasida milliy
miqyosda qabul qilinadi
Universal Copyright Convention-bu mualliflik huquqi bo‘yicha
Xalqaro konvensiyadir. Uning maqsadi davlatlarni Bern konvensiyasini
imzolashga jalb etib, mualliflik huquqi borasidagi Yevropa konsepsiyasi
va mulliflik huquqining umumhuquqiy g‘oyalari o‘rtasidagi qat’iy
iqtisodiy huquqlar konsepsiyasiga asoslangan uzilishlarni qisqartiradi.
Hisoblash va orgtexnikalarning zamonaviy vositalari ARMlarda
hujjatlarni ko‘paytirishni, ulardan nusxa olishni juda ham soddalashtirib,
qulay va arzon bo‘lishini ta’minladi. Zamonaviy bosqichda yirik Milliy
kutubxonalarni foydalanuvchilarni axborot so‘rovlariga javob berishi va
mualliflik huquqining yuridik talablari bajarilishini kutubxonalarning
moliyaviy manfaatlari bilan bog‘liqligi mutanosibligini tahlil qilamiz.
Axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, hujjatlarni nus’halashga bo‘lgan chegaralanishlar
sababchisilari sifatida shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish
mumkin: Huquqiy, miqdoriy, maqsadi bo‘yicha va foydalanish shartlari
bo‘yicha. Quyida dunyoning yetakchi kutubxonalarining hujjatlarni
nusxalash bo‘yicha mualliflik huquqlari tajribasini ko‘rib o‘tamiz
(Germaniya Milliy kutubxonasi, AQSH Kongress kutubxonasi,
Britaniya kutubxonasi, Fransiya Milliy kutubxonasi, Fin Milliy
kutubxonasi,
Daniya
Qirollik
kutubxonasi,
Avstraliya
Milliy
kutubxonasi).
|