M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/142
Sana14.09.2024
Hajmi3 Mb.
#271075
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Bog'liq
1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

1.
 
AXBOROT RESURSLARINI SHAKLLANTIRISH VA 
QIDIRISHNING TEXNOLOGIK JIHATLARI 
1.1.
 
Axborot resurslarining asosiy tushunchalari 
Tashkilotlarni aktual ilmiy va ta’limiy axborot bilan ta’minlash 
jamiyat rivojlanishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot 
texnologiyalari asrida mazkur masalani yechishning asosiy samarali 
vositasi bu - yagona xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan raqamli 
formatdagi axborot resurslari fondiga ega avtomatlashtirilgan axborot 
resurslari tarmog‘ida rivojlangan axborot infratuzilmasini yaratish 
hamda o‘z resurslarini jamoaviy foydalanishga taqdim etish hisoblanadi. 
Bunda jahon ilmiy-ta’limiy resurslaridan samarali foydalanish va ularni 
to‘plash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot infratuzilmasini rivojlantirishdagi jahon tendensiyalari, 
jumladan, ilmiy, amaliy tadqiqotlar yagona klassifikatsiya tizimlarini, 
ma’lumotni kodlashtirish, xalqaro kommunikativ formatlar asosida 
ularni formatlash, uzatishga moyil bo‘ladi. Axborot muhitini 
shakllantirishdagi 90%dan ortiq xarajatlar mazmun-mohiyatiga aloqador 
hisoblanadi. Axborot manbalari va ma’lumotlar tuzilmalarining turli-
tumanligi tizimlashtirishda yagona ko‘rinishda taqdim etilishini talab 
qiladi. Axborot kommunikatsiyalari uchun kutubxonalarning MARC 
formatlari, 
DUBLIN 
CORE 
formatlar 
va 
axborot 
kommunikatsiyalarning xalqaro standartlari bugungi kunda nafaqat 
an’anaviy kutubxona ma’lumotlari, balki ilmiy-texnik va boshqa turdagi 
axborotlar orasida faol axborot almashuvining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Bu birlashuv ma’lumotlarini taqdim etish jahon axborot makonini 
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bunday muhitning axborot asosi 
elektron kutubxonalar va ularning tarmoqlararo aloqalari hisoblanib, 
mazmuniy asosi esa nafaqat milliy axborot resurslari, balki, jahon ilmiy-
ta’limiy ma’lumot bazalari hisoblanadi. 
Jahon axborot resurslari (JAR) tushunchasi mohiyatini anglash 
uchun mavjud qonun va standartlar asosida asosiy tushunchalar 
mazmuniga aniqlik kiritish darkor.
«Axborot resurslari», «axborot-kutubxona resurslari», «axborot 
ilmiy-ta’limiy resurslar» kabi tushunchalarni farqlash lozim.
AXBOROT RESURSLARI matn ko‘rinishidagi materiallar, ovozli 
yozuvlar va tasvirlardir. Bu umumiy tushuncha bo‘lib, resurs axborotdan 
yaratiladi, lekin uning aniq bir shaklini anglatmaydi. Bu shunchaki 


12 
tartibsiz ko‘rinishdagi, turli xil formatdagi hujjatlarning to‘plami, ya’ni 
ma’lumotlar massivi bo‘lishi mumkin. 
AXBOROT-KUTUBXONA RESURSI moddiy ob’yektda matn, 
ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, 
saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan 
axborot. Bu yerda «identifikatsiyalash uchun rekvizitlar» tushunchasi 
muhim o‘rin tutadi, chunki, mazkur ko‘rsatkichlar asosida hujjatni 
topish (identifikatsiyalash) mumkin. Rekvizitlar qat’iy qoidalar va 
kutubxonachilik standartlari asosida qo‘yiladi. Bu an’anaviy hamda 
elektron, virtual kutubxonalardagi ma’lumotlar qidiruv jarayonini 
shakllantirishda muhim jihatdir.
ILMIY-TA’LIMIY AXBOROT RESURSLARI – litsenziyalangan 
va taqrizdan o‘tgan ilmiy-ta’limiy axborotlar (jurnallar, maqola, 
kitoblar, multimedia va boshqalar). Ilmiy-ta’limiy axborot resurslari 
muhim qiymatga ega bo‘lgan intellektual manbadir. Odatda har bir 
hujjat ma’lumotlar bazasi, jurnallar, tegishli to‘plamlarga kiritilishidan 
avval yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan saralashdan o‘tadi. Bu 
hujjatlar tizimlashtiriladi, kataloglashtiriladi va operativ foydalanishni 
ta’minlash maqsadida ilmiy-ta’limiy axborotlarning ma’lumot 
bazalariga joylashtiriladi. Asosiy foydalanuvchilarni ilmiy xodimlar, 
o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar tashkil etadi.
JAHON AXBOROT RESURSLARI – dunyoning yetakchi 
nashriyotlarining axborot resurslaridir. Bu axborot qidiruv tizimiga ega 
jamiyat tomonidan tan olingan, tizimlashtirilgan va tuzilmalashgan 
ilmiy-ta’limiy resurslarning ma’lumot bazalaridir. Jahon axborot 
resurslari ro‘yxatiga yuqori impakt faktorli jurnallar, eng ko‘p iqtibos 
keltirilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar, maqolalar va boshqa 
resurslar kiradi.
ERKIN FOYDALANISH (Open Access) – kitobxonlarning Internet 
orqali bepul foydalanish, o‘qish, yuklab olish, nusxa ko‘chirish, tarqatish 
va chop etish, qidirish, indekslash, ma’lumot sifatida uzatish yoki qonun 
doirasida, boshqa maqsadlarda, moliyaviy va texnik to‘siqlarsiz 
muallifga 
iqtibos 
keltirgan 
holda 
foydalanishdir.
 
«Erkin 
foydalanish»dagi jurnallar doimo bepul bo‘lmasligi mumkin. Ular 
muallif gonorarlarini to‘lash uchun, jurnalni o‘z vazifalarini bajarish 
uchun qo‘llash maqsadida narx ham o‘rnatishlari mumkin, lekin erkin 
foydalanishda bo‘lib, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun ochiqdir. 
Foydalanish uchun biror-bir to‘lov talab etadigan jurnallarni ba’zan 
«gibrid foydalanishli» jurnallar deb ham ataydilar. 


13 
MA’LUMOT BAZALARI (data base) – tasvirlash, saqlashning 
alohida qoidalar asosida tashkil etilgan amaliy dasturlar asosida tuzilgan 
ma’lumotlar yig‘indisidir. Ma’lum bir qoidalar asosida tashkil qilingan, 
umumiy tavsif, saqlash va o‘zgartirish tamoyillari nazarda tutilgan 
ma’lum bir soha bo‘yicha (ilmiy-ta’limiy, iqtisod) ma’lumotlar majmui. 
Bizning holatda bu ilmiy jurnallar, kitoblar, hisobot va shu kabilarning 
ma’lumot bazalaridir. Ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi.
PLAGIAT (Plagiarism) – o‘zga muallif asarini atayin havolalarsiz, 
muallifga iqtiboslikni ko‘rsatmasdan shaxsiy asar sifatida ko‘rsatishga 
urinish. Plagiat – bu nusxa ko‘chirishning bir turi bo‘lib, lekin albatta 
mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi. O‘z faoliyatida (ilmiy 
maqola, kitob, hisobot, ma’ruzalar yozishda) axborot resurslaridan 
foydalanish jarayonida mualliflik huquqlariga qat’iy rioya qilish lozim. 
Hujjatni yaratishda foydalanilgan manbalarga albatta havolalar keltirish 
lozim. Plagiarizmni tushunish yangi axborot resurslarini, ayniqsa ilmiy-
axborot resurslarini yaratishda muhim hisoblanadi. Mualliflik huquqlari 
har bir mamlakatda mualliflik va turdosh huquqlari to‘g`risidagi tegishli 
qonunlar bilan muhofaza qilinadi.
Ilmiy-axborot resurslari manbalarini o‘rganishda turli axborot 
yetkazuvchilarning mavjudligini bilish zarur:
NASHRIYOT
tashkilot 
(davlat, jamoat, kooperativ yoki xususiy) 
adabiyot, san’at, musiqa yoki fan sohasida faoliyat yuritib mahsulotlar 
yaratishi, ko‘paytirishi, tarqatishi mumkin bo‘lgan media-kompaniya. 
Nashr (mahsulot) bosma hamda elektron (raqamli) ko‘rinishda bo‘lishi 
mumkin. Nashriyot mahsulotini tarqatish savdo kanallari, Internet orqali 
hamda bevosita noshir tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tarqatish 
nashriyotning maqsadlari hamda biznes modeli asosida pullik yoki bepul 
bo‘lishi mumkin. 
AGREGATORLAR – o‘zi noshirlik qilmagan holda elektron 
resurslarni yig‘uvchi kompaniyalar hisoblanib, iste’molchilarni ularning 
so‘rovlari, obunalari asosida resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab, 
kerakli axborotlar bilan ta’minlash maqsadida marketing faoliyatini olib 
boradi. Agregatorlar nashriyotlar, manba yaratuvchilar bilan ularning 
resurslaridan foydalanish bo‘yicha shartnomalar imzolaydilar.
ANALITIK 
MA’LUMOT 
BAZALARINI 
YARATUVCHI 
KOMPANIYALAR
– 
bunday tashkilotlar resurslarning qo‘llanilishi, u 
yoki bu manbaalarga murojatlar bo‘yicha, mualliflarga murojaatlar
ularning iqtibosligi va boshqa shu kabi parametrlar bo‘yicha tahlillar 


14 
olib boradi. Bunday analitik vositalar va ma’lumot bazalari bilim 
manbalari va axborot yaratuvchilarini baholashda muhim vosita 
hisoblanadi. Analitik ma’lumot bazalari va ular bilan ishlash borasida 
instrument yaratuvchilardan eng taniqli kompaniyalar ular Clarivate 
Analitics, Thomson Reuters va Scopus kabi kompaniyalardir.

Download 3 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish