8
SOURCES OF OPEN ACCESS
5.1.
Open resources. Open terms of use. General conditions of
open access
149
6.
WORLD SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL
RESOURCES OF UZBEKISTAN
169
6.1.
Analytical information system for research in higher
education institutions
169
6.2.
Scientific articles, the task of publishing articles in
foreign journals
174
References
183
Glossary
189
ANNEXES
199
9
KIRISH
Zamonaviy ta’limning rivojlanishi faqatgina fanlarni o‘rganishning
zamonaviy usullarini modernizatsiyalash va takomillashtirish uchun
xizmat qiladigan axborot texnologiyalarining takomillashishi bilan
emas, balki ilmiy-ta’limiy axborotning yangi manbalari mavjudligi bilan
belgilanadi. Qimmatli axborot manbalaridan foydalanishga bo‘lgan
imkoniyatning mavjudligi o‘quv materiallari sifatining bir necha bor
ortishiga,
shuningdek, olingan bilimlarni ilmiy va kasbiy faoliyatda
qo‘llashga imkon yaratadi.
G‘arbning yetakchi mamlakatlarida ilg‘or elektronta’limiy
resurslardan foydalanish nafaqat o‘quv faoliyada, balki talabalar,
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy
faoliyatlarida muhim o‘rin tutadi.
Maqolalar yozish, bitiruv ishlarini
tayyorlash, dissertatsiya ishlarini bajarishda ilmiy sohadagi yutuqlar va
jahon resurslari bo‘yicha analitik tahlillarni amalga oshirish ilmiy
faoliyat jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Jahon ilmiy-ta’limiy
resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish samaradorligi nimada?
Bunda bir qator muhim jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
jahon ilmiy-ta’limiy resurslarining tezkor navigatsiyasi;
ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun ilmiy risolalari
yozish hamda yuqori reytingga ega bo‘lgan jurnallarda nashr ettirish
faoliyatlarida ko‘mak berish;
o‘qituvchilarga ta’lim berish
sifatini oshirish hamda
talabalarga ta’lim olishlarida zamonaviy bilimlarni ilg‘or jahon
tajribalari asosida yordam berish;
kutubxona xodimlari, kitobxonlar, foydalanuvchilar uchun
zarur ilmiy adabiyotlarni qidirishda vaqtlarini maksimal darajada tejash;
kutubxona javonlarini obuna
resurslari bilan jismoniy
to‘ldirishni kamaytirish;
jahonning yetakchi mutaxassislari tahriridan o‘tgan sifatli
elektron ta’limiy resurslardan (kitob, jurnal va h.k.) foydalanish;
respublikada ilmiy jurnallar, tashkilotlar, olimlarning
reytingini oshirishda naukometrik tadqiqotlarni rivojlantirish.
Mazkur darslik dunyoning
yetakchi nashriyotlari, konsorsiumlari,
shuningdek, O‘zbekistonning barcha o‘quv va ilmiy muassasalarining
ta’limga oid ma’lumot bazalari haqida ma’lumot berib, kutubxonachilar,
kitobxonlar, tadqiqotchilar uchun mazkur resurslarni izlash, ulardan
foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma beradi.
10
Darslikni yaratishda «Elektron-kutubxona
tarmoqlarida ilmiy-
ta’limiy axborotlardan foydalanish va shakllantirish texnologiyalari»
nomli jahonning yetakchi nashriyotlari Springer, EBSCO Information
Services, OUP, ProQuest, Thomson Reuters hamda eIFL xalqaro
konsorsiumi, «Axborot-kutubxona tizimlari»
kafedrasi tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, shuningdek, Emerald, EBSCO
Information Services, Web of Science ma’lumot
bazalari litsenzion
axborot materiallari asosida O‘zbekistonda 2009-
yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan ilmiy metodik seminar
materiallarini o‘z ichiga olgan.