|
M. A. Raxmatullayev, B. I. GaniyevaBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari1.2.
Elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni shakllantirish texnologiyasi
Ilmiy va ta’limiy muassasalarni ularning faoliyatida muhim bo‘lgan
axborotlar bilan ta’minlash o‘ta dolzarb masaladir. Oliy ta’lim
muassasalarida noshirlik faolligining pasayishi jahon miqyosidagi ilmiy
jurnallardan foydalanishga bo‘lgan imkoniyatning chegaralanganligi
asosida yuzaga keladi.
Dunyoning
yetakchi
ma’lumot bazalariga ega nashriyot
kompaniyalariga obuna bo‘lish narxlari juda qimmat bo‘lib, Oliy ta’lim
va Fanlar Akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalarda ularni to‘plash,
tizimlashtirish, kataloglashtirish muhim o‘rin tutadi. Qimmatbaho ilmiy-
ta’limiy resurslar foydalanuvchilar uchun nafaqat operativ ravishda
foydalanish uchun, balki doimiy foydalanish, mualliflik huquqi va
mulkka egalik huquqini buzmagan holda foydalanish imkonini beradi.
Tashkilotlarda ulardan foydalanishning samarali texnologiyalarini
yaratish ularni to‘plash tadqiqot va ishlanmalarning predmeti
hisoblanadi.
Elektron
axborot
resurslarini
shakllantirish
va
akkumulyatsiyalash texnologiyalari juda ko‘p. Shulardan, korporativ
axborot-kutubxona
tarmoqlarida
jamoaviy
foydalanish
uchun
ma’lumotlar bazasini yaratishda aprobatsiyalangan ARMAT tizimini
keltirib o‘tish mumkin. Bunda O‘zbekistonning 60 dan ortiq oliy ta’lim
muassasalarining korporativ tarmog‘ini keltirib o‘tamiz.
Korporativ axborot tarmoqlarida jahon axborot resurslarini yig‘ish
texnologiyalari
Respublikaning axborot-kutubxona tizimlari asosida tashkil etilgan
axborot-kutubxona
tarmog‘i elektron ilmiy-ta’limiy resurslarni
shakllantirish va tarqatish mexanizmini yaratishga imkon beradi.
Korporativ tarmoqda jahon elektron resurslarini to‘plash bosqichlari
keltirilgan (1-rasm).
|
| |