• 3.JAHON ILMIY-TA’LIMIY MANBALARI HAQIDA SHARHLAR 3.1. Muhim ilmiy-ta’limiy axborot manbalarining qisqacha
  • M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

     
    Nazorat savollari: 
    1.
    Litsenzion kelishuv nima?
    2.
    Elektron nashrlarga oid mualliflik huquqini himoyalash nima?
    3.
    O‘zbekistonda mualliflik huquqi qanday himoyalanadi? 
    4.
    Xalqaro intellektual mulk tashkiloti(WIPO) funksiyasiga nimalar 
    kiradi?
    5.
    Adabiy 
    va 
    badiiy 
    asarlarni 
    himoyalash 
    bo‘yicha Bern 
    Konvensiyasi nimaga xizmat qiladi va u qachon qabul qilingan?
    6.
    Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo mamlakat qanday foyda oladi?
    7.
    Hujjatlardan nus’ha olishda axborot kutubxona muassasalariga 
    qanday cheklanishlar mavjud?
    8.
    Hujjatlardan nusxa olishda axborot kutubxona muassasalariga 
    qanday huquqiy cheklanishlar qo‘yiladi?
    9.
    Hujjatlardan nusxa olishda maqsad va foydalanish shartlari 
    bo‘yicha axborot kutubxona muassasalariga qanday cheklanish 
    qo‘yiladi?
    10.
    Hujjatlardan 
    nusxa 
    olishda 
    axborot 
    kutubxona 
    muassasalariga qanday miqdoriy cheklovlar qo‘yiladi?
    11.
    O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarida elektron 
    nashrlardan foydalanishning qanday huquqiy xususiyatlari mavjud?
    12.
    Litsenzion kelishuv o‘z ichiga nimalarni oladi?
    13.
    Asarni elektron nashriga bo‘lgan huquqni olishda kim 
    tomonidan litsenzion kelishuv tuziladi?
    14.
    Litsenzion kelishuv shartnoma punktlariga amal qilmaslik 
    qanday oqibatga olib keladi?


    60 
    3.JAHON ILMIY-TA’LIMIY MANBALARI HAQIDA 
    SHARHLAR 
     
    3.1.
     
    Muhim ilmiy-ta’limiy axborot manbalarining qisqacha 
    tahlili
     
    Respublikaning ilg‘or axborot infratuzilmasini yaratishda jahon 
    axborot jamiyatiga qimmatli ilmiy-ta’limiy resurlarni taqdim etish 
    sohasiga teng huquqli sherik sifatida kirishi tashqi axborot aloqalarini 
    o‘rnatish muhimdir. Buning uchun elektron resurslarning yetakchi ishlab 
    chiqaruvchilari tajribalarini, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, ma’lumot 
    bazalarini tashkil etish formalarini, ulardan axborot-kutubxona 
    muassasalarida onlayn foydalanishga sharoit yaratish muhim.
    Ilmiy-ta’limiy muhitda axborotning ingliz tilidagi manbalari 
    boshqalariga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu tabiiy, chunki ingliz 
    tili xalqaro muloqot tili hisoblanib, barcha ilmiy va texnik erishuvlar 
    markazida bo‘lish, ulardan xabardor bo‘lish uchun bu tilni to‘liq 
    darajada egallash muhimdir. Ayniqsa, bu axborot texnologiyalari 
    rivojlanishi xalqaro axborot almashinuvi chegaralarini buzgan davrda 
    muhim hisoblanadi.
    Quyida elektron ilmiy-ta’limiy resurslar analitik ma’lumot 
    bazalariga ega ba’zi mashhur nashriyotlar, agregatorlar haqida ma’lumot 
    keltiramiz.
    Shuningdek, O‘zbekistonning vazirliklari, oliy ta’lim muassasalari, 
    yetakchi axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlik qiluvchi 
    jahonning yetakchi nashriyotlari va agregatlariga ta’riflar keltiriladi. 
    Ulardan ba’zilari bilan ochiq yoki imtiyozli foydalanish borasida 
    kelishuvlar mavjud. Shuningdek, respublikamizda mintaqada ular 
    resurslariga ega bo‘lishni ta’minlovchi hamkorlar mavjud. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish