61
American Chemical Society
ACS Publications
http://pubs.acs.org/
American Chemical Society jurnallari – yuqori sifatli axborotni
taqdim etuvchi nufuzli ilmiy nashrlar jumlasiga kiradi. Faoliyati ximiya
fani bilan bog‘liq ilmiy va ta’limiy tashkilotlarning kutubxonalari,
shuningdek, tabiiy fanlar va universal komplektlash yo‘nalishidagi
kutubxonalar uchun zarur resurslardir.
Manbalar soni:
ACS foydalanish uchun quyidagilarni taklif etadi:
- o‘zining jurnal kolleksiyalari;
- Chemical Abstracts Service (CAS) referativ-bibliografik
ma’lumotlar bazasi
- kitoblar va ma’lumotnoma nashrlar
Foydalanish uchun taqdim etiladigan barcha jurnallar to‘liq matnli.
American Physical Society
http://www.aps.org/
American Physical Society (APS) missiyasi – fizika sohasidagi
bilimlarni yoyish. Mazkur missiyani qo‘llash maqsadida APS dastlabki
tadqiqotlar va jurnallarni tahlil qiladi. Fan va texnikaga oid jurnallar
elektron shaklda chop etiladi. APSda nashr etiladigan jurnallardan
olingan maqolalar bilimning quyidagi sohalariga taalluqlidir, bular:
yuqori
o‘tkazgichlar,
fizikaning
biologik
tadqiqotlari,
nanotexnologiyalar haqida fan, texnika va kvant ma’lumoti kabilardir.
Bundan tashqari, APS «Physical Review and Physical Review Letters»
darajasidagi
ilmiy
tadqiqot
ishlaridan
tanlab
olingan
qisqa
tushuntirishlar «Physical Review Focus» nashr etib, fizikaning turli
tarmoqlaridagi ma’lumotlarni talabalar va tadqiqotchilar uchun taqdim
etadi. «Physical Review Focus» mavjud tadqiqotlarga mukammal kirish
qismini ta’minlaydi.