|
Cambridge Scientific AbstractsBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariCambridge Scientific Abstracts
www.csa.com
CSA kompaniyasining ma’lumot bazalari – foydalanuvchilarga
ma’lumot - bibliografik xizmat ko‘rsatuvchi qimmatbaho resurs
hisoblanadi. Xalqaro kutubxona abonementi va hujjatlarni elektron
yetkazib berish tizimida to‘liq matnli ma’lumot bazalariga havolalarning
mavjudligi, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda nafaqat referativ
bibliografik, balki to‘liq matnli axborot bilan ham ta’minlaydi.
Ma’lumot bazalari keng qamrovli bo‘lib: texnika; qishloq xo‘jaligi;
Yer haqidagi fanlar; meditsina; biologiya; ijtimoiy fanlar; gumanitar
fanlar, san’at va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
CSA o‘zida 70 ga yaqin ma’lumot bazalari keng qamrovli referativ-
bibliografikdir. Shuningdek, Sage Publications kompaniyasining
kommunikatsiyalar, kriminalistika, siyosat va xalqaro munosabatlar,
sotsiologiyaga oid 4 ta to‘liq matnli maqolalarning ma’lumot bazalari
to‘plangan. Web-resurslarning ma’lumot bazalari Internetdagi ilmiy
resurslarning 240 000 tavsifini o‘z ichiga oladi.
Elsevier
http://www.elsevierscience.ru/about/worldwide/
Elsevier – ilmiy-texnik, meditsina adabiyotlarining dunyodagi eng
yirik noshirlaridan biri bo‘lib, fan va ta’limdagi axborot yechimlarining
provayderi hisoblanadi. 1880-yili Amsterdamda (Niderland) tashkil
etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya, AQSH, Braziliya va boshqa
mamlakatlarda filiallarga ega.
Bugungi
kunda
«Elsevier»
ilmiy-axborot
nashriyotchilik
industriyasida o‘zining muhim o‘rniga ega. Ilmiy jurnallar, kitoblar,
referativ va boshqa bazalardagi materiallarni chop etish borasida boy
tajribaga ega bo‘lib, nashriyotda doimo ilmiy va meditsina
tadqiqotlarining barcha jabhalarini qo‘llab-quvvatlash borasida doimiy
izlanishlar olib boriladi.
|
| |