71
Kolleksiyada quyidagilar taqdim etiladi:
16 000 dan ziyod matnlar varrag‘i – «Birlashgan Millatlar
Tashkiloti ensiklopediyasi», «Xalqaro kelishuvlar ensiklopediyasi»,
«Inson huquqlari ensiklopediyasi», «Siyosiy iqtisod ensiklopediyasi»,
«Zamonaviy siyosat» (seriyalar bo‘yicha) kabi klassik ko‘p tomli va bir
tomli materiallar;
Asosiy mavzu ichida: ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,
genderlik siyosati, xavfsizlik masalari, turli xil siyosiy g‘oyalar
(anarxizm, fashizm, liberalizm, sotsializm va boshq.) kabi bir qator
quyidagi predmet sohalarga oid materiallar;
Quyidagi mavzular bo‘yicha minglab mualliflik maqolalari:
hokimiyat, siyosiy partiyalar, diplomatiya; ximik qurollar va ximik
qurollar bo‘yicha Konvensiya (CWC); erkinlik uchun kurash; terrorizm
va terrorizmni moliyalashtirish; immigratsion siyosat va shaxsning
dahlsizligi; NAFTA va OPEC singari xalqaro tashkilotlar faoliyati;
Nafaqat siyosat va xalqaro munosabatlar, balki huquq, falsafa,
tarix, sotsiologiya, osiyo muammolarini tadqiq etish masalalariga oid
materiallar;
Kolleksiya mavzulari talabalar va tadqiqotchilar uchun qiziqarli
va foydalidir.