89
ProQuest Psychology Journals-psixologiya va u bilan bog‘liq fanlar:
ijtimoiy psixologiya, kognitiv psixologiya, xulq-atvor fanlari, ta’lim
psixologiyasi,
aloqa
psixologiyasi,
nevrologiya,
rivojlanish
psixologiyasi, yosh davrlar psixologiyasi, shaxs psixologiyasi,
psixometriya, psixobiologiya, tajribaviy, klinik hamda nazariy va amaliy
psixologiya kabi fanlarga oid axborotlarni o‘z ichiga olgan to‘liq matnli
ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
ProQuest Psychology Journals tarkibi:
Jahon bo‘ylab nashr etilayotgan 640 nomdagi sohaga oid jurnallar;
540 to‘liq matnli jurnallar, masalan:
The American Journal of Psychiatry
Psychotherapy and Psychosomatics
The American Journal of Geriatric Psychiatry
Development and Psychopathology
The Psychological Record
Educational Psychology
Early Childhood Education
Educational and Psychological Measurement
50% dan ortiq jurnallar taqrizlanadi va yuqori murojaatlar
darajasiga ega;
MB 1971-yildan boshlab shakllantirilgan;
Turli davlatlarning universitet va kollejlarida himoyadan o‘tgan
5200 to‘liq matnli dissertatsiyalar. Xronologik qamrovi - 2000-2006-yy;
Psixologik assotsiatsiyalar, pedagogik universitetlar, klinikalar va
shu kabi tashkilotlar tomonidan nashr etiladigan sohaga oid adabiyotlar.
Foydalanuvchilar axborotni analitik aks ettiruvchi chizmalar,
jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar va boshqa grafik elementlar bilan
ishlash imkoniga ega bo‘lishadi. Rus tilidagi interfeys, chet tilidagi
maqolalarning rus tilidagi kompyuter tarjimasi, sodda va qulay qidiruv
tizimi, qidiruv natijalarini saqlash, qog‘ozga chiqarish, jo‘natish
imkoniyati kabi qulayliklar resursdan ta’lim jarayoni va ilmiy ishlarda
foydalanishda
o‘qituvchilar hamda ilmiy hodimlar, jumladan,
psixologlar, psixologiya, ta’lim yo‘nalishi talabalari va mutaxassislari
uchun juda qo‘l keladi.