|
Professional Development CollectionBog'liq 1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslariProfessional Development Collection
– ushbu to‘plam ta’lim
rivojlanishining ilmiy asoslari va amaliy jihatlariga oid 500 dan ortiq
ilmiy jurnallarni o‘z ichiga oladi.
Psychology and Behavioural Science Collection
– psixologiya
bo‘yicha to‘lik matnli resurs.
Textile Technology Complete, World Textile
– to‘qimachilik
sanoatidagi mutaxassislar, olimlar, o‘qituchilar va talabalar uchun
mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasi.
Library, Information Science & Technology Abstracts (LISTA)
-baza kutubxonachilik bo‘yicha keng qamrovli to‘liq ma’lumot bazasiga
ega. Ko‘rsatkich o‘z ichiga 560 ta asosiy jurnallar, taxminan 50 ta
nufuzli jurnallar va 125 ga yaqin tanlangan jurnallar, shuningdek,
kitoblar, tadqiqotlar bo‘yicha hisobotlar, konferensiya to‘plamlarini o‘z
ichiga
oladi.
Mazmunan
kutubxonachilik
ishi,
klassifikatsiya,
kataloglashtirish, bibliometriya, axborotga bo‘lgan onlayn kirish,
axborot menejmenti va boshqa masalalarni qamrab oladi. Baza 1960-
yillar o‘rtalariga oid axborotlarni o‘z ichiga oladi.
ERIC (Educational Resource Information Center)
– ta’lim
masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. Ta’lim masalalariga oid
to‘plamlar, ilmiy jurnallar to‘plangan.
GreenFILE
– mazkur ma’lumotlar bazasi insonning atrof-muhitga
ta’siri aspektlarini ochib beruvchi keng qamrovli axborot beruvchi
manba hisoblanadi. Bu ekologik qurilishlar, atrof-muhitning ifloslanishi,
qishloq xo‘jaligini rivojlanishi, energiya manbalarining, chiqindilarni
qayta ishlash va boshqa bir qator muammolariga oid to‘liq, keng
qamrovli axborot beruvchi ilmiy, ommaviy ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlar bazasi 384000 yozuvni o‘z ichiga olgan predmet
ko‘rsatkich va referatlarni o‘z ichiga olib, ulardan 4700 yozuvlar to‘liq
matni bilan erkin foydalanishga qo‘yilgan.
|
| |