• Cambridge Journals Online
  •  CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    3.8. CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS 
    Cambridge University Press – 1534-yilda tashkil etilgan nufuzli 
    universitet nashriyoti. Lingvistika, iqtisod, moliya, menejment, 
    sotsiologiya, psixologiya, yurisprudensiya va san’at kabi maxsus fan 
    sohalariga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni taqdim etadi. Fondi 50000 
    nomdan iborat bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar, kasbiy rivojlanishni aks 
    ettiruvchi 350 dan ortiq ilmiy jurnallar, maktab o‘quvchilari uchun 
    ta’limiy resurslarni o‘z ichiga oladi. 
    Tematik bazalari: 


    99 
    Cambridge Journals Online – 
    fanning 25 sohasi bo‘yicha elektron 
    jurnallar kolleksiyasi. Har yili nashriyot eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlarni 
    aks ettiruvchi 300dan ortiq retsenziyalangan akademik jurnallarni chop 
    etadi.
    Cambridge Books Online 
    Cambridge Books Online butun dunyoga taniqli Cambridge 
    universiteti nashriyotining barcha sohalar - tabiiy fanlar, texnika, 
    meditsina, gumanitar va sotsiologiya fanlariga oid kitoblarni online 
    tarzda taqdim etadi. Dinamik va innovatsion internet-resurslar, ya’ni 
    Cambridge Books Online foydalanuvchilarga ilmiy tadqiqotlar va o‘quv 
    jarayonlarini 
    amalga 
    oshirishni 
    qo‘llab-quvvatlashda 
    yangi 
    imkoniyatlarni 
    ochib 
    beradi. 
    Cambridge 
    Books 
    Online 
    o‘z 
    foydalanuvchilariga:

    barcha fan sohalariga oid 15000 dan ortiq elektron kitoblar; 

    yangi kelib tushayotgan adabiyotlar va arxiv materiallari; 

    eng yangi kitoblar va eng ko‘p nomda so‘raladigan adabiyotlar; 

    aniq bir soha bo‘yicha kolleksiyalar (Predefined Collections) 
    taqdim etadi. Bunda har oyda yangi nomdagi adabiyotlar qo‘shilib 
    boriladi. Barcha elektron shakldagi kitoblar PDF formatda MARC 21 
    formatidagi yozuvlari bilan kutubxona kataloglarini yaratish uchun 
    taqdim etiladi. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish