103
qiladigan yetakchi ilmiy hamjamiyat hisoblanadi. Butun dunyoda
a’zolariga ega bo‘lib, bu fanning turli sektorlaridan 50 000 ga yaqin
yetakchi fiziklardan iboratdir. IOP Publishing fizika fani tadqiqotlarini
ilgari surish, ta’limda qo‘llash masalalari shuningdek, jamoatchilik,
siyosatshunoslar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Kompaniyaning noshirlik faoliyatidan tushadigan barcha foyda,
institut tomonidan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
olimlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
IOP Publishing dunyo ilmiy hamjamiyati uchun fizika, elektron
kitob, konferensiya materiallari bo‘yicha qimmatli ilmiy jurnallarni
taqdim etadi. Bu mahsulot va xizmatlar tadqiqotchilar va tadqiqot
muassasalarigan o‘zining izlanishlarini keng ommaga yetkazishga
imkon yaratadi.
Nashriyot ofislari Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy va Yaponiya,
shuningdek, Meksika va Sidneyda, dunyoning turli qismlarida fizika va
uning turdosh sohalari bo‘yicha xodimlariga ega.
70 dan ortiq ilmiy va
ilmiy-ommabop jurnallar chop etilib, ularning
IOP Publishing ga tegishli
qismi
boshqa ilmiy tadqiqot tashkilotlari, nufuzli tashkilotlar bilan
hamkorlikda chop etilgan. Bu jurnallarning ko‘pi o‘zining sohasi
bo`yicha ko‘p havolalarga egadir.
Bir yilda o‘rtacha 30000 dan ziyod maqolalar chop etiladi,
foydalanuvchilarning murojatlari 22 mln.dan ortiqdir.