• Journal Citation Reports Web
  • Essential Science Indicators - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va
  • ResearcherID
  • M. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/142
    Sana14.09.2024
    Hajmi3 Mb.
    #271075
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142
    Bog'liq
    1.RaxmatullayevM. GaniyevaB. Jahon axborot resurslari

    Journal 
    Citation 
    Reports

    iqtibos 
    keltirish 
    bo‘yicha 
    ma’lumotlarga asoslangan, yuqori sifatli statistik axborotlarga ega 
    bo‘lgan yetakchi jahon ilmiy jurnallani tanqidiy baholashning tizimli va 
    obyektiv vositalarini taqdim etadi. 
    Journal Citation Reports 
    Web
     
    foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari bo‘yicha ma’lumotlarni 
    to‘playdi, tadqiqot toifasi va jurnal darajasida tadqiqot ta’sirini 
    baholashga yordam beradi, shuningdek iqtibos keltirilgan jurnal va 
    iqtibos keltirish o‘rtasidagi aloqani ochib beradi. Bu vositadan Science 
    va Social Sciences nashr sonlarida erkin foydalanish mumkin. 
    Essential Science Indicators
    - tadqiqotingiz sohasi doirasidagi 
    nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar va 
    mamlakatlarni, shuningdek ilmiy ish uchun muhim bo‘lgan
    tadqiqot jihatlarini aniqlash uchun hamma kerakli resurslarga ega.
    Bu Thomson Scientific ma’lumotlar bazalarining iqtibos keltirishdagi 
    ma’lumotlariga va jurnallardagi nashrlar hisob-kitobiga asoslangan ilmiy 
    ko‘rsatkichlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha noyob va mukammal 
    statistik to‘plam hisoblanadi. Bu mukammal tahliliy resurs davlat 


    111 
    tashkilotlari, universitetlar, korporatsiyalar, xususiy laboratoriyalar, 
    nashriyotlar 
    va 
    fondlarning 
    rahbarlari, 
    tahlilchi 
    va 
    axborot 
    mutaxassislari, shuningdek, ilmiy OAV
    a’zolari va ishga qabul qilish 
    bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
    ResearcherID
    nashrlar tarixini namoyish etish uchun interfaol 
    holatda
    profil yaratishga imkon beradi. Bu resurs foydalanuvchi va 
    uning ilmiy ishini bir-biri bilan bog‘lash orqali mualliflik va 
    chiqarilayotgan ma’lumotlarning aniq yozilishini ta’minlash uchun 
    ishlab chiqilgan. Shuningdek, foydalanuvchi chop etgan nashrni tez 
    topish va uni hammuallif sifatida belgilash uchun yaratilgan. 

    Download 3 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   142




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish