106
«Вопросы истории» jurnalini raqamlashtirish
. 1926-yildan
boshlab barcha sonlari mavjud. Bu loyihani amalga oshirish, 200 ming
varoqdan iborat axborot massivi ichidan zarur axborotni tezkorlik bilan
topishga imkon yaratadi.
«Вестник Европы» (1802-1830-yillar)
, Rossiyaning XIX asrdagi
adabiyotshunoslik, san’at masalalari,
ichki va tashqi siyosatning
xususiyatlarini aks ettiradi.
«Вопросы литературы» (1957-yildan)
– adabiyotshunoslik va
adabiy tanqid masalalarini yorituvchi eng ko‘p murojaat qilinadigan
Rossiyaning ilmiy nashri hisoblanadi.
«IVIS» kompaniyasi
Xitoyda chop etiladigan elektron axborot
resurslarini keng spektrini
taqdim etadi. Bular: «Переписы
населения
KNR»
(online),
«Statistika
KNR»
(online),
«Статистические ежегодники по провинциям KNR» (CD-ROM),
«Карты KNR с GIS данными переписи 2000 г.» (CD-ROM),
«APABI. Музейные коллекции Китая» (online), «APABI. Коллекции
электронных кгин Китая» (online), «CNKI-CDMD.
База данных
диссертаций KNR» (online) va boshqalar.
Barcha elektron ma’lumotlar bazasi qidiruv tizimiga ega bo‘lib,
ikkita rejimda faoliyat yuritadi:
oddiy
(kalit so‘zlar bo‘yicha qidiruv) va
kengaytirilgan qidiruv
(maydonlar bo‘yicha qidiruv).
Oddiy qidiruvda aniq ibora orqali qidiruv amalga oshiriladi.
Mantiqiy operatorlar (AND, OR, NOT) va yaqinlik operatori (NEAR)
qo‘llaniladi. Maydonlar bo‘yicha qidiruv maqolaning muallifi,
sarlavhasi, shu jumladan, «to‘liq maqola» opsiyasi (muallif va sarlavha
birgalikda) qidiruv imkonini beradi. Shuningdek,
qidiruvni chegaralash
imkoniyatiga ega bo‘lib, bunda nashr etish sanasi, axborot manbasi
bo‘yicha chegaralash mumkin. Nashrlar
katalogi orqali barcha
sonlarning mundarijalari bilan tanishish hamda jurnallarning alohida
sonlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Materiallarni chop etish,
saqlash, elektron pochta orqali jo‘natish imkoniga ega.
Elektron ma’lumot
bazalaridan tashqari, kompaniya bosma
nashrlarni tarqatish, shuningdek, Rossiyaning ichki siyosatidan tortib to
ijtimoiy fanlarni rivojlanish borasidagi ilmiy va ommaviy jurnallarini
ingliz tilida chop etadi.