Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-692-697
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
692
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ASTRONOMIYA KURSINI O‘QITISHDA ASTRONOMIK MA’LUMOTLAR
BAZALARIDAN FOYDALANISH
Sardor Sharipbayevich Kutlimuratov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
astro.sardor@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqolada astronomik ma’lumotlar bazalari: Solar System Exploration, MPC,
Meteoritical Bulletin Database, MetBase, NASA Exoplanet Archive, Exoplanet Orbit
Database, VizieR, SIMBAD, NED, WEBDA, BAX, HyperLeda bazalar haqida
ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar bazalaridan “Astronomiya kursi” fanida
mashg‘ulotlarini zamonaviy ma’lumotlar bilan boyitish qaralgan.
Kalit so‘zlar:
ma’lumotlar bazasi, astronomiya, metod, ta’lim, yulduz,
galaktika, to‘da.
USE OF ASTRONOMIC DATABASES IN ASTRONOMY TEACHING
ABSTRACT
The article provides information about astronomical databases: Solar System
Exploration, MPC, Meteoritical Bulletin Database, MetBase, NASA Exoplanet
Archive, Exoplanet Orbit Database, VizieR, SIMBAD, NED, WEBDA, BAX,
HyperLeda. The databases will be used to enrich astronomy lessons with up-to-date
information.
Keywords:
database, astronomy, method, education, star, galaxy, cluster.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni qabul qilindi. Qonunning 46-moddasida “Pedagog xodimlar: axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion
shakllari va usullaridan foydalanishi...” va boshqalar ko’rsatib o‘tilgan [1]. Bu
astronomiya kursi fanidan o‘quv mashg’ulotlarini olib borishda pedagog kadrlardan
zamonaviy ma’lumotlar va yangiliklardan foydalanish masalasini qo‘yadi. Bilamizki
Bugungi kunga kelib, dunyo axborot tizimida juda ko'p turli xil
ma'lumotlar bazalari mavjud bo'lib, ular tarkibi, yo'nalishi va
boshqalar bilan farq qiladi. Astronomiya, astrofizika, kosmik
|