|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq astronomiya-kursini-o-qitishda-astronomik-ma-lumotlar-bazalaridan-foydalanishAcademic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-692-697
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
695
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
to‘dalarlar kataloglarida 100 mingdan ortiq obyektlar uchun ma'lumotlar yig‘ilgan
[6].
BAX
(Fransiya). X-Rays Galaxy Clusters Database - rentgen diapazonidagi
astronomik kuzatuv ma'lumotlar bazasidir. Rentgen diapazonidagi to‘dalar haqidagi
600 ta maqola, oqim o'lchovlari mavjud bo'lgan 1,8 mingdan ortiq ob'ektlar uchun va
2 mingdan ortiq galaktikalar guruhlar va klasterlari, harorat o'lchovlari bo'yicha 500
dan ortiq to‘dalar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
HyperLeda
(Fransiya). HyperLeda Database - galaktikalar fizikasi bo'yicha
ma'lumotlar bazasi hisoblanadi [8], 1983 yil LEDA katalogi asosida yaratilgan [9].
Hozirgi kunga qadar uning tarkibida 3 milliondan ortiq ob'ektlar ma’lumotlari
mavjud bo'lib, ulardan 1,5 millioni tasdiqlangan galaktikalar. Unda obyektlar
fotometriyasi va spektrofotometriyasi, astrometriyasi, morfologiyasi, yadro aktivligi,
astrofizik xususiyatlari va shuningdek ichki dinamikasiga oid ma'lumotlar olish
mumkin.
Vizier ma’lumotlaridan foydalanib mashg‘ulotni tashkil etish
Astronomiya kursi fani dasturida berilgan mavzular bo‘yicha talabalar bilimini
oshirsh, mustaqil fikirlash va ularda ilmiy salohiyatni shakllantirishda VIZIER
ma’lumotlar bazasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi [10-12].
1-rasm.
VIZIER ma’lumotlar bazasi sayti yozdamida obyektlarni qidirish oynasi.
Astromoniya kursi dasturni qaraydigan bo‘lsak, astrofizika bo‘limiga doir
masalalar VIZIER (https://vizier.u-strasbg.fr/viz-bin/VizieR) ma’lumotlar bazasi
obyektlariga mos keladi (1-rasm). Masalan “Galaktikalar” mavzusini qaraydigan
bo‘lsak, talabalarga quyidagich topshiri berish mumkin:
-
Galaktikalarning 2010-2022 yillarda chop etilgan kataloglarini topish (2-3-
rasmalar);
-
Tanlangan katalog haqida ma’lumot berish;
|
| |