Meteoritical Bulletin Database
(AQSH). Meteoritlar ma'lumotlar bazasi - bu
London tabiiy tarix muzeyi [1] meteoritlar katalogi, meteorit nomenklaturasi
ma'lumotlari va boshqalar asosida yaratilgan meteoritlarning ma'lumotlar bazasidir.
Bazada 45 mingdan ortiq meteoritlar ma’lumotlari mavjud.
MetBase
(Germaniya). MetBase ma'lumotlar bazasi 1994 yildan beri saqlanib
kelmoqda, unda 31 mingdan ortiq meteoritlar haqida ma'lumotlar mavjud. Bu bazada
2000 dan ortiq turli meteoritlarning tasvirlari yig‘ilgan. Ma'lumotlar bazasida turli xil
(kitoblar, maqolalar jurnal, konferensiya tezislari, monografiyalar, elektron ommaviy
axborot vositalari va boshqalar) jamlangan. Ma'lumotlar bazasi kutubxonasiga 1492
yildan hozirgi davrga qadar nashr etilgan adabiyotlar kiritilgan.
NASA Exoplanet Archive
(AQSH). NASA Ekzoplanetar arxivi ma'lumotlar
bazasi sayyoralar bo'yicha eng yirik ma'lumotlar bazalaridan biri hisoblanadi. Unda
658 yulduz atrofida aylanuvchi 844 ta ma'lum sayyoralar, shuningdek, 3,5 mingdan
ortiqcsayyoralikga nomzodlar haqida ma'lumotlar mavjud.
To'plangan
ma'lumotlarga
yulduzlarning
xususiyatlari
(koordinatalar, magnitlar, haroratlar, massalar, radius va
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-692-697
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
694
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
boshqalar), aniqlash usullari, yorug'lik egri chiziqlari, tasvirlar, spektrlar va boshqalar
kiradi.
Exoplanet Orbit Database
(AQSH). Exoplanet Orbit Database — 717 ta
tasdiqlangan sayyora va ~3 ming nomzod haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan
Quyosh sistemasidan tashqari sayyoralar orbitalarining maʼlumotlar bazasi.
Ma'lumotlar bazasi
exoplanets.org
resursida joylashgan va unga kirish Exoplanet
Data Explorer yordamida mumkin, ya'ni: [3] Quyosh sistemasidan tashqari
sayyoralar, ularning yulduzlari va manbalarga havolalar haqidagi ma'lumotlarga ega
interaktiv jadvallar to'plami; [4] onlayn ma'lumotlarni qayta ishlash dasturi.
VizieR
(Fransiya). 1996 yilda yaratilgan Strasburg VizieR ma'lumotlar
bazasida hozirda nashr etilgan va elektron shaklda mavjud bo'lgan 11,1 mingdan ortiq
kataloglar, shuningdek, 11,5 ming turli kosmik ob'ektlar haqida individual
ma'lumotlar mavjud.
Kerakli obyektlar haqidagi quyidagilarni qidirish mumkin: katalog nomlari
bo'yicha; kalit so'zlar bo'yicha; nurlanish diapazonlari bo'yicha; tadqiqotning muhim
yo‘nalishlarini qamrab oluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha (masalan, yadrosi aktiv
galaktikalar, tumanliklar, galaktika to‘dalari, spektroskopiya bo‘yicha ma’lumotlar,
qizil siljishlar va boshqalar); ma'lumotlar bazasi kataloglarida joylashgan
ob'ektlarning nomlari bo'yicha; astronomik ob'ektlarning koordinatalari bo'yicha.
SIMBAD
(Fransiya). 2001 yilda to'liq ishga tushirilgan Strasburg astronomik
ma'lumotlar bazasi SIMBAD o'zaro identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega 7,07
milliondan ortiq astronomik ob'ektlar (17,6 million element), shuningdek, 280
mingdan ortiq bibliografik ma'lumotnomalarni o'z ichiga oladi.
Bu bazada astronomik ob'ektlarning nomlari bo'yicha, ularning koordinatalari
bo'yicha, to'liqroq qidirish imkoniyati uchun ma'lumotlar bazasiga maxsus kiritilgan
mezonlar bo'yicha, bibliografik tavsiflar bo'yicha (jurnallar nomlari, nashr etilgan
yillar, mualliflar bo'yicha, nashrlar sarlavhalaridagi so'zlar, maqolaning izlari va
boshqalar) va boshqalar ma’lumotlar qidirish mumkin.
NED
(AQSh). NASA/IPAC Extragalactic Database — ekstragalaktik
ma'lumotlar bazasi (NED deb qisqartirilgan). Ma'lumotlar bazasida 176,9 million
turli xil fazoviy astronomik ob'ektlariga oid ma'lumotlar mavjud.
WEBDA
(Avstriya). WEBDA ma'lumotlar bazasi galaktikalar va Magellan
bulutlaridagi yulduz to'dalari haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Bazaning birinchi
versiyasida (1987) 570 tarqoq yulduz to‘dalari haqida ma'lumotlar
mavjud [5], 1995 yildan boshlab esa NGC, IC va boshqa yulduz
|