107
«Международная жизнь»
(«International Affairs») - Dunyo
siyosati, RFRning diplomatiyasi, xalqaro munosabatlarini aks ettiruvchi
jurnal bo‘lib, ingliz tilida yiliga 6 marotaba chop etiladi.
«Военная мысль»
(«Military Thought»).- Rossiya Federatsiyasi
Harbiy mudofaa vazirligining yetakchi
nashri maqomiga ega
hisoblanadigan har kvartalda chop etiladigan jurnali. Rossiya harbiy
doktrinasi va strategiyasining aks ettirib, 1918-yildan chop etiladi.
«Общественные науки»
(«Social Sciences»).- kvartallik jurnal
bo‘lib, Rossiya Fanlar Akademiyasi institutlarining 25
jurnalida chop
etiladigan ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar,
tanqidiy sharhlar, analitik materiallarni o‘z ichiga oladi.
«Дайджест посоветской прессы»
(The Current Digest of the
Post-Soviet Press). sobiq Ittifoq davlatlari hududida chop etilgan gazeta
va jurnallaridagi muhim materiallar yig‘indisidan iborat.
Bugungi kunda «IVIS» Rossiya, MDH va Baltiya davlatlaridan rus
tilidagi kitob, gazeta, jurnallarning mikrofishlar va mikrofilmlardagi
materiallarini qamrab oladilar.
Barcha mikrofilmlar arxivlarda saqlash
qoidalari asosida xalqaro
ANSI/ISO
standartlari asosidagi maxsus qutilarda saqlanadi.
3.11. FAN VA TA’LIMGA OID ANALITIK MA’LUMOT
BAZALARI
Analitik ma’lumot bazalari (yoki analitik axborot tizimi) oddiy
ilmiy axborot resurslari ma’lumot bazalaridan farqli o‘laroq
manbalarning (jurnal, maqola, kitob va boshqalar) o‘zidan iqtiboslik
borasidagi qimmatli analitik axborotni o‘z
ichiga oladi, shuningdek,
maxsus qidiruv tizimiga ega bo‘lib, impakt faktor,
indeks Xirsha
kriteriylari bo‘yicha muallif va tashkilotlar reytingini shakllantiradi.
Bunday axborot tizimlari muhim analitik funksiyalarni bajaradi va
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
U yoki bu ilmiy manbalar (jurnallar, kitoblar,
hisobotlar va
boshqalar) yuqori qiymatga ega, ko‘p murojaat qilinadigan, iqtibosligi
yuqori manbalarni ajratib ko‘rsatadi;
Ilmiy nashrlar o‘zlarining ilmiy
jurnallari sifatini oshirishga,
kuchli mualliflarni jalb qilish orqali, bunday ma’lumot bazalari
ro‘yxatiga tushishga intiladilar;
Yosh tadqiqotchilar o‘zining sohasida yetakchi bo‘lgan,
ro‘yxatlardagi ilmiy maslahatchilarni (supervayzerlar)
topishi ancha
mushkul;
108
Tadqiqotchilar ilmiy ishlar va jahon miqyosidagi ilmiy
yangiliklarning rivojlanish tendensiyalarini kuzatish imkonini berib
ilmiy izlanishda to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga yordam beradi.