101
Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi)
Yillik Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi)
nashri 1948 yildan nashr etib kelinadi.
Har bir nashr aniq bir mavzu,
p’esa yoki p’esalar to‘plamiga bag‘ishlanadi va nashr maqolalari
o‘zining sharhiga va Shekspirning Buyuk Britaniyadagi zamonaviy
sahna ko‘rinishlari haqidagi kritik materiallarga ega bo‘ladi.
Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi) ning
elektron kolleksiyasi boy illustratsiyaga - ya’ni ko‘pgina noyob sur’at,
rasm, portretlarga ega bo‘lib, uning ma’lumotlar bazasiga alohida Online
Cambridge Kolleksiyalar platformasi
yordamida kirish imkoniyati
mavjud.
Shakespeare Survey Online (Online Shekspir so‘rovnomasi)
64 tomdan iborat;
Arxivi- 1948-yildan boshlangan;
Original bosma nashrga to‘liq mos tushadi;
Qulay interfeys va mukammal qidiruv tizimiga ega bo‘lib, IP -
adres orqali kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, har bir foydalanuvchining
qidiruv natijasi saqlanadi.
http://www.cambridge.org/online/cco.htm
University Publishing Online –
Cambridge University Press
kompaniyasi dunyoning boshqa nufuzli universitetlarining nashriyotlari
bilan hamkorlik qilib butun dunyodan ilmiy asarlarni bir to‘plamga
yig‘adi. Bunga quyidagi nashriyotlar ishlari kiradi:
Emirates Center of
Strategic Studies and Research, American Mathematical Association,
Edinburgh
University Press, Liverpool University Press, Royal
Economic Society,
Acumen Publishing, The University of Adelaide,
Boydel&Brower, Anthem Press va boshqa nashriyotlardir.
3.9. WILEY
Wiley (AQSH) – xalqaro tashkilot bo‘lib, akademik adabiyotlar,
tibbiyot xodimlari, olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar, oliy o‘quv yurt
talabalari
va
o‘qituvchilari
uchun adabiyotlar, kitob, jurnal,
ensiklopediyalarning bosma va elektron shakllarini nashr etishda
ixtisoslashadi, shuningdek, Internet mahsulotlari
va xizmatlaridan erkin
foydalanishni taqdim etadi. Kompaniya 800 ilmiy jamiyatlar bilan
hamkorlik qilish orqali 4000000 maqola, 1500 jurnal, 9000 kitob va
yuzlab kitoblar seriyalaridan erkin foydalanish imkonini yaratadi.
Quyidagi sohalarni qamrab oladi:
102
Tibbiyot, hamshiralik va
stomatologiya
Qishlok xo‘jaligi
Buxgalteriya va moliya
San’at va arxitektura
Biznes va menejment
Ximiya
Kompyuter fanlari
Turizm, mehmonxona va
kulinariya
Yer va atrof-muhit
haqidagi fanlar
Iqtisod
Ta’lim va pedagogika
Muhandislik fanlari
va materialshunoslik
Yuridik fanlar
Tabiiy fanlar
Matematika va
statistika
Fizika va
astronomiya
Psixologiya
Veterinariya
Tilshunoslik
WILEY kompaniyasining mahsulotlari: