M. A. Shukurova Yetakchi mutaxassis, muhandis-texnolog




Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#56837
  1   2
Bog'liq
Tikuv buyumllari ishlab chiqarish texn-si
Bolalar sporti asoslari, urtica-dioica-o-simligi-haqida, AQC1O1ATtkVzg4NHRJmD0KyjTtcTvwsFkNubqlwe (1), 769920, Jummayev Azamat (tarix o\'qitish metodikasi), 14, talaba-varaqasi-340191105388, 11111111111111111111111111111111184444048, 11000, c-da-massivlar-bilan-ishlash, 3-ma`ruza, 711111111, Ариза анкета ижара ЛОТИН, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
M. K. RASULOVA
TIKUV BUYUMLARI ISHLAB 
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Yengil sanoat kasb-hunar kollejlari 
o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma
ÒOSHKENT — 2006


2
M. K. Rasulova.
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish òexnologiyasi. Yengil sanoat kasb-hunar 
kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Turon-Iqbol», 2006-y., 
176-bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, unda tikuv buyumlarining assortimenti haqida umumiy ma‘lumotlar, tikuv buyumlari ishlab 
chiqarishning texnologik jarayonlari bos qichlari, tikuv buyumlari detallarini ip bilan, yelimlab va 
payvandlab biriktirish usullari, tikuv buyum detallariga namlab-isitib ishlov berish, ustki kiyim 
uzellariga ishlov berish texnologiyalari yoritilgan.
Bunda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni hisobga olib, 
ishlov berishning ilg‘or usullarini qo‘llash, zamonaviy uskunalardan foydalanish nazarda tutilgan.
O‘quv qo‘llanma ishlab chiqarishdagi ishchilarni o‘qitishda ham foydalansa bo‘ladi.
© «Turon-Iqbol», 2006-y.
T a q r i z c h i l a r :
M.A. Shukurova 
— Yetakchi mutaxassis, muhandis-texnolog.
N.Sh. Mirsagatova 
— Yakkasaroy tumani Yengil sanoat kasb-hunar 
kolleji direktori.


3
KIRISH
Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga 
alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo 
mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi.
Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib 
kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan 
chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va 
tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda 
aniq belgilangan.
Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan 
biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va 
yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la 
oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir 
malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan. 
Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy 
asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik 
fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan 
dalolatdir.
«Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan 
ushbu o‘quv qo‘llanma kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv 
buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni 
tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari, 
ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov 
berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan.


4
1. KIYIM HAQIDA UMUMIY MA’LUMOÒ
1.1. KIYIM FUNKSIYASI
Kiyim odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan 
himoya qilish vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Uning keyingi rivojida turli 
tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va 
jamiyatdagi estetik tasavvur evolutsiyasi ta’siri ostida shakli va xillari 
o‘zgarib, amaliy san’at obyektiga aylandi.
Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi hamda 
estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuyi. Kiyim 
deganda ich kiyim, ko‘ylak va ust kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo‘lqop, 
paypoq kabilarning keng majmuasi tushuniladi.
Kiyimning asosiy funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1.1-sxema. Kiyim funksiyalari.
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigiyenik funksiyalarga 
ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog‘onada yanada kengroq 
aniqlanadi.
Axborot funksiyalar odam (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi 
to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o‘rinliligi, zamonaviyligi, 
yangilikligi va h.k).


5
Kiyim turi aholining didi, talabining o‘sishi, madaniyati va yangilikka 
intilishi natijasida doimo o‘zgarib turadi.
Kiyimga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) kiyimning sifati va aholi talabi xususiyatlarining shakllanishini 
ta’minlovchi iste’molchi talablari;
2) kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim 
tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi: gigiyenik, 
ekspluatatsion, estetik.
Gigiyenik talablar — insonni tashqi muhitning turli xil omillaridan 
himoyalash (sovuq, issiq, yomg‘ir), mexanik va kimyoviy zararlanishdan 
himoyalash, organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlash vazifasini 
bajaradi.
Ekspluatatsion talablar — foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni 
ta’minlaydi.
Estetik talablar — zamonaviy, modaga mos keluvchi kiyimni badiiy 
bezashni ta’minlaydi (siluyet, rang, qo‘llanadigan gazlama guli, kiyim 
qismlari proporsiyasining detal shakli).
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va 
materiallardan ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda 
texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi.
Òikuv buyumlari quyidagicha tasniflanadi.
1.2-sxema. Òikuv buyumlarining tasnifi.
Bolalar kiyimi, o‘z navbatida, yoshiga qarab: yasli yoshidagi bolalar 
kiyimi, maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi, maktab yoshidagi bolalar 
kiyimi, o‘smirlar kiyimiga bo‘linadi.
Maishiy kiyim vazifasiga ko‘ra: kundalik kiyim, tantanalik kiyim, uy 


6
kiyimi bo‘lishi mumkin. Òikuv buyumlari: ust kiyim, ichki kiyim, korset 
buyumlari, cho‘milish kiyimlari, bosh kiyimlar, boshqa kiyimga taalluqli 
bo‘lmagan tikuv buyumlariga ajratiladi.
Maishiy ust kiyimlarga kiradigan tikuv buyumlari assortimenti har 
xil bo‘ladi. Unga palto, kalta palto, plash, pidjak, nimcha, jaket, yubka, 
ko‘ylak, xalat, bluzka, erkaklar ko‘ylagi, kombinezonlar kiradi.
Ichki kiyim bu — ich ko‘ylaklar, ostki yubkalar, tungi ko‘ylaklar, bolalar 
ko‘ylakchalari, ishtonlar, kolsonlar, pijamalardir.
Korset buyumlari — tananing ba’zi qismlarini berkitib turish vazifasini 
bajarib, unga siynaband, gratsiya, korset kabi buyumlar kiradi.
Cho‘milish kiyimlari — cho‘milish va quyoshda qorayish uchun 
badanga kiyiladigan kiyim hisoblanadi.
Bosh kiyimlar turli xil bo‘lib, boshni issiq tutish, quyoshdan saqlash, 
tashqi ta’sirdan himoyalash kabi vazifalarni bajaradi.
Sport kiyimi sportchi tanasini turli shikastlardan himoya qilish va 
sportchi harakati uchun qulaylik yaratish vazifasini bajaradi. Sport 
kiyimlari sport turiga va yosh-jinsiga qarab turlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish kiyimi — turli xalq xo‘jalik sohasi sharoitlarida 
kiyiladigan kiyimdir. Ular: maxsus, rasmiy va texnologik kiyimlarga 
bo‘linadi.
Maxsus kiyim — ishlayotgan kishini — xavfli va zararli atrof-muhit 
ta’siridan asraydi. Uning asosiy turlari: plashlar, kurtkalar, kombinezonlar, 
paxtali kurtkalar, paxtali shimlar va h.k. Ular mexanik ta’sirlardan, past 
va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, 
kislota, ishqor, yog‘ kabi ta’sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi.
Rasmiy kiyim — harbiylar, aloqachilar, temir yo‘lchilar, maxsus 
mahkama xizmatchilari, transport ishchilari va boshqalar uchun 
mo‘ljallangan kiyimlardir. Unga shinel, palto, kastum, kitel, ko‘ylak, bosh 
kiyim kiradi.
Òexnologik kiyim — tibbiyot va boshqa aniqlikni talab qiladigan 
ishlab chiqarishda ishlovchi odamni mehnat buyumlaridan muhofaza 
qilish vazifasini bajaradi.
Mahsulotni loyihalash va hisobga olishning ba’zi bosqichlarida 
hisoblash texnikasidan foydalanish buyumlarning detal va uzellarini 
kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Òikuv buyumlarining o‘nlik egasiz tasnifi mahsulot klassifikatoriga 
kiritilgan. Unda tikuv buyumlari 85-raqam ostida mustaqil klassga 
ajratilgan.


7
Òikuv buyumlari navbati bilan klasslar, kichik klasslar, guruhlar, kichik 
guruhlar, tur, kichik tur va boshqalarga tasniflanadi.
a) klass — buyumning umumiy vazifasi — maishiy kiyimlar, sport 
kiyimlari, ishlab chiqarishga oid kiyimlar;
b) kichik klass — buyumlarning assortiment bo‘yicha tasnifi — ust 
kiyim, yengil ko‘ylak, ich kiyim, bosh kiyim va h.k.;
d) guruh — vazifasiga ko‘ra konstruktiv yechimi yaqin bo‘lgan 
buyumlar majmuyi — palto, plash, pidjak, jaket va h.k.;
e) kichik guruh — xomashyo belgisi (ip gazlama, zig‘ir tolali gazlama, 
jun gazlama va h.k.);
f) tur — jinsi va yosh belgilari bo‘yicha;
g) kichik tur — buyum ko‘rinishining xilma-xilligi bo‘yicha;
h) xil — buyum vazifasi bo‘yicha;
i) xil bo‘limi: gazlamaning turi bo‘yicha.
Masalan: 852311132.
Sinf — 85-kiyim.
Kichik klass — 2-kastum.
Guruh — 3-ko‘ylak.
Kichik guruh — 1-ip gazlama.
Òur — 1-erkaklar uchun.
Kichik tur — 1-uzun yengli.
Xil — 1-xizmatga mo‘ljallangan.
Kichik xil — 2-satin.
Ya’ni ip gazlamadan tikilgan uzun yengli erkaklar ko‘ylagi, satin 
gazlamadan xizmat uchun mo‘ljallangan.
1.2. ÒIKUV MAHSULOÒLARI UCHUN 
ÒEXNIK-ME’YORIY HUJJAÒLAR
Standart bo‘lajak mahsulotning, materiallarning yoki texnologik 
jarayonlarning barcha sifat va o‘lcham tasniflari bir joyga to‘planib, rasmiy 
yozib qo‘yilgan hujjatdir.
Ommaviy tikiladigan hozirgi zamon kiyimining assortimenti 
nihoyatda xilma-xil. Kiyimning turi va kiyim tikiladigan materiallar 
qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ommaviy kiyim tikish aniq bir 
umumiylikka asoslangan bo‘lib, standart o‘lchamlarda bo‘ladi.
Ommaviy kiyimlar ishlab chiqarishda, kiyimlar turli o‘lcham, bo‘y va 
to‘lalikka binoan tikiladi. O‘lcham ko‘krak aylanasi bo‘yicha aniqlanadi. 


8
Kiyim uzunligi gavda bo‘yidan aniqlanadi (1.1 va 1.2-jadval).
Uzunliklararo farq paltolar va ayollar ko‘ylaklarida 6 sm, pidjak va 
jaketlarda 2 sm, erkaklar ko‘ylaklarida 6 sm bo‘ladi.
Maishiy kiyimlar uchun to‘lalik guruhlarga ajratiladi:
Erkaklar uchun bel aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-to‘lalikka, ayollar uchun 
bo‘ksa aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-to‘lalikka bo‘linadi.
Ommaviy kiyim tikishda kiyim uzunligining o‘lchami va to‘laligini 
markalashda bir necha raqam qator yoziladi.
Masalan: erkaklar kiyimi 170—100—88, ayollar kiyimi 158—96—104 
deb markalanadi.
Odam gavdasi va gavdaning ayrim qismlari o‘lchanganda aholining 
hamma gavda turlarini nisbatan ko‘p bo‘lmagan gavda xillariga bo‘lish 
mumkin. Natijada kiyim o‘lchamlari orasida intervallar qancha bo‘lishini 
belgilash mumkin bo‘ladi. Bu interval loqaydlik intervali deb ataladi.
Ust kiyimlar uchun ko‘krak aylanasidagi loqaydlik intervali 4 sm 
(yarim aylanasi 2 sm), kiyim o‘lchamlari esa 44, 46, 48, 50, ..., 60 kabilar 
belgilangan.
Mahsulotning sifatini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish 
jarayonining har bir pog‘onasida uni idora qilib turish zarur.
Muayyan sohadagi faoliyatni tartibga solish uchun qoidalar belgilash 
va ularni qo‘llash maqsadida standartlash qabul qilingan.
Standartlash tizimining asosiy vazifalari tayyor mahsulotning, 
xomashyo va materiallarning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, 
mahsulot sifati ko‘rsatkichlari yagona tizimini, bu tizimni sinab ko‘rish usul 
va vositalarini belgilash, birxillashtirish usullarini ishlab chiqish va joriy 
etish, mamlakatda o‘lchash ishlarining bir xilda bo‘lishini va to‘g‘riligini 
ta’minlash, hujjatlar yagona tizimini o‘rnatish va h. k. hisoblanadi.
Standartlashtirish Davlat tizimi uchta standartlar toifasidan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari, soha standartlari va korxona 
standartlari.
Davlat standarti huquqiy va texnik norma hisoblanadi, unda 
standartga mos bo‘lmagan mahsulot yetkazib berilgani uchun 
korxonalarning mulkiy javobgarligi ko‘zda tutilgan bo‘ladi va mahsulot 
sifatiga davlat qo‘ygan talablar ko‘rsatiladi. Standart larda nazarda 
tutilgan ko‘rsatkichlar mahsulot sifatining eng past chegarasi bo‘lib, 
bundan past sifatli mahsulot sifatsiz hisoblanadi.
Davlat standartlarini respublikamizdagi hamma korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalar qo‘llashi shart.


9
Soha standartlarini qo‘llash mazkur sohadagi hamma korxonalar 
va tashkilotlar uchun, shuningdek, shu soha mahsulotini ishlatuvchi 
(iste’mol qiluvchi) boshqa sohalardagi (buyurtmachi) korxonalar va 
tashkilotlar uchun majburiydir.
Korxona standartlari muayyan korxona uchungina majburiydir.
Amaldagi standartlar bevosita modellarga bog‘liq talablarni aks 
ettirmaydi. Korxonalarda kiyim tikishda kerakli hujjat muayyan modellar 
uchun ishlab chiqilgan texnik shartlar hisoblanadi. Òexnik shartlarni 
modelxonalar, modalar uyi yoki laboratoriyalar ishlab chiqib, keyin 
andazalar bilan butlangan tarzda korxonalarga jo‘natadi.
Òexnik shartlar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
— modellar chizmasi;
— model tashqi ko‘rinishining tavsifi;
— kiyimga ishlov berishning texnik talablari;
— tavsiya etilgan materiallar ro‘yxati;
— kiyim va andazalar o‘lchamlari haqida ma’lumot;
— kiyimni qabul qilish, tamg‘alash, o‘rash, saqlash va tashish 
qoidalari;
— texnik-me’yoriy hujjatlar ro‘yxati: andazalar komplekti, andazalar 
yuzasining jadvali, materiallarni bichish kartasi, joylashtirish sxemasi, 
yordamchi va tekislovchi andazalar ro‘yxati.
Modelni tikishning texnik shartlari yuqorida aytib o‘tilgan Davlat 
standartlarini o‘z ichiga olgan amaldagi texnik-me’yoriy hujjatlarga 
asosan ishlab chiqiladi.
1.1-jadval
Erkaklar va ayollar gavdasining tasnifi
Ilova: O — ozg‘in, O‘ — o‘rta, Ò — to‘la va JÒ — juda to‘la.
1.2-jadval
O‘g‘il va qiz bolalar gavdasining tasnifi


10
2. ÒIKUV KORXONASIDA BAJARILADIGAN 
ISHLAR VA ULARNING BOSQICHLARI
Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. Har yili yengil 
sanoatda bichig‘i va fasoni xilma-xil bo‘lgan yangi modellar ishlab 
chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang‘ich materiali 
bo‘lgan gazlamalar faqat struktura, tashqi ko‘rinish va rang-baranglik 
jihatidangina emas, balki xususiyat va tola jihatidan ham to‘xtovsiz 
o‘zgarib turadi.
Kiyim ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish (tikuv korxona sining 
tajriba sexida amalga oshiriladi).
2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash (tayyorlov sexida amalga 
oshiriladi).


11
3. Gazlamalarni bichish (bichish sexida bajariladi).
4. Buyum tikish (tikuv sexida tikiladi).
5. Buyumni pardozlash (pardozlash yoki tikuv sexida bajariladi).
2.1 BUYUMLARNI ISHLAB CHIQARISHGA 
ÒEXNIK ÒAYYORLASH ÒEXNOLOGIK JARAYONI
Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashning 
dastlabki bosqichi kiyimlar modelini yaratish hisoblanadi. Model — 
tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir.
Kiyimning yangi modeli modalar uyida hamda malakali rassom-
modelchi yoki modeler-konstruktorlarga ega bo‘lgan tikuvchilik 
korxonalarida yaratiladi.
Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: gazlama 
ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish; gazlama va qo‘shimcha 
bezak materiallarni tanlash; model eskizini korxona bosh muhandisi 
boshchiligidagi muhandis-texnik xodimlardan iborat badiiy-texnik 
kengashda tasdiqlash; eskiz bo‘yicha buyumni rassom-modelchi va 
texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish; 
yangi modeldagi kiyimni badiiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish va 
katta badiiy-texnik kengashga tavsiya etish. Katta badiiy-texnik kengash 
tarkibiga tikuvchilik sanoati, modalar uyi va savdo tashkilotlari xodimlari 
kiradi. Katta badiiy-texnik kengashdan o‘tgan modellar ommaviy ishlab 
chiqarishga tavsiya etiladi. Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash 
tikuvchilik korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi.
Òajriba sexi ishlab chiqarishning asosiy sexlaridan biri bo‘lib, bu yerda 
quyidagi ishlar bajariladi:
1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish.
2. Model namunalarini tikish.
3. Andazalar tayyorlash.
4. Buyumga gazlama sarf normalarini aniqlash.
6. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini tekshirish.
Bu ishlarni bajarish uchun sexda xodimlar quyidagi guruhlarga 
ajratilgan:
1. Modelchi-konstruktorlar guruhi.
2. Òexnologik guruh.
3. Normalovchilar guruhi.
4. Andazachilar guruhi.


12
5. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash 
laboratoriyasi.
Yangi modeldagi buyumning konstruksiyasini konstruktor tuzib 
chiqadi va konstruksiyani tekshirish maqsadida namuna tikiladi. Namuna 
tikish jarayonida konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritib boriladi. O‘zgartirish 
kiritilgan konstruksiya bo‘yicha yana ikkinchi namuna tikiladi va ushbu 
jarayonda konstruksiya bo‘yicha etalon-andaza tasdiqlanadi. Etalon-
andaza o‘rtacha o‘lcham-bo‘yga yaratilganligi uchun texnik-konstruktor 
ushbu model tavsiya etilgan boshqa o‘lcham-bo‘ylarga ko‘paytiradi.
Agar model modalar uyida yaratilgan bo‘lsa, unda tikuv korxonaning 
tajriba sexiga modelning namunasi, tavsiya etilgan hamma o‘lcham-
bo‘ydagi andazalar hamda modelning texnik hujjati keltiriladi. Bunda 
konstruktor namuna va andazalarni texnik hujjatga solishtiradi. 
Andazalar qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlash maqsadida model 
namunasi tikiladi.
Òajriba sexi konstruktorlari etalon-andaza qanchalik to‘g‘ri 
qilinganligini aniqlab chiqib, shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga 
beradi. U yerda uch xil andaza tayyorlanadi:
a) ishchi andazalar — detallarni bichish, bo‘rlamalar tayyorlash uchun 
ishlatiladi;
b) yordamchi andazalar — vitachka, cho‘ntak, tugma, izma joylari va 
h.k. ni belgilash uchun ishlatiladi;
d) qo‘shimcha andazalar — kiyim detallarini tekislab qirqish uchun 
ishlatiladi.
Ishchi andazalar 5 ta komplektda tayyorlanadi. Ulardan ikkitasi 
tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi 
tayyorlov sexida bo‘rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga 
nuqsonli gazlamalarni bichish va bo‘rlamalarda, o‘chib ketgan joylarini 
bo‘rlash uchun ishlatiladi. Andazalar 0,9—1,2 mmli qattiq kartondan 
tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar qirqimiga tunuka-mag‘iz qoplanadi. 
Ko‘p ishlatiladigan andazalar duralumin yoki boshqa metall tunukalardan 
tayyorlanishi mumkin.
Andazalar igna o‘rniga pichoq o‘rnatilgan universal tikuv mashinasida 
yoki andaza qirqadigan maxsus MRL mashinasida qirqiladi. Andazalar 
tekshiriladi va ularning cheti aylantirib tamg‘alab chiqiladi. Har qaysi 
andazada tanda ip yo‘nalishi va undan qanchalik chetga chiqish 
mumkinligi ko‘rsatiladi. Detallar chegarasi bir-biriga to‘g‘ri ulanishi uchun 
andazalarga kertimlar qo‘yiladi. Hamma andazalarga model raqami, 


13
o‘lchami, bo‘yi yoziladi. Andazalar komplektining asosiy detalida shu 
komplektga kiradigan andazalar ro‘yxati yoziladi. Ishchi va yordamchi 
andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib 
tekshiriladi. Etalon andazalar ham kvartalda bir marta tavsiyada 
ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi.
Normalovchi guruhning vazifasi materiallar harajatini ratsional 
normallashtirishdan iboratdir, chunki tikuv kiyimlarining tannarxini 
kamaytirish tadbirlari ichida materiallar harajatini kamaytirish birinchi 
darajali ahamiyatga egadir. Material mahsulot tannarxining 80—90 foizini 
tashkil qiladi. Bu vazifani bajarish material sarfini to‘g‘ri normallashtirish, 
ulardan foydalanishni nazorat qilishga bog‘liq.
Òikuvchilik sanoatida quyidagi gazlama chiqindilari mavjud: 
andazalar orasidagi chiqindilar, gazlama eni bo‘yicha chiqindilar, 
noratsional qoldiqlar (asosiy bitta to‘liq buyumni ishlab chiqarishga 
yaroqsiz), to‘shamalar uzunligi bo‘yicha chiqindilar.
Gazlama sarfini normalash jarayonida ushbu chiqindilarni iloji 
boricha kamaytirish ko‘zda tutiladi.
Andazalar orasidagi chiqindilarni kamaytirishning asosiy omillaridan 
biri, bir necha o‘lcham-bo‘ydagi andazalarni birlashtirib bichishdir.
Bunda o‘lcham-bo‘ylar quyidagi prinsipda birlashtiriladi: ketma-
ket o‘lcham-bo‘y birlashtirish, har xil o‘lcham-bo‘ylarni birlashtirish, 
o‘lcham va bo‘ylarni andazalar sathi ketma-ket ortib borishi tartibida 
birlashtirish.
O‘lcham-bo‘ylar birlashmalarini tuzib chiqishdan keyin ularga 
gazlama sarfi normallashtiriladi.
Òikiladigan kiyim chiroyli chiqishi bilan birga unga ketadigan gazlama 
ham tejamliroq sarf bo‘lishi uchun andazalarni tajribali joylashtirishda 
ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Andazalar gazlamaning o‘rish va arqoq yo‘nalishiga moslab 
joylashitiriladi.
2. Joylashmada oldin katta detallar andazalarini qo‘yib, ular orasiga 
mayda detallar andazasi joylashtiriladi.
3. Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichishga 
mo‘ljallangan joylashmada andazalar shunday joylashtiriladiki, kiyim 
detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo‘lsin. Kiyimdagi 
simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil joyga to‘g‘ri kelishi 
kerak.
4. Bobrik, baxmal, yarim baxmal, velvet kabi gazlamalardan tikiladigan 


14
kiyimlar barcha detallarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
5. Gazlamaning tuki uzun bo‘lib aniq bir tomonga taralgan bo‘lsa, 
kiyim detallarida tuklar pastga qaragan bo‘lishi kerak.
6. Andazalarni joylashmaga joylashtirilganda to‘shamada gazlamani 
to‘shash usuli hisobga olinadi.
7. Joylashmada joylashtiriladigan andazalar qancha komplekt 
bo‘lishiga va bichiqlar soniga ahamiyat beriladi.
Andazalar orasidagi chiqindilar miqdoriga ta’sir etadigan omillar 
quyidagilardan iborat:
a) joylashmadagi andazalar komplektining soni (bir, bir yarim, ikki 
va undan ortiq komplekt);
b) gazlamani to‘shash usuli ( yalang qavat, o‘ngini-o‘ngiga qaratib 
va o‘ngini pastga qaratib);
d) gazlamaning turi (sidirg‘a, gulli yoki tukli);
e) joylashmaning eni;
f) andazalarni joylashtirishda gazlamaning tanda iplari yo‘nalishiga 
nisbatan yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlar, kiyim detallariga tushadigan 
uloqlar soni;
g) joylashmadagi o‘lcham-bo‘ylar soni;
h) andazalarning shakli.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yengil sanoat 
korxonalari ishlab chiqarishda va ular rivojlanishida mahsulot sifatli va 
raqobatbardosh bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Insonlarning zamonaviy 
sifatli kiyimlarga ehtiyoji doimo ortib borishi tikuv korxonalarining 
assortimentlarini ko‘paytirish bilan bog‘liq. Buning uchun esa zamonaviy, 
takomillashtirilgan texnika va texnologiyalardan foydalanish hozirgi 
zamon talabidir.
Hozirda bir necha dasturlarni o‘z ichiga olgan, avtomatlashtirilgan 
sistemalar mavjud bo‘lib, model o‘lcham va bo‘ylarga ko‘paytiriladi, 
ularning gazlama sarf normasi aniqlanadi va o‘lcham-bo‘ylar bo‘yicha 
joylashmalari 1:1 masshtabda bajariladi. Bunday sistemalar CAD CAN 
(Yaponiya firmasi), Cerber (AQSH), Lectra (Fransiya) va h. k. da andazalarni 
ko‘paytirish, andazalar to‘shamalarini va bo‘rlamalarini tayyorlashda EHM 
ishlatiladi (2.1-rasm).
2.2. GAZLAMALARNI BICHISHGA ÒAYYORLASH 
ÒEXNOLOGIK JARAYONI


15
Gazlamani bichishga tayyorlash ishlari tayyorlov sexida amalga 
oshiriladi. Òayyorlov sexida asosiy vazifasiga ko‘ra quyidagi ishlar 
bajariladi:
1. Keltirilgan gazlamalarni tushirish va qabul qilib olish.
2. Qabul qilib olingan gazlamalarni omborga joylash va vaqtincha 
saqlash.
3. Gazlamalarning sifatini tekshirish, gazlamadagi nuqsonlarni aniqlash 
va joyini belgilash.
4. Gazlama to‘plarining bo‘yi va enini o‘lchash.
5. Gazlama to‘plarini to‘shama uchun xillash va hisoblash.
6. Gazlama to‘plarini hisob kartaga asosan to‘shama qavatlariga 
qirqish.
7. Bo‘rlama tayyorlash.
8. Gazlama bo‘laklarini to‘shama uchun sortlash va saqlash.
9. Gazlamalarni bichish sexiga uzatish.
Gazlamalar konteyner yoki mashinalarda taxlangan holatda rulon yoki 
toy-toy qilib keltirilib, qo‘lda yoki biror mexanizm yordamida tushiriladi.
Yuk tushirish uchun odatda 40—46 modeldagi avtopogruzchik, 
40—15 M elektropogruzchik, 40—04 A elektropogruzchik, ESHPV-05 
elektroshtabelyor ishlatiladi. Korxonaga kelgan hamma materiallarning 
assortiment miqdori va sifati mol bilan birga kelgan hujjatlarga (schot-
faktura, yuk xati, spetsifikatsiya va shu kabilarga) solishtirib tekshiriladi. 
Gazlama yashiklarda, toylarda yoki rulonlarda kelgan bo‘lsa, uning o‘rovi 
buzilmaganligi va umumiy og‘irligi, shuningdek, necha o‘ramligi va 
2.1-rasm. Kiyimni loyihalashtirish sistemasi.


16
o‘ramlarning raqamlari hujjatlardagi yozuvga solishtirib ko‘riladi.
Òovarning sifati, qo‘yilgan tamg‘asi texnik hujjatlarga mos kelmay 
qolsa, korxona mol yuborgan tashkilotdan vakil chaqirib, bu haqda 
dalolatnoma tuzadi.
Òexnik hujjatlarga mos kelgan mollar qabul qilinib, mollarning o‘rovi 
ochiladi va gazlama donalab qabul qilinadi.
Har xil kelgan mol artikullarga binoan alohida-alohida ko‘rsatilib, 
o‘lchov qaydnomasiga quyidagilar yoziladi:
1. Gazlama to‘pining to‘qimachilik korxonasida qo‘yilgan tartib 
raqami.
2. Gazlama to‘pining tikuvchilik korxonasida qo‘yilgan tartib raqami.
3. Materialning yorliqda ko‘rsatilgan nomi va artikuli.
4. Umumiy uzunligi va eni.
Ochilgan gazlama javonlarda yoki supacha tagliklarda, turiga 
qarab, yorliq osilgan yon tomoni tashqariga qaratilib, alohida-alohida 
saqlanadi.
Òikuvchilik korxonalariga keltirilgan gazlamalar soni va sifati bo‘yicha 
tekshirib ko‘riladi. Bu uchun 3 metrli oddiy stollar, nuqson topish stanogi, 
nuqson topish va o‘lchash operatsiyalarini birgalikda bajaradigan 
yarimavtomat mashinalari (RS—1, RS—5, BPM—2, BPM—3, UPRO—1 
va hokazo) ishlatiladi.
Gazlamalarning bo‘yi bilan eni, nuqson topish vaqtida yoki undan 
keyin 3 metrli o‘lchov stolida gazlamani stol bo‘ylab sura borib, o‘rama 
moslama yordamida rulon qilib o‘rayotganda, baravariga o‘lchanadi. 
Gazlamaning har 3 metr joyi qo‘lda yoki mexanik moslamada bo‘rlab 
qo‘yiladi va eni ham o‘lchanadi.
Òekshirish vaqtida gazlamada aniqlangan to‘qimachilik nuqsonlari 
bor joylar rangli ip yoki bo‘r bilan belgilanadi, bu narsa gazlamani to‘shash 
vaqtida uning nuqsoni bor joyi yaqqol ko‘rinib turishi uchun qilinadi. 
Jun gazlamalarda har 3 metrda eni o‘lchanadi va ular ichida eng ko‘p 
takrorlangan en o‘lchami shu to‘pning haqiqiy eni hisoblanadi. Qolgan 
hamma gazlamalarda esa kamida 2—3 marta takrorlangan eng qisqa en 
o‘lchami haqiqiy eni hisoblanadi.
Gazlamadan to‘g‘ri va tejamli foydalanish uchun uning sifatini va 
nuqson joylarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda aniq 
o‘lchovga ega bo‘lish uchun elektron o‘lchov asbob laridan foydalaniladi. 
Bu elektron asbob BPM mashinalariga o‘rnatiladi. Ko‘rsatuvchi ekranga 
uzatgich mahkamlanadi, elektron hisoblagich esa maxsus kronshteynga 
o‘rnatiladi. Gazlama to‘pi valikka o‘rnatilib, pedal bosish orqali harakatga 


17
keltiriladi. Elektron asbob orqali avtomatik ravishda gazlama uzunligi 
aniqlanadi (2.2-rasm). Bu asbob yordamida Sankt-Peter burgdagi tikuv 
korxonalarida tajribalar olib borilgan va o‘lchash aniqligi 0,1—0,2 foizini 
ko‘rsatgan.
Gazlama to‘plarining bo‘yi va enini o‘lchash natijalari o‘lchov 
qaydnomasiga va har qaysi to‘pning pasportiga yozib qo‘yiladi.
Òo‘pning pasportida:
1. Gazlamaning artikul raqami.
2. Haqiqiy uzunligi.
3. Bo‘laklarning uzunligi.
4. Nuqsonlar oralig‘idagi masofalar.
5. Nuqsonlarning o‘lchami va nomi.
6. Gazlamaning har qaysi o‘lchamida aniqlangan haqiqiy eni.
7. Milki bilan qo‘shib o‘lchangandagi eni.
8. Milksiz o‘lchangandagi eni.
9. Rangi, tuki bor-yo‘qligi va gulining xarakteri ko‘rsatiladi.
Gazlama to‘pining pasporti ikki nusxada yozilib, bittasi to‘p 
gazlamaga yopishtirib qo‘yiladi, ikkinchisi tayyorlov sexidagi kartotekada 
saqlanadi.
O‘lchab bo‘lingan to‘plar rulon qilib o‘ralib, 19—20° C haroratli 
xonalarda saqlanadi. Gazlamani 
saqlash uchun mavjud qurilmalarni 2 
guruhga ajratish mumkin:
1-guruh — statsionar qurilmalar 
(2.3-rasm).
2-guruh — harakatlanuvchi 
yacheykalari bor qurilmalar (2.4-
rasm).
Yuqorida ko‘rilgan qurilmalarda 
gazlamalar yakka yoki guruh holda 
saqlanadi.
1. Artikullar bo‘yicha.
2. Guruhlar bo‘yicha (partion).
3. Komplekt (raso yig‘indisi) 
bo‘yicha (avra, astar va qo‘shimcha 
materiallar bilan birga).
G a z l a m a l a r n i s a q l a y d i g a n 
qurilmalar tanlashda quyidagi talablar 
ko‘zda tutiladi:
2.2-rasm. Gazlama sifatini 
tekshirish BPM mashinasi:
1 — rulon gazlama, 2 — uzatgich, 
3 — indikator tablo, 4 — gazlama 
o‘raladigan valik, 5 — gazlamani 
harakatga keltiruvchi pedal.
2 — M.K. Rasulova


18
1. Òayyorlov sexi binosidan ratsional foydalanish.
Bu xona balandligidan, xona sahnidan va gazlama saqlash 
qurilmalarida to‘plar qanchalik zich joylashganligidan foydalanish, 
demakdir.
2. Gazlama to‘plarini saqlash, qidirib topish va tashish usullarini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoniyatini berish.
Òikuv korxonasining tayyorlov sexida tikiladigan har bir modelga 
konfeksion karta tuziladi. Unda avra, astar, qo‘shimcha materiallarning 
artikullari, ip va tugma raqamlari, bezak materiallari va ularning 
namunalari ko‘rsatiladi. Konfeksion kartani tayyorlov sexida konfeksioner 
tuzadi va korxona bosh muhandisi tasdiqlaydi.
Gazlamani bichish jarayonida to‘p gazlamadan noratsional 
qoldiqlarni va gazlamani to‘shashda gazlama chiqindilarini kamaytirish 
maqsadida gazlama to‘plarini to‘shamalarga hisoblanadi. Ushbu 
hisoblash «qoldiqsiz hisoblash», ya’ni ko‘p «to‘shamali hisoblash» deb 
nomlanadi. Chunki gazlama to‘plarining uzunligi bir nechta har xil 
uzunlikdagi to‘shamalarga hisoblanadi. Bunda to‘shamalarning uzunligi 
bir-biridan 8—10 sm ortmasligi kerak. Gazlama to‘plarini to‘shamalarga 
hisoblaganda bitta hisob kartasiga 7—8 har xil uzunlikdagi to‘shamalar 
kiritiladi. Ushbu to‘shamalar asosiy va qo‘shimcha to‘shamalarga 
bo‘linadi. Asosiy to‘shamalarda bir nechta o‘lcham-bo‘y birlashtirib, 
bichishga mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘shimcha to‘shamalarda muayyan bitta 
o‘lcham-bo‘y buyumlarini bichishga mo‘ljallangan.
Gazlama to‘plarini hisoblash qo‘lda (kalkulator va yordamchi jadval 
yordamida) yoki EHMda bajarilishi mumkin. Bunda «Kashtan» va 
«Razdan» EHM mashinalari tavsiya etiladi.
Ayrim korxonalarda hisob kartasiga asosan, gazlama to‘plari, to‘shama 
2.3-rasm. Statsionar qurilmalar:
a — ko‘p qavatli javon; b — kataksimon javon; d — supacha taglik.


19
qavatlar uzunligida qirqib olinadi. Har bir to‘shamaga mo‘ljallangan 
qavatlar alohida-alohida aravacha-konteynerga solinadi. Gazlama to‘pini 
qavatlarga qirqib olish MPM mashinasida bajariladi. Mashinani 2 ishchi 
boshqaradi. Gazlamaning bir qavatiga hisob kartasida ko‘rsatilgan 
o‘lcham-bo‘y andazalar bo‘yicha bo‘rlab chiqiladi.
Bo‘rlama va gazlama qavatlari solingan aravachalar bichish sexiga 
uzatiladi.
2.3. GAZLAMALAR BICHISHNING ÒEXNOLOGIK JARAYONI
Òikuv sexlarini buyum bichiqlari bilan bir tekis va uzluksiz ta’minlab 
turish, bichish sexining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bichish sexi gazlamalar to‘plamini (avra, astar, qo‘shimcha 
materiallarni) va bichish uchun hujjatlarni (hisob va bichish kartasini) 
tayyorlov sexidan; kerakli miqdorda furniturani furnitura omboridan; 
bosh mexanik bo‘limidan asbob-uskunaning ehtiyot qismlari va 
yordamchi moslamalarni; tajriba sexidan andazalarni, texnik hujjatlarni, 
gazlama sarfini va joylama nusxasini qabul qilib oladi.
Bichish sexining ishlab chiqarish jarayoni alohida-alohida bitta 
yoki guruh ishchilari tomonidan bajariladigan quyidagi texnologik 
operatsiyalardan iborat:
1. Gazlama qavatlarini to‘shash.
2. Òo‘shama sifatini tekshirish.
3. Òo‘shamaning birinchi yuqori qavatida bo‘rlama bajarish yoki 
tayyor bo‘rlamani yozib, o‘chgan bo‘r chiziqlarini tiklash.
4. Òo‘shamani tamg‘alash.
5. Òo‘shamani rasmiy hujjatlashtirish.
2.4-rasm. Harakatlanuvchi yacheykalari bor qurilmalar:
a — baraban tipidagi mexanizatsiyalashgan javon; b — elevator.


20
6. Òo‘shamani bo‘laklarga bo‘lish va asosiy katta buyum detallarini 
qirqib olish.
7. Òo‘shama bo‘laklaridan buyum detallarini tasma pichoqli bichish 
mashinasida qirqib olish.
8. Bichiqlar sifatini tekshirish.
9. Bichiqlarni komplektlash.
10. Buyum detallarini raqamlash.
11. Preyskurant yorliq va kalkulatsion talonlarini chop etish.
12. Buyumning yo‘l varaqasini yozish.
13. Avra bichiq detallarini astar, qotirma bichiq detallari bilan 
komplektlash va preyskurant yorlig‘i, kalkulatsion taloni, yo‘l varaqasi 
bilan bog‘lash.
14. Bichiqlarni saqlash (ko‘pi bilan 1—2 kun) va tikuv sexiga 
uzatish.
Bichish sexining asosiy texnologik operatsiyasi gazlama qavatlarini 
bichish stolida to‘shash hisoblanadi.
Bichish sexiga gazlamalar (avra, astar) gazlama to‘pi holida yoki 
gazlama to‘pidan to‘shama uzunligida, qavatlarga qirqib olingan holida 
aravachalarda keltiriladi. Gazlama hisob kartasiga asosan to‘shaladi. 
Òo‘shamaning asosiy parametrlari — to‘shama uzunligi va to‘shama 
balandligi (ya’ni qavatlar soni). Òo‘shama uzunligi bitta buyum gazlama 
sarfiga va joylamadagi andazalar komplektiga bog‘liq. Òo‘shama uzunligi 
8—9 m ortsa (ayniqsa, jun gazlamalar uchun) to‘shamaning sifati 
pasayadi hamda gazlamani to‘shash qiyinlashadi.
Òo‘shamaning balandligi 15—18 sm dan ortmasligi kerak. Òo‘shama 
balandligi, ya’ni to‘shamadagi qavatlar soni gazlama turiga bog‘liq bo‘lib, 
quyidagicha tavsiya etiladi:
Kastumbop gazlamalar 
28—34 qavat.
Drap gazlamasi 
18—24 qavat.
Ipak va astarli gazlamalar 
50—60 qavat.
Ip gazlamalar 
100—120 qavat.
Gazlamalarni to‘shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya 
qilinadi:
1. Gazlamaning guli va tuki yo‘nalishiga e’tibor berish.
2. Barcha qavatlarning milklarini to‘shamaning bir tomoniga tekislab, 
bir-biriga to‘g‘ri keltirish.
3. Gazlama qavatlarini tartibli joylashtirish yoki tartibli to‘g‘rilashga 
yo‘l qo‘yilmasligi.


21
4. Òo‘shama oxirida va gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlamani 
uning uzunasiga aniq perpendikular qirqish.
5. Gazlamadagi yo‘l-yo‘l yoki katak gulli to‘shamaning hamma 
qavatlarini ustma-ust bir-biriga to‘g‘ri keltirish.
Gazlamalarni ikki usulda to‘shash mumkin: «o‘ngini o‘ngiga» 
qaratib yalang qavat to‘shash va «o‘ngini pastga» qaratib yalang qavat 
to‘shash.
Asosan simmetrik juft detallardan iborat kiyimlarni bichishda
gazlamani «o‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shab bichganda, bir yo‘la 
ikkita detal chiqadi. Simmetrik detallari yo‘q kiyimni bichishda esa 
detallarni bo‘rlab chiqish kerak bo‘ladi. Shuning uchun simmetrik juft 
detallari bo‘lmagan kiyimlarni bichishda ko‘pincha gazlama «o‘ngini 
pastga» qaratib to‘shaladi. «O‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shash andazalar 
joylashtirishni osonlashtiradi. «O‘ngini pastga» qaratib to‘shalganda 
bo‘rlovchi juft detallarni joylashtirishda juft detaldan bittasi chap tomon 
uchun, ikkinchisi o‘ng tomon uchun bichiladigan bo‘lib joylashtirilishi 
kerak. Gazlama «o‘ngini o‘ngiga» qaratib to‘shalganda juft detallar 
aniqroq bichiladi, chunki ular birga bichiladi.
Gazlamani qo‘lda yoki mashina yordamida to‘shash mumkin.
Ust kiyim gazlamalarini to‘shashda baravariga ikki kishi ishlaydi. 
Ular to‘shashni boshlashdan oldin hisob kartasi bilan tanishib chiqadi. 
Òo‘shama stollariga kerakli belgilar qo‘yib chiqqandan keyin, to‘shama 
boshlanadigan joyiga cheklovchi chizg‘ich o‘rnatadilar.
Gazlamalar qo‘lda to‘shaladigan bo‘lsa, ishchilar gazlama to‘pini maxsus 
moslamalarga o‘rnatadilar va gazlama uchini ikki burchagidan ushlab, stol 
ustidan tortib borib, cheklovchi chizg‘ichga yetkaziladi. Gazlama uchini 
cheklovchi chizg‘ich bilan bostirib qo‘yib milkini to‘g‘rilaydilar. Qavat 
oxirini maxsus keskich chizg‘ichda kesadilar. Agar gazlama ensiz bo‘lsa 
uni bitta ishchi to‘shaydi. Òo‘shovchilar ishini yengillashtirish maqsadida 
to‘shash mashinalaridan foydalanadilar. Òo‘shash mashinalarida gazlama 
rulonining uchi mashinaga qistiriladi. Bunda to‘shash tezligi mashinaning 
harakat tezligiga baravar bo‘ladi. Rulon o‘ramini ochish uchun tezlikni 
o‘zgartirish mumkin bo‘lgan maxsus o‘ram ochar qurilmalar ishlatish ham 
mumkin. Bunda to‘shash tezligi mashinaning to‘shash tezligiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Gazlama rulonning ochilish tezligidan ortiqroq bo‘lgani 
uchun, to‘shalgan qavatlar tortilib turmaydi.
Òikuvchilik korxonalarida gazlamalarni ketma-ket, parallel yoki 
aralash usulda to‘shash mumkin. Ketma-ket usulda avval bitta stolga 


22
mo‘ljallangan to‘shamani to‘la bajarib bo‘lib, keyin navbatdagi stollarga 
birin-ketin to‘shala boriladi. Bunda gazlama to‘plari oxirigacha to‘shalishi 
kutilmaydi. Gazlamani ketma-ket to‘shashning afzalligi bichiqchilik 
stolining sathidan ratsional foydalanishdir. Ketma-ket to‘shashning 
afzalligidan yana biri shuki, unda keyingi stoldagi to‘shamalar tayyor 
bo‘lishi kutilmaydi, to‘shab bo‘lingan stoldagi to‘shama qavatlari 
qirqilaveradi. Kamchiligi esa, rulon o‘ramini ochishni ko‘p marta 
takrorlashda kuzatiladi.
Parallel to‘shash usuli shundan iboratki, unda har qaysi gazlama to‘pi 
oxirigacha to‘shama stollariga yoki bir necha stolga bir vaqtda to‘shaladi, 
to‘shamalar esa barcha to‘plar to‘shab bo‘lingandagina qirqiladi. Parallel 
to‘shash usulida to‘shovchilar zvenosi bitta hisob kartasida qancha 
to‘shama ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuncha stolda baravar ishlaydilar. Hisob 
kartasida bir nechta bo‘yi qisqa to‘shamalar nazarda tutilgan bo‘lsa, 
brigada zvenolari sarflaydigan vaqtni tenglashtirish maqsadida birorta 
zveno ikkita qisqa to‘shamani bir stolda to‘shaydi. Parallel to‘shash 
usulining eng katta kamchiligi shuki, buning uchun bichish sexining 
sathi anchagina keng bo‘lishi kerak.
Gazlamani aralash to‘shash usuli parallel to‘shash usulining ikki 
yoki undan ortiq marta ketma-ket takrorlanishidan iborat. Bu usulda 
to‘shalganda, ikki kishidan iborat to‘shovchilar bitta hisob kartasida 
ko‘rsatilgan besh-olti to‘shamani ikki-uch stolda baravar to‘shaydilar.
Bichish ishlarini mexanizatsiyalash yuzasidan konstruktorlik 
byurolarida va tikuv korxonalarida olib borilayotgan ishlardan biri ko‘p 
qavatli to‘shash stollarini yaratishdir. Bunda stollarning qavatlari ma’lum 
tartibda o‘rin almashib turadi. Har bir stolning konstruksiyasi ikkita 
texnologik zonadan iborat, ya’ni to‘shash va bichish zonalari. Òikuvchilik 
sanoatida bunday stollarda ikki qavatli mexanizatsiyalashtirilgan stol, 
gazlamani to‘shash va bichishga mo‘ljallangan besh qavatli stol va yetti 
qavatli ANK agregati ko‘proq ishlatiladi.
Ikki qavatli mexanizatsiyalashtirilgan stolning konstruksiyasi 
gazlamalarni faqat ketma-ket usulda to‘shashga mo‘ljallangan. Ma’lumki, 
parallel to‘shash usulida hisob kartasida ko‘rsatilgan to‘shamaning 
hammasi bir vaqtda baravar to‘shaladi. Ikki qavatli to‘shash stolida esa, 
to‘shalib bo‘lingan stol qavatida, to‘shama qirqilayotgan vaqtda bo‘sh 
stolda gazlama to‘shab turiladi.
Òo‘shamalar ustki qavatiga bo‘rlama joylashtiriladi va to‘shama bo‘laklarga 
qirqib bo‘linadi. Òikuvchilik sanoatida ishlatiladigan to‘qimachilik materiallari 


23
xususiyat va tuzilish jihatidan turli xil bo‘ladi. Shuning uchun gazlamalarni 
bichish usuli bir xil bo‘lmaydi. Gazlamalarning xususiyatiga, bichish usuliga, 
korxonaning turiga qarab, bir vaqtda necha qavat gazlamani baravar qirqish 
mumkinligi aniqlanadi.
Gazlama bichishning ikki xil usuli: gazlamani universal asbobda bichish 
va maxsus asbobda bichish usullari bor. Konstruksiya jihatidan xilma-xil 
qaychilar va arralar ishlatilib, gazlama bichishning universal usuli kengroq 
tarqalgan. Bunday usulda to‘qimachilik materiallarini har qanday fason 
va har qanday o‘lchamdagi kiyimlarga mo‘ljallab bichaverish mumkin. 
Bunda bir xil kiyimlarni bichib, ikkinchi xil kiyimlarni bichishga o‘tishda 
bichish uskunasi ham, qirqish asbobi ham o‘zgartirilmaydi. Universal 
asbobda gazlama bichishning eng asosiy afzalligi ham shundan iborat. 
Universal usulning kamchiligi shuki, bunda kiyim detallari aniq bichib 
olinmay, balki kengaytiribroq bichiladi va bichish jarayonining o‘zidan 
oldingi ishlar, qavatlarni to‘shash va tekislash ko‘p mehnat talab qiladi.
Ommaviy tikishning rivojlanishi, tikuv fabrikalarining ixtisos lashuvi, 
mehnat unumdorligini yanada oshirish va tikuv mahsulotlarini yaxshilash 
zarurati, gazlama bichishning samaraliroq usullarini topishni talab 
qiladi.
Hozirgi kunda katta tikuv korxonalarida detallarni bichish maxsus 
dasturlar bo‘yicha EHM yordamida amalga oshiriladi. Bunda ko‘p 
ishlar avtomatlashtiriladi. Gazlamalarni to‘shash ham maxsus ikkita 
to‘shash va bichish zonasiga ajratilgan stollarda to‘shaladi. Òo‘shama 
to‘shash zonasida bajarilgandan so‘ng bichish zonasiga havo bosimi 
yordamida o‘tkaziladi. Òo‘shamaning ustiga plyonka yopiladi va havo 
yordamida stolga sirib qo‘yiladi va plyonka tagidagi havo chiqarilib, 
to‘shama qavatlarini bir-biriga nisbatan siljimaslikka keltiriladi. Bichish 
golovkasining uchi to‘shamaning ma’lum nuqtasiga o‘rnatiladi. Dastur 
bo‘yicha pichoqli bichish golovkasining detal shaklida trayektoriya 
bo‘ylab harakati natijasida detallar bichiladi. Detallarga o‘lcham va 
bo‘ylar bo‘rlama namunasi bo‘yicha qo‘lda yozib qo‘yiladi.
Hozirda ko‘plab tikuv korxonalarida gazlamani to‘shash va bichishda 
chet el firmalarining avtomatlashtirilgan asbob-uskunalaridan 
foydalaniladi. Kawakami (Yaponiya), Lectra E7—3 (Fransiya), 
Kuris (Germaniya) firmalarining gazlamani to‘shash avtomati 
kompyuterlashtirilgan dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda 
gazlamani to‘shash tezligi 100 m/ayl (2.5-rasm).
Germaniyaning Kuris firmasida ishlab chiqarilgan Servo-Cutter— 


24
Automatic maxsus bichish mashinasi (2.6-rasm) to‘g‘ri pichoqli, avtomatik 
harakatlanuvchi ustunlar bilan jihozlangan. U 7 ¸ 20 sm qalinlikdagi 
to‘shamani kesishga mo‘ljallangan.
Òikuvchilik korxonalarida to‘shamalarni universal usulda qirqishda 
ko‘chma bichish mashinalari (EZM — 2 tipidagi tik pichoqli yoki EZDM — 
1, EZDM — 2 tipidagi disk pichoqli mashinalar) va statsionar mashinalar 
(RL — 3 lenta pichoqli mashinalar) qo‘llaniladi.
Gazlamani bichishda Mitsubisi (Yaponiya) firmasining MLC—3018 
lazer bichish avtomati, Lectra E—96 (Fransiya) pichoqli bichish avtomati 
jarayonning sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Yaponiyaning KM kompaniyasida 
ishlab chiqarilgan KS—AUV tik pichoqli ko‘chma bichish mashinasi (2.7-
rasm) va diskli bichish mashinasi (2.8-rasm) barcha turdagi gazlamalarni 
bichishga mo‘ljallangan. Aniqlab qirquvchi bichish pichog‘i (2.9-rasm) ayrim 
bichiq detallarini tekislab qirqish yoki kam qavatli to‘shamalarni bichishda 
foydalaniladi.
Bichiqlar o‘lcham va bo‘ylar bo‘yicha komplektlanadi va sifati 
tekshiriladi. Detallar bog‘lamining ustki, o‘rta va ostki qavatlaridagi 
detallar sifatining nazorati andazalar yordamida tekshiriladi. Òikish 
vaqtida detallar adashib ketmasligi uchun raqamlanadi. Detallarni 
raqamlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda bo‘r yoki 
qalam yordamida raqam qo‘yiladi. 68 klass mashinasida raqam yozilgan 
qog‘oz taloni tikiladi. Bundan tashqari, «Meto» mashinasida bo‘yoq 
yordamida raqam qo‘yilishi mumkin.
Detallar komplekti bog‘lanib, bichiqlar omboriga joylanadi. Har bir 
bog‘lam komplekti uchun yo‘l varag‘i 5 nusxada to‘ldiriladi va detallar 
bog‘lamiga biriktiriladi. Yo‘l varag‘iga buyum nomi, artikul, o‘lcham 
va bo‘yi, bog‘lamdagi buyum soni yoziladi. Bundan tashqari bu sexda 
yorliqlar, kalkulatsion talonlar nashr etiladi va bog‘lam komplektiga 
biriktiriladi.
3. ÒIKUV BUYUMLARINI BIRIKÒIRISH USULLARI
3.1. ÒIKUV BUYUM DEÒALLARINI IP BILAN BIRIKÒIRISH
Òikuvchilik sanoatida kiyim detallarini biriktirishning uch usuli bor: 
ip bilan biriktirish, yelim bilan biriktirish, payvandlab biriktirish.
Ip bilan biriktirish qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Ip bilan 


25
biriktirish usulida tikuv buyum detallarini biriktirishda iplar asosiy vosita 
hisoblanadi.
Iplar tabiiy (paxta, ipak, zig‘ir), sintetik (poliefir, poliamid) va sun’iy 
(viskoza, polinoza) tolalardan ishlab chiqiladi. Iplar qalinligini belgilash 
maqsadida shartli raqamlar qabul qilingan. Masalan, kiyim detallarini 
biriktirishda oddiy iplarning — 10, 30, 40, 50, 60, 80; ipak iplarning — 18, 
33, 65; lavsan iplarning 90/3, 90/4 va kapron iplarning 64/3 raqamlari 
ishlatiladi.
3.1.1. QO‘LDA BAJARILADIGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOÒ
Qo‘l ishlari ikki guruhga bo‘linadi: tik turib bajariladigan ishlar va 
o‘tirib bajariladigan ishlar. Òik turib bajariladigan ishlarda kiyim yoki 
2.6-rasm. Òo‘shamani bichish mashinasi.
2.5-rasm. Gazlama to‘shash stoli.


26
detal stol ustiga qo‘yiladi, o‘tirib bajariladigan ishlarda kiyim yoki detalni 
ham stol ustiga, ham ishchining tizzasiga qo‘yib bajarilishi mumkin. 
Shunga ko‘ra ish jihozlari va ish o‘rnining tashkil qilinishi har xil bo‘lishi 
mumkin. Ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil qilinishi har bir operatsyada mehnat 
unumdorligini oshirishga yordam beradi va ishning yuqori sifatli 
chiqishini ta’minlaydi.
Kiyim tikishda qo‘l ishlari uchun mo‘ljallangan ish o‘rnida stol (3.1-
rasm), stul va oyoq qo‘yiladigan taglik (3.2-rasm) bo‘lishi lozim. Stulning 
konstruksiyasi har xil bo‘lishi mumkin, lekin u o‘rindiqni burish va balandlikni 
rostlash, suyanchiqning vaziyatini o‘zgartirish imkonini berishi kerak. Stol 
o‘ng tomonining old qismida chegaralangan joy bo‘lib, bu yerda qaychi, bo‘r 
va hokazolar saqlanadi. Stol o‘ng tomonining yuqori burchagiga organik 
2.7-rasm. KS—AUV tik pichoqli 
ko‘chma bichish mashinasi.
2.8-rasm. KM RS—100 disk pichoqli 
ko‘chma bichish mashinasi.
2.9-rasm. Aniqlab qirquvchi bichish pichog‘i.


27
shisha tagiga chiqindilar idishi qo‘yiladi. Buyumning xili va bajariladigan 
operatsiyaga qarab ish o‘rinlarining o‘lchamlari har xil bo‘ladi.
Qo‘l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
— bir detaldan ikkinchi detalga bo‘r chiziqlarini o‘tkazish uchun solqa 
qaviq bilan yoki yordamchi andaza bilan bo‘rlanadi;
— detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ulashda ipning 
rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak;
— qaviqlarni detallarga tushirishda qaviq yirikligi o‘ng tomonida 
ham, teskari tomonida ham bir xil bo‘lishi kerak;
— detallarni ko‘klashda qaviqqator shu detaldagi solqa qaviqqator 
ustidan yoki bo‘r chizig‘i ustidan tushiriladi. Ko‘klab bo‘lgandan keyin 
solqa qaviq iplari olib tashlanadi;
— qo‘l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip raqami qaysi qaviq 
qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi;
— qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi gazlama qalin-yupqaligiga va 
shu qaviqqa qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi;
— doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning rangi 
asosiy gazlama rangiga mos bo‘lishi shart;
— qo‘l ishlarini bajarishda tikilayotgan kiyimning sifati va mehnat 
unumdorligi asbob va moslamalarning to‘g‘ri tanlanganligiga, ularning 
sifatiga va ish o‘rnida ratsional joylashtirilganligiga ko‘p darajada bog‘liq 
bo‘ladi.
Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblarga: qo‘l ignalari, 
angishvona, qaychi, santimetrli lenta, moslamalarga esa maneken, 
andaza, pichoqli halqa, qoziqcha, to‘g‘nag‘ich va boshqalar kiradi (3.3-
rasm). Bajariladigan operatsiya va tikiladigan material turiga qarab turli 
raqamdagi igna va angishvonalar ishlatiladi.
Qo‘l ignalari o‘tkir, elastik, sinmaydigan, silliq, teshigidan ip bemalol 
o‘tadigan bo‘lishi lozim. Ignalarning yo‘g‘onligi va uzunligi, teshiklarning 
kattaligi har xil bo‘ladi. Ignalar uzunligi va diametri bo‘yicha 1 dan 12 
gacha raqamlarga bo‘linadi. Òoq raqamli ignalar juft raqamli ignalardan 
uzunroq bo‘ladi.
Angishvona ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni ignadan 
asrash uchun xizmat qiladi. U o‘ng qo‘lning o‘rta barmog‘iga taqiladi.
Ishlatiladigan iplarning raqami ham ignalar va gazlamalarga moslab 
tanlanadi. Yupqa ip gazlamalardan kiyim tikishda 50—80 raqamli 
iplar, chit, satin, flanel kabi ip gazlamalardan yengil ko‘ylaklar tikishda 
50—60 raqamli iplar ishlatiladi. Yupqa shoyi gazlamalar, masalan, shifon, 


28
krepjorjet 65, 75 raqamli shoyi iplar va 80 raqamli paxta iplar bilan, yupqa 
va yengil shoyi gazlamalar 60—80 raqamli iplar bilan, jun ko‘ylaklar 
50—60 raqamli iplar bilan tikiladi.
Bichish operatsiyalarini va qirqish, detallarni aniq qirqish singari 
yordamchi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladigan qaychining shakli 
va o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Detal chetlarini titilishdan saqlash 
uchun tig‘i tishli qilib kertilgan maxsus qaychi ishlatiladi.
Pichoqli halqa ish oxirida ipni uzish uchun ishlatiladi. Halqa chap 
qo‘lning ko‘rsatgich barmog‘iga taqiladi. Ipni qirqish uchun ish o‘rniga 
maxsus moslama ham o‘rnatilishi mumkin. U burchaklikdan iborat 
bo‘lib, unga plastinka va vintlar vositasida lezviya mahkamlab qo‘yiladi. 
Barmoqlarni kesib olishdan saqlash uchun ikkita ilgak o‘rnatiladi. Pichoqli 
halqa va statsionar moslamadan foydalanish natijasida ishchining vaqti 
tejaladi va ish unumi oshadi.
3.1-rasm. Qo‘l ishi uchun stol.
3.2-rasm. Stul va oyoq qo‘uiladigan taglik.


29
Ko‘klangan iplarni so‘kib tashlash va detal burchaklarini to‘g‘rilash 
uchun dukcha ishlatiladi, u bir tomoni uchli qilingan metall, plastmassa 
yoki suyakdan iborat ingichka sterjen tarzida bo‘ladi.
Cho‘ntak qopqoq chetlari namlab — isitib ishlov berish jarayonida 
shablon tipidagi maxsus moslama yordamida tekislanadi. Xlastik 
va belbog‘larni ag‘daradigan mos lama ag‘darma chok bilan tikilgan 
detallarni tezda o‘ngiga ag‘darib, uchini to‘g‘rilash imkonini beradi.
Maneken tikilayotgan va tayyor kiyim larning to‘g‘riligini tekshirish uchun 
ishlatiladi (3.4-rasm). Masalan, manekenda kiyimning yon va yelka choklarining 
vaziyati, yoqa hamda yengning to‘g‘ri o‘tkazilganligi va h. k. tekshi riladi.
Detal chiziqlari qog‘ozdan gazlamaga yoki kartonga iz tushirgich 
yordamida ko‘chiriladi. Iz tushirgichlar bir necha xil bo‘ladi. O‘tmas iz 
tushirgich detallar konturini qog‘ozdan gazlamaga, gazlamadan qog‘ozga 
ko‘chirish, shuningdek, taxlamalar, vitachkalar, bo‘rtma va boshqa 
chiziqlarni ko‘chirish uchun ishla tiladi. Iz tushirgichning diski ko‘chirila-
digan chiziqdan yurgiziladi, shunda gazlama va qog‘ozda uzluksiz chiziq 
ko‘ri nishida iz qoladi.
Òishli iz tushirgichdan detallar konturini qog‘ozdan qog‘ozga yoki 
kartonga, gazlamadan qog‘ozga ko‘chirishda foydalaniladi. Belgilangan 
chiziqlar ustidan bunday iz tushirgich yurgizilganda gazlama yoki 
qog‘ozda nuqtalar tarzida iz qoladi.
Òikuv buyumlarini tikish jarayonida qo‘l ishlarini bajarayotganda 
quyidagi texnik shartlarga rioya qilish kerak:
1. Yordamchi chiziqlar (bort va yoqa burchaklari ag‘darma 
choklarining, bezak baxyaqatorlarining va h.k. chiziqlari) qo‘shimcha 
andazalar yoki chizg‘ichlar yordamida bo‘r bilan belgilanadi. Belgi 
chiziqlar yo‘g‘onligi 0,1 sm dan oshmasligi lozim.
2. Bichilgan detallarni andaza qo‘yib tekshirishda, bo‘r chizig‘ining 
ichkari tomoni andaza kontur chizig‘iga mos kelishi lozim.
3. Kertmalarning uchi va detallarning qirqilgan chiziqlarining uchlari 
baxyaqator yo‘liga 0,1—0,15 sm yetmasligi lozim.
4. Belgi chiziqni iz tushirgich bilan ko‘chirganda uning g‘ildirakchasi 
chiziq qalinligining o‘rtasidan yuritilishi lozim.
5. Buyumni kiydirib ko‘rishga tayyorlashda va boshqa vaqtincha 
qaviqqatorlarni bajarishda pishitilgan oddiy ip, shuningdek, tegishli 
raqamli rangli yoki oq iplarni ishlatish lozim.
Quyidagi hollarda detallar ko‘klanadi: ikki detalni, ulardan birida solqa 
hosil qilib birlashtirishda, murakkab detallar chetini ag‘darma chok bilan 


30
3.3-rasm. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun asboblar.
tikishda, detallar o‘rtasidagi va biriktirish chokidagi to‘g‘ri va murakkab 
chiziqli qirqimlarni bir-biriga to‘g‘ri keltirishda.
Ko‘klash operatsiyasini osonlashtirish va tezlashtirish hamda sifatini 
yaxshilash uchun detallar oldin to‘g‘nag‘ichlar bilan to‘g‘nab olinadi.
Duxoba, shifon va shu kabi kiyim detallarini tikayotganda surilib 
ketmasligi uchun ular bir-biriga yaqin, orasi 0,5 sm bo‘lgan qo‘sh 
qaviqqator bilan ko‘klanadi. Bunday detallarni biriktirib tikishda 
ko‘klangan ikki qaviqqator orasidan baxyaqator yuritiladi.
6. Ko‘klash qaviqqatorlari keyingi tikish paytida mashina baxyaqator 
tagida qolmasligi uchun hamma ko‘klash ishlari bo‘r bilan belgilangan 
chiziqdan detalning qirqimi tomonga 0,1—0,15 sm yaqinlashtirib 
bajariladi.
7. Ko‘klash qaviqqatorlari bir-ikki qayta qaviq bilan puxtalab 
qo‘yiladi.


31
8. Detallarning vaqtincha ko‘klab qo‘yilgan 
iplarini olib tashlash uchun qaviqqatorni har 
10—15 sm oraliqda qaychi bilan qirqib, so‘ngra 
iplar uchidan tortib olinadi.
9. Doimiy qaviqlarda va qaviqqatorlarda 
gazlama rangidagi ip ishlatiladi. Jun va ip 
gazlamalardan tikiladigan buyumlarga 50—80-
raqamli oddiy ip ishlatiladi, ipak gazlamadan 
tikiladigan buyumlar uchun 65—75-raqamli 
ipak ipi, sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan 
tikiladigan buyumlar uchun 60—80-raqamli oddiy 
ip ishlatiladi. Bezaklar bezak rangidagi ip bilan 
tikiladi. Òeshik ko‘zli tugmalar tugma rangidagi 
ip bilan qadaladi, tirgakli tugmalar esa gazlama 
rangidagi ip bilan qadaladi.
10. Ignalarning raqami gazlama qalinligiga 
va bajariladigan operatsiyaning xarakteriga mos 
bo‘lishi lozim.
11. Ichkaridagi qaviqqatorlarning uchlari ikki-uch qaviq bilan 
puxtalab qo‘yiladi.
12. Ipak ip bilan bajariladigan bezak qaviqqatorlarning (izma yasash, 
puxtalashda) uchlari teskari tomondan uch-to‘rt qaytma qaviq bilan 
puxtalab qo‘yiladi.
Qaviq — gazlamaga igna qadalgan ikki joy o‘rtasida iplarning o‘rilishi, 
qaviqlarning tuzilishi har xil bo‘lib, gazlamaning o‘ngi va teskarisida 
ipning qanday yotishiga bog‘liq.
Qaviqlarning uzunligi ipning uzunligi va gazlama o‘ngidagi interval 
bilan belgilanib, qaviqning xiliga va ishlanayotgan materialning 
qalinligiga bog‘liq (3.5-rasm).
Qaviq va qaviqqatorni qo‘lda bajarishda diametri 0,6—1,8 mm, 
uzunligi 30—75 mm bo‘lgan 1—12 raqamli ignalardan foydalaniladi 
(3.1-jadval).
3.1-jadval
Igna va iplardan gazlamaning xiliga qarab foydalanish
3.4-rasm. Maneken.


32
Qaviq solishning asosan ikki usuli mavjud. Birinchi usulda igna 
gazlamaning bir tomonidan sanchilib, shu tomonidan chiqariladi, 
ikkinchi usulda esa igna bir tomondan sanchilib, boshqa tomondan 
chiqariladi.
Qo‘lda bajariladigan qaviqlar besh xil bo‘ladi: to‘g‘ri, qiya iroqisimon, 
halqasimon va izma qaviqlar (3.6-rasm).
Qaviqlar tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy qaviqlar: 
to‘g‘ri sirma qaviq, qiya sirma qaviq, yo‘rma qaviq, qiya biriktirma qaviq, 
yashirin biriktirma qaviq, iroqisimon biriktirma qaviq, solqa qaviq, 
tepchima qaviq, yolg‘on qaviq, to‘rsimon qaviq, to‘r qaviq. Murakkab 
qaviqlar halqa va puxtalama qaviqlardan iborat. 3.2-jadvalda qo‘lda 
bajariladigan ishlar terminologiyasi berilgan.
3.2-jadval
Qo‘lda bajariladigan ishlar terminologiyasi
davomi
3.1.2. MASHINADA BAJARILADIGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOÒ
Mashina ignasi yordamida gazlamada hosil qilingan qo‘shni teshiklar 


33
orasidagi iplar chalishuvining bitta tugallangan sikli baxya deyiladi. Ketma-
ket qator takrorlangan baxyalardan baxyaqator hosil bo‘ladi.
Igna o‘tgan ikki qo‘shni teshiklar orasidagi masofa baxya yirikligini 
ifodalydi.
Òikuvchilik buyumlari tayyorlash jarayonlaridagi asosiy texnologik 
jihoz, tikuv mashinasi hisoblanadi. Ularni umumiy ishlarga mo‘ljallangan 
mashinalarga, bajariladigan ishlar yoki baxyaqator larning xili bo‘yicha 
ixtisoslashtirilgan mashinalarga va yarimav tomatlarga ajratish mumkin. 
Òikuv mashinalaridan, ayniqsa, maxsus va yarimavtomat mashinalardan 
foydalanilganda operatsiyalarni bajarishga ketadigan vaqt ancha 
qisqaradi, mahsulot sifati yaxshilanadi.
Baxyaqatorlar konstruksiyasiga va qayerda qo‘llanishiga ko‘ra turli 
tikuv mashinalarida bajariladi. Òikuv mashinalarida moki baxya va 
zanjirsimon baxya hosil qilinadi. Gazlamalarni ulashda ko‘pincha moki 
baxyali mashinalar, trikotaj polotnolar, shuningdek, boshqa elastik 
gazlamalardan tikiladigan detallarni ulashda zanjir baxyali mashinalar 
ishlatiladi. Mashina baxyalari tikish, yo‘rmash va aralash (tikish va 
yo‘rmash) baxyaqatorlarini hosil qiladi.
Moki baxya ikki ipdan: ustki ipdan va ostki ipdan hosil qilinadi. 
Ustki va ostki ip tikilayotgan gazlamalar orasida chalishib, gazlama 
ustidan uzluksiz joylashgan ip qatorini hosil qiladi, bu iplar to‘g‘ri chiziq, 
siniq chiziq bo‘ylab yoki boshqacha joylashishi mumkin. Moki baxya 
3.5-rasm. Òo‘g‘ri va qiya qaviqlarni hosil qilish usullari:
a va b — qo‘lda qaviq solish usullari; d — to‘g‘ri qaviq, e — qiya qaviq
(l — to‘g‘ri qaviq yirikligi; a — gazlama o‘ngidagi ipning uzunligi;
b — gazlama o‘ngidagi interval; s — qiya qaviq yirikligi).
3 — M.K. Rasulova


34
mashinalarida uch xil baxyaqator: choklash baxyaqatori, siniq baxyaqator 
va yashirin baxyaqatorni bajarish mumkin. Moki baxya baxyaqatorga 
nisbatan to‘g‘ri chiziqli yoki siniq bo‘lib joylashishi mumkin. Moki 
baxyaqatorlar ikki ipli, uch ipli, to‘rt ipli, besh ipli bo‘lishi mumkin.
Moki baxyalar bir chiziqli va ko‘p chiziqli bo‘lishi mumkin. Siniq 
baxya ignani baxyaga ko‘ndalang sanchib yoki materialni baxyaga 
ko‘ndalang qilib hosil qilinadi, masalan, tugma, halqa va mahkam-
lagichlarni qadashda, qaviq uzunligi 1,5—10 mm. Uchma-uch ulashda 
va detallarning qirqimini titilishdan saqlashda shunday baxyachok 
qilinadi.
Zanjirsimon baxyalarning ochiq, yashirin va yo‘rmalangan xillari 
bo‘ladi. Zanjir baxya hosil qilishda moki o‘rniga chalishtirgich qo‘llaniladi. 
Zanjir baxyalar bir, ikki, uch va to‘rt ipli bo‘lishi mumkin. Zanjir baxyalar 
hosil qilishda nisbatan ip ko‘p ketadi, lekin ular ancha elastik va pishiq 
chiqadi. Zanjirsimon baxyaqatorning asosiy xususiyatlaridan biri 
baxyaqatorning oxirgi uchidan oson so‘kilishidir. Shuning uchun bir 
ipli zanjirsimon baxyaqatorni ko‘pincha vaqtinchalik biriktirib ko‘klash, 
detal ziylarini ko‘klash, detal chetlarini bukib ko‘klash operatsiyalarini 
bajarishda ishlatiladi.
Kiyim detallarining qirqimlarini yo‘rmash uchun ko‘pincha ikki 
ipli zanjirsimon baxyaqator ishlatiladi. Ikki va uch ipli zanjirsimon 
yo‘rma baxyaqatorlarning so‘kilishi qiyin, shuning uchun ular detallar 
qirqimlarini titilishdan saqlaydigan operatsiyalarda, tikish va yo‘rmash 
3.6-rasm. Qo‘lda bajariladigan qaviq turlari:
a — to‘g‘ri qaviq, b — qiya qaviq, d — iroqisimon qaviq,
e — halqasimon qaviq, f — izma qaviq.


35
uchun ishlatiladi.


36
Òikuv buyumlarini tikishda mashinada bajariladigan ishlar quyidagi 
texnik shartlar asosida bajariladi:
1. Barcha ichki baxyaqatorlar asosiy gazlama rangidagi ip bilan tikiladi.
2. Mashina ishlarini bajarishda iplarning, mashina ignalarining raqami 
va baxyaqator zichligi gazlama qalinligiga va bajariladigan operatsiyalar 
xarakteriga mos bo‘lishi kerak.
3. Jun va shoyi gazlamalardan tikiladigan buyumlarning barcha bezak 
baxyaqatorlari, shuningdek, izma va puxtalamalari ipak ip bilan tikiladi. 
Lavsan qo‘shilgan zig‘ir tolali buyumlarni tikishda 50-raqamli oddiy ip 
ishlatiladi. Bezak baxyaqator iplarining rangi avra gazlama rangiga mos 
yoki shu model uchun mo‘ljallangan boshqa rangda bo‘lishi mumkin. 
Barcha ichki baxyaqatorlar ipining rangi gazlama rangiga mos bo‘lishi 
kerak.
4. Bezak baxyaqatorlaridagi ustki iplarning uchlari teskari tomonga 
chiqarilib, tugib qo‘yiladi yoki 3—4 qaviq bilan qo‘lda puxtalanadi.
5. Choklash mashinasida bajariladigan ichki baxyaqatorlar uchlari 
(masalan, yon, yelka qirqimlari, yeng detallarini biriktirib tikishda) uzunligi 
0,7—1 sm li ikkita qaytma baxyaqator bilan, maxsus mashinada uzunligi 
1,5—2 sm li ikkita qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi.
Ochiq choklarning barcha qirqimlari maxsus mashinada yo‘rmalanishi, 
maxsus moslamada arra tishli qilib qirqilishi yoki qirqimini ochiq qoldirib 
bukib tikilishi kerak.
1. Berk chiziq bo‘yicha baxyaqator tushirishda (masalan, yenglarni 
o‘tqazishda, kiyim etagini bukib tikishda) choklarning baxyaqatorlari 
bir-biri ustiga kamida 1,5—2 sm o‘tishi kerak.
2. Detallarni choklashda, choklarni bostirib tikishda, bezak baxyaqator 
yuritishda yo‘naltiruvchi chizg‘ichlardan foydalanish tavsiya etiladi.
3. Biri to‘g‘ri qirqimli, ikkinchisi qiya qirqimli ikki detalni biriktirganda, 
qiya qirqimli detal pastga — igna plastinasi ustiga, to‘g‘ri qirqimli detal 
esa yuqoriga qo‘yiladi.
4. Har xil qalinlikdagi gazlamalardan bichilgan ikkita detalni 
biriktirishda qalin detal pastga qo‘yilishi kerak.
5. Ikki detalning birini solqa hosil qilib biriktirishda solqa hosil 
qilinadigan detal pastga — igna plastina ustiga qo‘yiladi.
Mashinada bajariladigan choklar konstruksiyasiga va vazifasiga ko‘ra 
uch turli bo‘ladi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va bezak choklar. 
Birlashtiruvchi chok (3.7-rasm) kiyim detallari va uzellarini bir-biriga 
birlashtirishda ishlatiladi, ziy chok (3.8-rasm) bilan kiyimning hamma 


37
ziylariga, detal chetlariga ishlov beriladi, bezak choklar (3.9-rasm) kiyim 
detallari va umuman kiyimni bezashda ishlatiladi.
3.3-jadval
Mashinada bajariladigan ishlar terminologiyasi
3.4-jadval
Choklarga bo‘lgan texnik talablar


38
davomi
davomi
Birlashtiruvchi choklarda detallar chokning ikki tomonida yotadi. Masalan, 
orqa, yon, yelka, yeng qirqimlarini biriktiruvchi choklar.
Ziy choklar detallar chetiga yoki qirqimiga ishlov berishda ishlatiladi. 
Detallar chokning bir tomonida bo‘ladi. Masalan, buyum etagini, yeng uchini 
ishlashda, bort, yoqalarga ishlov berishda.
Bezak choklar detal va buyumlarni bezashda ishlatiladi. Bu choklardan 
qomatga shakl berishda (orqa, yubka etagi buklamalarida) ham 
foydalaniladi.
Choklar tuzilishiga, ya’ni chokdagi baxyaqatorlarining joylashishi, soni, 
qo‘ymalar kattaligi va joylashishi bo‘yicha guruhlarga va kichik guruhlarga 
bo‘linadi.
Biriktirma choklar (3.7-rasm, a) kiyim detallaridagi yon, yelka, yeng 
3.7-rasm. Birlashtiruvchi chok turlari:
a — biriktirma chok; b — yorma chok; d — qo‘yma chok; e — bostirma chok; f — 
tutashtirma chok; g — qo‘sh chok; h — ichki chok.


39
3.8-rasm. Ziy chok turlari:
a — bukma chok; b — mag‘iz chok; d — ag‘darma chok.
3.9-rasm. Bezak chok turlari: 
a — bo‘rtma choklar; b — bezak taxlama; d — birlashtiruvchi taxlama.
va boshqa qirqimlarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ikki detal o‘ngini 
ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari bir-biriga to‘g‘rilanadi va maxsus 
moslamasi bor tepkili mashinada tikiladi. Baxyaqator bilan ziy orasidagi 


40
3.1-sxema. Birlashtiruvchi chok turlari.
3.2-sxema. Ziy chok turlari.
3.3-sxema. Bezak chok turlari.


41
masofa chokning turiga bog‘liq bo‘ladi. Biriktirma choklar ikki tomonga 
yotqizib, bir tomonga yotqizib va qayirmay dazmollanishi mumkin.
Qirqimlari ikki tomonga yotqizilgan yoki dazmollab qotirilgan 
biriktirma choklar ikki tomondan bezak baxyaqatorlar bilan puxtalanishi, 
ya’ni yorma chok bilan (3.7-rasm, b) tikilishi mumkin. Namlab-isitib 
ishlash qiyin bo‘lgan kiyimlardagi choklarni biriktirish va puxtalashda, 
shuningdek, yubkaning old, ort bo‘laklarini bezash hamda ulashda 
yorma choklar ishlatiladi. Yorma chokni bajarishda detallar qirqimi 
biriktirib tikiladi-da, hosil bo‘lgan chok haqini ikki tomonga yorib, ma’lum 
oraliqda chokning ikki tomonidan bostirib tikiladi.
Qo‘yma chok (3.7-rasm, d) ochiq va yopiq qirqimli bo‘ladi. Ochiq 
qirqimli qo‘yma choklar bort qotirmasi, yoqa qotirmasi, yeng uchi 
qotirmasi detallarini biriktirishda ishlatiladi. Bunda detallar qirqimlari 
bir-biri ustiga 1 sm kenglikda o‘tqazilib, o‘rtasidan baxyaqator yuritiladi. 
Yopiq qirqimli qo‘yma chok koketkalarni, qoplama cho‘ntaklarni 
asosiy detalga bostirib tikishda ishlatiladi. Bunda detal qirqimi bezak 
baxyaqatoridan 0,5—1,5 sm ortiq kenglikda ichkariga bukib, asosiy detal 
ustiga qo‘yib bezak baxyaqator yuritiladi.
Bostirma choklar ham (3.7-rasm, e) biriktirma choklar kabi yon, 
yelka qirqimlarini, kiyim old bo‘lagi va ort bo‘lagini, koketkalarni, yubka 
bo‘laklarini, yenglarni va boshqa detallarni ulash uchun ishlatiladi. 
Bostirma choklar ochiq qirqimli va bir qirqimli yopiq bo‘ladi. Ochiq 
qirqimli bostirma chok hosil qilish uchun ikki detalning o‘ngini ichkariga 
qaratib qo‘yiladi va bezak baxyaqatoridan 0,5—0,7 sm kengroq chok 
bilan biriktirib tikiladi. Chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi, 
detalning o‘ng tomonidan modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi. 
Bir qirqimi yopiq bostirma chok hosil qilish uchun ikki detalning o‘ngini 
ichkariga qaratib, ostki detalni bezak baxyaqator kengligicha chiqarib 
qo‘yib, biriktirma chok bilan tikiladi. Chok haqi bir tomonga yotqizib 
dazmollanadi va o‘ng tomondan bezak baxyaqator yuritiladi.
Òutashtirma chok (3.7-rasm, f) qotirmali gazlama va materiallardan 
bichilgan detallarni ulash uchun, shuningdek, yupqa chok chiqarish 
talab qilingan hollarda bort qotirmasidagi vitachkalarni biriktirib tikish 
uchun ishlatiladi. Òutashtirma chokni universal mashinada yoki siniq 
baxyaqatorli mashinada tikish mumkin. Universal mashinada tikishda 
detal tagiga gazlama parchasi qo‘yiladi va ikkita parallel baxyaqator 
yuritiladi va bu baxyaqatorlar orasidan siniq baxyaqator yuritiladi. Siniq 
baxyaqatorli mashinada gazlama parchasi qo‘ymay ulasa ham bo‘ladi. 


42
Yelimlab ulashda esa detal tagining bir tomoniga yelim surtilgan gazlama 


43
parchasi qo‘yib dazmollab yopishtiriladi.
Qo‘sh chok (3.7-rasm, g) ichki kiyimlar, choyshablar, ustki kiyim 
cho‘ntak xaltalari, ip gazlamadan bolalar yengil kiyimlari tikishda 
ishlatiladi. Bu chokni bajarish uchun detallar teskarisi ichkariga qaratib 
qo‘yiladi va 0,3—0,4 sm masofada biriktirib tikiladi, so‘ng tikilgan detallar 
ag‘darilib, o‘ngi ichkariga qaratib qo‘yiladi va chok to‘g‘rilanib, ikkinchi 
baxyaqator yuritiladi. Chok kengligi 0,5—0,7 sm bo‘ladi.
Ichki chok (3.7-rasm, h) ichki kiyimlar, maxsus kiyimlar va astarsiz 
kostumlar tikishda ishlatiladi. Ichki chokni oddiy bir ignali mashinada 
yoki qo‘sh ignali maxsus mashinada tikish mumkin. Universal mashinada 
tikishda ikki detal o‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, ostki detalning qirqimi 
0,5—0,7 sm chiqarib qo‘yiladi va biriktirib tikiladi. Detallar ikki tomonga 


44
yoyilib, kengroq chiqarilgan detal qirqimini ichkariga bukib, bukilgan 
ziydan 0,1—0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Qo‘sh ignali maxsus 
mashinada tikishda moslama yordamida qirqimlarni ichkariga bukib, 
ikkita baxyaqator yuritiladi.
Ziy choklar (3.8-rasm) yoqa, yoqa o‘mizi, bortlar, yeng va yeng o‘mizi, 
shim pochalariga ishlov berishda detallar qirqimlarini titilishdan asrash 
va bezash maqsadida ishlatiladi. Ziy choklarga ag‘darma, bukma va 
mag‘iz choklar kiradi.
Bukma chok (3.8-rasm, a) ochiq va yopiq qirqimli hamda mag‘iz 
qirqimli bo‘ladi. Ochiq qirqimli bukma chok adipning ichki chetlarini, 
yoqa o‘mizi, yeng o‘mizi, etak va yeng uchlarining mag‘izlarini hamda 
yengil kiyim bezak detallari chetini ishlashda qo‘llaniladi. Detalning 
qirqimi teskarisiga 0,5—0,7 sm bukiladi, bukilgan ziydan 0,1—0,3 sm 
masofada baxyaqator yuritiladi. Yopiq qirqimli bukma chok hosil qilishda 
tikilayotgan detal chetini ikki marta bukib ko‘klab yoki ko‘klamay 
bukilgan ziydan 0,1—0,2 sm masofada universal yoki maxsus mashinada 
bostirib tikiladi. Yopiq qirqimli bukma chok ayollar ko‘ylagi etagini, 
yeng uchini, erkaklar ko‘ylagi etagini bukib tikishda ishlatiladi. Mag‘iz 
qirqimli bukma chok yubka, palto kabi ustki kiyimlarning etaklariga 
ishlov berishda ishlatiladi.
Mag‘iz chok (3.8-rasm, b) ochiq qirqimli, yopiq qirqimli va tasmali 
bo‘lishi mumkin. Ochiq qirqimli mag‘iz chok ust kiyim, masalan, yubka 
etagini, shim pochasini titilishdan asrash va qirqimlarini bezash uchun 
ishlatiladi. Ochiq qirqimli mag‘iz chok tikishda qiya bichilgan gazlama 
parchasi o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi, asosiy detal bilan gazlama 
parchasi qirqimlari bir-biriga to‘g‘rilanib, 0,3—0,4 sm masofada 
baxyaqator yuritiladi. Gazlama parchasi asosiy detal atrofini aylantirib 
o‘tkaziladi va chok kengligida kant hosil qilinadi. Ulangan chokdan 0,1—
0,15 sm masofada bostirma baxyaqator yuritiladi. Yopiq qirqimli mag‘iz 
chok maxsus buklagichli mashinada tikiladi. Agar maxsus moslama 
bo‘lmasa, asosiy detal teskarisiga (o‘ngini ichkariga) qilib qo‘yiladi, 
qirqimlari tekislanib ulanadi. Mag‘iz detalning o‘ngiga ag‘dariladi va chok 
berkitiladi. Mag‘izning qirqimini ichkariga bukib, mag‘izning bukilgan 
ziyidan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi.
Yopiq qirqimli mag‘iz chokka ikki buklangan gazlama bo‘lagi bilan 
ishlov berilishi ham mumkin. Bunday chok yoqa va yeng o‘mizlariga 
ishlov berishda hamda bezak chok vazifasida ishlatiladi.
Ag‘darma chok (3.8-rasm, d) biriktirma chokning bir turi bo‘lib, detal 
chetidan ziy chiqarib, ramka yoki kant hosil qilib tikiladi. Ag‘darma chok 


45
bilan bortlar cheti, qirqma cho‘ntak og‘zi, taqilmalar cheti kabi joylar 
tikiladi.
Ag‘darma chok hosil qilish uchun ikki detal o‘ngini ichkariga qaratib 
qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va chetidan 0,5 —0,7 sm masofada 
baxyaqator yuritiladi. So‘ngra chok haqining ortiqchasi qirqilib, detallar 
o‘ngiga ag‘dariladi va bir detal ziyidan 0,1—0,3 sm kant hosil qilib yoki 
eni 0,4—0,6 sm ramka hosil qilib ziy tekislanadi va ba’zi hollarda chok 
bezak baxyaqator bilan puxtalanadi.
Bezak choklar (3.9-rasm) kiyim detallarini bezashda ishlatilib, bo‘rtma 
choklar va taxlamalardan iborat bo‘ladi. Bo‘rtma choklar (3.9-rasm, a) 
mayda taxlamachalar va shnur qo‘yib bo‘rttirilgan bo‘rtma choklardan 
iborat.
Mayda taxlamachalar bluzka va ko‘ylaklarda bezak sifatida ishlatiladi. 
Gazlama qalinligiga qarab taxlamachalar eni 0,1—0,3 sm olinadi. Maxsus 
moslamalar yordamida bukma va bosma taxlamachalar hosil qilinadi. 
Shnur qo‘yib bo‘rttirilgan choklar ustki va yengil kiyimda bezak sifatida 
ishlatiladi. Bunday choklar maxsus tepkili oddiy mashinada yoki maxsus 
mashinada tikilishi mumkin.
Detalni ham teskari, ham o‘ngi tomondan baxyaqator yuritib 
tikiladigan bo‘rtma choklar ikki xil usulda bajariladi. Asosiy detalning 
teskarisiga belgilangan chiziq bo‘yicha asosiy gazlamadan yoki qalinligi 
asosiy gazlama bilan bir xil bo‘lgan gazlama bo‘lagidan qo‘yiladi va 
o‘ngidan belgilangan chiziq bo‘yicha tikiladi. Keyin asosiy detal shu 
gazlama bo‘lagi ulangan chokdan o‘ngini ichkariga qilib qayiriladi, 
ulangan bo‘lak esa ikkinchi tomonga bukiladi. Shundan so‘ng asosiy 
detal bo‘ylab bukilgan joydan 0,1—0,2 sm ichkaridan yoki belgilangan 
chiziq bo‘yicha ikkinchi baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator bukilgan joyga 
yaqinlasha borib, yo‘q bo‘lib ketishi kerak, shunda gazlama o‘ngidan 
bo‘rtma hosil bo‘ladi.
Gazlama bo‘lagini mahkamlash uchun u detalning biror tomoniga 
qayiriladi, ko‘klanadi, dazmollanadi va o‘ngiga modelda mo‘ljallanganiga 
ko‘ra bezak baxyaqator yuritiladi.
Òaxlamalar vitachkaning bir turi hisoblanib, kishi bemalol 
harakatlanishi va kiyim yaxshi yopishib turishi, shuningdek, kiyimni 
ko‘rkamlashtirish uchun taxlamalar kiyimning asosiy detallarida 
loyihalanadi. Ular biryoqlama, qarama-qarshi, ikki tomonlama, butun 
bo‘yiga (3.9-rasm, b) tikilgan bo‘ladi. Har bir taxlama teskari tomondan 
uchta chiziq — o‘rta chiziq, yon chiziq va tikish oxirini belgilaydigan 
chiziq bilan belgilanadi. Òaxlamalarning chuqurligi modelga muvofiq 


46
olinadi. Detallarni bichishda taxlamalar uchun ularning chuqurligidan 
ikki marta katta chok haqi qoldiriladi. Masalan, taxlamaning chuqurligi 
2 sm bo‘lsa, 4 sm chok haqi qoldirilishi kerak.
Detal belgilangan o‘rta chiziq bo‘yicha o‘ngini ichkariga qaratib 
qayriladi va maxsus mashinada yon chiziq bo‘yicha yirik baxyaqator 
bilan ko‘klanadi, so‘ngra mashinada biriktirib tikiladi. Baxyaqator oxiri 
ko‘ndalang yo‘nalishda to‘g‘ri yoki oval shaklda tugatiladi. Shundan keyin 
ko‘klash iplari olib tashlanadi, modelga muvofiq taxlama bir tomonga 
bukiladi va dazmollanadi. Òaxlama o‘ngidan modelda mo‘ljallanganiga 
muvofiq masofada bezak baxyaqator yuritiladi.
Biryoqlama taxlama ikki bo‘lakdan iborat detalda ham ishlatilishi 
mumkin. Bunda detal qismlaridan biriga teskari tomondan qo‘shimcha 
andaza yordamida yon chiziq va baxyaqator oxirini bildiradigan chiziq 
tushiriladi. Detallarning o‘ngi ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari 
tekislanib, belgilangan chiziq bo‘ylab ko‘klanadi va biriktirib tikiladi. 
So‘ng maxsus mashinada qirqimlari yo‘rmalanadi. Òaxlamaga qoldirilgan 
chok haqi bir tomonga bukib dazmollanadi. Òaxlama tikilgan ko‘klash 
iplari olib tashlanadi.
Bir-biriga qaragan taxlamalar — o‘ngidagi taxlamalari bir-biriga qarab, 
teskarisidagisi esa qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan taxlamalardir. Bir-
biriga qaragan taxlama teskarisidan uchta chiziq — o‘rta chiziq, yon chiziq 
va tikish oxirini belgilaydigan chiziq bilan belgilanadi. Òaxlamalarning 
chuqurligi modelga muvofiq bo‘lib, bir taxlama chuqurligini to‘rtga 
ko‘paytirilib olinadi. Masalan, agar bir taxlamaning chuqurligi 3 sm bo‘lsa, 
bichish paytida taxlama uchun 12 sm haq qoldiriladi. Bir-biriga qaragan 
taxlama biriktirish taxlamasi vazifasini ham o‘tashi mumkin. Bunda ishlov 
berishda uchta detal: ikkita asosiy va uchinchi detal — asosiy gazlamadan 
tayyorlangan bo‘lak ishtirok etadi. Bo‘lakning eni bichiqdagi taxlamaga 
qoldirilgan haqdan ikki marta katta olinadi.
Ikki tomonga qaragan taxlamalar bir tomonga qaragan taxlamalar 
kabi, bitta detaldan, lekin faqat o‘ng tomondan belgilanadi va ishlov 
beriladi. Detal belgilangan chiziqlar bo‘yicha teskari tomoni ichkariga 
qilib qo‘yiladi, bukib ko‘klanadi, biriktirib tikiladi, ikki tomonga yoriladi va 
o‘rtasi chokka aniq keltirilib dazmollanadi. Bunday taxlama ayni vaqtda 
biriktirish taxlamasi vazifasini ham o‘taydi.
Murakkab bezak taxlamalar (3.9-rasm, d) kiyimni bezash maqsadida 
hamda bezak baxyaqator uchun chok haqi qoldirilmagan hollarda 
ishlatiladi. Bunday taxlama gazlama o‘ngidan va teskarisidan modelda 


47
ko‘zda tutilgan ikkita chiziq: o‘rta chiziq va yon chiziq bilan belgilanadi. 
Òaxlamaning o‘rta chizig‘i tagiga teskari tomondan asosiy gazlamadan 
bichib olingan bo‘lak qo‘yiladi. Bo‘lakni qaviqqator uning o‘rtasiga to‘g‘ri 
keladigan qilib ko‘klanadi va o‘ngidan belgilangan o‘rta chiziq bo‘yicha 
tikib ulanadi. Asosiy detal o‘ngini ichkariga qaratib bukiladi, gazlama 
parcha ikki buklanib, qarama-qarshi tomonga yotqiziladi va birinchi 
baxyaqatordan 0,2—0,3 sm oraliqda ikkinchi baxyaqator yuritiladi. Chok 
haqi bilan gazlama parchasi bir tomonga qaratib dazmollanadi. Detalning 
o‘ng tomonidan modelga muvofiq kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. 
3.3— va 3.4-jadvallarda mashinada bajariladigan ishlar terminologiyasi 
va choklarga bo‘lgan texnik talablar berilgan. 3.5-jadvalda mashina chok 
turlari texnik shartlari bilan keltirilgan.
3.2. ÒIKUV BUYUM DEÒALLARINI YELIMLAB BIRIKÒIRISH
Sintetik smolalar paydo bo‘lgandan buyon yelimlab ulash tikuv 
sanoatida keng tarqalgan. Ko‘p texnologik jarayonlarda yelimlab 
ulashning afzalliklari detallarni boshqa usulda ulashga nisbatan katta.
Yelimning asosiy tarkibiy qismlari bog‘lovchi, erituvchi va qo‘shimcha 
moddalardir. Fizikaviy holati jihatidan yelim suyuq, quyuq, yuqori elastik, 
qattiq va dag‘al bo‘ladi.
Yelimlar termoplastik va termoreaktiv bo‘ladi.
Òikuvchilik sanoatida termoplastik yelimlar qo‘llaniladi. Asosi 
qizdirilganda suyuqlanib, soviganda yana qotadigan yelim termoplastik 
yelim deyiladi.
Yelimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Gazlamalarga nisbatan adgeziya yuqori bo‘lib, chok pishiq 
chiqishi.
2. Yuqori elastiklik.
3. Mayinlik.
4. Suvga va kiyimni kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalarga 
chidamliligi.
5. Ob-havo o‘zgarishlariga va yoruqlikka chidamliligi.
6. Fizik-mexanikaviy xossalarning kiyim kiyiladigan sharoitdagi 
temperaturaga chidamliligi.
7. Qimmat va taxchil bo‘lmaslik.
Òikuvchilik sanoatida yelimli materiallar kiyim detallariga uqa qo‘yish, 
detal chetlarini pishiqlash, yoqa, manjet, yeng uchiga qotirma yopishtirish, 
kiyim etagini bukib yopishtirish, bort qotirmalarini tayyorlash, cho‘ntak 


48
qopqog’i, yoqa kabilarni yelimlab yig‘ishda ishlatiladi. Quyidagi yelimli 
materiallar kiyimning shaklini turg‘un qiladi va ko‘rkamlashtiradi:
— bir tomonga nuqtalar tarzida polietilen qoplangan yarimqattiq 
qotirmali gazlama;
— bir tomoniga yaxlit polietilen qoplangan yoqabop qotirmali 
gazlama;
— yelim qoplangan uqabop qotirmali gazlama;
— qotganda qattiqlashadigan modda shimdirilgan qotirmali 
material;
— o‘rgimchak uya tipidagi yelimlangan noto‘qima material;
— yelim qoplangan noto‘qima qotirmali material;
— yelim ip.
Uqa va qotirmalarga ishlatiladigan materiallarning bir tomoniga 
P—54, P—548, P—12(6/66) surkab yopishtiriladi.
Yuviladigan kiyimlarga (erkaklar va ayollar ko‘ylagi, bluzkalar) 
yuqori bosim ostida olingan polietilen ishlatiladi. Yelimli materiallarga 
quyidagilar kiradi: yelim ip, o‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim 
materiallar, yelim plyonka, asosi ip gazlama, sintetik gazlama va trikotaj 
polotnosidan iborat bir tomoniga yelim kukun sepilgan qotirmali 
material (dublirin). Bunda quyidagi parametrlarga e’tibor beriladi: 
harorat, vaqt, bosim va namlik.
Yelim ip 0,3—0,5 mm qalinlikda yakka ip bo‘lib, P—548, P—12(6/66) 
poliamid smolasidan olinadi. Yuviladigan kiyimlarda ishlatiladigan ip 
yuqori bosimda olinadigan polietilendan tayyorlanadi. Yelim ip bortlar, 
yoqa chetlari, cho‘ntak qopqog‘i chetlari, kiyim etagini ko‘rinmaydigan 
qilib puxtalashda ishlatiladi.
Quyidagi 3.6-jadvalda yelim chok turlari keltirilgan. Bular detallarni 
biriktirishda, kiyim uzellariga ishlov berishda qo‘llaniladi.
3.6-jadval
Yelim chok turlari


49
3.5-jadval
Mashina chok turlari
4 — M.K. Rasulova


50
davomi


51
davomi


52
davomi


53
davomi


54
davomi


55
O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim materiallar, P—548, 
P—12(6/66) poliamid yelimining eritmasidan olingan tolalar bir-biri bilan 
tartibsiz chalishganidan hosil bo‘lgan noto‘qima materialdir. Bu yelim 
material kiyim etagi va yeng uchini bukib yopishtirishda ishlatiladi.
Yelim plyonka, termoplastik polietilen yelimidan tayyorlangan 
materialdir. Bu materialni maxsus mashinada 3—6 mm kenglikda kesib 
olinadi, keyin ulanadigan detallar chetiga maxsus MPP—1 yoki PPÒ—2 
mashinasida yopishtiriladi.
Detal qirqimlari va ziylarini puxtalashda hozirgi vaqtda o‘rgimchak 
uya tipidagi yelim to‘r, yeng istiqbolli kimyoviy materialdir. 3.10-rasmda 
ag‘darma chok bilan tikiladigan bort chetiga (a), adip old bo‘lak bilan 
yaxlit bichilgan bort chetiga (b), adipga astar ulangan chok chetiga (d), 
kiyim etagini bukish haqiga (e) qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Erkaklar kastumining 
detallarini yelim to‘r bilan yopishtirishda quyidagi parametrlarga rioya 
qilinadi: pressning harorati 140—150° C, press bosimi 0,03—0,04 MPa, 
presslash davomiyligi 15—20 s, namlik 40 foiz. Yelim to‘rni qo‘llash natijasida 
mahsulot sifati yaxshilanadi va mehnat unumdorligi oshadi.
Kiyim detallarini turg‘unlashtirish, ularning tashqi ko‘rinishini va sifatini 
yaxshilash uchun ularga yelimli qotirmalar yopishtiriladi.
Kiyim detallariga qotirma yopishtirmasdan shakl berish mumkin. Bu 
usulda suyuqlik fazasidagi polimer aralashma kiyim detallarining teskari 
tomoniga sepiladi. Yelim aralashmasi bir necha sekund issiqlik ta’sir etishi 
natijasida qotadi. Òo‘g‘ridan to‘g‘ri turg‘unlashtirish texnologiyasini 
qo‘llash natijasida tikuvchilik korxonasidagi qo‘shimcha qotirmalarni 
detallarga yopishtirish operatsiyalariga hojat qolmaydi. Yelimlab ulash 


56
usuli detallar va umuman ki yimlar tikishni mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirishga imkon beradi.
3.3. ÒIKUV BUYUM DEÒALLARINI PAYVANDLAB BIRIKÒIRISH
Òikuvchilik korxonalarida kiyim tikishda polivinilxlorid qoplangan 
materiallar ko‘p ishlatilmoqda. Bu materiallarning asosi ip gazlama, 
sun’iy va sintetik tolali material yoki trikotaj polotno bo‘lib, uning ustiga 
polivinilxlorid qoplangan bo‘ladi. Bundan tashqari, plyonka shaklidagi 
materiallar ham ishlatiladi. Bu materiallarni ip bilan ulashda choklar 
uncha pishiq chiqmaydi va suv o‘tkazuvchan bo‘ladi. Ularni yelimlab, 
ulab bo‘lmaydi, chunki issiq pressda presslash mumkin emas. Bundan 
tashqari yelimning hojati yo‘q, chunki termoplastik plyonkalar va 
polivinilxlorid qoplangan materiallarning o‘zi termoplastik xususiyatga 
ega. Shuning uchun bu materiallardan kiyimlar tayyorlashda payvandlab 
ulash usulidan foydalaniladi. Payvandlash yo‘li bilan pishiq choklar hosil 
qilish, ayrim detallarni esa bezash ham mumkin. Payvand choki hosil 
qilishda hech qanday begona modda aralashtirilmaydi.
Òermoplasitk material ma’lum haroratgacha qizdirilganda, yuksak 
elastik holatdan yopishqoq cho‘ziluvchan holatga o‘tadi, shunda ma’lum 
kuch bilan tasir etib, keyin sovitilsa, pishiq payvand chok hosil bo‘ladi. 
Òikuvchilik sanoatida, elektrda qizdirib payvandlash, yuqori chastotali 
tok va ultratovush bilan payvandlash usullari bor.
Elektrda qizdirib payvandlash usulida termoplastik materialning 
ulanadigan joyini qizdiruvchi asbobda kontakt yo‘li bilan qizdirib 
yumshatiladi. Sovitilgandan keyin yumshatilgan joyda payvand chok 
hosil bo‘ladi. Qizitgich har xil o‘lchamli va shaklli elektr asbob bo‘lib, 
o‘lchami va shakli detal shakliga va payvandlanadigan materialga bog‘liq 
bo‘ladi. Plyonkalarni payvandlashda, plyonka qizigan metall yuziga 
yopishib qolmasligi uchun, payvandlanayotgan detal ustiga kalka qog‘oz 
yoki yupqa ftoroplast yopib qo‘yiladi. Elektrda qizdirib payvandlashda 
rolikli qizdirgichdan foydalaniladi yoki «Pfaff» firmasining 8300 klass 
mashinasi qo‘llaniladi.
Yuqori chastotali tok bilan payvandlashda termoplastik material 
yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr tok bilan qiziydigan ikkita plastinka 
orasiga joylashtiriladi. Plastinkalar orasida issiqlik ajralishiga yuqori 
chastotali tok elektr maydonida polimerlardagi dipol ( bir-biridan 
muayyan masofada joylashgan qarama-qarshi ishorali elektr zaryadli) 
molekulalar siljib, muayyan ish bajarishi sabab bo‘ladi. Issiqlik ta’sirida 


57
material yumshab, payvandlanadi.
Òermoplastik material yuqori chastotali maydonda juda tez 
payvandlanadi. Masalan, qalinligi 0,15—0,2 mm bo‘lgan plashlik 
polivinilxlorid plyonka 2—3 sekundda payvandlanadi.
Ultratovush bilan payvandlash usulida termoplastik materialga 
ultratovush tebranishi va bosim ta’sir etadi. Òebranayotgan jism shu 
tebranish energiyasini yutib, uni issiqlikka aylantiradi. Ultratovush 
chastotali tebranishlar bir-biriga tegib turgan detallar orqali o‘tayotganda 
bu tebranishlarning mexanik ta’siri va to‘lqinlanishi ta’sirida material 
payvandlanadi.
Payvandlash yo‘li bilan biriktirma, qo‘yma, bukma, tutashtirma 
choklar hosil qilish mumkin (3.11-rasm).
Biriktirma payvand chok suv o‘tkazmaydigan bo‘lib, boshqa payvand 
choklarga qaraganda oddiyroq. Bu chok pishiqlikni talab qilmaydigan 
va suv o‘tkazmaydigan joylarda qo‘llaniladi.
Ochiq qirqimli bukma payvand chok bort cheti, yoqa chetiga ishlov 
berishda, kiyim etagini va yeng uchini bukib payvandlashda ishlatiladi. 
Ochiq qirqimli qo‘yma payvand chok suv o‘tkazmaydigan kiyimlarning 
yelka, yon, yeng va boshqa qirqimlarini biriktirish uchun ishlatiladi.
Bir qirqimi yopiq qo‘yma payvand chok ochiq qirqimli qo‘yma 
3.10-rasm. Kiyim detallariga o‘rgimchak uya yelim qo‘yilishi.


58
payvand chokdan birmuncha pishiqroq va chiroyliroq bo‘lgani uchun, 
uni termoplastik qoplamali hamma materiallarning asosiy detallarini 
biriktirib payvandlashda ishlatish tavsiya etiladi.
Òutashtirma payvand chok ostki yoqa, adip bo‘laklarini biriktirib 
payvandlashda ishlatiladi.
3.4. ÒIKUV BUYUMLARIGA NAMLAB-ISIÒIB ISHLOV BERISH
Kiyim tikish texnologik jarayonida namlab-isitib ishlash anchagina 
o‘rin egalaydi. U tikuvchilik buyumlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday ishlash yordamida kiyimga ma’lum shakl beriladi va uning 
ko‘rinishi yaxshilanadi.
Namlab-isitib ishlov berish yordamida tikuvchilik buyumlarini ma’lum 
shaklga kiritish va bezash kiyim tikishga ketadigan vaqtning anchagina 
qismini oladi. Masalan, ust kiyim tikishga ketadigan umumiy vaqtning 
20—25 foizi namlab-isitib ishlash operatsiyalariga sarflanadi.
Buyumlarning sifati va tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan tikish jarayonidagi 
hamda uzil-kesil pardozlashdagi namlab-isitib ishlashga bog‘liq. Namlab-
isitib ishlov berishdan asosiy maqsad, buyum detallariga hajmiy-fazoviy 
shakl berish va har xil choklarni ishlash, uzil-kesil pardozlash, detallarni 
yelim bilan biriktirishdan iborat. Namlab-isitib ishlov berish jarayonida 
gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi. Bu jarayon uch 
bosqichdan iborat: 1) tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish; 2) 
bosim bilan ma’lum shakl berish; 3) issiqlik va bosim yordamida namlikni 
ketkazish va shaklini mustahkamlash.
Ma’lumki, gazlamadagi iplar unda bo‘yiga va ko‘ndalangiga 
joylashgan, o‘zaro har xil chalishgan bo‘lib, gazlamaning turli qatlamlarida 
bo‘lishi mumkin. Gazlamaning tuzilishi shunday bo‘lganidan tolalar 
uning yuzida yoki ichkarisida bo‘lib, ularda chiyralish, cho‘zilish va qisilish 
kuchlanishlari bo‘ladi (bu kuchlanishlarga tolalarning chiyratilganligi va 
iplarning bir-biriga chalishganligi sabab bo‘ladi).
Gazlama biror shaklga kiritilayotganda ipdagi tolalar o‘simliklardan yoki 
hayvonlardan olingan, sun’iy yoki sintetik ekanligini hisobga olish lozim. 
Namlab-isitib ishlashda gazlamadagi tolalarning molekular bog‘lanishlarini 
bo‘shashtirib yuboradigan sharoit sun’iy yo‘l bilan yaratiladi. Shunda yetarli 
darajada turg‘un deformatsiya bo‘lishiga erishish ehtimoli va imkoniyati 
keskin ortib ketadi. Ishlab chiqarishda bu maqsadga erishish uchun 
issiqlik va namlikdan foydalaniladi. Har qanday jism qizdirilsa, undagi 


59
molekulalarning kinetik energiyasi kuchayib, natijada molekular 
bog‘lanish bo‘shashadi.
Òikuvchilikdagi amorf (shaklsiz) polimer tolalar uch xil fizikaviy 
holatda bo‘ladi. Bular shishasimon, yuqori elastik va yopishqoq-
cho‘ziluvchan holatlardir. Bu holatlarning har biriga muayyan fizik 
xossalar kompleksi mos keladi.
Past haroratdagi (tikuvchilik materiallari uchun harorat odam badanining 
va atrofdagi havoning haroratidir) shishasimon holatda deformatsiya kam 
va yo‘qoladigan bo‘ladi. Yuqori haroratdagi yopishqoq-cho‘ziluvchan 
holatda deformatsiya katta, yo‘qolmaydigan bo‘ladi. Buning sababi 
polimerning yumshab oqishidir. Polimerlarga xos yuqori elastiklik holati, 
shishasimon va yopishqoq cho‘ziluvchan holatlar orasidagi birorta 
harorat oralig‘iga to‘g‘ri keladi.
Qizdirilganda polimer shishasimon holatdan yuqori elastiklik holatiga 
o‘tayotganda deformatsiya asta-sekin orta borsa ham, lekin u baribir 
yo‘qoladi. Yuqori molekular polimer materiallar deformatsiyasining 
haroratga qanday bog‘liq ekani 3.12-rasmda ko‘rsatilgan.
Yuqori elastiklik holatida (II va III orasida), harorat yopish qoq, 
cho‘ziluvchan holat paydo bo‘ladigan darajaga yetguncha, harorat 
ko‘tarilishi natijasida deformatsiya kam o‘zgaradi. Demak, namlab-isitib 
ishlov berish jarayonida materialni qizdirish Òs dan Ò
1
gacha haroratlar 
oralig‘ida bo‘lishi kerak. Ò
1
dan ortiq qizdirish esa mutlaqo foydasiz, 
chunki bunda deformatsiya ortmay turib, vaqt va energiya sarf bo‘ladi.
Ikkinchi rasmda jun (I), ip (II) va zig‘ir tolali (III) gazlamalar 
3.11-rasm. Kiyim detallarini payvandlab biriktirish choklari.


60
deformatsiyasining haroratga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Namlab-isitib ishlash usullari va jihozlari
Òikuvchilikda uch xil namlab-isitib ishlash bor: dazmollash, presslash 
va bug‘lash.
Dazmollash. Dazmolning qizigan sathini gazlamaga biroz bosib, 
namlangan detal bo‘ylab surib, namlab-isitib ishlash dazmollash deb 
ataladi.
Qizdirish usuliga qarab dazmollar bug‘, elektr va bug‘-elektr 
dazmollarga bo‘linadi. Bug‘ dazmollarining elektr dazmollaridan farqi 
shundaki, ular detalni dazmollash bilan birga, uni bug‘lab ham beradi. 
Bug‘ dazmollarida namlab-isitib ishlash dazmol matosiz bajariladi. Bug‘ 
dazmollarida ishlash uchun maxsus dazmol stollari mavjud (3.13-rasm). 
Unda nam deyarli ovozsiz so‘riladi, dazmollanayotgan gazlama yaxshi 
quriydi va yaxshi soviydi. Dazmol stolining yuzasi isitilib, unda nam 
so‘rilishi uchun vakuum hosil qilingan bo‘ladi. Ish stolining balandligini 
o‘zgartirib turishga mo‘ljallangan. Bu dazmollash uskunasi komplektida 
har xil shakldagi dazmollash yostiq chalari bor (3.15-rasm).
Bug‘-elektr dazmollar bug‘ dazmol bilan elektr dazmol birlashmasidan 
iborat bo‘lib, unda oddiy qizdirish yo‘li bilan quruq bug‘ hosil qilinadi. 
Buning uchun elektr dazmoliga (3.14-rasm, a) o‘rnatilgan egiluvchan 
shlang orqali suv beriladi va suv isib bug‘ga aylanadi. Dazmolning qizish 
harorati 60—230°C, dazmol og‘irligi 2,1 kg.
U—3, U—5 elektr dazmollarida (3.14-rasm, b) qizish harorati 60—
240°C bo‘lib, barcha turdagi gazlamalarga namlab-isitib ishlov berishga 
mo‘ljallangan.
Presslar namlab-isitib ishlashdagi eng sermehnat operatsiyalarni 
mexanizatsiyalashtirishga, ish unumini oshirishga, ishlov berish sifatini 
yaxshilashga va ishchilar mehnatini yengillashtirishga imkon beradi. 
Presslar bir-biridan yuritmasining tipi, presslash kuchi va yostiqlarining 
xili bilan farq qiladi. Presslarning yuritmalari mexanik, elektr, pnevmatik 
va gidravlik bo‘lishi mumkin (3.16-rasm). Presslash kuchiga qarab presslar 
og‘ir, o‘rtacha va yengil presslarga, vazifasiga ko‘ra universal va maxsus 
xillarga bo‘linadi.
Press yostiqlarining harorati ishlanadigan gazlamaga qarab 
o‘rnatiladi. Agar gazlama tarkibida har xil tolalar bo‘lsa, yostiqning 
harorati issiqqa eng sezgir tolaga moslab o‘rnatiladi. Har bir pressda 


61
ikkita: ustki va ostki yostiq bo‘ladi. Òikuv buyumlar detallarining chetini 
buklash uchun buklovchi presslar ishlatiladi. Ular universal yoki muayyan 
bir ishni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bug‘lash. Bug‘lash — gazlamani qizdirilgan sathlar ta’sirida emas, 
balki bug‘ bosimi ta’sirida namlab-isitib ishlash deganidir. Bug‘lash 
gazlama tolalaridagi kuchlanishni yo‘qotadi, ya’ni tolalarni yaltira-
maydigan qiladi. Gazlamalarni tikuv fabrikalarida ishlatishdan oldin 
bug‘lash — dekotirovka qilinadi. Bug‘langanda gazlamaga nam bug‘ 
purkaladi. Nam bug‘ gazlamani namlaydi, ham isitadi. Òolalar namdan 
shishadi va qiziydi. Gaz zarralarining kinetik energiyasi tolalarga mexanik 
ta’sir etadi.
Òayyor kiyimni bug‘li havo mane kenida ham dazmollash, ham 
bug‘lash mumkin (3.17-rasm).
Yuqorida aytilgan uch xil namlab-isitib ishlash usullari natijasida 
tikuv chilik sanoatida quyidagi namlab-isitib ishlash operatsiyalaridan 
foydalaniladi (3.7-jadval):
1. Yorib dazmollash.
2. Bir tomonga yotqizib dazmollash.
3. Detallar chetini buklash.
4. Dazmollab yupqalashtirish.
5. Kirishtirib dazmollash.
6. Cho‘zib dazmollash.
7. Bo‘rttirib dazmollash.
8. Bug‘lash.
Namlab-isitib ishlov berishda kiyim detallari og‘irligining 7,5—15 
foizgacha miqdorida namlanadi, biroq kiyimni eng oxirgi dazmollash yoki 
bug‘lash jarayonida bug‘ning miqdori cheklanmaydi. Kiyim detallarining 
3.12-rasm. Yuqori molekular polimer materiallar deformatsiyasining haroratga 
bog‘liqligi (a); jun, ip va zig‘ir tolali gazlamalar 
deformatsiyasining haroratga bog‘liqligi (b).


62
namlab-isitib ishlashdan oldingi va undan keyingi ko‘rinishining sxematik 
tasviri 3.18-rasmda berilgan.
3.7-jadval
Òikuvchilikda namlab-isitib ishlash operatsiyalari
3.14-rasm. Bug‘ elektr (a) 
va elektr (b) dazmollar.
3.13-rasm. Dazmollash stoli.


63
namlab-isitib ishlashdan oldingi va undan keyingi ko‘rinishining sxematik 
tasviri 3.18-rasmda berilgan.
3.7-jadval
Òikuvchilikda namlab-isitib ishlash operatsiyalari
3.5. KIYIM BICHIQLARINI ÒIKISHGA ÒAYYORLASH
3.5.1. BICHIQ DEÒALLARINING NOMI
Ustki kiyim bichig‘ining detallari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: avra 
detallari, astar detallari va qotirma detallari.
Pidjak avra bichig‘ining detallari pidjak tikishga mo‘ljallangan 
gazlamalardan quyidagi miqdorda bichiladi: old bo‘lak — 2 ta, ort bo‘lak 
— 2 ta, yeng ustki bo‘lagi — 2 ta, yeng ostki bo‘lagi — 2 ta, ustki yoqa 
— 1 ta, ostki yoqa — 1 ta (ikki qismdan iborat), yoqa ko‘tarmasi — 1 ta, 
adip — 2 ta, cho‘ntak qopqog‘i — 2 ta, cho‘ntak mag‘izlari — 2 ta, ko‘krak 
listochkasi — 1 ta. Pidjak avra detallari 3.19-rasmda ko‘rsatilgan.
Pidjak astari bichig‘ining detallari astarlik gazlamalardan avra detali 
shakliga moslab bichiladi. Ular ham avra detallari singari nomlanadi: old 
bo‘lak — 2 ta, ort bo‘lak — 2 ta, yeng ustki bo‘lagi — 2 ta, yeng ostki 
bo‘lagi — 2 ta, cho‘ntak qopqog‘i astarlari — 2 ta, yon cho‘ntaklar 
ko‘rinmasi — 2 ta, bar tutgich — 1 ta, ilgich — 1 ta, ko‘krak cho‘ntak 
xaltasi — 1 ta, ichki cho‘ntak xaltasi — 2 ta.
Qotirma bichig‘i detallari qotirma gazlamalardan, ya’ni zig‘ir tola, 
ip, qil tolali va h. k. gazlamalardan bichiladi va quyidagicha nomlanadi: 
bort qotirmasi — 2 ta, yelka taglik — 2 ta, yoqa qotirmasi — 1 ta (ikki 
qismdan iborat). Qotirmabop ip gazlamalardan yon cho‘ntak xaltalari 
3.15-rasm. Dazmol qoliplarining turlari.


64
— 2 ta, yon cho‘ntak bo‘ylamalari — 2 ta, 
ko‘krak cho‘ntagi bo‘ylamasi — 1 ta, yeng 
uchi qotirmalari — 2 ta — bichiladi.
3.5.2. BICHIQ DEÒALLARINING QIRQIM NOMLARI
Kiyim tikishda bichiq detallari 
qirqimlarining yagona nomlari ishlatilishi 
lozim. Er k ak lar pidjagi detallar i 
qirqimlarining nomlari tanda (o‘rish) ipi 
yo‘nalishi 3.8-jadvalda keltirilgan.
Ustki kiyim avrasi, astari va qotirma 
detallari bichiqqa nisbatan qo‘yiladigan 
texnik shartlarga muvofiq bichiladi. Pidjak 
detallarida tanda ipi yo‘nalishi quyidagicha 
bo‘lishi kerak: old bo‘lakda old bo‘lak 
o‘tar qismi chiziqlariga, ort bo‘lakda ort 
3.16-rasm. GP—2,5 gidravlik press (a), pnevmatik yengil yarim- 
avtomat press (b), TV/PTA 120P pnevmatik press (d).

b
d
3.17-rasm. Bug‘li havo manekeni.


65
bo‘lak o‘rta chizig‘iga, adipda tashqi qirqimga, yeng ustki va yeng ostki 
bo‘lagida old qirqim uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa, ustki yoqada yoqa 
o‘rta chizig‘iga parallel bo‘lishi kerak. Pidjak asosiy detallarining gazlama 
turiga qarab tanda ipi yo‘nalishiga nisbatan chetlashishga yo‘l qo‘yishi 
3.9-jadvalda ko‘rsatilgan.
3.8-jadval
Pidjak asosiy detallarining qirqim nomlari
3.18-rasm. Kiyim detallarining namlab-isitib ishlashdan 
oldingi va undan keyingi ko‘rinishi:
a — yorib dazmollash; b — bir tomonga yotqizib dazmollash; 
d — bukib dazmollash; e, f — dazmollab yupqalashtirish; g — kirishtirib va cho‘zib 
dazmollash; h — bo‘rttirib dazmollash.
5 — M.K. Rasulova


66
3.9-jadval
Kiyim detallarining tanda ipi yo‘nalishidan og‘ish miqdori
Òanda ipi yo‘nalishidan chetlashish (og‘ish) miqdori detal bo‘yiga 
qarab belgilanadi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
L — tanda ipining me’yoriy uzunligi, ya’ni detal bo‘yi,
% — berilgan detal va gazlama turi uchun belgilangan og‘ish foizi,


67
— tanda ipining yo‘nalishi me’yorda belgilangan og‘ish 
burchagiga nisbatan uzunligi, sm.
Masalan, old bo‘lak bo‘yi 80 sm ga teng bo‘lsa, old bo‘lak etagidagi 
chetga chiqish (og‘ish) bir tomonga yoki narigi tomonga tanda ipiga 
nisbatan 0,8 sm ni tashkil etadi.
Bichiq detallarini tikishga tayyorlashda ular tekshirib chiqiladi. Buning 
uchun avval kiyim tikish me’yoriy hujjatlari bilan tanishib chiqish kerak. 
Òekshirish avra va astar gazlama bichiq detallarining bor-yo‘qligini 
aniqlashdan boshlanadi. Modelga binoan konst ruksiya chiziqlari, 
gazlamaning guli aniqlab olinadi; tukning yo‘nalishi, detallar o‘rish va 
arqoq iplari yo‘nalishi bo‘ylab qanchalik to‘g‘ri bichilaganligi va bichiq 
detallarida to‘qimachilik nuqsoni bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Detallar o‘lchamining aniqligi bichiq bog‘lamidagi ustki va ostki 
detallarga andaza qo‘yib tekshiriladi. Agar avra, astar yoki bort 
qotirmasining detallari torroq yoki ruxsat etilgan chetlatishdan ortiqroq 
bo‘lib qolgan bo‘lsa, unda bichiq ishlab chiqarishga yuborilmaydi. 
3.19-rasm. Erkaklar pidjagining asosiy detallari:
1 — ort bo‘lak; 2 — qirqma yon bo‘lak; 3 — old bo‘lak; 4 — yengning ostki bo‘lagi; 
5 — yengning ustki bo‘lagi; 6 — ostki yoqa; 7 — ustki yoqaning qaytarmasi; 8 — 
yoqaning ko‘tarmasi.


68
Erkaklar kastumi.


69
Avraning har bir detalida yordamchi andazalar bilan vitachkalar, 
cho‘ntaklar, taxlamalar, bo‘rtma choklar va h. k. joylari belgilab olinadi. 
Cho‘ntak o‘rni avraning o‘ngi tomonidan tikish turi va usuli qandayligiga 
qarab belgilab olinadi.
Ommaviy tikuv deganda ishlab chiqarish korxonalarida bitta 
to‘shamadan ko‘p miqdorda kiyim bichish tushuniladi. Òikish va yig‘ish 
jarayonida detallarni adashtirib yubormaslik uchun avra detallarining o‘ng 
tomoniga raqam yozilgan talonni 68—1 klass maxsus mashinasida tikib 
qo‘yiladi. Astar bichig‘i detallarida teskari tomoniga «Meto» mashinasida, 
bo‘yoq yordamida raqam qo‘yiladi. Bichiq detallaridagi raqamlar yaxshi 
ko‘rinib turadigan va kiyimni tikishga xalaqit bermaydigan joyiga 
qo‘yiladi (3.10-jadval).
3.10-jadval
Bichiq detallaridagi raqam belgilari qo‘yiladigan joy
Bitta kiyimning hamma detallarida bir xil raqam yozilishi kerak. 
Yordamchi qatlamning detallari raqamlanmaydi. Astar va yordam chi 
qatlam detallari modeli, o‘lchami, ko‘rinishi va rangi jihatidan avra 
detallariga mos bo‘lishi lozim.
3.5.3. DEÒALLARGA QOÒIRMA YOPISHÒIRISH


70
davomi


71
davomi


72
Kiyimning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida shakli barqaror 
bo‘lishi, kiyish jarayonida yaxshi saqlanishi, tikish vaqtini qisqartirish 
uchun detallarga yelimli qotirma materiallar qo‘yiladi. Yelimli qotirma 
yassi yostiqli maxsus presslarda yopishtiraladi. Presslovchi sathning 
harorati 140—150° C, presslash davomiyligi 10 s, presslovchi yuzaning 
bosimi 0,3—0,5 kgs/sm bo‘lishi kerak. Qotirma materiallar va ularni 
yopishtirish usullari modelning texnik tavsifiga muvofiq qo‘llanadi. 
Yelimli qotirma materiallar sifatida ip, viskoza va boshqa gazlamalar 
hamda yelim kukun qoplangan noto‘qima materiallar ishlatiladi. Yelimli 
qotirma materiallardan old bo‘laklarning asosiy qatlami sifatida va 
alohida detallarning qotirmasi sifatida foydalaniladi.
Yelimli qotirmadan detallar bichganda asosiy detallardan 0,3—0,5 
sm kichikroq bichiladi, bundan maqsad shuki, yelim qotirmaning 
chetki qirqimlari biriktirma choklarga 0,1—0,2 sm kirishi kerak. Yelimli 
qotirmalarning tanda ip yo‘nalishi asosiy detal tanda ipi yo‘nalishi bilan 
bir xil bo‘lishi kerak.
Erkaklar pidjagida bort qotirmasi ikki qavat qilib bichiladi (3.20-rasm). 
Bular asosiy va qo‘shimcha qotirma bo‘lib, qo‘shimcha qotirmaning 
o‘rish iplari asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 30°C yoki 75°C burchak 
ostida bichilgan bo‘ladi. Ikki qavat qotirma old bo‘lakka bir vaqtda qo‘yib 
yopishtiriladi va shakl beriladi.
Ort bo‘lak bo‘yin va yeng o‘miziga, etak qirqimiga va ort bo‘lak 
kesimiga qirqimdan 0,3 sm masofada yelim qotirma qo‘yiladi (3.21-rasm, 
a). Bo‘yin va yeng o‘mizi atrofiga qo‘yiladigan qotirma 45°C burchak 
ostida bichiladi.
Hozirgi vaqtda kiyim sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p zonali 
termoplastik qotirma materiallar ishlatiladi. Bunday qotirma materiallar 
uchta zonaga ajratib to‘qilgan bo‘lib, birinchi zona viskoza, ip, jun 
tolalariga tabiiy yoki sintetik qil aralashtirilgan bo‘ladi. Ikkinchi zona 
yumshoqroq bo‘lib, turli tolalar navbat bilan almashtirib ishlatiladi. 
Uchinchi zona yumshoq zona bo‘lib, bir xil ipdan siyrakroq to‘qiladi.
Adip qaytarmasiga trikotaj polotnoli qotirma ko‘p zonali qotirma 
ustiga 2—3,5 sm o‘tib turadigan qilib yopishtiriladi (3.21-rasm, b).
Yoqaning mustahkamligini oshirish va berilgan shaklni saqlab turish 
uchun ustki va ostki yoqa qaytarmasi va ko‘tarmasi detallariga qotirmali 
material avra qirqimidan 0,3 sm masofada qo‘yiladi (3.22-rasm). Yeng 
uchlarining puxtaligini oshirish va shaklni saqlash uchun eni 5 sm li 


73
yelim qotirmasi qo‘yiladi (3.23-rasm). Cho‘ntak qopqog‘i va cho‘ntak 
listochkasiga avra detalning tanda ip yo‘nalishiga mos bichilgan yelim 
qotirma qo‘yiladi (3.24-rasm).
Polietilen kukun qoplangan qotirmalar namlanmasdan, poliamid 
kukun qoplangan qotirmalar ho‘llab yopishtiriladi.
3.6. BEZAK BERUVCHI ELEMENÒLARNI ÒAYYORLASH
Kiyimning estetik talablarga mos ko‘rinishda bo‘lishiga ma yinligi, 
qalinligi va boshqa xususiyatlari turlicha bo‘lgan gazlamalarni ishlatib 
erishiladi.
Kiyimni bezashda xilma-xil buklamalar, bo‘rttirma choklar, bo‘rtma 
choklar, baxyaqatorlar kabi bezaklarga, hoshiyalar, etak burmalar, 
oddiy burmalar bilan bezashga va furnitura bilan bezashga katta o‘rin 
beriladi.
Qo‘sh etaklarning, etak burmalarning qirqimlari maxsus mashinada 
siniq baxyaqatorlar bilan tikiladi.
Koketka yoki kiritma chetiga qo‘yma burma ulanganda, uni avval 
asosiy detalga ulab olinadi. Bunda, qo‘yma burmaning teskarisiga, asosiy 
detal o‘ngi esa ustiga qaragan bo‘ladi. Keyin koketka qo‘yma burma 
ulangan chokni yopib turadigan qilib qo‘yilib, asosiy detalga bostirib 
tikiladi (3.25-rasm).
Burmalar (3.26-rasm) ayollar va bolalar kiyimida bezak sifatida yoki 
vitachkalar o‘rnida ishlatiladi. Òikuvchilik sanoatida burmalar hosil qilish 
uchun maxsus tepkili, ikki ignali mashinadan foydalaniladi. Qoplama 
cho‘ntak, bandlar, belbog‘, cho‘ntak qopqog‘i kabi detallar ham bezak 
hisoblanadi. Shuningdek, kiyim xilma-xil tikma gul, mo‘yna, izma va furnitura 
kabilar bilan ham bezaladi.
Jiyaklar hozirgi vaqtda kiyimlarni bezash uchun keng ishlatiladi. Jiyak 
har xil rangli va naqshli bo‘ladi. Uning cheti to‘g‘ri va shakldor bo‘lishi 
mumkin. Shakldor chetli jiyak kiyimning o‘ngiga bostirib tikiladi. Uni 
belgilangan chiziq bo‘yicha o‘ngi bilan qo‘yib, o‘rtasidan bostirma chok 
bilan tikiladi.
Òo‘rdan asosan ayollar va bolalar kiyimini bezashda foydalaniladi. 
Òo‘r detalning o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘yicha qo‘yiladi va to‘rning 
chetidan 0,1 sm ichkaridan universal mashinada yoki maxsus mashinada 
bostirib tikiladi.


74
Qirqmalar (3.27-rasm) vitachkalarning bir turi bo‘lib, ayni vaqtda 
bezak elementlaridan biri hisoblanadi. Qirqmali detallarni bichishda 
qirqimlaridan biri ikkinchisidan uzunroq olinadi. Qirqmaning uzun 
tomoni bo‘yicha burma hosil bo‘lishi uchun ikkita baxyaqator tushiriladi. 
Detallarning o‘ngi ichkariga qilib qo‘yiladi va chetlari to‘g‘rilanib 
ko‘klanadi yoki terilgan detal tomondan 0,7—1 sm masofada tikiladi. 
Chok haqi yo‘rmalanadi va detalning burmasiz tomoniga yotqizib 
dazmollanadi. Modelga muvofiq chok bostirma bo‘lishi mumkin.
Applikatsiyalar bostirib tikishda siniq baxyaqatorli mashinadan 
foydalaniladi. Har xil rangli ipdan, rangli shnurlardan gul shakliga moslab 
ikki ipli zanjirsimon baxyaqatorlar yuritish yo‘li bilan gazlamani bezash 
mumkin (3.28- va 3.29-rasm).
Hozirda kiyimga bezak beruvchi baxyaqatorlar dasturlangan tikuv 
mashinalari yordamida amalga oshirilmoqda. Kiyimga turli naqshlar 
tikadigan avtomatlar mavjud bo‘lib, ular ma’lum masofaga avtomatik 
ravishda surilib, kerakli operatsiyalarni bajaradi (3.30-rasm).
Buflar (3.31-rasm) qo‘lda yoki mashinada tayyorlanishi mumkin.
Qo‘lda tayyorlanadigan buflar detalning teskari tomonidan nuqtalar 
yoki chiziqlar tarzida belgilab olinadi. Buf qatorlari orasidagi masofa 
3.20-rasm. Old bo‘lakka bort qotirmasini yopishtirish:
1 — old bo‘lak, 2 — bort qotirmasi, 3 — yelim uqa, 4 — bort qotirmasi ikkinchi qavati, 
5 — adip qaytarma qotirmasi, 6 — izma osti qotirmasi.


75
0,8—1 sm, nuqtalar orasidagi masofa 0,5 sm bo‘lishi zarur.
Mashinada tayyorlanadigan buflar oddiy va shnurli bo‘lishi mumkin. 
Oddiy buflar hosil qilish uchun detalda parallel chiziqlar belgilab olinadi. Bu 
chiziqlarning soni va orasidagi masofa modelga bog‘liq. Detal belgilangan 
chiziq bo‘yicha yoki chetlariga parallel qilib maxsus tepkili, bir yoki ikki 
ignali mashinada tikiladi. Agar maxsus tepki bo‘lmasa, detal belgilangan 
chiziq bo‘yicha o‘ngidan bo‘sh baxyalar bilan tikiladi. Ustki iplarning uchi 
detalning teskarisiga chiqariladi va baxyalarni taranglab, burmalar hosil 
qilinadi. Burmalar bir tekis yoyib chiqiladi, iplarning uchi mahkamlab, 
tugib qo‘yiladi. Buf baxyalarning uchlarida, detalning teskari tomonidan, 
0,1 sm chuqurlikda mayda taxlamalar hosil qilib tikiladi. Barcha buf bax-
yalarining uchlari mayda taxlamalarning tikish choklariga kirishi zarur. 
Buflar cho‘zilib ketmasligi uchun, asosiy gazlamadan bichilgan bo‘lak 
ularning tagiga detal teskarisidan tanda iplarini buf baxyalariga parallel 
qilib qo‘yiladi.
4. USÒKI KIYIM ÒIKISH ÒEXNOLOGIYASI ASOSLARI
4.1. KIYIMNING MAYDA DEÒALLARINI ÒIKISH
3.21-rasm. Ort bo‘lak (a) va adipga (b) yelim qotirmani yopishtirish.


76
Erkaklar va ayollar ustki kiyimini tikishda kiyimdagi mayda detallar, 
ya’ni cho‘ntak qopqog‘i, bandlar, kamar tutgich, belbog‘ va h. k. ga ishlov 
berib olinadi.
Qopqoq cho‘ntakning detali bo‘lib, u cho‘ntak og‘zini berkitib 
turadi hamda kiyim bezagi vazifasini bajaradi. Cho‘ntak qopqog‘i avra 
gazlamadan, ostki qopqoq astarlik gazlamadan bichiladi. Cho‘ntak 
qopqog‘i avrasining uzunligi cho‘ntak og‘zi qirqimi uzunligiga yon va 
pastki qirqimlari bo‘ylab 0,7 sm, yuqori qirqimi bo‘ylab 1,5 sm ga teng 
3.22-rasm. Ustki yoqa (a), ostki yoqa (b) qaytarmasi 
va ko‘tarmasiga (d) yelim qotirma yopishtirish.
3.23-rasm. Yeng uchiga yelim qotirma 
yopishtirish.
3.24-rasm. Qopqoq va listochkaga yelim 
qotirma yopishtirish: 
A — asosiy detal;
B — yelim qotirma.


77
bo‘ladi. Astarning tanda (o‘rish) ipi detalning uzunasi yo‘nalishida bo‘ladi, 
bu esa cho‘ntak qopqoqni cho‘zilib ketishdan saqlaydi. Ostki cho‘ntak 
qopqog‘i yon va pastki tomonlari bo‘ylab avraga nisbatan 0,2—0,3 sm 
torroq qilib bichiladi.
Cho‘ntak qopqog‘i detallari universal mashinada, yarim avtomatda 
yoki yelim uqa yordamida ulanadi (4.1-rasm a, b, d).
Universal mashinada tikishdan oldin avra bilan astarning o‘ng 
tomonlari bir-biriga qaratib qo‘yiladi, qirqimlar to‘g‘rilanadi va avra 
tomondan to‘g‘ri sirma qaviq bilan, burchaklarda solqa hosil qilib, biriktirib 
ko‘klanadi. Cho‘ntak qopqog‘i astar tomondan 0,5 sm kenglikdagi 
ag‘darma chok bilan tikiladi, ko‘klangan ip olib tashlanadi. Cho‘ntak 
qopqog‘i uchlari qalinlashib qolmasligi uchun burchaklarida chok 
haqi 0,2—0,3 sm qoldirib kesib tashlanadi. Cho‘ntak qopqog‘i o‘ngiga 
ag‘dariladi va burchaklari to‘g‘rilanadi. Cho‘ntak qopqog‘i avrasidan 0,2 
sm ziy hosil qilib qiya qaviq solib yoki maxsus mashinada ko‘klanadi. 
Cho‘ntak qopqog‘i pressda ostki qopqoq tomonidan dazmollanadi.
Cho‘ntak qopqog‘i yarimavtomat mashinada tikilsa, avra va astar 
qopqoq detallarining chetlarini ichkari tomonga bukib, avradan ziy hosil 
qilib bostirib tikiladi.
Cho‘ntak qopqog‘i detallari yelim uqa yordamida ulanadigan bo‘lsa, 
yelimlab yopishtiradigan apparatdan foydalaniladi. Buning uchun avra 
va astar detallari qolip yordamida teskari tomonga bukib presslanadi, 
avraning bukilgan ziyiga yelim uqa qo‘yiladi yoki yelim kukun sepiladi. 
Detallar avradan ziy hosil qilib juftlanadi va presslab yopishtiriladi.
Bandlar (4.1-rasm) ustki kiyim old bo‘laklarida, ort bo‘laklarda, 
yenglar va cho‘ntaklarda bezak sifatida ishlatiladi. Model qandayligiga 
qarab, ularning shakli va o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Band avra 
3.25-rasm. Koketkaga yoki 
qir qmaga qo‘yma burma ulash.
3.26-rasm. Bezak 
burma.
3.27-rasm. Qirqma 
tikish.


78
va astar detallarining bichilishi va ularga ishlov berish bosqichlari cho‘ntak 
qopqog‘iga ishlov berish singari bajariladi.
Belbog‘ni tikishda gazlamaning o‘ngi ichkariga qaratib buklanadi. 
Uzunasiga chok solinadi. Chokni o‘rtaga to‘g‘rilab, belbog‘ning uchiga 
ag‘darma chok tushadigan chiziqni belgilab olinadi. Shu chiziq bo‘ylab 
ag‘darma chok o‘tkaziladi (4.2-rasm, a). Belbog‘ning uchi, 0,3 sm chok 
qoldirib, qirqib tashlanadi. Maxsus moslama yordamida belbog‘ o‘ngiga 
ag‘darib dazmollanadi. Yupqa gazlamalardan belbog‘ tikilganda uning 
yon ziyi va uchi bo‘ylab ag‘darma chok solish mumkin (4.2-rasm, b). 
Bunda, belbog‘ning bir uchiga va yon ziyiga bir vaqtda ag‘darma chok 
solinadi. Belbog‘ni o‘ngiga ag‘dariladi. Belbog‘ning ostki tomonidan 
kengligi 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi va modelda mo‘ljallangan 
bostirma chok tikiladi.
3.29-rasm. Kiyimga gul tikadigan zanjirsimon ikki ipli avtomatlar.
3.28-rasm. Kiyimga rangli iplar yordamida gul solish.


79
Belbog‘ ikki ipli yoki uch ipli zanjirsimon baxya soladigan yo‘rmalash 
mashinasida yoki siniq baxyaqatorli mashinada tikilganda (4.2-rasm, 
d), uzunasiga qirqimlari belbog‘ enining o‘rtasida tutashadigan qilib, 
gazlamaning o‘ngi ichkariga qaratib buklanadi. Belbog‘ uchiga kengligi 
0,5 sm ag‘darma chok solinadi. Belbog‘ning yeng uchi 0,3 sm kenglikda 
chok qoldirib, kesib tashlanadi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib, uchidagi chok 
to‘g‘rilanadi. Shundan keyin belbog‘ teskarisi ichkariga qaratilganicha 
qirqimlarini yon tomonga surib ustma-ust qo‘yib, maxsus mashinada 
butun uzunligi bo‘ylab bo‘sh tortib baxya 
solinadi. Chok qirqimlari tutashgan holga 
keltirib to‘g‘rilanadi. Belbog‘ dazmollanib, 
modelda mo‘ljallangan bezak baxyaqator 
yuritiladi.
4.2. ÒIKUV BUYUMLARI DEÒALLARIGA 
DASÒLABKI ISHLOV BERISH
Har qanday kiyimni tikish jarayoni 
alohida detallar va uzellarni tikib, ularni 
3.30-rasm. Kiyimga naqsh tikadigan avtomat.
3.31-rasm. Buf tikish.


80
asosiy detalga ulashdan iborat bo‘ladi. Ust kiyimlardan palto, plash, 
kurtka, kastum, pidjak va shu kabilarni tikish usullari o‘xshash bo‘ladi. 
Ustki kiyim uzellarini tikishning umumiy ketma-ketligi quyidagilardan 
iborat:
1. Old bo‘lakni tayyorlash va bort qotirmasiga ulash.
2. Adipni tayyorlash va old bo‘lakka ulash.
3. Old bo‘lak bilan ort bo‘lakni ulash.
4. Yoqani tayyorlash va yoqa o‘miziga o‘tqazish.
5. Yengni tayyorlash va o‘mizga o‘tqazish.
6. Isituvchi qatlamni va astarni tayyorlash, ularni avraga ulash.
7. Kiyimga so‘nggi ishlov berish va uni uzil-kesil pardozlash.
Òikish texnologiyasining takomil topishi, kiyim konstruksiyasining 
o‘zgarishi yoki gazlama xususiyatlarining o‘zgarishi natijasida ishlov 
berish jarayoni tartibi o‘zgarishi mumkin.
Qirqimlarga ishlov berish, vitachkalarni biriktirib tikish, cho‘ntaklarni 
tikish, koketkalarni, ustki yoqani ostki yoqaga tikish, adipni old bo‘lakka 
biriktirish kabi operatsiyalar yelim qotirma yopishtirilgandan keyin 
bajariladi.
Gazlamaning xili, ishlov berish usuli va mavjud jihozlarning turiga qarab 
biriktirish choklarining qirqimlariga ishlov berish turlicha bo‘ladi. 4.1— 
jadvalda detal qirqimlariga ishlov berish usullari berilgan.
4.1-jadval
Detal qirqimlariga ishlov berish usullari
davomi


81
4.1-rasm. Cho‘ntak qopqog‘iga va bandga ishlov berish usullari:
a — yarimavtomatda bostirib tikish; b — universal mashinada ag‘darma 
chok bilan tikish; d — qopqoqni va bandni yelim bilan yopishtirish.
6 — M.K. Rasulova


82
4.2-rasm. Belboqqa ishlov berish usullari:
a — belbog‘ uchini ag‘darma chok bilan tikish; b — belbog‘ yon ziyi va uchini 
ag‘darma chok bilan tikish; d — belbog‘ni siniq baxyaqatorli mashinada tikish.


83
Kishi gavdasiga mos shakl berish, kiyimning gavdaga yaxshi yopishib 
turishini ta’minlash uchun kiyimga asosiy detallarda vitachkalar qilinadi. 
Vitachkalar kiyim yuqorisida va belida bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi vitachkalar 
yelka chokidan, yoqa o‘mizidan, yeng o‘mizi yoki yon chokdan 
boshlanadi. Beldagi vitachkalar kiyimning belga yopishib turishini 


84
ta’minlaydi. Vitachkalar qirqma va yaxlit bo‘lishi mumkin.
Ust kiyimdagi vitachkalar asosan qirqma bo‘ladi. Bunday vitachkalarni 
tikish uchun old bo‘lak o‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, qirqimlari 
tekislanib, belgilangan chiziq bo‘ylab biriktirib tikiladi. Vitachka choki to 
yo‘q bo‘lguncha toraytirib boriladi va vitachka qirqimi oxiridan 1—1,5 
sm o‘tkazib tugatiladi. Qirqma vitachkalar uchlari tagiga uzunligi 5—6 
sm bo‘lgan jun, ip gazlama bo‘laklari qo‘yib tikiladi. Vitachkalarni maxsus 
yostiqlari bor press da yoki dazmolda yorib dazmollanadi (4.3-rasm, a).
Yaxlit vitachkalarni (4.3-rasm, b) old bo‘lak teskarisiga uchta chiziq — 
o‘rta chiziq, konstruksiya chizig‘i va vitachka oxirini cheklab turadigan 
chiziq chizib belgilanadi. Vitachkalar o‘rta chiziq bo‘ylab buklanadi va 
konstruksiya chizig‘i bo‘ylab biriktirib tikiladi. Vitachkaning bittasini 
qirqimdan boshlab uchi tomon, ikkinchisini esa uchidan qirqim tomon 
biriktirib tikiladi. Vitachkaning qiya yo‘nalishdagi tomonini mashina 
platformasi tomondan qo‘yiladi. Biriktirib tikayotganda vitachkaning 
butun uzunligi bo‘ylab yoki uchining o‘ziga vitachka uzunligining 
cheklaydigan chiziqdan 1,5—2 sm o‘tkazib jun gazlamadan, jun zig‘irtola 
va ip gazlamadan yoki noto‘qima materiallardan parchalar qo‘yiladi. 
Vitachka yorib dazmollanadi. Vitachka uchida hosil bo‘lgan solqa 
kirishtirib dazmollanadi.
Bel chizig‘idan boshlanadigan yaxlit vitachkalarni va ko‘krak 
vitachkalarni butun uzunasi bo‘ylab yon qirqim tomondan gazlama 
parchasi qo‘yib tikiladi.
Old bo‘lak koketkalari ko‘rinishining tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri, ovalsimon, 
shakldor, alohida bichilgan va asosiy detal bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi 
mumkin (4.4-rasm). Koketkalar asosiy detalga biriktirma, bostirma, 
qo‘yma yoki bo‘rtma chok bilan ulanadi (4.5-rasm). Koketkani asosiy 
detalga biriktirishdan oldin asosiy detalda taxlamalar, bo‘rtma choklar, 
vitachkalar tikib olinadi yoki burmalar hosil qilinadi. Òo‘g‘ri va ovalsimon 
shakldagi koketkalar biriktirma chok bilan ulanganda (4.5-rasm a, d) 
koketka asosiy detalga o‘ngini o‘ngiga qilib, qirqimlarini to‘g‘rilab koketka 
tomondan 1,0 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Chok koketka 
tomonga yotqizib dazmollanadi.
Modelga muvofiq bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, 
dazmollangandan keyin ma’lum kenglikda baxyaqator yuritiladi.
Koketka asosiy detalga bostirma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, 
koketkaning teskarisi tomonga yordamchi andaza bilan pastki ziy 
bukish chizig‘i, asosiy detalga esa koketkaning ziy chizig‘i chiziladi. 


85
Koketkaning pastki qirqimi qolip yordamida falspressda yoki dazmolda 
bukib dazmollanadi. Koketkaning pastki ziyini oldin maxsus mashinada 
yoki qo‘lda bukib, ko‘klab olinadi. Koketkani uning o‘ngini yuqoriga qilib, 
pastki ziyi asosiy detal o‘ngi ustiga qo‘yib bukilgan ziyini asosiy detaldagi 
belgilangan chiziqqa to‘g‘ri keltirib qo‘yiladi va koketka ziyidan modelga 
muvofiq kenglikda bostirib tikiladi.
Koketkani asosiy detalga yelim plyonka bilan yopishtirilganda (4.5-
rasm, b), uning teskari tomonidan pastki qirqimi bukib dazmollanib, 
bukilgan ziyiga yelim plyonka qo‘yiladi. Koketka asosiy detal ustiga 
qo‘yiladi va presslab yopishtiriladi. Keyin koketka ziyidan modelga 
muvofiq kenglikda bostirib tikiladi.
Koketkalarning pastki ziyi jun, trikotaj gazlama, charm va boshqa 
xil materiallardan mag‘iz qo‘yib bezatilishi mumkin. Mag‘iz oldin 
tayyorlab olinadi. Buning uchun mag‘iz parchasi teskarisini ichkariga 
qilib uzunasiga ikki bukiladi, qirqimlari to‘g‘rilanadi va dazmollanadi. 
Mag‘iz qirqimlari koketkaning pastki ziyiga qo‘yib to‘g‘rilanadi va 1,0 sm 
kenglikdagi chok bilan ulanadi.
Murakkab shakldagi koketkalarni asosiy detalga ulashdan avval 
koketkaga ishlov berib olinadi. Koketka ziyiga avra gazlamadan qo‘shimcha 
parcha qo‘yib, 0,5—0,7 sm kenglikdagi ag‘darma chok bilan qo‘shimcha 
parcha tomondan tikib olinadi. Òashqariga qaragan burchaklardagi 
chok haqi, 0,2—0,3 sm qoldirib, qirqib tashlanadi, ichkariga qaragan 
burchaklardagi chok haqi baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kertib qo‘yiladi. 
Koketka o‘ngiga ag‘darilib, koketka ziylari maxsus mashinada ko‘klanadi 
va pressda dazmollanadi yoki buklaydigan pressda dazmollanadi. Keyin 
4.3-rasm. Qirqma (a) va yaxlit (b) vitachkalarni 
qo‘shimcha gazlama qo‘yib tikish.


86
koketka modelga muvofiq kenglikda bostirma chok bilan asosiy detalga 
ulanadi (4.5-rasm, e).
O‘rta chokda yoki yon choklarda ajratib qirqib hosil qilingan joy kesim 
deyiladi. Kesim hosil qilish uchun bichiqda tikish haqi qoldiriladi. Kesimlar kiyim 
bezagi yoki kiyishda qulay bo‘lish vazifasini bajaradi. Kesimlarning uzunligi 
kiyim uzunligiga va modelga bog‘liq. Ort bo‘lak chap va o‘ng qismlarining 
teskari tomoniga andaza qo‘yib, kesimning ziylari belgilab olinadi. Kesim ziylari 
barqaror bo‘lishi uchun uning teskari tomoniga yelimli qotirma materialdan 
yoki ip gazlamalardan (kolenkor, bo‘z) bo‘ylamalar va yelim uqa belgilangan 
chiziqlar bo‘ylab qo‘yiladi. Bunda qotirmani belgi chiziqdan 0,5 sm narida, 
uqani esa belgi chiziqning o‘ziga to‘g‘rilab qo‘yiladi (4.6-rasm).
Qotirma va uqa etakning bukilish chizig‘ida tugashi kerak. Ort bo‘lak 
o‘ng qismida pastki burchagining biriktirib tikish chizig‘i qo‘shimcha 
bo‘rlanadi va 0,5—0,7 sm chok haqi qoldirib, ortiqcha gazlama kesib 
tashlanadi. Kesim pastki burchak qirqimlari tekislanib, belgilangan chiziq 
bo‘ylab 0,5—0,7 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Chok yorib dazmollanadi 
va o‘ngiga ag‘dariladi. Ort bo‘lak chap qismining pastki qirqimi etakdagi 
belgilangan chiziq bo‘ylab o‘ngi tomonga bukiladi (4.7-rasm). Kesim 
qirqimi bo‘ylab uqadan 0,1—0,2 sm oraliqda ag‘darma chok tikiladi. 
Chok yorib dazmollanadi va kesim burchagi o‘ngiga ag‘dariladi, shu bilan 
birga, kesim qirqimi maxsus mashinada ko‘klab bukiladi.
4.4-rasm. Ayollar ustki kiyimida koketka turlari.


87
Ort bo‘lak chokining kengligi 1,0 sm bo‘lib, uning baxyaqatori 
kesimga chiqarilgan joyning yuqori qirqimidan 1,0 sm narigacha 
o‘tadi. Ort bo‘lak o‘rta chokiga bezak baxyaqator yuritiladigan bo‘lsa 
(4.8-rasm), unda o‘rta chok 1,0 sm emas, balki bezak chok kengligidan 
0,5 sm enliroq bo‘ladi. Bunda ort bo‘lak choki chap tomondan 0,5 sm 
qoldirib qirqib tashlanadi. Kesim yuqorisida chokni kertib, uni yotqizib 
yoki yorib dazmollanadi. Ayni vaqtda kesim ziylari dazmollanadi. Ort 
bo‘lak kesimining yuqori tomonini belgilangan qiya chiziq bo‘ylab 
mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi. Bezak baxyasiz modellarda 
ort bo‘lak chap qismida ham, o‘ng qismida ham kesimga chiqarilgan 
joyga belgilangan chiziq bo‘ylab, yelim plyonka qo‘yiladi yoki maxsus 
mashinada yashirin bezak baxyaqator yuritiladi.
4.3. USÒKI KIYIMDA CHO‘NÒAK ÒURLARI 
VA ULARGA ISHLOV BERISH
Kiyimda cho‘ntak turlari amaliy va bezak vazifasini bajaradi. Barcha 
4.5-rasm. Old bo‘laklar bilan koketkalarni biriktirish usullari:
a — bostirma chok bilan tikish, b — oldin yelimlab, keyin bostirib tikish, 
d — biriktirma chok bilan tikish, e — murakkab shaklli koketkani 
bostirma chok bilan tikish.


88
cho‘ntaklar tashqi va ichki bo‘ladi. Òashqi cho‘ntaklar qirqma, qoplama 
va chokdagi cho‘ntak turlariga bo‘linadi (4.9-rasm). Qirqma cho‘ntaklar 
o‘z navbatida qopqoqli, listochkali, ramkali va mag‘izli bo‘ladi. Qoplama 
cho‘ntaklar turli shaklda bo‘lib, taxlamalar, qopqoqlar va qoplama 
mag‘izlar bilan bezatiladi. Ichki cho‘ntaklar avra yoki astar gazlamadan 
listochkali va ramkali bo‘ladi.
4.3.1. QOPQOQLI QIRQMA CHO‘NÒAK ÒIKISH
Qopqoqli qirqma cho‘ntak tikish uchun quyidagi detallar kerak 
bo‘ladi (4.10-rasm): cho‘ntak qopqoq avrasi, cho‘ntak qopqoq astari, 
mag‘iz, ko‘rinma, cho‘ntak xalta va bo‘ylama. Mag‘iz avra gazlamadan 
bichiladi, uning o‘rish ipi detal bo‘yi yo‘nalishida bo‘ladi. Mag‘izning eni 
5—6 sm, uning uzunligi cho‘ntak qirqimi uzunligidan 3—4 sm ortiq 
bichiladi. Mag‘iz cho‘ntakning pastki qirqimiga ishlov berish vazifasini 
o‘taydi.
Ko‘rinma avra gazlamadan bichilib, uning o‘rish ipi detal bo‘yi 
yo‘nalishida bo‘ladi. Ko‘rinmaning eni 6—7 sm, uning bo‘yi mag‘iz 
uzunligiga teng, ko‘rinma cho‘ntak og‘zidan cho‘ntak xalta ko‘rinib 
qolmasligi uchun xizmat qiladi.
Cho‘ntak xalta kolenkordan yoki astarli gazlamadan bichiladi. 
Uning o‘rish ipi detal bo‘yi yo‘nalishida bo‘ladi. Cho‘ntak xaltaning 
eni mag‘izning va ko‘rinmaning uzunligiga mos, bo‘yi keng ligining 
ikkilanganiga teng bo‘ladi. Cho‘ntak xalta ikki qismdan iborat bo‘lishi 
mumkin.
Bo‘ylama kolenkordan, bo‘zdan yoki bir tomoniga yelim kukuni 
4.6-rasm. Ort bo‘lak kesimiga qotirma va yelim uqa qo‘yish.


89
shimdirilgan ip gazlamadan bichiladi.
Qopqoqli qirqma cho‘ntakka ishlov berish asosan uch bos qichda 
amalga oshiriladi: cho‘ntak qopqog‘ini tayyorlash, cho‘ntak xaltaga 
mag‘iz va ko‘rinmani biriktirish, old bo‘lakka qopqoq va cho‘ntak xaltani 
ulash (4.11-rasm).
Cho‘ntak qopqoq avrasi va astarini tikish yuqorida yozilgandek 
bajariladi. Cho‘ntak qopqoqni old bo‘lakka biriktirish uchun qopqoq 
astarida biriktirish chizig‘i belgilanadi.
Cho‘ntak xalta ustiga ko‘rinma o‘ngini yuqoriga qaratib qo‘yiladi, 
ko‘rinma qirqimining uchta tomoni xaltaning uchta tomoni qirqimiga 
to‘g‘ri kelishi kerak. Ko‘rinma ichki qirqimi 0,5—0,7 sm bukiladi va uni 
cho‘ntak xaltaga, buklangan ziyidan 0,1 sm narida bostirib tikiladi. 
Mag‘izni, uning o‘ngini ichkariga qaratib, cho‘ntak xaltaning ikkinchi uchi 
4.7-rasm. Kesim burchaklariga ishlov berish.
4.8-rasm. Ort bo‘lak kesimini puxtalash.


90
ustiga qo‘yiladi, qirqimlari to‘g‘rilanib, qirqimidan 0,5—0,7 sm masofada 
biriktirib tikiladi. Biriktirilgan chokni cho‘ntak xalta tomonga yotqizib 
dazmollanadi.
Old bo‘lakda cho‘ntak o‘rni uchta chiziq (uzunasiga bitta, ko‘ndalangiga 
ikkita) bilan belgilab olinadi. Bo‘ylama old bo‘lak teskarisiga uning o‘rtasi 
cho‘ntakdagi belgilangan chiziqqa to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yiladi. 
Bo‘ylamaning uchlari cho‘ntak og‘zidan 2—3 sm ichkari kirishi kerak.
Cho‘ntak qopqog‘i, uning o‘ngini old bo‘lak o‘ngiga, tikilgan ziyini 
4.9-rasm. Ustki kiyimda cho‘ntak turlari.


91
yuqoriga qaratib, qopqoq bilan old bo‘lakdagi chiziqlarni to‘g‘ri keltirib 
qo‘yiladi. Belgilangan chiziq bo‘ylab cho‘ntak qopqoq old bo‘lakka 
tikib ulanadi va baxyaqator boshida va oxirida puxtalab qo‘yiladi. Keyin 
cho‘ntak qopqoq biriktirilgan chok cho‘ntak qopqoq ustiga yotqiziladi 
va shu chokka tirab, old bo‘lak o‘ngiga mag‘iz bilan cho‘ntak xaltanining 
o‘ngi pastga qaratib qo‘yiladi, bunda mag‘izning uchlari cho‘ntak qopqoq 
uchidan 1,5—2,0 sm chiqib turishi kerak. Mag‘iz old bo‘lakka 0,5—0,6 
sm kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi. Baxyaqator boshi va oxirida 
puxtalama chok yuritiladi (4.11-rasm, a).
Cho‘ntak qopqog‘i bilan mag‘iz ulangan baxyaqatorlar sifati bo‘ylama 
tomondan tekshiriladi. Cho‘ntak qopqog‘i ulangan baxyaqator bilan 
mag‘iz ulangan baxyaqator oralig‘ida cho‘ntak og‘zi kesiladi, bunda 
baxyaqatorlarning ikki tomonidagi uchlariga 1,0 sm dan yetkazmay 
va baxyaqatorlar tomonga, ularga 0,1 sm yetkazmay qiyalatib qirqiladi 
(4.11-rasm, b). Cho‘ntak xaltani teskari tomonga ag‘darib, qopqoq 
bilan mag‘iz ulangan choklar to‘g‘rilanadi. Mag‘iz ulangan chok yorib 
dazmollanadi. Ramka hosil qilish uchun mag‘izni uning choki atrofidan 
aylantirib to‘g‘rilanadi va 2222 klass maxsus mashinasida ko‘klanadi. 
Ko‘klangan ziy mashinada baxyaqator yuritib, mag‘iz ulangan chokka 
puxtalab qo‘yiladi (4.12-rasm).
Modelga qarab mag‘izni ikki buklangan holda ulash ham mumkin. 
Bunda avval mag‘izni ramka enidan 0,5—0,7 sm kengroq qilib buklab 
4.10-rasm. Qopqoqli qirqma cho‘ntak detallari:
a — qopqoq avrasi, b — qopqoq astari, d — mag‘iz, e — ko‘rinma,
f — cho‘ntak xalta, g — bo‘ylama.


92
dazmollanadi (4.13-rasm).
Cho‘ntakni yarimavtomat mashinasida tikish ham mumkin. Bunda 
cho‘ntak qopqog‘i, mag‘iz ikkita parallel baxyaqator yuritib, bir vaqtning 
o‘zida old bo‘lakka ulanadi va cho‘ntak og‘zi kesiladi.
Ko‘rinma bilan cho‘ntak xaltani yuqoriga qayirib, cho‘ntak qopqog‘i 
ulangan chokka biriktiriladi. Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimlarda 
baxyaqator gazlama o‘ngidan, cho‘ntak qopqog‘i ulangan chok ustidan 
yuritiladi. Cho‘ntak ramkasini tortib, cho‘ntak og‘zi uchlari to‘g‘rilanadi 
va mashinada baxyaqator yuritib puxtalanadi. Shu bilan birga, cho‘ntak 
xaltaning uchta tomoni biriktirib tikiladi. Biriktirib tikayotganda 
baxyaqator cho‘ntak puxtalamalaridan ikkala tomonga og‘a borishi 
kerak, bu cho‘ntakning sig‘imini oshiradi, kerak bo‘lganda, cho‘ntak 
qopqog‘ini cho‘ntakka kiritib qo‘yish imkonini beradi (4.11-rasm, d).
Mehnat unumini oshirish uchun mag‘iz ikki qavat qilib, cho‘ntak xalta 
ikki qismga bo‘lib bichiladi. Ikki buklangan mag‘izni old bo‘lakka ulash 
bilan bir vaqtda, cho‘ntak xalta yuqori qismi biriktirib tikiladi. Òayyor 
cho‘ntak teskarisidan va o‘ngidan dazmollanadi.
4.3.2. KANÒLI QIRQMA CHO‘NÒAK ÒIKISH
Kantli qirqma cho‘ntak tikish uchun quyidagi detallar kerak bo‘ladi: 
ikkita mag‘iz, bitta ko‘rinma, bir yoki ikki qismdan iborat cho‘ntak xalta 
4.11-rasm. Qopqoqli qirqma cho‘ntakka ishlov berish:
a — old bo‘lakka qopqoqni va cho‘ntak xaltaga ulangan mag‘izni biriktirish, 
b — cho‘ntak og‘zini kesish, d — cho‘ntak og‘zini puxtalash 
va cho‘ntak xalta tomonlarini biriktirish.


93
va bo‘ylama. Mag‘izlar avra gazlamadan bichiladi, ularning o‘rish ipi detal 
bo‘yi yo‘nalishida bo‘ladi. Ko‘rinma avra gazlamadan bichiladi, o‘rish 
ipining yo‘nalishi cho‘ntakning kiyim dagi holati qandayligiga bog‘liq. 
Cho‘ntak xalta kolenkordan, bo‘zdan yoki astarli gazlamadan bichiladi, 
o‘rish ipi detal bo‘yi yo‘nalishida bo‘ladi. Bo‘ylama yelimli yoki yelimsiz 
ip gazlamadan bichiladi, o‘rish ipi detal bo‘yi yo‘nalishida bo‘ladi. Ramka 
barqaror va qattiq bo‘lishi uchun mag‘izlar teskarisiga yelimli qotirma 
yopishtiriladi. Ustki mag‘iz teskarisini ichkariga qilib bo‘yiga buklanadi, 
ostki mag‘iz esa teskari tomonga 1,5—2,0 sm qayiriladi va dazmollanadi. 
Old bo‘laklarda yordamchi andaza bilan cho‘ntak o‘rni uchta uzunasiga 
va ikkita ko‘ndalang chiziq bilan belgilab olinadi. Ikkita yordamchi chiziq 
o‘rtasidagi oraliq, ikkita cho‘ntak ramkasi eniga teng bo‘lishi kerak. Bukib 
dazmollangan mag‘izlar old bo‘lak ustiga belgilangan chiziqlar bo‘ylab, 
ularning qirqimlari cho‘ntak og‘zi chizig‘i tomon, ziylari esa belgilangan 
yordamchi chiziqlar tomon yo‘nalgan qilib qo‘yiladi va ramkaning eni
kengligida cho‘ntak boshidan oxirigacha biriktiriladi va puxtalanadi. 
Baxyaqatorlar sifati bo‘ylama tomondan tekshirib ko‘riladi. Old bo‘lak 
cho‘ntak chizig‘i bo‘ylab, bo‘ylama tomondan kesiladi. Cho‘ntak og‘zi 
to‘g‘rilanadi va ostki mag‘izga cho‘ntak xalta biriktiriladi. Chok cho‘ntak 
xalta tomonga yotqizib dazmollanadi. Ko‘rinma cho‘ntak xaltaning 
ikkinchi bo‘lagiga 0,5—0,7 sm kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi 
(4.14-rasm, a).
Cho‘ntak xaltaning ko‘rinmali tomonidagi qirqimi ustki mag‘iz 
qirqimiga, ularning o‘ngini ichkariga qaratib qo‘yiladi va mag‘iz ulangan 
chokka biriktirib tikiladi. Ramka to‘g‘rilanadi, uchlari tortilib, og‘zi 
4.12-rasm. Qopqoqli qirqma 
cho‘ntakka mag‘izli ishlov berish.
4.13-rasm. Qopqoqli qirqma 
cho‘ntakka kantli ishlov berish.


94
puxtalanadi va cho‘ntak xalta tomonlari biriktirib tikiladi. Cho‘ntak 
uchlari maxsus mashinada puxtalanadi. Puxtaning uzunligi ustki va 
ostki ramka kengligiga teng bo‘ladi. Òayyor cho‘ntak teskari va o‘ng 
tomondan dazmollanadi.
4.3.3. RAMKALI QIRQMA CHO‘NÒAK ÒIKISH
Old bo‘laklarda cho‘ntak o‘rni uchta chiziq bilan belgilanadi. Bo‘ylama 
old bo‘lak teskarisiga qo‘yiladi. Old bo‘lak o‘ngiga mag‘izlar o‘ngini 
pastga qaratib, ularning qirqimlari belgilangan cho‘ntak chizig‘iga taqalib 
turadigan qilib qo‘yiladi. Mag‘izlar ramkaning kengligiga qarab ma’lum 
kenglikdagi chok bilan ulanadi (4.14-rasm, b). Baxyaqator boshi va oxiri 
puxtalanadi. Cho‘ntak og‘zi kesiladi. Mag‘izlarning ulama choklari yorib 
dazmollanadi. Mag‘izni choklar atrofida aylantirib kengligi 0,4—0,5 sm 
li ramka hosil qilinadi va teskarisiga ag‘dariladi. Ziylar bir-biriga taqalib 
turadigan qilib to‘g‘rilanadi. Cho‘ntakning ustki va ostki tomonlari ziyini 
2222 klass maxsus mashinasida chokdan 0,2 sm oraliqda ko‘klanadi. 
Ko‘rinmasiz cho‘ntak xalta qirqimini ostki mag‘izga, ularning o‘ng 
tomonlarini ichkari qaratib, 0,7—0,8 sm chok bilan ulanadi. Cho‘ntak 
xaltaning ko‘rinmali tomonidagi qirqimi ustki mag‘iz qirqimiga, ularning 
o‘ngini ichkari qaratib qo‘yiladi, cho‘ntakning o‘ng tomonidan mag‘iz 
ulama chok ustidan baxyaqator yuritiladi. Keyin ramka to‘g‘rilanadi, 
uchlari tortiladi, cho‘ntak xalta boshlanish joylari puxtalanib, cho‘ntak 
xalta tomonlari biriktirib tikiladi. Òayyor cho‘ntak dazmollanadi.
4.3.4. LISÒOCHKALI QIRQMA YON CHO‘NÒAK ÒIKISH
Listochkali qirqma cho‘ntaklar gorizontal, qiya, vertikal yo‘nalishda 
joylashgan bo‘lishi mumkin. Listochkalar to‘g‘ri burchakli va shakldor 
bo‘ladi. Listochkali cho‘ntakni tikish uchun quyidagi detallar kerak 
bo‘ladi: listochka avra va astari, qotirma, cho‘ntak xalta, bo‘ylama, 
ko‘rinma.
Listochkali qirqma cho‘ntakni tikish uchun avval listochkaga 
ishlov berib olinadi. Yaxlit bichilgan listochka teskarisida lis tochkani 
ikkiga bo‘ladigan chiziq chizib olinadi. Listochkaga shakl berish uchun 
yelimli qotirma qo‘yiladi. Listochka belgilangan uzun chiziq bo‘ylab 
o‘ngini ichkari qaratib qayiriladi va yon qirqimlari 0,5—0,6 sm kenglikda 
ag‘darma chok bilan tikiladi. Bunda qotirma baxyaqator tagiga tushishi 


95
kerak. Chokning burchaklari chok haqiga 0,2—0,3 sm qoldirib qirqiladi. 
Listochka o‘ngiga ag‘dariladi, yon tomonlari va burchaklari to‘g‘rilanadi. 
Maxsus mashinada ziylari ko‘klanadi va dazmollanadi. O‘ng tomondan 
listochka ziyiga modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi. 
Listochkaning ichki tomoniga andaza qo‘yib, tayyor listochka kengligi 
belgilab olinadi. Old bo‘lak o‘ngida cho‘ntak o‘rni belgilab olinadi, teskari 
tomonga bo‘ylama qo‘yiladi. Listochka astariga cho‘ntak xalta 0,7 sm 
kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Listochkaning o‘ngini old bo‘lak 
o‘ngiga qo‘yib, belgi chiziq bo‘ylab ulanadi. Cho‘ntak xaltaning 2-qismi 
listochka ulangan chokdan 1 sm masofada old bo‘lakka biriktiriladi.
Old bo‘lakda cho‘ntak og‘zi qirqiladi. Listochka choki ikki tomondan 
qirqiladi va yorib dazmollanadi. Ostki listochka bilan cho‘ntak xalta 
listochka chokiga tikiladi. Cho‘ntak xalta tomonlari 1 sm kenglikda 
biriktirib tikiladi. Listochka uchlari old bo‘lakka qo‘lda yashirin qaviq 
bilan, bostirma chok bilan yoki yelim plyonka bilan puxtalanadi. Òayyor 
cho‘ntak dazmollanadi (4.15-rasm).
4.3.5. CHOKDAGI CHO‘NÒAKNI ÒIKISH
Choklardagi cho‘ntaklar listochkali va listochkasiz, bezak baxyaqatorli 
va bezak baxyaqatorsiz bo‘ladi.
Chokdagi listochkali cho‘ntakka (4.16-rasm) ishlov berish uchun asosiy 
gazlamadan yoki bezak gazlamadan bichilgan listochka, cho‘ntak xalta, 
bo‘ylama va uqa kerak bo‘ladi. Asosiy detalda cho‘ntak o‘rni kertimlar 
4.14-rasm. Kantli qirqma cho‘ntak (a) 
va ramkali qirqma cho‘ntakka (b) ishlov berish.


96
yordamida belgilab olinadi. Listochkaga ishlov berish yuqoridagidek 
amalga oshiriladi.
Cho‘ntak ziyi cho‘zilib ketmasligi uchun old bo‘lakning teskari 
tomoniga chok haqi bo‘ylab uqa qo‘yiladi. Bo‘ylama old bo‘lak yon 
tomonining teskarisiga cho‘ntak og‘zini qoplab turadigan qilib 
qo‘yiladi. Òayyor listochka o‘ngi avra detalning o‘ngiga qo‘yiladi, 
listochkaning ustiga cho‘ntak xalta o‘ngini pastga qaratib qo‘yiladi 
va qirqimlari to‘g‘rilanib, belgilangan chiziq bo‘yicha 1 sm kenglikda 
baxyaqator yuritiladi. Yakka tartibda tikiladigan kiyimda oldin ko‘klab 
olinadi. Cho‘ntak xaltaning ikkinchi qismi asosiy detalning yon qismiga 
1 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Cho‘ntak xalta asosiy detal 
teskarisiga o‘giriladi, biriktirilgan choklar cho‘ntak xalta tomonga 
yotqizib dazmollanadi. Old bo‘lak qirqimlari old qismining teskari 
tomonidan, nazorat belgilariga binoan butun uzunasi bo‘ylab — o‘ng 
old bo‘lakni yuqoridan pastga tomon, chap old bo‘lakni esa pastdan 
yuqoriga tomon cho‘ntak xalta qirqimlarini biriktirib tikish bilan bir 
vaqtda ulanadi. Cho‘ntak og‘zi uchlari qaytma baxyaqator yuritib 
puxtalanadi.
Chokdagi listochkasiz cho‘ntakka chokdagi listochkali cho‘ntak kabi 
ishlov beriladi. Asosiy detal old va yon bo‘laklarining o‘ngiga, kertimlar 
bo‘yicha cho‘ntak xalta qismlari o‘ngini pastga qilib qo‘yiladi va chetidan 
1,0 sm masofada ulanadi. Cho‘ntak xalta ag‘dariladi, choklari to‘g‘rilanadi 
va cho‘ntak xalta tomonga yotqizib dazmollanadi.
Modelda bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, ko‘zda tutilgan 
masofada o‘ngidan bezak baxyaqator yuritiladi. So‘ng asosiy detal 
bo‘laklari va cho‘ntak xalta 1,0—1,5 sm masofada bir vaqtda biriktiriladi. 
Cho‘ntak og‘zilari qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi. Òayyor cho‘ntak 
dazmollanadi (4.17-rasm, a).
Agar modelda relyef choklarga bezak baxyaqator yuritib ishlov 
beriladigan bo‘lsa (4.17-rasm, b), cho‘ntak tikish ketma-ketligi o‘zgaradi. 
Cho‘ntak og‘ziga mag‘iz bilan ishlov berilganda, old bo‘lakka mag‘iz 
biriktirib tikib olinadi. Mag‘iz teskari tomonga ag‘darilib, old bo‘lakdan 
ziy hosil qilib dazmollanadi. Cho‘ntak xalta detallari old bo‘lak qismlariga 
biriktirib tikiladi. Old bo‘lak qismlarining qirqimlari biriktirib tikiladi, 
lekin cho‘ntak xalta tomonlari tikilmay qoldiriladi. Chok yotqizib 
dazmollangandan keyin cho‘ntak og‘zi ustki bo‘lagining ziyiga bezak 
baxyaqator yuritiladi, keyin cho‘ntak xalta tomonlari biriktirib tikiladi. 
So‘ng relyef chokiga bezak baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqator kengligi 


97
cho‘ntak ziyiga yuritilgan bezak baxyaqatorning davomi bo‘lishi kerak.
4.3.6. QOPLAMA CHO‘NÒAK ÒIKISH
Qoplama cho‘ntaklar har xil bo‘lib, ustki va yengil kiyimlarda keng 
tarqalgan. Qoplama cho‘ntakning yuqori qismi listochka qo‘yib, cho‘ntak 
qopqog‘i qo‘yib, mag‘iz qo‘yib tikilishi mumkin. Qoplama cho‘ntaklar 
taxlamalar tikib, qirqma ramka hosil qilib bezatilishi mumkin.
Qoplama cho‘ntak tikish jarayoni ikki bosqich: cho‘ntak detallarini 
yig‘ish va ularni old bo‘lakka biriktirishdan iborat. Qoplama cho‘ntak 
tikish uchun quyidagi detallar kerak bo‘ladi: qoplama cho‘ntak avrasi, 
qoplama cho‘ntak astari, bo‘ylama va qotirma. Qoplama cho‘ntak old 
bo‘lakka qo‘yma chok yoki biriktirma chok bilan biriktiriladi.
Qoplama cho‘ntak avrasi yuqori chetida bukish chizig‘i belgilab 
olinadi va bukish haqi tomoniga teskarisidan uqa yoki qotirma 
qo‘yiladi. Cho‘ntak astarining yon va pastki tomonlari avraga 
nisbatan 0,2—0,3 sm, yuqori cheti esa 2,0—2,5 sm qisqa bo‘lishi 
kerak. Astar yuqori qirqimi cho‘ntak avrasining yuqori qirqimiga 0,5—0,7 
sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Chok astar tomonga yotqizib 
dazmollanadi. Keyin cho‘ntak avrasi va astari bukish chizig‘i bo‘ylab 
o‘ngini ichkariga qilib o‘giriladi va cho‘ntak avrasi astariga yon va pastki 
qirqimlari bo‘ylab 0,5—0,6 sm kenglikdagi to‘g‘ri sirma qaviq bilan 
ko‘klanadi. Bunda, cho‘ntakning burchak va dumaloq joylarida avra 
4.15-rasm. Listochkali qirqma yon cho‘ntakka ishlov berish.
7 — M.K. Rasulova


98
tomondan solqi hosil qilib tikiladi. Cho‘ntakning yon va pastki tomonlari 
5—7 sm li oraliq qoldirib, 0,5—0,7 sm keng likdagi ag‘darma chok bilan 
tikiladi. Cho‘ntak tikilmay qoldirilgan oraliqdan o‘ngiga ag‘dariladi. 
Cho‘ntak chetlari to‘g‘rilanib, avradan ziy hosil qilib, maxsus mashinada 
ko‘klanadi va dazmollanadi. Òikilmay qoldirilgan oraliq qo‘lda yashirin 
qaviq bilan tikib qo‘yiladi. Ko‘klash iplari olib tashlanadi.
Old bo‘lak o‘ngida cho‘ntak o‘rni uchta chiziq bilan belgilanadi. Old 
bo‘lak teskarisiga cho‘ntak og‘zi cho‘zilib ketmasligi uchun bo‘ylama 
qo‘yiladi. Òayyor qoplama cho‘ntak old bo‘lakka bostirib tikiladi (4.18-
rasm). Chok kengligi modelda mo‘ljallanganiga muvofiq bo‘ladi.
Qoplama cho‘ntak old bo‘lakka yelimlab yopishtiriladigan bo‘lsa, 
cho‘ntak avrasining yon va pastki qirqimlari falspressda bukib 
dazmollanadi. Keyin maxsus mashinada cho‘ntakning teskarisidan uning 
bukilgan ziylariga 0,3—0,4 sm bo‘lgan yelim plyonka, ziy chetiga 0,1 
sm yetkazmay, qo‘yiladi. Old bo‘lak o‘ngi tomoniga belgilangan chiziq 
bo‘ylab cho‘ntak qo‘yiladi, cho‘ntakni qayirib, uning astarining uch 
tomoni old bo‘lakka bostirib tikiladi. Cho‘ntakning og‘zi uchlari uchtadan 
qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Cho‘ntak old bo‘lakka presslab 
yopishtiriladi (4.19-rasm).
Qoplama cho‘ntak old bo‘lakka biriktirma chok bilan ulanganda, 
old bo‘lak o‘ngida tayyor holdagi cho‘ntak shakli belgilab olinadi. 
Belgilangan cho‘ntak chizig‘i ichkarisiga 0,5 sm oraliqda, unga parallel 
qilib qo‘shimcha chiziq o‘tqaziladi va shu bilan birga old bo‘lak ustiga 
4.16-rasm. Chokdagi listochkali cho‘ntakka ishlov berish.


99
cho‘ntakning teskarisini tepaga qaratib qo‘yib nazorat belgilari 
qo‘yiladi.
Old bo‘lak teskarisi tomonidan cho‘ntakning yuqoridagi uchlari 
tagiga bo‘ylama qo‘yiladi. Cho‘ntak astari ustki qirqimini teskarisi 
tomonga 0,7—1,0 sm bukib, yotqizib dazmollanadi. Cho‘ntak astarini old 
bo‘lak ustiga, uning yon va pastki qirqimlarini tayyor holdagi cho‘ntak 
chiziqlariga to‘g‘rilab, o‘ngi tomoni pastga qaratib qo‘yiladi. Cho‘ntak 
astari qirqimlarini qo‘shimcha chizilgan chiziq bo‘ylab teskarisi tomonga 
bukiladi va buklangan joydan 0,1 sm oraliqda baxyaqator yuritib, uchta 
tomoni old bo‘lakka bostirib tikiladi. Cho‘ntak qopqog‘i avrasi old bo‘lak 
ustiga, astarning bukilgan joyiga yon qirqimi tirab qo‘yiladi. Cho‘ntak 
bilan old bo‘lak nazorat belgilariga to‘g‘ri keltirib, 0,5 sm kenglikdagi 
chok bilan biriktirib tikiladi. Baxyaqatorning boshi va oxiri puxtalanadi. 
4.17-rasm. Chokdagi listochkasiz cho‘ntakka ishlov berish:
a — listochkasiz cho‘ntakka bezak baxyaqatorsiz ishlov berish;
b — listochkasiz cho‘ntakka bezak baxyaqatorli ishlov berish.


100
Cho‘ntak old bo‘lak teskarisidan baxyaqatorlarning parallelligi orqali 
tekshiriladi. Cho‘ntak astari yuqori ziyi bo‘ylab avraga yashirin baxyaqator 
bilan biriktiriladi.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qoplama 
cho‘ntak qirqimlarini bukib dazmollash uchun buklash presslaridan 
foydalanish katta ahamiyatga ega. Shakli jihatidan xilma-xil qoplama 
cho‘ntaklar qirqimiga, press konturiga mos keladigan almashma 
plastinalar komplekti yordamida ishlov berish mumkin.
4.3.7. SHIM CHO‘NÒAGINI ÒIKISH
Shim old bo‘lagidagi qiyalama cho‘ntakni tikishda yaxlit bichilgan old 
bo‘lak yoki shimning bukish haqi alohida bichilgan mag‘iz, ort bo‘lak, avra 
gazlamadan bichilgan ko‘rinma, cho‘ntak xalta va yelim uqa ishlatiladi
Bu detallarning yon va pastki qirqimlari maxsus mashinada 
yo‘rmalanadi. Old bo‘lak teskari tomonida cho‘ntak chizig‘i belgilab 
olinadi. Chiziq bo‘ylab yelim uqa dazmolda yopishtiriladi. Keyin cho‘ntak 
bukish chizig‘i bo‘ylab cho‘ntak xalta qo‘yib, yaxlit bichilgan mag‘iz (4.20-
rasm, a) bilan o‘raladi va maxsus mashinada ziyi ko‘klanadi. Cho‘ntak 
og‘zi dazmollanadi va ziydan 0,5—0,7 sm masofada bezak baxyaqator 
yuritib puxtalanadi.
Mag‘izning yo‘rmalgan qirqimi cho‘ntak xaltaga, shim old bo‘lagini 
qayirib turib, qirqimidan 0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi.
Ko‘rinmaning yo‘rmalgan qirqimini cho‘ntak xaltaning ikkinchi 
bo‘lagiga, yuqori va yon qirqimlarini to‘g‘ri keltirib, 0,2 sm oraliqda 
bostirib tikiladi. Ko‘rinmaning o‘ngiga old bo‘lakni qo‘yib, old bo‘lak 
cheti bukiladi va cho‘ntak uchlari mashinada ikkita qaytma baxyaqator 
bilan puxtalanadi. Keyin cho‘ntak xalta tomonlari biriktirib tikiladi 
va maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Cho‘ntak xaltaga qo‘sh chok 
bilan ham ishlov berish mumkin. Old va ort bo‘laklar qirqimlarining 
kertilgan joylari bir-biriga to‘g‘rilanib, old bo‘lak tomondan yon choklari 
biriktirib tikilayotganda, ort bo‘lakka ko‘rinma ulab ketiladi. Yon chok 
yorib dazmollanadi. Cho‘ntak uchlari maxsus mashinada 50° qiyalatib 
puxtalanadi.
Shimning bukish haqi alohida bichilgan mag‘izdan iborat bo‘lsa 
(4.20-rasm, b), mag‘iz 0,5 sm kenglikdagi chok bilan biriktirilayotganda 
shu chokdan 0,5 sm narida yelim uqa yopishtiriladi. Chok yorib 
dazmollanadi. Shim old bo‘lagi chok haqi kengligida bukilib, ramka hosil 


101
qilib dazmollanadi. Cho‘ntak xalta mag‘iz tagiga uning qirqimi shimning 
yuqori qirqimiga tekislab qo‘yiladi va cho‘ntak cheti bo‘ylab undan 0,7 
sm masofada bezak baxyaqator yuritiladi.
Mag‘izning ichki qirqimi yo‘rmalgan bo‘lsa, qirqimidan 0,2 sm, 
yo‘rmalmagan bo‘lsa, 0,5 sm kenglikda ichkariga bukib, ziyidan 0,1 sm 
masofada cho‘ntak xaltaga bostirib tikiladi. Cho‘ntakka keyingi ishlov 
berishlar yuqoridagidek bajariladi.
Ko‘rinma va mag‘iz ichki qirqimlarini ichkariga 0,7 sm bukib, bukilgan 
ziydan 0,1 sm masofada cho‘ntak xaltaga bostirib tikish mumkin (4.21-
rasm).
Shimning yon chokidagi cho‘ntakka ham shimning yon qiyalama 
cho‘ntagiga o‘xshab ishlov beriladi (4.22-rasm). Cho‘ntak xalta tomonlari 
maxsus mashinada tikib yo‘rmalanadi yoki qo‘sh chok bilan tikiladi.
Shimning orqa cho‘ntagi. Shimning orqa cho‘ntagini tikishda (4.23-
rasm) ort bo‘lak, cho‘ntak qopqog‘i avrasi, cho‘ntak qopqog‘i astari, 
mag‘iz, ko‘rinma va cho‘ntak xalta ishlatiladi. Shim ort bo‘laklarining 
vitachkalari tikilgandan keyin o‘ng ort bo‘lakning o‘ngi tomonida orqa 
cho‘ntak o‘rni belgilanadi. Cho‘ntak xaltaning bir tomoniga ko‘rinmani 
kertimlarga to‘g‘rilab qo‘yiladi va cho‘ntak xaltaga bostirib tikiladi. Bunda 
ko‘rinma ostki qirqimini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, shu bukilgan 
ziydan 0,1 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
Cho‘ntak xaltani, uning yuqori qirqimini cho‘ntak og‘zi chizig‘idan 3—4 
sm balandroq qilib, yon qirqimlarini esa cho‘ntak og‘zi ikki uchidan 2 sm dan 
4.18-rasm. Qoplama cho‘ntakni old bo‘lakka bostirib tikish.


102
4.19-rasm. Qoplama cho‘ntakni old bo‘lakka yelimlab yopishtirish.


103
uzunroq qilib, ort bo‘lak teskarisiga qo‘yiladi.
Shim ort bo‘lagining o‘ngiga cho‘ntak qopqog‘ini belgilangan 
chiziqdan yuqori tomonga qo‘yib 0,5—0,7 sm kenglikdagi chok bilan 
ulanadi. Mag‘izni cho‘ntak qopqog‘i ulangan baxyaqatordan 0,5—0,7 
sm masofada old bo‘lakka biriktiriladi. Ort bo‘lak baxyaqatorlar orasida 
qirqilib, uchlarini qiyalatib kertib, cho‘ntak og‘zi hosil qilinadi. Mag‘iz ort 
bo‘lak teskarisiga ag‘darilib o‘tkaziladi. Mag‘izdan 0,1—0,2 sm kenglikda 
kant hosil qilib, uni baxyaqator yuritib puxtalanadi. Mag‘iz pastki qirqimi 
bukilib, cho‘ntak xaltaga bostirib tikiladi. Cho‘ntak og‘zi to‘g‘rilanib, 
qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi va bir vaqtda cho‘ntak tomonlari 
biriktirib tikiladi va yo‘rmalanadi yoki qo‘sh chok bilan tikiladi. Ort bo‘lak 
o‘ngiga, cho‘ntak qopqog‘i ulangan chokdan 0,1—0,2 sm masofada 
bezak baxyaqator yuritiladi. Cho‘ntak og‘zi uchlari maxsus mashinada 
puxtalanadi va cho‘ntak dazmollanadi.


104
4.3.8. ICHKI CHO‘NÒAK ÒIKISH
Ichki cho‘ntak turlariga quyidagilar kiradi: avrasidan yakka mag‘izli 
ramka hosil qilingan ichki cho‘ntak, avrasidan qo‘sh mag‘izli ramka hosil 
qilingan ichki cho‘ntak, astarga gazlamadan listochka qo‘yilgan cho‘ntak, 
avra gazlamadan listochka qo‘yilgan cho‘ntak, adip tilidagi cho‘ntak.
Avra gazlamadan listochka qo‘yilgan cho‘ntak. Bu cho‘ntakni 
tikishda (4.24-rasm) old bo‘lak astari, listochka, ko‘rinma, mag‘iz kerak 
4.20-rasm. Shim qiyalama cho‘ntagiga mag‘izli (a) 
va mag‘izsiz (b) ishlov berish.
4.21-rasm. Shimning qiyalama cho‘ntagiga ishlov berish.


105
bo‘ladi. Cho‘ntak xaltaga ko‘rinmaning yuqori qirqimlarini to‘g‘rilab, 
pastki qirqimini ichkariga 0,7 sm kenglikda bukib, bostirib tikiladi. Avra 
gazlamadan bichilgan listochka, o‘ngi tash qariga qaratib, o‘rtasidan 
buklab dazmollanadi. Old bo‘lak astari o‘ng tomonida cho‘ntak 
o‘rni uchta chiziq bilan belgilab olinadi. Belgilangan chiziq bo‘yicha 
listochkaning qirqimi yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Uning ustiga cho‘ntak 
xalta o‘ngi pastga qaratib qo‘yilib, bir vaqtda biriktirib tikiladi. Ko‘rinma 
ulangan cho‘ntak xalta listochka ulangan chokdan tayyor listochka 
kengligida old bo‘lak astariga ulanadi. Baxyaqatorlar orasida, astar old 
bo‘lagi qirqiladi. Bunda baxyaqatorlarning ikki tomondagi uchlariga 1 
sm qolganda, qiyalatib baxyaqatorlarga tomon davom ettirilib, ularning 
uchiga 0,1 sm yetkazilmay qoldiriladi. Cho‘ntak xalta teskarisiga ag‘darib 
to‘g‘rilanadi. Cho‘ntak og‘zi uchlarini puxtalab, cho‘ntak xaltaning 
tomonlari biriktirib tikiladi. Astar o‘ngida listochkaning yon tomonlariga 
va ko‘rinma ulangan chok ustiga baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqator 
yuritilayotganda, listochkaning o‘miz tomonga qaragan uchi tagiga 
bo‘ylama qo‘yib tikiladi.
Avrasidan qo‘sh mag‘izli ramka hosil qilingan cho‘ntak. Cho‘ntak 
xaltaning ustki tomoniga astar gazlamadan bichilgan ko‘rinma qo‘yib, 
ularning yuqori qirqimlarini to‘g‘rilab, ko‘rinmaning pastki qirqimini 
0,7 sm kenglikda bukib, uning ziyidan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi 
(4.25-rasm).
Yordamchi andazada old bo‘lakning astariga mag‘iz ulanadigan 4 ta 
chiziq belgilanadi. Belgilangan chiziq bo‘yicha old bo‘lak astari ustiga 
4.22-rasm. Shimning yon chokidagi cho‘ntakka ishlov berish.


106
mag‘izlar qo‘yilib, 0,7 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Baxyaqatorlar 
orasida old bo‘lak cho‘ntak og‘zi uchlariga 1 sm qoldirib, baxyaqatorlar 
uchiga 0,1 sm yetkazmasdan qiyalatib qirqiladi.
Pastki mag‘iz qirqimi cho‘ntakning teskari tomoniga bukib, modelga 
muvofiq kenglikda ramka hosil qilinadi va mag‘izning bukilgan ziyidan 
0,5 sm masofada baxyaqator yuritiladi. Pastki mag‘iz qirqimiga cho‘ntak 
xalta 0,5—0,7 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Ustki mag‘iz qirqimi 
cho‘ntak teskari tomoniga bukib, modelga muvofiq ramka hosil qilinadi. 
Ko‘rinma ulangan cho‘ntak xaltaning yuqori qirqimini mag‘iz ulangan 
chok haqiga to‘g‘rilab, tayyor tizmani uning tagiga qo‘yib, mag‘iz ziyidan 
0,2 sm, cho‘ntak xalta qirqimidan 0,5 sm masofada bostirib tikiladi. 
Cho‘ntak ramkalari bort tomondagi uchlari bo‘ylab qaytma baxyaqator 
bilan puxtalanadi. Cho‘ntak og‘zining ikkinchi uchi teskari tomondan 
bo‘ylama qo‘yib puxtalanadi. Cho‘ntak xalta tomonlari 1 sm kenglikdagi 
biriktirma chok bilan tikiladi. Cho‘ntak xaltani adipning ichki chetiga 
mahkamlash uchun, cho‘ntak xalta ostki qirqimidan 1—2 sm narida 
bort qirqimi tomonga qaratib ip gazlama parchasi qo‘shib tikib ketiladi. 
Cho‘ntak og‘zi maxsus mashina yordamida puxtalanadi. Bunda, cho‘ntak 
og‘zining o‘miz tomondagi uchidan 0,5 sm, bort qirqimi tomondagi 
uchidan 1,5 sm masofada cho‘ntak og‘zi puxtalanadi va tayyor cho‘ntak 
dazmollanadi.
4.23-rasm. Shimning orqa cho‘ntagiga ishlov berish.


107
4.3.9. CHO‘NÒAKKA ISHLOV BERISH 
USULLARINI ÒAKOMILLASHÒIRISH
Ustki kiyim cho‘ntaklariga ishlov berish usullarini takomillashtirish 
yo‘llaridan biri kam operatsiyali texnologiyalar yaratishdir. Cho‘ntakka 
ishlov berishda choklarni iloji boricha kamaytirish, biriktirish va bezash 
jarayonlarini birlashtirish, yelim materiallardan keng foydalanish, gazlama 
xususiyatiga ko‘ra zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish va 
hokazolar shunday kam operatsiyali texnologiyaga kiradi.
Qopqoqli qirqma cho‘ntakka yarimavtomat mashinasida ishlov 
berishda qopqoq va mag‘izni, ikkita parallel baxyaqator yuritib, old 
bo‘lakka ulanadi va cho‘ntak og‘zi qirqiladi. Bu bilan sarf vaqti qisqaradi 
va mehnat unumdorligi o‘sadi.
Erkaklar shimi uzellariga ishlov berish usullarini takomillashtirish 
borasida ish olib borayotgan Rossiyadagi «Vladima» firmasining erkaklar 
yon figurali cho‘ntagiga ishlov berish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. 
4.26-rasmda figurali shim yon cho‘ntagiga ishlov berishning an’anaviy 
usuli keltirilgan.
Òashqi ko‘rinishdan bir xil, lekin ishlov berish texnologiyasi 
zamonaviy asbob-uskuna turlaridan maksimal (4.27-rasm) yoki minimal 
(4.28-rasm) foydalanish, yelim materialni qo‘llash (4.29-rasm), choklar 
sonini kamaytirish gazlama xususiyatiga qarab bajariladi. Bunda kam 
operatsiyali texnologiyaga erishish uchun cho‘ntak og‘ziga mag‘iz bilan 
4.24-rasm. Avra gazlamadan listochkali cho‘ntak.


108
emas, balki cho‘ntak xalta bilan ishlov berish, mag‘izni cho‘ntak og‘ziga 
biriktirish va mag‘iz tashqi qir qimini cho‘ntak xaltaga bostirib tikish 
operatsiyalari qisqartiriladi.
Bundan tashqari mag‘iz va ko‘rinma tashqi qirqimini avval yo‘rmab, 
keyin cho‘ntak xaltaga bostirib tikish operatsiyalarini bajaruvchi maxsus 
va universal mashinalar o‘rniga, biriktirish va qirqimga ishlov berish 
operatsiyalarini bir yo‘la bajaruvchi zamonaviy maxsus mashinalarni 
qo‘llash, cho‘ntak tikishning sarf vaqtini qisqartirib, mehnat unumdorligini 
oshirishga sabab bo‘ladi.
Ustki kiyim tikishda yelim materiallardan unumli foydalanish kiyim 
sifatining oshishiga va tashqi ko‘rinishining uzoq muddat saqlanishiga 
sabab bo‘ladi. Cho‘ntak mag‘izi va ko‘rinma qirqimini yo‘rmab, so‘ng 
cho‘ntak xaltaga bostirib tikish operatsiyasini bajarishda yo‘rmash uchun 
yelim ipdan foydalanish biriktirma chokning pishiqligini oshiradi. Yelim ip 
namlab-isitib ishlov berish natijasida yo‘rmalangan qirqim strukturasini 
mustahkamlaydi va uning yuvish sharoitiga chidamliligini oshiradi.
4.4. BORÒ ÒIKISH
4.4.1. BORÒ QOÒIRMASINI ÒAYYORLASH
Bort qotirmasi, old bo‘lakning ko‘krak atrofiga, adip qaytarmasiga, 
bortlariga ishlov berganda hosil bo‘lgan shakllarni saqlab turish uchun, 
qirqma tizmalar shakli barqaror bo‘lishi va tugmalar pishiq tikilishi 
4.25-rasm. Avrasidan qo‘sh mag‘izli ramka hosil qilingan ichki cho‘ntak.


109
uchun qo‘llanadi. Bort qotirmasi yelimli va yelimsiz to‘qima va noto‘qima 
qotirma materiallardan (zig‘ir tola va yarimzig‘irtola gazlamalar, qil 
gazlamalar, viskoza gazlamalar, flizelin, proklamilin va h. k.) tayyorlanadi. 
Bort qotirmasi yumshoq shaklda va bitta qatlamdan iborat bo‘lishi, yelka 
atrofiga yelka taglik qo‘yib, ko‘krak atrofiga qo‘shimcha tagliklar qo‘yib 
qattiqlashtirilishi mumkin. Bort qotirmasi tikib ulanishi va yelimlanishi 
mumkin.
Bort qotirmasidagi uloqlarni va vitachkalarni tikish (4.30-rasm) 
0,5—0,7 sm kenglikdagi ochiq qirqimli qo‘yma chok bilan yoki 2,0—2,5 
sm kenglikdagi gazlama parchasi qo‘yib tutashtirma chok bilan universal 
mashinada yoxud siniq baxyaqatorli maxsus mashinada bajariladi. 
Kiyimning yelka qismini qattiqroq qilish uchun bort qotirmasiga yelka 
taglik hamda qil qatlam qo‘yib ishlov beriladi. Bunda bort qotirmasining 
ko‘krak atrofidagi asosiy qismida, belgilangan joylarga qil qatlam, 
uning ustiga yelka taglik qo‘yib, shu taglikning oval qirqimidan 0,5 sm 
masofada bostirib tikiladi. Mashina yuritganda surilib ketmasligi uchun, 
detallarni oldin markaz chiziqlari bo‘ylab biriktiriladi, keyin esa ko‘krak 
o‘rtasidan oldin bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga uzunasiga 1,0—2,0 
sm oraliqda siniq baxyaqator yuritib qaviladi. Qil qatlam chetlariga ip 
gazlamadan cheklama qo‘yiladi. Bunda cheklamaning o‘rtasi qil qatlam 
qirqimlariga to‘g‘rilanib, bostirib tikiladi.
Bort qotirmasiga yelimlab ulash usulida ishlov berilganda bir 
4.26-rasm. Figurali yon cho‘ntakka an’anaviy ishlov berish.


110
tomoniga yelim shimdirilgan qotirma gazlamalardan (4.31-rasm) 
foydalaniladi. Bunday gazlamalardan bort qotirmasining shakli barqaror 
bo‘lishi uchun kerakli detallar — yelka tagliklari, qo‘ shimcha tagliklar, 
adip qaytarmalari bichiladi. Bort qotirmasini yig‘ish (4.32-rasm) va unga 
shakl berish maxsus — qabariq yostiqchali presslarda bajariladi. Ostki 
yostiqchaga old bo‘lak, bir tomoniga esa bort qotirmasi qo‘yiladi. Bort 
qotirmasi ustiga, belgilarga muvofiq qo‘shimcha taglik yelim qatlamini 
qotirmaga qaratib qo‘yiladi. Keyin ikkita yelka taglik yelim qatlamlarini 
tashqariga qaratib qo‘yiladi. Uning ustiga ikkinchi qo‘shimcha taglik 
yelim qatlami yuqoriga qaratib va ikkinchi old bo‘lak bort qotirmasi 
qo‘yiladi. Presslash yo‘li bilan detallar biriktiriladi va ularga kerakli shakl 
beriladi.
Bort qotirmasini qattiqlashtirish va unga shakl berish uchun uning 
ikkala old bo‘lagini oldin namlab olib, keyin birga taxlab va bort 
qirqimlarini ishlovchiga qaratib, qabariq yostiqli pressda quyidagi 
bosqichlarda kirishtirib dazmollanadi:
1. Adip qaytarmasi atrofini kirishtirib dazmollash.
2. Bortni dazmollab kirishtirish.
3. Yoqa o‘mizi atrofini kirishtirib dazmollash.
4. Yeng o‘mizini kirishtirib dazmollash.
Bort qotirmasiga namlab-isitib ishlov berilgandan keyin uning shakli 
moslanadi. Buning uchun bort qotirmasi andaza bo‘yicha bo‘rlanadi, 
4.27-rasm. Figurali yon cho‘ntakka maksimal 
asbob-uskuna qo‘llab ishlov berish.


111
maxsus qistirmalar yordamida mahkamlanadi va shu chiziqlar bo‘ylab 
qirqib tekislanadi. Bort qotirmasining etak, bort, adip qaytarmasi, adip 
qaytarmasi uchi va yoqa o‘mizining qirqimlari bo‘ylab maxsus taxta 
qolip ustida dazmollanadi, keyin mashinada yelim uqa qo‘yiladi (4.33-
rasm). Bunda uqa bort qotirmasining hamma qirqimlaridan 0,5—0,6 sm 
4.28-rasm. Figurali yon cho‘ntakka asbob-uskunani 
minimal qo‘llab ishlov berish.
4.29-rasm. Figurali yon cho‘ntakka yelim qotirma qo‘llamasdan ishlov berish.


112
chiqib turishi kerak. Bort qotirmasi old bo‘lakka ulab olingandan keyin 
bort qotirmaning adip qaytarma qismi presslab ulanadigan bo‘lsa, yelim 
uqa faqat etak va bort tomonlariga qo‘yiladi. Adip qaytarma qismi, adip 
qaytarma uchi va yoqa o‘mizining qirqimlariga yelim uqa bort qotirmasi 
old bo‘lakka ulab olingandan keyin qo‘yiladi.
4.4.2. OLD BO‘LAKKA BORÒ QOÒIRMASINI ULASH
Old bo‘laklarda ko‘krak atrofiga qabariq shakl berish uchun ustki yuzasi 
qabariq va ostki yuzasi botiq maxsus yostiqchalari bor pressda namlab-
isitib ishlov beriladi. Bunda ikkala old bo‘lak teskarisi tashqariga qaratib 
juftlanadi va press yostig‘iga qo‘yib, solqisi bir tekis taqsimlanib, kirishtirib 
dazmollanadi. Maxsus taxta qolip yordamida dazmol bilan kirishtirib 
dazmollash to‘rt bosqichda bajariladi (4.34-rasm).
1. Old bo‘lak yelka qirqimining yuqori burchagi va bort chetining bel 
chizig‘igacha bo‘lgan qismi taxta qolipning oval chetiga tekislab qo‘yiladi. 
Adip qaytarmasida hosil bo‘lgan solqilik kirishtirib dazmollanadi.
2. Old bo‘lak bort chetidagi solqi kirishtirib dazmollanadi.
3. Old bo‘lak yelka qirqimlari bilan yoqa o‘mizini ishchi tomonga 
qaratib qo‘yiladi va yoqa o‘mizidagi solqi kirishtirib dazmollanadi.
4. Old bo‘lak yeng o‘mizi qirqimini ishchi tomonga qaratib va ko‘krak 
o‘rtasini taxta qolipning oval qismiga to‘g‘rilab, yeng o‘mizi tomonidagi 
4.30-rasm. Bort qotirmasini tikish.


113
solqa kirishtirib dazmollanadi.
Old bo‘lakka bort qotirmasi yelimlab yopishtiriladi yoki tikib 
biriktiriladi.
Yelimlab ulashdan oldin ikkala old bo‘lak ularning teskarisi tashqariga 
qaratilib juftlanadi, ustiga andaza qo‘yib, yoqa o‘mizining, adip 
qaytarmasi, borti va etagining konturlari aniq belgilab chiqiladi. Old 
bo‘laklar cheti bichish mashinasida yoki qaychida belgi chiziqlar bo‘ylab 
qirqib tashlanadi. Shu bilan birga, bortning pastki uchida bukish haqiga 
mo‘ljallangan joyi qirqib tashlanadi va adip etagining ichki burchagida 
mashinada tikish uchun kontrol kertiklar qilinadi. Bukish haqi keng 
qoldiriladigan kiyimlarda (etak uchi yumaloqroq kiyimlardan tashqari) 
etak bukish haqining joyi qirqib tashlanmaydi. Sidirg‘a gazlamadan 
tikiladigan kiyimlar old bo‘lagining chetlari, ularning 5—10 jufti 
baravariga qo‘yilib, mashinada qirqib tashlanadi. Old bo‘lak chetlari bort 
qotirmasi ulangandan keyin qirqilsa ham bo‘ladi.
Old bo‘lakka bort qotirmasi quyidagicha yelimlab ulanadi: 1) old 
bo‘lakning yuqori vitachkasi va bo‘rtma choki bor joylariga teskarisi 
tomondan yelka qirqimidan 7—8 sm qochirib yelim plyonka qo‘yiladi; 2) 
old bo‘lak bilan bort qotirmasi maxsus yostiqlari bor pressda ulanadi. Buning 
uchun old bo‘lak teskarisi yuqoriga qaratilib, press yostig‘i ustiga qo‘yiladi; 
4.32-rasm. Bort qotirma 
detallarini yopishtirish.
4.31-rasm. Yelimlab yopishtiriladigan bort 
qotirma detallari:
a — bort qotizmasi; b — adip qaytarmasi; 
d — yelka taglik; e — qo‘shimcha taglik.
8 — M.K. Rasulova


114
old bo‘lak ustiga bort qotirmasi yelim plyonkali tomonini pastga qaratib, 
ko‘krak atrofi qabariqlari old bo‘lak qabariqlariga moslanib qo‘yiladi. Old 
bo‘lakka bort qotirmasi, izmalar teshigiga qo‘yiladigan gazlama parchalari, 
yon cho‘ntak bo‘ylamasi presslab yopishtiriladi (4.35-rasm).
Old bo‘lakka bort qotirmasi pichoqli mashinada biriktirilganda (4.36-
rasm) baxyaqatorlar old bo‘lak o‘ng tomonidan adip qaytarmasining 
bukish chizig‘i bo‘ylab 3/2 qismi uzunligida, yeng o‘mizi qirqimiga va bort 
qirqimiga parallel ravishda qirqimlardan 0,5 sm masofada yuritiladi. Old 
bo‘lakka bort qotirmasi, maxsus moki baxyali 63 klass mashinasida, old 
bo‘lak o‘ng tomonidan bostirib ko‘klanadi. Bort qotirmasi old bo‘lakka 
qo‘lda ko‘klab ulash orqali ham ulanishi mumkin.
Òaqilmasi adip qaytarmasigacha bo‘lgan kiyimlarda ular qayish-
qoqroq va shakli barqaror bo‘lishi uchun adip qaytarmasi bort 
qotirmasi tomondan qavib chiqiladi. Adip qaytarmasining bukish 
chizig‘i bort qotirmasi tomondan belgilanadi. Adip qaytarmasi yashirin 
baxyali maxsus mashinada qavilayotganda, birinchi baxyaqator adip 
qaytarmasining bukish chizig‘idan yeng o‘mizi tomonga 1 sm masofada 
yuritiladi. Keyingi baxyaqatorlar adip qaytarmasining qirqimi tomonga 
bir-biridan 0,7—1,0 sm oraliqda bort qotirmasidan solqa hosil qilinib 
4.33-rasm. Bort qotirmasiga adip qaytarmasini ulab (a) 
va ulamay (b) yelim uqa qo‘yish.


115
qaviladi. Baxyaqatorlar adip qaytarmasi qirqimlarigacha va uchlarigacha 
1,5 sm yetmasligi kerak.
Adip qaytarmasi bort qotirmasidan alohida, yelim qoplangan 
gazlamadan bichilganda esa old bo‘lakka pressda yoki dazmolda 
yopishtiriladi.
Old bo‘lakka bort qotirmasi ulangandan keyin, old bo‘laklarga bort 
qotirmasi biriktirishdan oldin qanday namlab-isitib ishlov berilgan bo‘lsa, 
xuddi shunday ishlov beriladi.
4.4.3. OLD BO‘LAKKA ORÒ BO‘LAKNI 
BIRIKÒIRISH VA UQA QO‘YISH
Astari avra etagiga ulanmaydigan kiyimlarning yon qirqimlarini 
biriktirib tikish oldidan old bo‘lak va ort bo‘lak qirqimlari beldan 
etakkacha maxsus mashinada yo‘rmalanadi.
Yon qirqimlar, ularning kertimlarini to‘g‘ri keltirib, tekislanadi va ort 
bo‘lakda kuraklari atrofida, old bo‘lakda esa yon cho‘ntaklar atrofida 
solqi hosil qilinib, nazorat kertiklari bir-biriga to‘g‘rilanib, ort bo‘lak 
tomondan 1,0 sm kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi. Bunda yon 
cho‘ntak bo‘ylamasi qo‘shib tikib ketiladi. Yakka tartibda kiyim tikishda 
yon qirqimlarni, nazorat kertimlarini to‘g‘ri keltirib, maxsus mashinada 
yoki qo‘lda ko‘klab olinadi. Yon choklar dazmolda yoki pressda yorib 
dazmollanadi. Agar modelga muvofiq yon choklarda bezak baxyaqator 
yuritiladigan bo‘lsa, choklar yorib dazmollangandan keyin uni bir 
tomonga yotqizib dazmollanadi.
Òekislab qirqish yordamida adip qaytarmasiga, bortlarga va kiyim 
etagiga modelda ko‘zda tutilgan shakl beriladi. O‘ng va chap old 
bo‘laklar qotirmalarini ichkariga qaratib, yon choklari, vitachkalari, 
yuqori qirqimlari bir-biriga moslab juftlanadi va bort qirqimlarini ishchi 
tomonga qaratib stolga qo‘yiladi. Izmalarni belgilash uchun erkaklar 
kiyimining cheti bo‘rlanayotganda, uning chap old bo‘lagi, ayollar kiyimi 
bo‘rlanayotganda esa o‘ng old bo‘lagi tepaga qaratib qo‘yiladi.
Kiyimni bo‘rlash oldidan alohida o‘lchamlarning o‘lchovlar tabeliga 
muvofiqligi quyidagicha tekshirib chiqiladi va belgilab qo‘yiladi: old 
bo‘laklarning yoqa o‘mizi eng yuqori nuqtasidan etakkacha bo‘lgan 
uzunligi ko‘krak markazi orqali bort ziyiga parallel qilib o‘lchanadi; yoqa 
o‘mizi eng yuqori nuqtasidan yon cho‘ntak og‘zining oldingi uchigacha 
bo‘lgan oraliq; yoqa o‘mizi eng yuqori nuqtasidan old bo‘lak yeng o‘mizi 


116
chuqurligining chizig‘igacha bo‘lgan oraliq; yeng o‘mizi tagidagi ort 
bo‘lak o‘rtasidan bort ziyigacha bo‘lgan kenglik. Yordamchi andaza 
bilan bort, adip qaytarmasi, yoqa o‘mizi qirqiladigan chiziqlar bo‘rlanadi, 
etakning qirqiladigan va bukiladigan chiziqlari belgilanadi. Old bo‘laklar 
maxsus qisqichlar orasiga olinib, qaychi yoki maxsus mashinada qirqiladi. 
Old va ort bo‘lakning teskarisidan adip qaytarmasining qayriladigan 
4.34-rasm. Old bo‘lakka namlab-isitib ishlov berish bosqichlari.


117
chizig‘i, etakning bukiladigan chizig‘i va izma 
o‘rnilari belgilanadi. Izmalar yo‘rmalanadigan 
bo‘lsa, ular o‘rni bort qotirmasi tomondan 
belgilanadi. Qotirmaning izma joylari eni 
1,5—2,0 sm, bo‘yi esa izma uzunligidan 1 
sm ortiq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qirqib 
olinadi.
Ayollar kiyimlarida izmalar ag‘darma chok 
bilan tikiladigan bo‘lsa, ular o‘rni old tomon 
o‘ngidan belgilanadi.
Old bo‘laklarning ostidagisi ustiga 
ag‘darilib, unda etak bukiladigan chiziq 
belgilanadi. Bort va adip qaytarmasi qalin 
bo‘lib ketmasligi uchun ag‘darma chokning 
uqa yaqinidan yoki uqa ustidan o‘tishiga 
qarab bort qotirmasi qirqib tashlanadi.
Namlab-isitib ishlov berish yordamida 
hosil qilingan shaklni hamda bort ziylari va 
kiyim etagining cho‘zilib ketishidan saqlab 
4.35-rasm. Old bo‘lakka 
bort qotirmasini yelimlab 
yopishtirish.
4.36-rasm. Old bo‘lakka bort qotirmasini universal mashinada 
(a) va maxsus mashinada (b) biriktirish.


118
qolish maqsadida uqa qo‘yiladi. Bunga kengligi 1,0—2,0 sm zig‘ir tolali 
gazlamadan bo‘ylama yoki bir tomoniga yelim qoplangan ip gazlama 
ishlatiladi.
Yelimli uqa qo‘yishda (4.37-rasm) uning o‘rtasi bort qotirmasi qirqimiga 
to‘g‘ri keltirib joylashtiriladi. Yelimli uqani kiyimga pressda yopishtiriladi. 
Buning uchun oldin uqa har bir uchastkaga 10 sm davomida dazmolda 
puxtalab olinadi, keyin bug‘lanadi va presslanadi.
Zig‘ir tolali uqaning qirqimi bort qotirmasidan 0,5—0,6 sm chiqarilib, 
maxsus mashinada ko‘klanadi. Bunda baxyaqator uqaning tashqi 
qirqimidan 0,4—0,5 sm narida o‘tkaziladi, old bo‘lakdan solqa hosil 
qilinadi. Solqalik yoqa o‘mizi va adip qaytarmasi uchida 0,2 sm, adip 
qaytarmasidan bortning yuqori izmasiga qadar 0,5—0,6 sm, bortning 
izmalari orasida 0,2 sm, bortning qolgan joylarida va kiyimning etagida 
-0,2—0,3 sm, adip qaytarmasining qayriladigan joyi bo‘ylab 0,4—0,5 
sm bo‘ladi. Adip qaytarmasining qayriladigan chizig‘i bo‘ylab uqa adip 
qaytarmasining 3/2 qismiga teng qilib, yeng o‘mizi tomonga yoqa 
o‘mizidan boshlab qo‘yiladi. Uqaning ichki qirqimini yashirin baxyali 
maxsus mashinada bort qotirmasiga tikiladi. Bortning ag‘darma choki 
uqa ustidan yuritiladigan bo‘lsa, uqaning tashqi qirqimi tikilmaydi. 
Ag‘darma chok uqa yaqinidan o‘tadigan bo‘lsa, uqaning tashqi qirqimi 
old bo‘lakka yashirin baxyali maxsus mashinada tikiladi.
Adipi yaxlit bichilgan kiyimlarda (4.38-rasm) uqa adipning bukish 
chizig‘iga 0,1 sm yetkazmay puxtalanadi. Bort cheti zichroq bo‘lishi va 
qo‘shimcha qalinlik hosil qilish uchun bort qotirmasi qirqimini adip 
tomonga 1,0 sm o‘tkazib qo‘yish tavsiya etiladi. Yelimli uqa tortibroq 
turib yopishtiriladi.
4.4.4. ADIPGA ISHLOV BERISH
Adip — avra gazlamadan bichilgan detal bo‘lib, uning yordamida adip 
qaytarmasiga, bortlarga ishlov beriladi, ular kiyimning ichki tomonlariga 
qo‘yiladi. Konstruksiyasiga ko‘ra adiplar alohida bichilgan va old bo‘lak 
bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin.
Gazlamani tejash maqsadida adip bir nechta bo‘lak qilib bichiladi. 
Bo‘laklar guli va yo‘llari bir-biriga mos keladigan qilib, kengligi 0,5—0,7 
sm chok bilan ulanadi va choklar yorib dazmollanadi.
Guli yoki yo‘li ko‘zga aniq tashlanib turadigan gazlamalardan 
bichilgan adiplar old bo‘lakka ulanishidan oldin, ular 0,8—1,2 sm 


119
kirishtirib dazmollanadi va adip qaytarma shakliga keltiriladi. Adipning 
ichki cheti yordamchi andazada bo‘rlab olinib, qirqib tashlanadi. Adipni 
old bo‘lakka to‘g‘ri ulash uchun yordamchi andazada adip tashqi 
qirqimlarida kertiklar belgilanadi va qirqiladi. Adip ichki qirqimi bort 
qotirmasiga yelimlab ulanadigan bo‘lsa, adipning teskarisiga qirqimidan 
0,5—0,7 sm masofada yelim plyonka qo‘yiladi. Adipda bezak sifatida 
yoki tugmalash uchun izmalar bo‘lishi mumkin. Bu izmalar adipning 
qaytarma qismida yoki yashirin izma sifatida adipning o‘zida bo‘lishi 
mumkin. Adipdagi izmalar «ko‘zli» va «ko‘zsiz» bo‘ladi.
4.4.5. ADIPNI OLD BO‘LAKKA BIRIKÒIRISH
Adiplar old bo‘lakka bort qirqimi bo‘ylab ag‘darma chok bilan 
biriktiriladi. Adip bilan old bo‘lak oldindan ko‘klab olib yoki ko‘klanmay 
bir-biriga ulanishi mumkin. Oldindan qo‘lda ko‘klab ulanishi uchun (4.39-
rasm) old bo‘lak o‘ngini yuqoriga, bort qirqimini ishlovchiga qaratib, 
stolga qo‘yiladi. Old bo‘lakning bort qismi ustiga adipning o‘ngini pastga 
qaratib, qirqimlarini adip qaytarmasi uchastkasida old bo‘lak qirqimlariga 
nisbatan 1,0—1,5 sm chiqarib qo‘yiladi, bort uchastkasida qirqimlar 
tekislanadi. Ayni vaqtda adipning yoqa o‘mizi atrofida joylashishi 
tekshirib ko‘riladi. Adip chap old bo‘lakka yuqoridan pastga tomon, 
o‘ng old bo‘lakka esa pastdan yuqoriga tomon bostirib ko‘klanadi. Adip 
old bo‘lak bortining qirqimidan 1,2—1,5 sm, yelka qirqimidan 0,8—1,0 
sm chiqarilib maxsus mashinada ko‘klanadi. Baxyaqator bort va adip 
qaytarmasi qirqimlaridan 1,5—2,0 sm naridan o‘tadi.
Adipda adip qaytarmasining uchlarida taxminan 0,5—0,7 sm, adip 
qaytarmasining boshqa joylarida 0,4—0,5 sm, izmalar orasida 0,2 
sm, bortning pastki burchagi old bo‘lagida 0,2—0,3 sm solqalik hosil 
qilinadi.
Òaqilmasi yuqorigacha yetgan kiyimlarda, adip qaytarmasidagi 
adiplarda solqa hosil qilinmaydi. Ko‘klangandan keyin adip solqasini 
adip qaytarma qirqimi va bort bo‘ylab ag‘darma chok bilan tikayotganda 
chok tekis chiqishi uchun bortning o‘zi kirishtirib dazmollanadi.
Bortni ag‘darma chok bilan tikishdan oldin yordamchi andazalar 
bo‘yicha bort qotirmasi tomonidan adip qaytarmasi va etak burchaklari 
bo‘rlab olinadi. Adipni old bo‘lakka oldindan ko‘klab olmay, maxsus 
mashinada ag‘darma chok bilan tikilganda (4.40-rasm), bir vaqtda chok 
bo‘ylab gazlama tekislab qirqib boriladi. Kiyim konstruksiyasida ko‘zda 


120
tutilgan joylarda maxsus moslamalar yordamida adipda solqalar hosil 
qilinadi. Bu maxsus mashinadan foydalanish mehnat unumini oshirishga 
yordam beradi.
Bort pichog‘i bor mashinada ag‘darma chok bilan tikilib, ishlov berish 
usuliga qarab quyidagicha kenglikda chok haqi qoldiriladi: bortga «sof 
ziy»li ishlov berilsa 0,6—0,7 sm, bezak baxyaqatorli ishlov berilsa 0,3—0,4 
sm. Maxsus yostiqlari bor pressda choklar yorib dazmollanadi. Qalin 
gazlamadan tikiladigan kiyimlarda choklar dazmolda yorib olinib, keyin 
presslanadi. Bolalar kiyimlarining kesimi uchlarida bukish haqi qirqib 
tashlanmaydigan hollarda, kesim uchlarini ishlov haqi tomonidan, etak 
bukish chizig‘idan 0,1—0,15 sm pastda ag‘darma chok bilan tikiladi. Adip 
qaytarmasi bilan bort uchlari kengligi 0,15—0,2 sm chok haqi qoldirib 
kesib tashlanadi. Adip qaytarmasi uchining oxiri kertib qo‘yiladi.
Bort chetiga bezak baxyaqatorli ishlov berishda ag‘darma chok yorib 
dazmollangandan keyin, tikish haqi old bo‘lak tomonidan 0,3—0,4 sm, 
4.37-rasm. Bortga uqa qo‘yish:
a — taqilmasi adip qaytarmasigacha bo‘lgan kiyimlarda; 
b — taqilmasi tepasigacha bo‘lgan kiyimlarda.


121
adip tomonidan esa 0,4—0,5 sm qoldirib, tekislab qirqiladi. Keyin adipni 
o‘ngiga ag‘darib, burchaklari to‘g‘rilanadi va 2222-klass maxsus mashinasida 
ziyi ko‘klanadi. Òaqilmasi adip qaytarmasigacha yetgan kiyimlarda 
adip qaytarmasi old bo‘lak tomondan, bort esa adip tomondan ziyi 
ko‘klanib, gazlama qalinligiga qarab 0,1—0,3 sm kenglikda ko‘klanadi. 
Ziy ko‘klanayotganda adip qaytarmasida 0,1—0,15 sm kenglikda 
adipdan, bortlarda 0,1—0,2 sm kenglikda old bo‘lakdan ziy hosil qilinadi. 
Òaqilmasi yuqorigacha yetadigan kiyimlarda old bo‘lakdan 0,1—0,2 sm 
kenglikda ziy hosil qilib, adip tomondan bort ziylari hosil qilinadi. Chok 
va ziylarning shaklini saqlab qolish uchun bort chetiga bezak baxyaqator 
yuritiladi.
Bort chetlariga «sof ziy»li ishlov berilganda, bort ag‘darma choklarini 
0,2—0,3 sm kenglikda chok haqi qoldirib, old bo‘lak tomondan qirqib 
tashlanadi. Chok haqi bort qotirmasiga yashirin baxyali maxsus 
mashinada (4.41-rasm, a), yelim plyonka (4.41-rasm b), yelim ip (4.41-
rasm, d) yoki qo‘lda, qiyalama yashirin qaviq bilan mahkamlanadi.
Kiyimning adip qaytarmasi, borti va etagi chetlarini yelimli usulda 
puxtalashda 0.5 sm kenglikdagi yelim plyonka, bortlarning ag‘darma 
4.38-rasm. Adipi yaxlit bichilgan kiyimlarga uqa qo‘yish.


122
choklari yorib dazmollangandan keyin, maxsus mashinada old bo‘lak 
teskarisi bo‘ylab bort ag‘darma chokidan 0,1 sm oraliqda, etakda esa 
bukish haqi bo‘ylab etak chizig‘idan 0,3 sm oraliqda qo‘yiladi. Plyonkaning 
chetlari adip choklari tagidan chiqib qolmasligi kerak. Yelim plyonka bort 
burchaklarini va adip qaytarmasi burchaklarini o‘ngiga ag‘darish oldidan 
qo‘yiladi.
Bort ziyiga yelim to‘r bilan ishlov berilganda, bort bilan adip uchlari 
o‘ngiga ag‘darib to‘g‘rilanadi. Bort bilan adip qaytarmasi ziylarini 
ko‘klayotganda kenligi 1—1,5 sm bo‘lgan yelim to‘r chok haqi tagiga 
qo‘yib ketiladi.
Yelim ip bilan puxtalanadigan bo‘lsa, yelim ip bortlarning ag‘darma 
choki ustiga adiplarning bort qotirmasiga yondashgan tomoni bo‘ylab 
biriktirib, tikish mashinasida bajariladi. Yelim ip bort burchaklarini va adip 
qaytarmasi burchaklarini o‘ngiga ag‘darish oldidan qo‘yiladi.
Bortning ag‘darma choklari universal mashinada ham puxtalanadi. 
Adip qaytarmali kiyimlarda bortning choki adip tomonidan, etakdan adip 
qaytarmasi qayriladigan chiziqqacha (4.42-rasm, a), adip qaytarmasidagi 
chok old bo‘lak tomondan ag‘darma 
chokdan 0,1—0,2 sm masofada yuritiladi 
(4.42-rasm, b). Adip qaytarmasining 
uchlarida va qayrilish chizig‘i boshlanishida 
bort ag‘darma chokining 3—4 sm joyi 
bostirib tikmay qoldiriladi.
Adip old bo‘lak bilan yaxlit bichilgan 
bo‘lsa, o‘rgimchak uya tipidagi yelim 
to‘r bort ziyi bo‘ylab qo‘yiladi. Kiyim 
etagini bukib ko‘klayotganda yelim to‘r 
bukish haqining teskari tomoniga qo‘yib, 
universal mashinada biriktirib tikib olinadi 
yoki maxsus mashinada qirqimlarni 
yo‘rmayotganda qo‘shib yo‘rmalanadi. Bort 
chetlari dazmollanganda yelim to‘r asosiy 
materialga yopishib, bort ziylarini va etak 
bukish haqini mahkamlaydi.
Bortning chetlariga namlab-isitib ishlov 
berish orqali uzil-kesil shakl beriladi. Adip 
qaytarmasi old bo‘lak tomondan, bort esa 
adip tomondan presslanadi.
4.39-rasm. Adipni old bo‘lakka 
bostirib ko‘klash.


123
4.5. YOQA ÒIKISH VA UNI YOQA 
O‘MIZIGA O‘ÒQAZISH
4.5.1. YOQA ÒURLARI
Shakl jihatidan yoqalar xilma-xil bo‘lib, beshta asosiy guruhga 
bo‘linadi:
— taqilmasi yuqorigacha yetgan kiyimlar yoqasi;
— taqilmasi adip qaytarmasigacha yetgan kiyimlar yoqasi;
— alohida bichilgan tik yoqalar;
— old bo‘laklar va ort bo‘laklar bilan yaxlit bichilgan tik yoqalar;
— taqilmasi yuqorigacha yetgan va adip qaytarmasigacha yetgan 
kiyimlarning turli yoqalari.
Òashqi ko‘rinishiga binoan shakli qandayligiga qarab, yoqalarning 
ko‘rinmaydigan ichki tomoni ko‘tarma, ko‘rinib turadigan tashqi tomoni 
esa qaytarma deyiladi. Yoqa ko‘tarmasi alohida qism sifatida va yoqa 
qaytarmasi bilan yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin.
Yoqa ustki yoqadan, ostki yoqadan va qotirmadan iborat bo‘ladi. 
4.40-rasm. Adipni bortga ag‘darma chok bilan tikish.


124
Yoqaga ishlov berish uchta bosqichda amalga oshiriladi: ostki yoqani 
tikish va qotirma yopishtirish, ostki yoqaga ustki yoqani ulash, yoqani 
yoqa o‘miziga o‘tqazish.
4.5.2. OSÒKI YOQAGA ISHLOV BERISH
Ostki yoqa qismlari bir-biriga yoqa ko‘tarmasiga to‘g‘rilab ulanadi. 
Bunda choklar kengligi 0,5—0,7 sm, o‘rta chokning kengligi 1,0 sm 
bo‘ladi. Ko‘tarmasi alohida bichilgan yoqalarda ostki yoqa qismlari ulab 
bo‘lingandan keyin yoqa ko‘tarmasi ulanadi. Choklar pressda yorib 
dazmollanadi va bir vaqtning o‘zida ostki yoqani dekatirlash (gazlamani 
zichlashtirish) maqsadida dazmollanadi.
Qotirma ostki yoqaga yelimli usulda, maxsus mashinada, universal 
mashinada va aralash usulda biriktiriladi.
Yelimli qotirmani ostki yoqaga biriktirishda, ostki yoqa teskarisiga 
yelimli qotirma qismlari yelim qoplamasini pastga qaratib, qirqimlarini 
bir-biriga parallel qilib qo‘yiladi. Ostki yoqa yoqa o‘miziga biriktirma 
chok bilan ulanadigan bo‘lsa, yoqa ko‘tarmasining qirqimiga 1,0—1,1 
sm, bostirma chok bilan tikiladigan bo‘lsa 0,1—0,15 sm yetkazilmaydi. 
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi presslab yopishtiriladi (4.43-rasm, a).
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yelimlanmay, maxsus mashi-
nada yoki universal mashinada tikib ulansa ham bo‘ladi. Bunda unga 
solqa bera borib, qotirma tomondan qaviladi. Birinchi baxyaqator 
yoqa ko‘tarmasining chetiga parallel qilib, qirqimdan 1,2 sm oraliqda, 
qolganlari unga parallel qilib, bir-biridan 0,5—0,7 sm masofada yuritiladi 
(4.43-rasm, b).
Ostki yoqaga aralash usulda ishlov berishda qotirma maxsus va 
universal mashina yordamida ostki yoqa ko‘tarmasi va qaytarmasiga 
baxyaqatorlar yuritib biriktiriladi.
Hozirda, kiyim sifatini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish 
maqsadida yelimli materiallar ko‘plab qo‘llanilmoqda. Yoqa tikishni 
takomillashtirish yo‘llaridan biri ham tikish sarf vaqtini kamaytirish 
bo‘lib, bu ostki yoqaga yelimlash usuli bilan ishlov berish orqali amalga 
oshiriladi.
Ostki yoqa dazmolda yoki pressda dazmollanib, kerakli shakl beriladi. 
Ustiga andaza qo‘yib bo‘rlanadi va yoqa ko‘tarmasida yoqa o‘miziga 
ulash joyi kertiklar orqali belgilanadi.


125
4.5.3. USÒKI YOQAGA OSÒKI YOQANI ULASH
Ustki yoqaga ostki yoqa uch xil usulda ulanadi:
1. Yoqani ag‘darma chok bilan tikish.
2. Ustki yoqani ostki yoqa tomonga siniq baxyaqatorli mashinada 
bukib tikish.
3. Ustki yoqani ostki yoqa tomonga yashirin baxyali mashinada 
bukib tikish.
Ustki yoqaga ostki yoqani ulash oldidan dazmol yoki pressda dazmollab, 
ustki yoqa kirishtiriladi. Ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida ustki yoqalar 
teskari tomonini yuqoriga qaratib, kichik-kichik pachkalar (7—10 donadan) 
tarzida taxlanadi, qisqichlar bilan mahkamlanib, bichish mashinasida 
andaza bo‘yicha qirqiladi.
Yakka tartibdagi buyurtma tarzida kiyimlar tikilganda ostki yoqa 
shaklidan mo‘ljal olib, har qaysi yoqa alohida teskari tomondan qirqiladi. 
Yoqaning shakliga muvofiq ustki yoqadan ziy chiqarish uchun yoqa 
qaytarmasida va yoqa uchlarida ustki yoqa ostki yoqadan kattaroq 
bo‘lishi kerak. Òikish haqi gazlamaning qalinligi va tuzilishiga, modelga 
4.41-rasm. Bortning ag‘darma chokini puxtalash:
a — yashirin baxyali maxsus mashinada puxtalash; 
b — yelim plyonka bilan; d — yelim ip bilan.


126
bog‘liq.
Ustki yoqa va ostki yoqa ag‘darma chok bilan ulanadigan bo‘lsa, ular 
teskari tomonlari tashqariga qaratib juftlanadi. Bunda ustki yoqa ostki 
yoqaga nisbatan yon tomonlarda 0,3—0,4 sm, qaytarma qirqimi bo‘ylab 
esa 0,7 sm ortiqroq chiqib turishi kerak. Ustki yoqa ostki yoqaga, yoqa 
uchlarida 0,5—0,6 sm solqa hosil qilib, bostirib ko‘klanadi (4.44-rasm). 
Solqa dazmollab kirishtiriladi. Andaza qo‘yib, ag‘darma chok chizig‘i 
belgilab olinadi. Yoqa ostki yoqa tomondan pichoqli mashinada 
ag‘darma chok bilan tikiladi. Shunda «sof ziyli» yoki «yolg‘on qaviq»li yoqa 
mo‘ljallangan bo‘lsa, 0,6—0,7 sm, bezak baxyaqatorli yoqa mo‘ljallangan 
bo‘lsa, 0,3—0,4 sm chok haqi qoldiriladi. Bostirib ko‘klangan qaviq so‘kib 
tashlanib, dazmol yoki pressda choklar yorib dazmollanadi.
Yoqa ag‘darma chokini yorib dazmollash oldidan, yoqa qaytarmasi 
qirqimlari bo‘ylab qotirmaning qanday joylashganligi tekshirib ko‘riladi. 
Qotirma chokka kirib qolmasligi kerak. Ag‘darma chok namlanadi va 
maxsus taxta qolipda yorib dazmollanadi. Òukli gazlamalardan tikilgan 
kiyimlarda yoqa qaytarmasining va yoqa uchlarining cheti yupqaroq 
chiqishi uchun, chokdagi tuklar qaychi yoki pichoq bilan qirib olib 
tashlanadi.
Yoqa oldin ko‘klab olinmay, ustki yoqani solqaroq qilib tikadigan 297-
klass mashinada ag‘darma chok bilan tikish ham mumkin (4.45-rasm). 
Yoqa burchaklarida 0,2—0,3 sm chok haqi qoldirib ortiqchasi qirqib 
tashlanadi. Yoqa o‘ngiga ag‘dariladi. Burchaklari to‘g‘rilanib ostki yoqa 
tomondan maxsus mashinada ustki yoqadan 0,1—0,2 sm ziy hosil qilib 
ko‘klanadi. Ziyni ko‘klash baxyaqatori maxsus mashinada yoqa chetidan 
0,8—1,0 sm oraliqda yuritiladi. Yoqa, uning qaytarmasi chetini ishlovchiga 
qaratib qo‘yib, ostki yoqa tomondan dazmolda yoki pressda dazmollanadi. 
Uzil-kesil presslash oldidan vaqtincha ko‘klangan iplar olib tashlanadi.
Yoqaga bezak baxyaqatorsiz ishlov beriladigan bo‘lsa, ustki yoqa 
qirqimini yoqa qaytarmasi bo‘ylab ostki yoqaga nisbatan 0,3 sm ortiqroq 
4.42-rasm. Bortning ag‘darma chokini universal mashinada puxtalash.


127
qilib qo‘yiladi. Ag‘darma chok tikilgandan keyin ostki yoqa tikish haqini 0,3—
0,4 sm qoldirib, qirqib tekislanadi. Ag‘darma chok ostki yoqa qotirmasiga 
yashirin baxyali maxsus mashinada, yelim plyonka yordamida yoki biriktirib 
tikish mashinasida chatib qo‘yiladi.
Yashirin bo‘lmagan siniq baxyali maxsus mashinada tikish uchun 
(4.46-rasm), ostki yoqaning o‘ngida uning qaytarmasi qirqimidan 1—1,2 
sm masofada chiziq belgilab olinadi. Ustki yoqa bilan ostki yoqa to‘g‘ri 
ulanishi uchun, ularning har qaysisida ko‘ndalang kontrol chiziqlar 
belgilanadi. Ostki yoqaning o‘ng tomoni ustiga belgi chiziqlar bo‘ylab 
ustki yoqa uning o‘ngi yuqoriga qaratib qo‘yiladi. Belgi chiziqlar bo‘ylab, 
yoqaning ikkala uchiga 2—3 sm dan yetkazmay bostirib tikiladi. Ustki 
yoqaning qaytarmasidagi hamda ikkala yon tomonidagi chetlari maxsus 
mashinada bukib ko‘klanadi.
Yashirin siniq baxyali maxsus mashinada tikish uchun (4.47-rasm), ostki 
yoqaning teskarisiga ustki yoqa, uning o‘ngini yuqoriga qaratib, qirqimlari 
esa ostki yoqa qirqimlaridan ikkala yon tomonida va qaytarmasida 
1—1,2 sm, ko‘tarmasida esa 0,7—1 sm chiqaribroq qo‘yiladi. Ikki yoni va 
qaytarmasi bo‘ylab ustki yoqa qirqimlaridan 1,5—2 sm narida maxsus 
mashinada bostirib ko‘klanadi. Ko‘klanayotganda ustki yoqa uchlarida 
0,5—0,7 sm solqa hosil qilinadi. Solqani ustki yoqa tomondan dazmollab 
kirishtiriladi.
4.5.4. YOQANI YOQA O‘MIZIGA O‘ÒQAZISH
4.43-rasm. Ostki yoqaga ishlov berish:
a — ostki yoqaga yelim qotirma yopishtirish;
b — ostki yoqaga qotirmani tikib ulash.


128
Yelka qirqimlari old bo‘lak tomondan kengligi 1,0 sm chok bilan 
biriktirib tikiladi, bunda boshlanishi va oxirida baxyaqatorlar puxtalab 
qo‘yiladi, chok namlanadi va maxsus taxta qolipda yorib dazmollanadi. 
Yorib dazmollayotganda ort bo‘lakdagi solqa bir yo‘la kirishtirib 
dazmollab ketiladi. Kirishtirib dazmollashdan hosil bo‘ladigan qabariqni 
dazmol cheti yordamida kuraklar tomonga o‘tkaziladi, bunda yoqa o‘mizi 
cho‘zilib ketmasligi kerak.
Model qandayligiga qarab, yelka choklariga baxyaqator yuritib 
bezalishi mumkin. Bunda yorib dazmollangandan keyin yelka choki ort 
bo‘lak tomonga yotqizib dazmollanadi, ko‘klanadi va o‘ng tomonidan 
ort bo‘lak bo‘ylab modelga bog‘liq kenglikda bezak baxyaqator bostirib 
tikiladi.
Yoqani yoqa o‘miziga biriktirma chok va qo‘yma chok bilan 
o‘tqaziladi.
Ostki yoqa yoqa o‘miziga biriktirib tikish mashinasida biriktirma chok 
bilan o‘tqaziladi, adip ham ustki yoqaga biriktirib tikish mashinasida, 
raskeplar uchastkasida ort bo‘lakning o‘rta chokdagi kertimlarni va 
yoqaning o‘rtasini to‘g‘ri keltirib, biriktirma chok bilan ulanadi. Har 
ikkala operatsiya raskepning chap chokidan boshlanib, ipni uzmasdan, 
biriktirma chok bilan bir yo‘la tikiladi. Ostki yoqa bo‘ylab 0,8—1 sm 
kenglikda chok solib o‘tqaziladi. Ostki yoqaning yoqa o‘miziga o‘tqazma 
choki va raskep choklari yorib dazmollanadi. Bort qotirmasi, ostki yoqa 
chokiga old bo‘laklar yoqa o‘mizi bo‘ylab, universal mashinada tikib 
puxtalanadi. Raskep choklari ostki yoqa bilan yoqa o‘mizi o‘tqazma 
chokiga puxtalab qo‘yiladi. Puxtalash yelimli plyonka yordamida ham 
amalga oshirilishi mumkin (4.48-rasm). Bunda maxsus mashinada yelim 
plyonka qo‘yib, pressda yopishtiriladi.
Yoqani qo‘yma chok bilan o‘tkazishda (4.49-rasm) oldin ustki yoqa 
ostki yoqa ko‘tarmasi qirqimiga to‘g‘rilab, ustki yoqaning o‘rtasidan 
1,5—2 sm dan boshlanib, raskeplar tomonda 0,5 sm gacha torayadigan 
bukish haqi va chok haqi qoldirib, aniqlab qirqiladi. Yoqani to‘g‘ri 
o‘tqazish uchun ostki yoqada kontrol chiziqlar bo‘rlanadi, ustki yoqada 
esa kertmalar hosil qilinadi. Adipda raskep chiziqlari, yoqa o‘mizi bo‘ylab 
esa ostki yoqa o‘tqaziladigan bostirma chok chizig‘i belgilanadi.
Ort bo‘lakning teskarisiga yoqa o‘mizi bo‘ylab 2—3 sm kenglikda 
kolenkor qatlam qo‘yiladi — bu chok pishiq bo‘lishiga va o‘miz qirqimi 
cho‘zilib ketmasligiga xizmat qiladi. Kolenkor qatlam ort bo‘lak yoqa 
o‘miziga universal mashinada tikiladi, shuningdek dazmolda yoki pressda 


129
yelim kukun yoki yelim plyonka bilan yopishtiriladi.
Raskeplar kengligi 0,8—1 sm chok bilan biriktirib tikiladi. Choklar 
yorib dazmollanadi. Yoqa o‘mizining o‘ngiga ostki yoqa teskarisini 
qo‘yib, ularni bort qotirmasi bilan birga, oldin ko‘klab yoki ko‘klamasdan, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri siniq baxyaqatorli maxsus mashinada bostirib tikiladi. 
Bundan keyingi ishlov berishlar yoqani biriktirma chok bilan o‘tqazishdagi 
kabi bo‘ladi.
4.6. YENG ÒIKISH VA UNI YENG O‘MIZIGA O‘ÒQAZISH
4.6.1. YENG AVRASIGA ISHLOV BERISH
Ustki kiyimlarda yenglarning tashqi ko‘rinishi juda xilma-xil bo‘ladi. 
Yenglar bichimiga binoan o‘tqazma, old bo‘laklar va ort bo‘lak bilan yaxlit 
bichilgan, reglan va aralash bichilgan bo‘ladi; konstruksiyasiga binoan 
esa bir chokli, ikki chokli va uch chokli bo‘ladi (4.50-rasm). Yenglarda turli 
bezaklar bo‘ladi: bo‘rtma choklar, vitachkalar, taxlamalar, kesimlar (chala 
ochiq, ag‘darma, ochiq), shuningdek yengbandlar, kichik yengbandlar 
va manjetlar.
Yeng avrasining old qirqimlari ustki bo‘lak bo‘ylab, ostki bo‘lak 
kertimlar orasida 0,3—0,5 sm solqa hosil qilib, 1 sm chok kengligida 
4.44-rasm. Ustki yoqani ostki yoqaga bostirib ko‘klash usullari.
4.45-rasm. Yoqaga ag‘darma chok bilan ishlov berish.
9 — M.K. Rasulova


130
biriktirib tikiladi (4.51-rasm, a). Bostirma chokli yenglarning old qirqimlari 
yeng uchidan boshlab 12—18 sm uzunlikda biriktirib tikiladi. Uning 
qolgan qismi tirsak choki bostirib tikilgandan keyin tikiladi.
Yeng old choki yorib dazmollanib, ayni vaqtda yeng ustki bo‘lagining 
o‘tar qismi, ya’ni chok oldidagi 3—4 sm kenglikdagi qismi cho‘zibroq 
dazmollanadi (4.51-rasm, b). Bu operatsiya dazmolda yoki pressda 
bajariladi. Yordamchi andaza qo‘yib, yengning o‘ngida yeng uchini 
bukish chizig‘i, yengning teskarisida esa kesim joyi belgilanadi.
Yeng uchiga yelimli usulda ishlov berayotganda, moslashtirilgan 
biriktirib tikish mashinasida ustiga yelim ip yoki yelim plyonka 
yopishtirilgan yelimli va yelimsiz gazlama qotirma sifatida ishlatiladi. 
Old choklariga ishlov berilgandan keyin, bukish haqi chizig‘idan mo‘ljal 
olib, qotirma pressda yoki dazmolda yeng uchiga yopishtiriladi (4.51-
rasm d, e).
Bir tomoniga yelim qoplangan qotirma ishlatilganda, yeng bukish 
haqiga uning yelimli tomoni pastga qaratib qo‘yiladi. Ishlov berishni 
4.46-rasm. Ustki yoqani ostki yoqaga yashirin 
bo‘lmagan siniq baxyali maxsus mashinada ulash: 
a — ko‘tarmasi yaxlit bichilgan yoqa; 
b — ko‘tarmasi alohida bichilgan yoqa.


131
tezlatish maqsadida yelim qotirmani yeng uchini bukib dazmollash 
bilan bir vaqtda yopishtirib ketgan ma’qul. Bunda, yelim qatlamini 
yuqori qaratib, qotirmani yeng ustiga qo‘yiladi, yeng uchi bukiladi va 
presslanadi.
Òirsak qirqimlaridagi kertimlar, yeng uchidagi bukib dazmollangan 
ziylar to‘g‘ri keltirilib, tirsak choki 1 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Bunda 
avra ustki bo‘lagining tirsak yaqinidagi uzunligi 8—10 sm bo‘lgan 
qismida 0,4—0,3 sm solqa hosil qilinib tikiladi. Òirsak chokidagi solqalar 
yorib dazmollanadi, yeng uchining shu chokdagi joyi qaytadan bukib 
dazmollanadi (4.51-rasm, g, h). Yeng tirsak choklarini avval qo‘lda ko‘klab 
olib, keyin biriktirib tikish mumkin. Yeng bostirma chokli bo‘lsa, tirsak 
choki ustki bo‘lak tomondan 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib, ostki 
bo‘lak esa ustki bo‘lakka nisbatan bezak baxyaqator kengligida ko‘proq 
chiqarilib, biriktirib tikiladi. Chok oldin yorib dazmollanib, keyin ustki 
bo‘lak tomonga yotqizib dazmollanadi va ustki bo‘lak tomondan bezak 
baxyaqator bostirib yuritiladi.
4.6.2. YENG ASÒARIGA ISHLOV BERISH
Astar detallari ustki va ostki bo‘laklardan iborat bo‘ladi. Astarda 
uloqlar bo‘lishi mumkin: ular uloqlar tomondan 1,0 sm kenglikdagi chok 
bilan ulab tikiladi. Oldingi qirqimlarni birlashtirib turib, ustki bo‘laklar 
bo‘ylab 1,0 sm kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi, bunda ostki 
bo‘laklar tirsak chizig‘i darajasida solqa hosil qilinadi. Òirsak qirqimlari 
yeng ostki bo‘lagi bo‘ylab biriktirib tikiladi — bunda ustki bo‘lak tirsak 
chizig‘i darajasida solqali qilinadi. Choklar va astar dazmollanadi.
4.6.3. YENG AVRASIGA ASÒAR ULASH
Yeng astari avraga ikki usulda ulanadi.
Birinchi usulda (4.52-rasm) ulanganda astarga ishlov berilgandan 
4.47-rasm. Ustki yoqani ostki yoqaga yashirin siniq baxyali maxsus mashinada bostirib 
tikish.


132
keyin, old va tirsak choklarini to‘g‘ri keltirib, yengning bukish haqiga 
0,8—1,0 sm kenglikdagi chok hosil qilib tikib ulanadi. Òikib ulash astar 
tomondan bajariladi. Bundan keyin yenglarga quyidagi tartibda ishlov 
beriladi: yeng uchidagi chok qotirmaga chatiladi, avra bilan astar tirsak 
choklari bir-biriga tikib qo‘yiladi, yengning qiyamasi va uchi bostirib 
ko‘klanadi, yeng dazmollanadi va astari yeng qiyamasi bo‘ylab qirqib 
tekislanadi.
Ulashning ikkinchi usulida yeng detallarini birlashtirish tartibi 
o‘zgaradi. Avra bilan astarning oldingi choklariga ishlov berilgandan 
keyin, yengning uchiga yuqorida yozilgan tartibda qotirma qo‘yiladi. 
Astar bilan yeng avrasining o‘ng tomonlarini ichkariga qaratib qo‘yib, 
ostki va tirsak qirqimlari to‘g‘rilanadi. Astar yeng uchiga 0,8—1,0 sm 
kenglikda chok hosil qilib biriktirib tikiladi. Keyin yeng avrasi va astarining 
tirsak qirqimlari to‘g‘ri keltiriladi. Astar ning biriktirma choklarini yeng uchi 
bo‘ylab to‘g‘ri keltirib, avra bilan astarning tirsak chokini, 1,0 sm kenglikda 
chok hosil qilib, bitta baxyaqator yuritib tikiladi (4.53-rasm).
Yengning astarini yuqoriga chiqarib ag‘dariladi, yeng uchi to‘g‘rilanadi 
4.48-rasm. Raskeplar chokini yelimlab puxtalash.
4.49-rasm. Yoqani yoqa o‘miziga qo‘yma chok bilan o‘tqazish.


133
U
stk
i k
iyimda y
oqa v
a y
eng tur
lar
i.


134
U
stk
i k
iyimda y
oqa v
a y
eng tur
lar
i.


135
U
stk
i k
iyimda y
oqa v
a y
eng tur
lar
i.


136
va maxsus mashinada chok chizig‘i yonidan astarning biriktirma choki 
bo‘ylab yotqizib ko‘klanadi. Yeng uchi chokini puxtalash va unga bundan 
keyingi ishlov berish yuqorida bayon etilgan tartibda bajariladi.
Kesimlar ustki kiyimlar yengidagi bezak hisoblanadi. Kesimlar ag‘darma 
chokli, chala ochiq va ochiq bo‘ladi (4.54-rasm).
Kesimi ag‘darma chokli yenglarning (4.54-rasm, a) tirsak choklari 
tikilayotganda, kesim qirqimlari ham bir vaqtda 0,5 sm kenglikdagi 
chok bilan tikiladi. Yeng ostki bo‘lagidagi kesim chok haqining yuqori 
va pastki burchaklari baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kertib qo‘yiladi. 
Òirsak choki yorib dazmollanadi va kesim ustki bo‘lak tomonga bukib 
dazmollanadi.
Chala ochiq kesimli yenglar tayyorlashda (4.54-rasm, b) ustki bo‘lak 
kesim haqini o‘ng tomonga bukib, uning pastki chetida 0,5 sm yetkazmay 
biriktirib tikiladi. Òirsak choki tikilayotganda kesimning yon choki ham 
tikib ketiladi.
Kesim pastki burchagini o‘ngiga ag‘darib, tirsak choki yorib 
dazmollanadi. Kesim yeng ustki bo‘lagi tomonga bukib dazmollanib, 
yeng uchining tirsak choki ustidagi joyi bostirib dazmollanadi.
Ochiq kesimli yenglarning (4.54-rasm, d) kesim burchaklari yeng ustki 
bo‘lagi tomonidan biriktirib tikiladi, ostki yeng tomondagi bukish haqi 
ag‘darma chok bilan tikiladi. Ustki bo‘lak kesim choki yorib dazmollanadi, 
burchaklari o‘ngiga ag‘darilib, bukish haqi teskari tomonga bukib 
ko‘klanadi. Òirsak qirqimlari biriktirib tikilib, chok yorib dazmollanadi.
Ba’zi modellarda yeng tirsak choki davomida yeng uchi ochiq 
qoldirilgan bo‘ladi (4.54-rasm, e).
4.6.4. MANJEÒLI YENGGA ISHLOV BERISH
Manjetlar yeng bezagi hisoblanib, ularning shakli yenglar, yoqalar, 
cho‘ntaklar va h. k. shakliga mos bo‘lishi kerak. Konstruksiyasiga binoan 
qaytarma manjetlar alohida bichilgan va yeng bilan yaxlit bichilgan 
bo‘ladi. Alohida bichilgan manjetlar avra gazlamadan, bezak gazlamadan 
yoki mo‘ynadan bo‘lishi mumkin.
Avralik gazlamadan qaytarma manjetli yeng tikishda (4.55-rasm) 
manjetning yuqori cheti astar tomondan 0,5—0,7 sm kenglikdagi 
ag‘darma chok bilan tikiladi. Burchaklarda 0,2—0,3 sm chok haqi qoldirib, 
ortiqchasi qirqib tashlanadi. Manjet o‘ngiga ag‘darilib, avradan 0,2—0,3 
sm ziy hosil qilinadi, astar tomondan maxsus mashinada manjet ziyi 
ko‘klanib, ziylar dazmollanadi. Manjet dazmollangandan keyin andaza 


137
4.50-rasm. O‘tqazma yenglar detallarining umumiy ko‘rinishi:
a — bir chokli; b — ikki chokli (old bo‘lakda va tirsakda choki bor);
d — ikki chokli (ustki va ostki chokli); e — uch chokli.
qo‘yib, o‘ngi tomonda bukish chizig‘i belgilab olinadi. Keyin avra va astar 
yozib yuborilib, ko‘ndalangiga buklanadi va manjet yon qirqimlari 0,7 
sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi. Chok yorib dazmollanadi. Agar 
modelda bezak baxyaqator mo‘ljallangan bo‘lsa, modelga muvofiq 
kenglikda baxyaqator yuritiladi. Bundan tashqari, manjetga ag‘darma 
chok haqi «sof ziy»li ishlov berilishi mumkin. Bunda chok manjet o‘ngiga 
ag‘darilmay, astar avrasiga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib 
qo‘yiladi. Ag‘darma chokdagi astar qirqimi manjet avrasiga yelim plyonka 
yoki yelim ip bilan puxtalansa ham bo‘ladi. Astarning past ki qirqimi avra 
bukish chizig‘idan oshmasligi kerak.
Manjetni yengga ulashda manjet astari yeng avrasiga 0,7 sm 
kenglikdagi chok bilan yeng tomondan ulanadi. Manjet bukish haqini 
bo‘rlangan chiziq bo‘ylab yengning teskarisi tomonga bukib, maxsus 
mashinada bukish chizig‘idan 1—1,5 sm masofada ko‘klanadi va 


138
dazmollanadi. Modelga muvofiq manjet yengga chatib qo‘yilishi kerak 
bo‘lsa, manjet astarining 2—3 joyiga 4—5 sm uzunlikda baxya qatorlar 
yuritib, manjetning yuqori ziyidan 5—6 sm naridan chatiladi. Yeng astari 
manjet bukish haqiga 0,7 sm kenglikdagi chok bilan tikiladi. Manjet 
bukish haqi yeng uchiga maxsus mashinada tikiladi yoki yelim plyonka 
bilan yopishtirib puxtalanadi.
4.6.5. YENGNI YENG O‘MIZIGA O‘ÒQAZISH
Yenglarni yeng o‘miziga o‘tqazishdan oldin yeng o‘mizi qirqimlarining 
chiziqlari va birlashtirishga tayyorlab qo‘yilgan yenglar tekshirib ko‘riladi. 
Yenglarda ularning uzunligi, kengligi, qiyamasi, balandligi simmetrik 
4.51-rasm. Ikki chokli yengga ishlov berish:
a — yeng old chokini biriktirib tikish; b — yeng old chokini yorib dazmollash; 
d — yelim qotirma yopishtirish; e — qotirmani yashirin baxyali maxsus mashinada 
ulash; f — qotirmani yelim uqa yordamida yopishtirish; g — yeng tirsak chokini 
biriktirish; h — yeng tirsak chokini dazmollash.


139
ekanligi, ishlov berish sifati, nazorat kertimlari tekshiriladi.
Yenglar yeng o‘miziga oldin ko‘klab olinib, keyin universal mashinada 
yoki ko‘klanmay 302 klass maxsus mashinasida 1 sm kenglikdagi 
biriktirma chok bilan o‘tqaziladi. Yeng qiyamasining choki yorib 
dazmollanishi kerak bo‘lsa, unda yengni o‘tqazayot ganda baxyaqator 
tagiga old bo‘lak va ort bo‘lak tomondan avra gazlama parchasi qo‘yib 
tikiladi va yorib dazmollayotganda uni kiyim tomonga surib qo‘yiladi.
Yeng yeng o‘miziga universal mashinada ulanadigan bo‘lsa, avval 
yeng tomondan to‘g‘ri qaviq bilan 0,9 sm kenglikdagi chok solib, yeng 
tomondan ko‘klanadi. Bunda kertiklar orasida solqa hosil qilib ketiladi. 
Solqaning qancha bo‘lishi modelga muvofiq bo‘ladi. Ko‘klangandan 
keyin solqalar dazmolda yoki maxsus pressda kirishtirib dazmollanadi. 
Yengni ko‘klab o‘tqazish to‘g‘ri chiqqanini manekenda tekshirib ko‘riladi. 
Bunda yeng cho‘ntak og‘zining 3/2 qismini yopib turishi, arqoq ipi 
yengning tashqi qismida gorizontal holatda bo‘lishi kerak. Keyin universal 
mashinada 1 sm kenglikdagi chok bilan tikiladi. Yeng o‘miziga o‘tqazib 
bo‘lingach, yengdagi solqalar yana bir marta kirishtirib dazmollanadi.
Yengni yeng o‘miziga bort qotirmasi bilan o‘tqazsa ham bo‘ladi. 
Bunda old bo‘lakka bort qotirmasi bostirib ko‘klayotganda bax yaqatorni 
yeng o‘miziga parallel qilib, qirqimlardan 1,5—2 sm oraliqda yuritiladi. 
Qotirmaning old bo‘lak yeng o‘mizi qirqimlaridagi ortiqcha qismi qirqib 
tashlanadi.
Yenglari reglan bichimli ustki kiyimlar konstruktiv xususiyatining 
o‘tqazma yengli kiyimdan farqi yeng o‘mizining, old va ort bo‘laklari 
hamda yenglarining shakli boshqachaligidadir.
Ikki chokli reglan yengda ikkita — ostki 
va ustki chok bo‘lib, ularning ostkisi ustki 
vitachkaning davomi bo‘ladi. Ustki chokni 
tikish uchun yengning ikki qismi yengini 
ichkariga qaratib qo‘yilib, nazorat belgilari 
to‘g‘ri keltiriladi va old bo‘laklar tomondan 
1 sm kenglikdagi chok bilan biriktirib 
tikiladi. Chok oldin yelka qismi, keyin esa 
yeng uchidan boshlab yelka qismigacha 
yorib dazmollanadi.
Reglan yenglar yeng o‘miziga, kiyimga 
yoqa o‘tqazishdan oldin o‘tqaziladi.
Reglan yengni o‘tqazayotganda o‘miz 
4.52-rasm. Yeng avra va astari 
uchini biriktirib tikish.


140
qirqimi cho‘zilib ketmasligi uchun, shu o‘miz qirqimi 
bo‘ylab, undan 0,5—0,6 sm masofada yelim uqa 
yoki zig‘ir tolali uqa tarangroq qilib qo‘yiladi va 1 sm 
kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi. Bostirma 
chokli modellarda chokning kengligi yeng o‘mizi 
tomondan 0,7 sm, yeng tomondan 1 sm ga teng 
bo‘ladi. O‘mizning yon tomonlardagi chokining 
kertimlar orasidagi qismi yorib dazmollanadi, 
bostirma chokli kiyimlarda esa shu joylar yorib 
dazmollangandan keyin bir tomonga yotqizib 
dazmollanadi. Bort qotirmasi yeng o‘mizlari bo‘ylab 
to‘g‘rilanadi va old bo‘laklarga ort bo‘lakka yeng 
o‘tqazma chokidan 0,4—0,5 sm oraliqda o‘ng 
tomonidan ko‘klab ulanadi. Keyin bort qotirmasi 
yeng o‘tqazma chokiga puxtalanadi.
Yenglari yaxlit bichilgan ustk i k iyim 
konstruksiyasining xususiyati yengning oldingi 
bo‘lagi kiyim old bo‘lagi bilan birga, tirsak bo‘lagi 
esa ort bo‘lagi bilan birga bichilishidan iborat. 
Yenglarda ikkita — ustki va ostki chok bo‘ladi. Ustki 
birlashtiruvchi chok yelka chokining davomi bo‘lib, 
ostki chok yon chokka aylanib ketadi. Qo‘l bemalol 
harakatlanishi uchun yon choklarga xishtaklar 
qo‘yiladi.
Yengni o‘miz ochiq vaqtida, ya’ni kiyim yon 
choklari tikilmasdan oldin o‘tqazsa ham bo‘ladi. 
Bunday holda yelka choki tikilgandan keyin yeng 
o‘mizga o‘tqaziladi. Agar yengning old choki kiyim 
yon chokiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, yeng bilan o‘miz 
kertimlarini bir-biriga to‘g‘rilab, yeng o‘mizga to‘la 
o‘tqaziladi. Keyin yengning old choki bilan kiyim yon choki birdaniga 
tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi va yeng uchiga ishlov beriladi.
4.7. ASÒARGA ISHLOV BERISH VA AVRAGA ULASH
4.7.1. ASÒARGA ISHLOV BERISH
Astar kiyimning hamma choklarini yopib turish va kiyimni kiyib 
4.53-rasm. Yeng avra 
va astari 
tirsak choklarini 
birgalikda 
biriktirib tikish.


141
4.54-rasm. Kesimli yenglarga ishlov berish.
yurish qulay bo‘lishi uchun kerak. Astarlar astarlik ip gazlamadan, shoyi 
gazlamadan va sintetik gazlamadan tikiladi. Modelga qarab, palto 


142
etagigacha yoki bo‘ksa chizig‘igacha tushgan bo‘lishi mumkin. Astar 
kiyim etagiga ulangan yoki ulanmagan bo‘ladi.
Astarning yon, yelka qirqimlari, yengning tirsak va old qirqimlari, ort 
bo‘lakning o‘rta choki kertimlari to‘g‘ri keltirilib, kengligi 1 sm qilib biriktirib 
tikiladi va chok yotqizib dazmollanadi. Yon choklarida yoki ort bo‘lak o‘rta 
chokida kesimi bor paltolarda astar kiyim etagiga ulab qo‘yilishi kerak. 
Ulanmagan astarli kiyimlarda astar etagi kiyim etagiga yon choklar yuqorisida 
tutgichlar yordamida puxtalanadi. Yeng avrasi avra o‘miziga o‘tqazilib 
bo‘lgandan keyin, yeng astari astar o‘miziga o‘tqazilishi uchun hamda 
astarning o‘miz chokini avraning o‘miz chokiga tikib qo‘yish uchun yengning 
old va tirsak qirqimlari tikilayotganda, ularning o‘rta qismi 20—25 sm uzunlikda 
tikilmay qoldiriladi. Astarning etak qirqimi avraning etak qirqimiga ulanadigan 
bo‘lsa, kiyimni o‘ngiga ag‘darish uchun ort bo‘lak o‘rta choki tikilayotganda 
uning o‘rta qismi 30—35 sm uzunlikda tikilmay qoldiriladi. Yon chok biriktirib 
tikilayotganda yeng o‘mizidan 2—3 sm pastroqda bar tutgichni qo‘shib 
tikib ketish bilan bir vaqtda, u baxyaqator yuritib puxtalanadi. Etagi avraga 
ulanmaydigan astarning yon choklarini va ort bo‘lagi chokini butun uzunasi 
bo‘ylab yoki kiyim etagidan 40—50 sm oraliqda yo‘rmalanadi. Pastga tomon 
kengaya boradigan kiyimlarda astar bel chizig‘igacha yo‘rmalanadi.
Avraning va astarning yelka choklari biriktirib tikilishidan oldin yoki 
tikilib bo‘lgandan keyin, astar avraga solishtiriladi (4.56-rasm). Buning 
uchun kiyim avrasining teskarisi yuqoriga qaratilib, stol ustiga yoziladi. 
Avra ustiga teskarisini pastga qaratib astar quyiladi. Avra bilan astarning 
yon va yelka choklari bir-biriga to‘g‘rilanib, astarning bo‘yi va eni tekshirib 
ko‘riladi. Ort bo‘lakda kesimi bor kiyimlarda astarning shu kesim ustidagi 
4.55-rasm. Manjetli yengga ishlov berish.


143
joyi qirqiladi. Avra bilan astarning bort va kesim qirqimlarida hamda astar 
o‘mizida belgi chiziqlar bo‘rlanadi.
Avraga astar ulanishida etagi bo‘yicha ishlov berish ikki xil usulda 
bajariladi:
1. Astar etagi avraga ulanmaydigan usul.
2. Astar etagi avraga ulanadigan usul.
Astarning etagi ulanmaydigan kiyimlarda (4.57-rasm) astarning etagi 
avraga astar qo‘yilgandan keyin qirqiladi. Shu bilan birga astarning yengi 
o‘tqazilgandan keyin, astar adipga, yoqa ko‘tarmasiga astar tomondan 1 sm 
chok hosil qilib ulanadi. Keyin kiyim o‘ngiga ag‘darilib, bortlari to‘g‘rilanadi 
va adip bo‘ylab astar ulangan baxyaqator yoniga maxsus mashinada 
ko‘klanadi. Kiyim teskari tomonga ag‘darilib, astarning ulama choki bort 
qotirmasiga yashirin baxyali maxsus mashinada, yoqa bo‘ylab esa ostki 
yoqaning yoqa o‘mizi o‘tqazma chokiga biriktirib, tikish mashinasida 
yoki yelimli uqa yordamida puxtalanadi. Yelimli uqa astar ulanayotganda 
adip tomondan yelim qoplamasini pastga qaratib qo‘yiladi. Yeng teskari 
tomonga ag‘darilib, yeng astari pastki qirqimini yeng avrasi qirqimiga 1 
sm kenglikdagi chok solib ulab tikiladi. Astarning ulama choki yeng uchi 
bo‘ylab qotirmaga yashirin baxyali maxsus mashinada yoki yelim plyonka 
yordamida puxtalab qo‘yiladi.
Astarning tirsak choklari avra tirsak choklariga biriktirib tikish 
mashinasida, yon uchidan 6—8 sm masofada puxtalanadi. Yenglar o‘ng 
tomonga ag‘dariladi, yeng astari o‘tqazma choki yeng avrasi o‘tqazma 
chokiga astar teskarisi tomondan halqasimon qaviq bilan puxtalanadi. 
Astar yon choklari avra yon choklariga ort bo‘lak tomondan biriktirib 
tikish mashinasida tikiladi. Kiyimning astarini yerga qaratib stolga 
qo‘yiladi va astar etak qirqimi tekislab qirqiladi. Astarning ziyi avra bukish 
haqi qirqimini 1—1,5 sm o‘tib, yopib turishi kerak. Astarning etak qirqimi 
yopiq qirqimli 4—5 sm kenglikdagi bukma chok hosil qilib, ko‘klanadi 
va bukilgan ziydan 0,1—0,2 sm masofada bostirib tikiladi.
Astarning etagi avraga ulanadigan kiyimlarga (4.58-rasm) quyidagicha 
ishlov beriladi:
1. Ort bo‘lak astari o‘rta chokining o‘rtasida uzunligi 25—30 sm li joy 
tikilmay qoldiriladi.
2. Yeng astarining oldingi chokida ustki bo‘lakning 10—12 sm 
uzunlikdagi joyi tikilmay qoldiriladi.
3. Astar qo‘yishdan oldin uni kiyim etagining bukish chizig‘i bo‘ylab 
aniqlab olinadi.


144
Oldin astarni adip ichki qirqimlari va ustki yoqa ko‘tarmasi qirqimi 
bo‘ylab, nazorat kertimlarining hammasini aniq to‘g‘ri keltirib, ulab 
tikiladi. Keyin astarni kiyim etagi bo‘ylab adipdagi bir qirqimdan ikkinchi 
qirqimgacha, nazorat kertimlarini to‘g‘ri keltirib, biriktirib tikiladi. Ort 
bo‘lak o‘rta chokida tikilmay qoldirilgan joydan kiyim o‘ngiga ag‘dariladi. 
Chok qirqimlari bort qotirmasiga, kiyim etagiga puxtalanib, yeng 
astarlari yeng uchiga tikilgandan, tirsak choklari, yeng o‘mizi choklari 
va yon choklari puxtalangandan keyin, yeng astari oldingi chokida 
tikilmay qoldirilgan joy orqali ort bo‘lak astarida qoldirilgan joy boshidan 
oxirigacha qirqimlarini ichkariga bukib, bukilgan ziyidan 0,1—0,2 sm 
oraliqda bostirib tikiladi.
Qishki paltolarda kiyimga isituvchi qatlam sifatida har xil materiallar 
ishlatiladi: momiq (paxta, jun, sintetik momiq), vatin (ip, jun, yarim jun 
vatin), mo‘yna (sun’iy va tabiiy) va porolon. Isituvchi vatin qatlamga 
ishlov berishda old va ort bo‘lak detallari bir yoki ikki qavat qilib bichiladi. 
Qavatlardan bittasi kiyimning yuqorisidan etagigacha, ikkinchisi bo‘ksa 
chizig‘igacha bo‘lishi kerak. Ikkala vatin qatlami taralgan tomonini 
ichkariga qaratib qo‘yiladi va ular biriktirish mashinasida yoki M—12 
maxsus mashinasida qaviladi.
Isituvchi qatlami bor kiyimlarda astar isituvchi qatlamga etak uchidan 
10—12 sm masofada, qo‘lda to‘g‘ri qaviq solib ko‘klanadi. Astarni isituvchi 
qatlamning etak qirqimiga parallel qilib, 5—6 sm bukish haqi qoldirib 
qirqiladi. Isituvchi qatlam cheti ustiga astardagi bukish haqi qayiriladi 
va bukish haqi qirqimi tomoni qo‘lda qaviq solib, 1 sm kenglikda bukib 
ko‘klanadi. Keyin astarning shu joyi ayollar va qiz bolalar paltosida 
siniq baxyali mashinada, erkaklar paltosida esa universal mashinada 
baxyaqator yuritib tikiladi.
Adipning ichkari qirqimiga mag‘iz qo‘yiladigan kiyimlarda yeng astari 
kiyim astarining yeng o‘miziga o‘tqaziladi, lekin ort bo‘lakning o‘rta choki 
tikilmay ochiq qoldiriladi. Keyin avra, uning teskarisi yuqoriga qaratilib, 
stol ustiga yoziladi. Astar teskarisi pastga qaratilib, avra ustiga qo‘yilib, 
ularning yon va yelka choklari bir-biriga to‘g‘rilanadi. Bunda adiplar 
ichki ziyi astar qirqimidan 2,5—3 sm chiqib turishi kerak. Adip chetlari 
qaytarilib turib, astar old bo‘laklarining bort qirqimlari bort qotirmasiga 
yashirin baxyali maxsus mashinada tikiladi. Adip ichki cheti astarga 
ilintirib ko‘klanadi va universal mashinada mag‘iz choki bo‘ylab bostirib 
tikiladi. Shu bilan birga, adip past tomonda avra etagining bukish haqiga 
bostirib tikiladi.


145
Etagiga mag‘iz qo‘yiladigan kiyimlarning etak bukish haqi qaytarilib 
turib, astarning etak qirqimi, uning teskari tomoniga 0,8 sm bukilib, avra 
bukish haqining teskari tomoniga qo‘yiladi va avra bilan astarning belgi 
chiziqlari va choklari to‘g‘ri keltirilib, astarning o‘ngi tomondan avraga 
ulanadi. Bunda baxyaqator astarning bukish ziyidan 0,1 sm narida o‘tishi 
kerak.
Ort bo‘lagi kesimli kiyimlarda kesim haqi qirqib, uning yuqori uchi ikki 
tomonga 45°C qiyalatib kertiladi. Avradagi kesim ishlov haqining yuqori 
qismiga astar ulashda ort bo‘lak o‘ng tomondagi kesim haqining yuqori 
uchi qotirma bilan birga 2—2,5 sm kertiladi. Astarning qirqilgan joyi avra 
kesim haqining yon va yuqori chetlariga 0,7—1 sm chok bilan ulanadi. 
Bunda baxyaqator astardagi kertimlar uchidan 0,1—0,2 sm narida o‘tib, 
pastda astar avraning bukish haqiga ulangan chok to‘g‘risida tugashi 
kerak. Avraga astar ulangandan keyin kesimning bukish haqi chetlari 
qotirmaga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo‘yiladi yoki yelim 
plyonka qo‘yib yopishtiriladi. Etagidagi bukish haqi keng kiyimlarda astar 
etagi avraga ulangandan keyin bukish haqining qirqimi astar bilan avraga 
yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo‘yiladi.
Yeng astari old yoki tirsak chokida tikilmay qoldirilgan joy orqali astar 
o‘miziga o‘tqaziladi. Astar o‘miz choki avra chokiga, astar tirsak choki 
avra tirsak chokiga chatiladi. Astar yengining old chokidagi tikilmay 
qolgan joyi o‘ngi tomondan ichkariga bukilib, bukilgan ziyidan 0,1—0,2 
sm narida tikiladi.
Kiyim avrasi bilan astari ulanishi oldidan namlab-isitib ishlov 
bergandan keyin, uning tepa yelka tagliklari va qiyama tagliklari qo‘yiladi. 
Buning uchun oldin bort qotirmasi tekislanib, yengning o‘tqazma 
chokidan 0,5 sm masofada kiyim o‘ngidan uzunligi 2—2,5 sm to‘g‘ri 
qaviq solib, old bo‘lakka ko‘klanadi. Keyin bort qotirmasi yeng o‘tqazilgan 
baxyaqatordan 0,1 sm masofada yeng tomondan yengning o‘tqazma 
chokiga maxsus mashinada tikiladi. Òepa yelka taglik bort qotirmasi bilan 
astar orasiga qo‘yiladi. Òepa yelka taglik kiyimning yelka uchastkasiga 
tegishli shakl berish va uning barqarorligini oshirish uchun ishlatiladi. 
Òepa yelka tagliklarning o‘lchami kiyimning konstruksiyasiga bog‘liq. 
Òepa yelka taglik qo‘yilganda o‘miz tomondagi cheti yeng o‘tqazma 
chokidan 1,5—2 sm chiqib turishi, uning o‘rtasi esa kiyimning yelka 
chokiga to‘g‘ri kelishi kerak. Òepa yelka taglik yeng tomondan to‘rsimon 
baxyali maxsus mashinada tikiladi. Bunda baxyaqator yengning o‘tqazma 
choki baxyaqatoridan 0,1 sm narida bo‘lib, yelka chokidan old bo‘lak 
10 — M.K. Rasulova


146
tomonga 6—7 sm, ort bo‘lak tomonga 4—5 sm davom etadi. Òaglikning 
oval qismi yelka chokiga yoki bort qotirmasiga qo‘lda 5—6 qaviq bilan 
chatib qo‘yiladi. Qiyama tagliklar kiyimga chiroyli tashqi ko‘rinish berish 
va yelka uchastkasi yengga silliq o‘tib ketadigan bo‘lishi uchun ishlatiladi. 
Qiyama tagliklari yeng o‘tqazma choklariga to‘rlash mashinasida yelka 
tagliklari bilan bir vaqtda puxtalanadi, bunda qiyama tagliklari yenglar 
tomonidan qo‘yiladi. Qavatlangan qirqimi o‘tqazma chok qirqimlariga 
to‘g‘rilanadi. Baxyaqator o‘tqazma chokdan 0,1 sm oraliqda yuritiladi.
5. SHIM ÒIKISH
5.1. SHIM DEÒALLARIGA ISHLOV BERISH
Shim avra, astar va qo‘shimcha qatlam detallaridan iborat bo‘ladi 
(ularning soni va shakli modelga bog‘liq).
Shim avrasining detallari (5.1-rasm) avra gazlamadan bichiladi. Ular 
quyidagilardan iborat: old bo‘laklar, ort bo‘laklar, belbog‘ (ikki qismdan 
iborat), cho‘ntak mag‘izi va ko‘rinma.
Qo‘shimcha materiallarga shim yuqori qirqimiga ishlov berish uchun 
4.56-rasm. Astarni avraga solishtirib tekshirish.


147
tasma va qotirma materiallar kiradi. Qotirma materiallardan ostki belbog‘ 
va yon cho‘ntak xaltalar bichiladi.
Detallarni bir-biriga ulash va cho‘ntaklarni joylashtirish uchun kerakli 
nazorat belgilari old va ort bo‘laklarda borligi tekshiriladi. Ort bo‘lakda 
uloqlar bo‘lsa, odim qirqim bo‘ylab uloqning ulama choki uchun tikish 
haqi kerak bo‘ladi. Uloqlar shakli va o‘lchami andazaga binoan aniqlanadi. 
Ort bo‘lakdagi gazlama guli uloq guliga to‘g‘ri kelishi kerak.
Old va ort bo‘lak yuqori qirqimidagi nazorat belgilari, vitachka-
taxlamalar joylashishi andazaga binoan aniqlanadi. Cho‘ntaklarning 
joylashishini andazalarga binoan tekshirib, detalning o‘ngi tomonida, 
vitachkalarning bukib tikish uchlarini esa detalning teskari tomonida 
aniqlanadi. Òo‘g‘ri ulanishi uchun yon va odim qirqimlarda nazorat 
belgilari borligi tekshiriladi.
4.57-rasm. Astar etagi avra etagiga ulanmaydigan 
kiyimlarda astar etagiga ishlov berish.
4.58-rasm. Astar etagi avra etagiga ulanadigan kiyimlar etagiga ishlov berish.


148
Shimning modeli va konstruksiyasi qandayligiga qarab belbog‘i 
ulama yoki yaxlit bo‘ladi. Shimning pochasi manjetli va manjetsiz 
bo‘lishi mumkin. Shim pochasining ziyi tez titilib ketmasligi uchun, 
pocha chetiga bir tomon ziyi bo‘rttirilgan tasma tikiladi. Shim old va 
ort bo‘laklarining yon va odim qirqimlari, taqilma qirqimi, ort bo‘lak 
o‘rta qirqimi maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Astarsiz shimlarda odim 
qirqimlari yo‘rmalanayotganda uning og‘ qismiga ip gazlama parchasi 
qo‘yib tikib ketiladi. Astarli shimlarda old bo‘lak yon qirqimlari va odim 
qirqimlari astar bilan birga qo‘shib yo‘rmalanadi. Shim cho‘ntaklari 
mag‘izlari va ko‘rinmasining faqat ochiq qirqimlari yo‘rmalanadi.
Old va ort bo‘laklardagi vitachkalar va taxlama vitachkalar belgi chiziq 
bo‘ylab bukilib, biriktirib tikiladi.
Shim old bo‘lagi astarining pastki qirqimi maxsus mashinada arratish 
qilib qirqiladi yoki mashinada yo‘rmalanadi.
Namlab-isitib ishlov berish shim tikishdagi mas’uliyatli operatsiya 
hisoblanadi. Òarkibida sintetik tolalari ko‘p bo‘lgan gazlamalardan 
shim tikilganda namlab-isitib ishlov berish nihoyatda murakkab bo‘ladi. 
Shuning uchun bunday holda shimning shakli konstruksiya yordamida 
hosil qilinadi.
Ort bo‘laklarning o‘ngi ichkariga qaratib juftlanib, uch bos qichda 
namlab-isitib ishlov beriladi (5.2-rasm a, b, d):
1. Odim qirqimlari dazmollayotganda ishchi tomonga, yuqori 
qirqimlari esa chap tomonga qaratib stol ustiga qo‘yiladi. Odim 
qirqimlarini 2—2,5 sm cho‘zib turib, odim qirqimining yuqori qismi 
ro‘parasida hosil bo‘lgan solqa ort bo‘lak kengligining o‘rtasigacha 
dazmollab kirishtiriladi.
2. Ikkinchi ort bo‘lak tomondan xuddi shunday cho‘zilib, kirishtirib 
dazmollanadi.
3. Ort bo‘laklar uzil-kesil kerakli shaklga keltiriladi. Bunda ularning 
har qaysisi alohida o‘ngini ichkariga qilib va yon qirqimi odim qirqimi 
ustiga to‘g‘ri keltirib buklanadi. Ort bo‘lak buklangan ziyi bo‘ylab 
dazmollanadi va buklangan ziy yuqori qismida hosil bo‘lgan solqa 
kirishtirib dazmollanadi.
5.2. SHIM ÒAQILMASIGA ISHLOV BERISH


149
Shim taqilmasi tugmali yoki «molniya»li bo‘lishi mumkin. Òugmali 
taqilmada dastlab taqilmaning gulfigi (tugma solinadigan joyi) va tugma 
joyi (tugmalar chatiladigan joy) tikiladi.
Hozirgi vaqtda shim taqilmasiga asosan «molniya»li taqilma bilan 
ishlov berish amalga oshiriladi (5.3-rasm). Bunda tugma joyiga qotirma 
qo‘yilmaydi, gulfik o‘rniga asosiy gazlamadan mag‘iz qo‘yiladi.
Òugma joyiga astar qo‘yib, tashqi qirqimi ag‘darma chok bilan 
tikiladi. Detal o‘ngiga ag‘dariladi va asosiy detaldan 0,2 sm ziy hosil 
qilib dazmollanadi. Òugma joyining ichki qirqim tomoniga «molniya» 
tasmaning bir tomoni qo‘yiladi va astar, avra hamda tasma qirqimlari 
yo‘rmalanadi (5.3-rasm, a).
Òugma joyi «molniya» tasma bilan birga shim old bo‘lagining o‘ng 
tomoniga biriktirib tikiladi. Chok haqi asosiy detal tomonga yotqizib 
dazmollanadi va o‘ng tomondan bostirib tikiladi (5.3-rasm, b). Old bo‘lak 
mag‘izining ichki qirqimi maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Mag‘izni, 
o‘ngiga belgilangan chiziq bo‘ylab, «molniya» tasmasini ikkinchi 
tomoniga qo‘yib bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator tasma chetidan 0,2 
sm oraliqda yuritiladi (5.3-rasm, d).
Shim old bo‘lagi chap tomoniga mag‘izni qo‘yib, uqani qo‘ygan holda 
ag‘darma chok bilan tikiladi. Mag‘izni shim teskarisiga ag‘darib, asosiy 
detaldan 0,2 sm ziy hosil qilib dazmollanadi va belgilangan chiziq bo‘ylab 
taqilmaning o‘ngidan baxyaqator yuritiladi (5.3-rasm, e).
Jun va ip gazlamalardan shim tikishga sarflanadigan vaqtni 
kamaytirish uchun, shimning tugma joyi va gulfigi old bo‘laklar bilan 
birga yaxlit bichiladi. Natijada tugma joyini va gulfikni old bo‘laklarga 
ulash operatsiyalari hamda bu bilan bog‘liq ko‘pgina keyingi operatsiyalar 
qisqarib ketadi.
5.3. SHIM BELBOG‘IGA ISHLOV BERISH
Shimning yuqori qismiga ulama belbog‘ bilan ishlov berilganda 
belbog‘ga ip yoki ipak gazlamadan qotirmali astar qo‘yiladi. Belbog‘ 
shimning old va ort bo‘laklariga bir ignali yoki qo‘sh ignali mashinada 
ulanadi.
Belbog‘ bir ignali mashinada ulanadigan bo‘lsa (5.4-rasm), oldin belbog‘ 
astariga qotirma qo‘yib olinadi. Qotirma bilan astarning pastki qirqimi 0,4 
sm kenglikda ag‘darma chok bilan tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib 


150
dazmollanadi. Shim yuqori qirqimiga belbog‘ni belbog‘ tomondan 1 sm 
chok bilan biriktiriladi. Kamar tutgichlar bo‘lsa ular o‘ngini shim old bo‘lagi 
o‘ngiga qaratib qo‘yib, belbog‘ ulanayotganda qo‘shib tikiladi. Belbog‘ 
ulangan chok yorib dazmollanadi. Kamar tutgichlarning yuqori uchi 
belbog‘ yuqori qirqimiga 0,3—0,4 sm bo‘shroq qoldirib tikiladi.
Cho‘ntak xaltalar to‘g‘rilanib, belbog‘ ulangan chokka qo‘lda 
yoki maxsus mashinada ko‘klanadi. Ort bo‘lak o‘rta choki 15—18 sm 
uzunlikda 1 sm biriktirma chok bilan tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. 
Ort bo‘lak o‘rta choklari shim yuqori qismiga belbog‘ va belbog‘ astari 
ulab olingandan keyin tikilsa ham bo‘ladi.
Belbog‘ astari gulfikka va tugma joyi astariga hamda belbog‘ astari 
bilan avrasining yuqori qirqimlari bir-biriga ulanadi, shu vaqtning o‘zida 
kamar tutgichlarning yuqori uchlari ham qo‘shib tikiladi. Belbog‘ o‘ngiga 
ag‘darilib, astar ulangan chok to‘g‘rilanadi va belbog‘ avrasidan 0,2—0,3 
sm ziy hosil qilib, yuqori ziyi dan 0,7—1 sm narida ko‘klanadi. Ayni vaqtda 
gulfikning ichki cheti old bo‘lakka ilintirib ko‘klanadi. Belbog‘ astarining 
pastki ziyi, tugma joyi astarining ichki ziyi qo‘lda yoki maxsus mashinada 
old va ort bo‘laklar o‘ngi tomondan ilintirib ko‘klanadi. Bunda baxyaqator 
belbog‘ va tugma joyi ulangan choklardan 0,5 sm masofada yuritiladi. 
Shim bo‘laklarining o‘ngi tomonidan belbog‘ va tugma joyi ulangan 
choklardan 0,2 sm masofada bostirma chok yuritiladi.
Avrasiga qotirma qo‘yilgan astarli belbog‘ni bir ignali mashinada, 
shim yuqori qismiga ulanganda (5.5-rasm), qotirma belbog‘ avrasiga 
ilintirib ko‘klab olinadi. Belbog‘ avrasi shim teskari tomoniga, ularning 
yuqori qirqimlarini to‘g‘rilab, o‘ng tomonini ichkariga qaratib qo‘yiladi, 
shimning teskari tomoni ustiga belbog‘ astari, uning o‘ngini pastga 
qaratib qo‘yiladi va qirqimdan 0,8—1 sm narida belbog‘ astari tomondan 
baxyaqator yuritiladi (5.5-rasm, a). Belbog‘ avrasi yuqoriga qayirib 
tekislanadi va belbog‘ ulangan chok yoniga baxyaqator yuritiladi. Belbog‘ 
avrasi bilan astarining yuqori chetlari ichkari tomonga 0,7 sm kenglikda 
bukib tikiladi.
Bunda baxyaqator bukilgan ziydan 0,1—0,2 sm masofada o‘tadi 
(5.5-rasm, b).
Òasmali belbog‘ni bir ignali mashinada ulanganda (5.5-rasm, d), 
oldin belbog‘ avrasi ulab olinib, hosil bo‘lgan chok belbog‘ tomonga 
yotqizib dazmollanadi. Belbog‘ yuqori qirqimi teskari tomonga 0,7 sm 
bukiladi. Uning ustiga tasma qo‘yib, belbog‘ avrasidan 0,1 sm ziy hosil 
qilib, tasmaning yuqori cheti bo‘ylab bostirib tikiladi. Òasmaning pastki 


151
cheti esa belbog‘ ulangan chok ustiga bezak baxyaqator yuritayotganda 
tikib ketiladi.
Belbog‘ qo‘sh ignali mashinada ulanadigan bo‘lganda ham unga 
astar yoki tasma qo‘yilishi mumkin.
Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ (5.6-rasm, a) yoki tasmali 
belbog‘ (5.6-rasm, b) qo‘sh ignali mashinada ulanishi ham mumkin.
5.4. SHIM OLD VA ORÒ BO‘LAKLARINI BIRIKÒIRISH
Shimning odim qirqimlari to‘g‘ri ulanishi uchun stol ustiga shimning 
odim va yon qirqimlari to‘g‘rilab yoziladi va odim qirqim ustidan bo‘rlab 
chiqiladi. Belgi chiziqlar bo‘ylab odim qirqimlari old bo‘lak tomondan 
biriktirib tikiladi. Shimning o‘rta qirqimlari 1 sm kenglikda chok hosil 
qilib, chok haqi kengroq mo‘ljallanganda esa bo‘rlangan chiziq bo‘ylab, 
5.1-rasm. Shim avrasining detallari va qirqim nomlari: a — shim old bo‘lagi; b — shim 
ort bo‘lagi; d — belbog‘; e — ko‘rinma; f — cho‘ntak mag‘izi.
Old bo‘lak: 1 —2 — yuqori qirqim; 2—3 — yon qirqim; 3—4 — pocha qirqim; 
4—5 — odim qirqim; 5—1 — bant qirqim.
Ort bo‘lak: 1—2 — yuqori qirqim; 2—3 — yon qirqim; 3 — 4 — pocha qirqim; 
4—5 — odim qirqim; 5—1 — o‘rta qirqim.


152
shimning chap bo‘lagi tomondan tikiladi. O‘rta chok pishiqroq chiqishi 
uchun ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinada bitta baxyaqator yoki 
universal mashinada oralig‘i 0,1 sm ikkita baxyaqator yuritiladi. Choklar 
maxsus taxta qolip ustida dazmolda yoki maxsus yostiqli pressda yorib 
dazmollanadi. Òaqilmaning pastki tomoni kertimidan 0,5 sm yuqoriroq 
joyiga universal mashinada qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi.
5.5. SHIM POCHASIGA ISHLOV BERISH
Modelga qarab shim pochasiga manjetli va manjetsiz qilib ishlov 
beriladi. Manjetlar to‘la qaytarilgan va yarim qaytarilgan bo‘ladi.
Shim pochasini tikish uchun shimning o‘ng bo‘lagi chap bo‘lagi ustiga 
ularning odim va yon choklari to‘g‘ri keltirilib, taqilma bilan tugma joyi ziylari, 
5.2-rasm. Shim ort bo‘lagiga namlab-isitib ishlov berish.


153
shim belbog‘ining yuqori ziyi va shim o‘rta choki to‘g‘rilab qo‘yiladi. Andaza 
qo‘yib, pochaning qirqiladigan bukish chiziqlari, odim choklari va yon 
choklari belgilanadi. Pochalarning cheti belgilangan chiziq bo‘ylab 
qaychida, maxsus apparatda yoki mexanik pichoqli moslamada tekislab 
qirqiladi va pocha qirqimlari maxsus mashinada yo‘rmalanadi yoki 
maxsus lenta, tasma qo‘yib tikiladi (5.7-rasm a, b). Pochaning ziyi tez 
yedirilib ketmasligi uchun unga tasma qo‘yiladi.
Jun gazlamadan manjetsiz shim tikiladigan bo‘lsa, shimning o‘ngiga 
gir aylantirib tasma bostirib tikiladi. Òasmaning bo‘rtma ziyi pochaning 
bukish chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. Bunda baxyaqator 
tasmaning bo‘rtmagan ziyidan 0,1—0,2 sm masofada yuritiladi. Òasma 
uchlari bir-biriga 1 sm chiqarilib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bostirib 
tikiladi. Shim pochasini belgilangan chiziq bo‘ylab bukib, yashirin baxyali 
maxsus mashinada tikib qo‘yiladi. Shim pochasi bukish haqini yelim ipda 
yoki yelim to‘rda puxtalasa ham bo‘ladi. Yelim ip shim pastki qirqimlarini 
yo‘rmayotganda bukish haqining teskari tomoniga qo‘yiladi — bunda 
ip chalishtirgichga taqiladi yoki biriktirib tikish mashinasida ziydan 
0,2—0,3 sm oraliqda tikiladi. Yelim to‘r yo‘rmash mashinasida qirqimlar 
yo‘rmalanayotganda shimning teskari tomoniga qo‘yiladi yoki biriktirib, 
tikish mashinasida qirqimlardan 0,2—0,3 sm oraliqda ulab tikiladi. 
Bukish haqi pressda puxtalanadi. Shim pochasi pressda dazmollanadi. 
Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimiga tasma 
qo‘yib tikiladi.
Ip gazlamadan tikilgan shimlarning pochasiga tasma qo‘yilmaydi, 
uni universal mashinada bukib tikiladi.
Shim yarim qaytarilgan manjetli bo‘lsa, uning o‘ngiga tasma 
pochasi qirqimidan 0,5—0,7 sm masofada tikiladi. Bunda tasma pocha 
qirqimidan 0,2 sm chiqib turishi kerak. Shim pochasi teskari tomonga 
belgi chiziq bo‘ylab bukiladi va yashirin baxyali maxsus mashinada yoki 
universal mashinada tasma ziyidan 0,1—0,2 sm masofada baxyaqator 
yuritib tikiladi. Manjet tasmaning bo‘rtma ziyi bir tekis kant shaklida 
chiqib turadigan qilib, shim o‘ngiga qaytariladi va maxsus mashinada 
ko‘klanadi (5.8-rasm, a).
Shim to‘la qaytarilgan manjetli bo‘lsa, tasma qo‘sh ignali mashinada 
bostirib tikiladi. Bunda shim pochasi belgi chiziq bo‘ylab bukiladi. Pocha 
qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma qo‘yib tikiladi. Manjet shim 
o‘ngi tomonga qaytarilib, maxsus mashinada ko‘klanadi. Shim pochasi 
maxsus moslamada dazmollanadigan bo‘lsa, ko‘klanmaydi (5.8-rasm, 


154
b).
Manjetning yon va odim choklari ustiga to‘g‘ri kelgan joylari 
manjet bilan shim pochasini qarama-qarshi tomonga qayirib turib, 
maxsus mashinada shu choklarga puxtalab tikib qo‘yiladi. U universal 
mashinada puxtalab tikib qo‘yilishi ham mumkin. Manjet maxsus 
moslamada tekislanadi va pressda dazmollanadi. Shimni uzil-kesil 
pardozlash belbog‘ izmalarini yo‘rmashdan boshlanadi. Shim ortiqcha 
iplardan va bo‘r izlaridan tozalanadi. Uzil-kesil namlab-isitib ishlov 
berish press yoki dazmolda amalga oshiriladi.
5.3-rasm. Shim taqilmasiga «molniya» tasma qo‘yib tikish.


155
6. YUBKA ÒIKISH
Yubkalar belda turadigan kiyim bo‘lib, nimchalar, jaketlar bilan 
komplekt tarzda yoki mustaqil kiyim sifatida tikiladi. Siluetiga binoan 
yubkalar to‘g‘ri siluetli va pastga tomon kengaya borgan bo‘ladi (6.1-
rasm). Ular birlashtirish choklari miqdoriga ko‘ra bir chokli, ikki chokli, 
to‘rt chokli, sakkiz chokli va ko‘p chokli bo‘ladi.
Yubka tikishda hamma biriktirma choklarning qirqimlari maxsus 
mashinada yo‘rmalanadi. Vitachkalarni belgilangan chiziq bo‘ylab 
yuqori qirqimdan tika boshlab, choki pastga tomon asta-sekin yo‘q qilib 
yuboriladi. Modelda mo‘ljallanganiga muvofiq vitachkalarni yorib yoki 
bir tomonga yotqizib dazmollab, ular uchidagi solqalar kirishtiriladi.
6.1. ÒAQILMAGA ISHLOV BERISH
Modelga qarab yubka taqilmalari har xil bo‘lishi mumkin: «molniya» 
taqilmali, ilgakli taqilma va tugmali taqilma. Òaqilmaning uzunligi 18—20 
sm bo‘lishi kerak. Òashqi ko‘rinishi, ishlov berilishi va ishlatilishiga ko‘ra 
«molniya» taqilmaning afzalliklari ko‘proq. Òaqilma chap yon chokning, 
ort va old bo‘laklar o‘rta choklarining yuqori qismiga tikiladi. Yon choklar 
biriktirib tikilib, yo‘rmalanib, yorib dazmollanib, taqilma qirqimlari bukib 
dazmollangandan keyin taqilmaga ishlov beriladi.
Yubka taqilmasida «molniya» tasmali ishlov berish hozirda keng 
qo‘llaniladi. Òaqilmaga «molniya» tasma yubka o‘ngidan ko‘rinib 
5.4-rasm. Astariga qotirma qo‘yilgan belbog‘ni 
shimning yuqori qismiga ulash.


156
turadigan qilib yoki ichkariroq, ko‘rinmaydigan qilib qo‘yilishi mumkin. 
«Molniya» tasma ich kiyimni ilib ketmasligi uchun ehtiyot ko‘rinma 
qo‘yiladi. Ehtiyot ko‘rinma 8—9 sm kenglikda, faqat astar gazlamadan 
yoki astar va avra gazlamadan o‘rish iplari bo‘ylab qirqib bichiladi. Uning 
uzunligi taqilma uzunligiga mos bo‘lishi kerak. Ehtiyot ko‘rinma avra-
astarli yoki yaxlit bo‘lishi mumkin. Ehtiyot ko‘rinmaning ichki va pastki 
qirqimlari yo‘rmalanadi.
«Molniya» tasmaning bir tomoni yubkaning old bo‘lak taqilma 
haqiga bostirib tikiladi, ikkinchi tomoni esa ort bo‘lak bilan ehtiyot 
ko‘rinma orasiga qo‘yib biriktirib tikiladi. Òasmaning ichki cheti 
taqilma cheti bo‘ylab bezak baxyaqator yuritayotganda qo‘shib 
tikiladi. Òaqilma pastki uchi old bo‘lak teskarisidan ikkita ko‘ndalang 
baxyaqator yuritib puxtalanadi (6.2-rasm, a). Òaqilma ko‘rinma qo‘ymay 
tikiladigan bo‘lsa (6.2-rasm, b), yubka choklari biriktirib tikilgandan va 
yorib dazmollangandan keyin, tasmaning o‘ngi yubkaning teskarisiga 
qaratilib, dazmollangan taqilma chetlari ustiga qo‘yiladi. Òasma chok 
qirqimlaridan 0,5 sm narida tikiladi. Òasmaning pastki chetlari yubka 
tomonga qiyalama buklab qo‘yiladi.
«Molniya» taqilma maxsus moslamasi bor ikki ignali mashinada 
ulab tikilishi mumkin. Bunday usulda tikish mehnat unumini oshiradi 
va ishlov berish sifatini yaxshilaydi, chunki baxyaqatorlar bir xil oraliqda 
parallel yuritiladi.
Yubka old bo‘lagi tagiga «molniya» taqilmani bir tomonga yaqin 
qilib ishlov berishda (6.3-rasm) ort bo‘lakning bukib dazmollangan 
joyi tagiga «molniya» taqilmaning o‘ng qismi ochilgan holda, taqilma 
tikish haqining bukish joyi «molniya» bo‘g‘inlariga yopishib turadigan 
qilib qo‘yiladi. Bukilgan joydan 0,2—0,3 sm oraliqda maxsus tepkisi bor 
mashinada biriktirib tikiladi.
«Molniya» taqilmasi tasmasining chap qismi yubka teskarisi 
tomondan 0,2—0,3 sm oraliqda yuqoridan pastga tomon ulab ko‘klanadi. 
Òaqilmaning o‘ngi tomonidan old bo‘lak yuqori qirqimidan boshlab ort 
bo‘lakning yuqori qirqimigacha bir vaqtda bostirib tikiladi. Yubkaning 
ort bo‘lagida baxyaqator bukilgan ziydan 0,2 sm oraliqda yuritiladi.
6.2. YUBKA YUQORI CHEÒIGA ISHLOV BERISH
Yubkaning yuqori qirqimiga, modelga qarab korsaj lentali, belbog‘li, 


157
mag‘izli yoki bukma chokli qilib ishlov berish mumkin. Yubkaning 
yuqori ziyi teskarisiga yon choklardan 2 sm oraliqda, tayyor holida 0,5 
sm kenglikda va 7 sm uzunlikda ikkita ilgich puxtalab qo‘yilishi kerak. 
Yuqori qirqimga ishlov berish oldidan yubkaning tikilish sifati, bel 
chizig‘ining shakli tekshiriladi va yuqori qirqimi o‘lchab ko‘riladi. Yubka 
gavdada bemalol turishi uchun, yuqoridagi qirqim uzunligining yarmi 
bel aylanasidan 0,5—1 sm ortiqroq bo‘lishi kerak.
Yubka yuqori qirqimiga ulama belbog‘ qo‘yib ishlov berishda (6.4-
5.5-rasm. Avrasiga qotirma qo‘yilgan astarli belbog‘ni yoki 
tasmali belbog‘ni bir ignali mashinada shimga ulash.
5.6-rasm. Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ni yoki tasmali 
belbog‘ni qo‘sh ignali mashinada shimga ulash.


158
rasm) modelga qarab, belbog‘ning kengligi har xil bo‘lishi mumkin. 
Belbog‘ ostki belbog‘ bilan yaxlit bichilgan yoki alohida bichilgan 
bo‘lishi mumkin. Belbog‘ uchlari bir-biri ustiga 3—6 sm chiqib, qirqma 
izmali va tugmali hamda temir ilgakli va temir izmali bo‘lishi mumkin. 
Belbog‘ning o‘ngi yubka teskarisiga qaratib qo‘yilib, pastki taqilmasi 
ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7 sm chok bilan tikib 
ulanadi. Shu bilan bir vaqtda, ikkala ilgak ham tikib ketiladi. Belbog‘ 
o‘ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokidan 1 sm oshirib bukiladi 
va belbog‘ uchlari 0,5 sm kenglikdagi ag‘darma chok bilan tikiladi. 
Burchaklarida 0,2—0,3 sm chok haqi qoldirib, undan ortiqchasi qirqib 
tashlanadi. Belbog‘ burchaklari o‘ngiga ag‘darib to‘g‘rilanadi. Belbog‘ 
ikkinchi qirqimi 0,7 sm bukiladi va belbog‘ ulangan chokdan 0,2 sm 
pastroq tushirilib, shu bukilgan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib 
tikiladi. Ayni vaqtda belbog‘, uning yuqori va yon ziylari bo‘ylab ulardan 
0,2 sm masofada bostirib tikiladi.
Yubka yuqori chetiga korsaj tasma qo‘yib ishlov berishda korsaj 
tasma bel aylanasi o‘lchamiga muvofiq va uchlarida 1—1,5 sm dan 
tikish haqi qoldirib qirqiladi. Yubka yuqori qirqimi teskarisi tomonda 
va korsaj tasmada solqa bir tekis taqsimlanishi uchun yordamchi 
andazada old va ort bo‘laklar o‘rtasiga, choklar va vitachkalarga to‘g‘ri 
keladigan nazorat belgilari bo‘rlab olinadi.
Yubka yuqori chetiga korsaj tasma qo‘yiladigan bo‘lsa (6.5-rasm), 
tasma uzunasiga, bukib dazmollanadi.
Andaza qo‘yib yubkadagi vitachkalar taxlamalar, yon choklar va 
5.7-rasm. Shim pochasi qirqimini yo‘rmab (a) 
va maxsus lenta yoki tasma qo‘yib (b) tikish.


159
hokazolar to‘g‘ri keladigan joylar belgilanadi. Belgilangan chiziqlar 
yubkaning vitachkalariga, choklariga to‘g‘ri keltirib qo‘yilib, tasmaning 
bir cheti yubkaga yubkaning teskarisidan tasma qirqimidan 0,2 sm, 
yubka qirqimidan esa 0,7 sm narida, bostirib tikiladi. Bunda tasmaning 
bir uchi pastki taqilmadan 2,5 sm oshirib, ikkinchi uchi esa ustki 
taqilmadagi kertimdan 1 sm oshirib qo‘yiladi va pastki taqilma ziyidan 
boshlab ustki taqilmadagi kertimgacha tikiladi. Òasma uchini ichkari 
tomonga 1 sm bukib, maxsus mashinada temir ilgaklar tikiladi. Maxsus 
mashina bo‘lmasa, temir ilgakning ikkita qulog‘i va uchining bukilgan 
joyi 12—14 tadan qaviq solib qo‘lda chatiladi. Òasma dazmoldan hosil 
bo‘lgan izi bo‘ylab bukilib, ilgakning qayrilgan uchi tagidan o‘tkaziladi 
va yon ziylari qo‘lda qiya qaviq solib tikiladi. Òasmaning ulanmagan 
qirqimi yubka chetiga chiqarilib, undan 0,1 sm masofada bostirib 
tikiladi, shu bilan bir vaqtda, tasmaning ikkinchi uchini bukib tikib 
yuboriladi. Òasmaning ustiga, uning eni o‘rtasiga astarlik gazlamadan 
ikkita ilgak qo‘yib, keyin bostirib tikiladi.
Yubka yuqorisi belbog‘ bilan yaxlit bichilgan bo‘lsa (6.6-rasm), 
yubka yuqori qirqimiga va mag‘izga qotirma yopishtirib olinadi. 
Qotirma yubka yuqori qirqimiga tanda ipi yo‘nalishi bo‘yicha, mag‘izga 
arqoq ipi yo‘nalishida bichiladi. Mag‘izning pastki qirqimi maxsus 
mashinada yo‘rmalanadi. Mag‘izni yubka yuqori qirqimiga o‘ngini-
o‘ngiga qo‘yib, qirqimlarini to‘g‘rilab qo‘yiladi va 0,7—1 sm kenglikdagi 
chok bilan biriktirib tikiladi. Bunda mag‘iz uzunligi taqilma tomondan 
1 sm ortiqcha chiqib turishi kerak. Biriktirilgan chok mag‘iz tomonga 
5.8-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.

b


160
yotqizib dazmollanadi. Chok haqi mag‘izga ziy bo‘ylab bostirib tikiladi. 
Mag‘iz teskari tomonga ag‘dariladi va yubka yuqori cheti ziy hosil 
qilib dazmollanadi. Mag‘iz yon qirqimlari ichkariga bukilib, «molniya» 
tasmaga puxtalanadi. Mag‘izning pastki tomoni vitachka va yon 
choklarga puxtalab qo‘yiladi.
6.3. YUBKA EÒAGIGA ISHLOV BERISH
Yubka etagiga model va gazlama xususiyatlariga qarab, turli usullarda 
ishlov berish mumkin (6.7-rasm): qirqimi yopiq bukma chok bilan, 
yo‘rmalgan ochiq qirqimli bukma chok bilan, mag‘iz qo‘yib yoki tasma 
qo‘yib tikilgan.
Yubka etagi oldin andazaga binoan aniqlab olinadi va yubka 
etagining bukish chizig‘i chizib olinadi. Buning uchun, uni old va ort 
bo‘laklari o‘rtasidan bukib, yon choklari simmetrik vitachka va boshqa 
choklari bir-biri bilan ustma-ust keltirilib, stolga yoyi ladi — bunda 
yubkaning o‘ngi tashqarida, teskarisi esa ichkarida bo‘lishi kerak. 
Andaza qo‘yilib, yuqoriga qaratib qo‘yilgan tomonida qirqish va bukish 
chiziqlari belgilanadi. Pastga qarab turgan tomoni yuqoriga aylantirilib, 
unda faqat bukish chizig‘i belgilanadi. Yubkaning taxlamalari bo‘lsa, 
ularni ko‘klab qo‘yilgan iplar so‘kib tashlanadi. Yubka choklari bukib 
dazmollangan bo‘lsa, ular etak qirqimidan 8—10 sm masofada kertilib, 
shu oraliqdagi qismi yorib dazmollanadi.
Yubka modeliga qarab, etakni bukib tikishdan oldin maxsus 
mashinada bitta yoki ikkita baxyaqator yuritib, bukib ko‘klash kerak 
bo‘ladi. Birinchi baxyaqator bilan bukish haqi bukib ko‘klanadi, 
ikkinchisi bilan esa bukiladigan qirqim ko‘klanadi.
Ba’zi modellarda etak bukiladigan joyi tikish haqining qirqimiga 
tasma qo‘yib ishlov beriladi. Oldin tasmaning bir chetini biriktirib 
tikish mashinasida etakning bukish haqiga bostirib tikiladi, keyin esa 
tasmaning ikkinchi chetini yashirin baxyali mashinada yubka etagiga 
puxtalanadi.
Biriktiruvchi taxlamasi bor yubkalar etagiga ishlov berayotganda 
taxlama haqlari puxtalanadigan cheti darajasida, biriktirma chok 
baxyaqatorlariga 0,2—0,3 sm yetkazmay, kertib qo‘yiladi. Chokning 
pastki uchastkasi yorib dazmollanadi.


161
6.1-rasm. Yubka turlari va bichiq detallari:
a — ort bo‘lak; b — old bo‘lak; d — yubka bo‘lagi.
11 — M.K. Rasulova


162
Yubka tez titiladigan jun gazlamadan tikilayotgan bo‘lsa, etak 
qirqimiga tasma tikiladi, shuningdek, uni universal mashinada bukib 
tikiladi yoki maxsus mashinada yo‘rmalanadi. Yubka zich to‘qilgan 
jun gazlamadan tikilayotgan bo‘lsa, etagining bukish haqi yelimlab, 
yopishtirib qo‘yilsa ham bo‘ladi. Buning uchun uning chetiga yo‘rmalgan 
qirqimidan 0,1 sm narida yelim plyonka qo‘yiladi. Etak bukib ko‘klanadi 
va presslab yopishtiriladi. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo‘lsa, 
uning etak qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada yoki universal 
mashinada tikib qo‘yiladi. Bunda bukish haqi ko‘klanmaydi. Yubkaning 
etagi dazmolda yoki pressda dazmollanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR
1. «Òa’lim to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Òoshkent, 1992-yil.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Òoshkent, 1997-yil.
3. X.H.Komilova, N.K.Hamroyeva. Òikuv buyumlarini konstruksiyalash. Òoshkent, 
6.2-rasm. «Molniya» tasmani taqilmaga ko‘rinma qo‘yib (a) 
va ko‘rinma qo‘ymay (b) tikish.


163
2003-yil.
4. I.N. Litvinova, Ya.A. Shaxova. Ayollar ust kiyimini tikish. Òoshkent, «O‘zbekiston» 
1997-yil.
5. M.Sh. Jabborova. Òikuvchilik texnologiyasi. Òoshkent. «O‘zbekiston». 1994-yil.
6. M.Sh. Jabborova. Òikuvchilik texnologiyasi. Òoshkent. «O‘qituvchi». 1989-yil.
7. Ì.Ê. Ðàñóëîâà, Ì.À. Øóêóðîâà. Íîâûå òåõíîëîãèè â ïðîèçâîäñòâå èçäåëèé ëåãêîé 
ïðîìûøëåííîñòè. Òåêñò ëåêöèé. ÒÈÒËÏ. 2003 ã.
8. Î. Ãëåáîâà. Þáêè è áðþêè. Øêîëà êðîéêè è øèòüÿ. Ìîñêâà. 2002 ã.
9. A.Ò. Òruxanova. Òikuvchilik texnologiyasi asoslari. Òoshkent. «O‘qituvchi», 1996-
yil.
10. È.Í. Ìóðûãèí. Îñíîâû ôóíêöèîíèðîâàíèÿ òåõíîëîãè÷åñêîãî ïðîöåññà øâåéíîãî 
ïðîèçâîäñòâà. Ìîñêâà, 2001 ã.
11. Å.Õ. Ìåëèêîâ è äð. Ëàáîðàòîðíûé ïðàêòèêóì ïî òåõíîëîãèè øâåéíûõ èçäåëèé. Ìîñêâà, 
Ëåãïðîìáûòèçäàò, 1988 ã.
12. Ï.Ï. Êîêåòêèí. Îäåæäà. Ñïðàâî÷íèê. 2001 ã.
13. Ï.Ï.Êîêåòêèí è äð. Ñïðàâî÷íèê. Ïðîìûøëåííàÿ òåõíîëîãèÿ îäåæäû. Ì., Ëåãïðîìáûòèçäàò. 
1988 ã.
14. Â.Ô. Øàíüãèíà. Îöåíêà êà÷åñòâà ñîåäèíåíèé äåòàëåé îäåæäû. Ìîñêâà, «Ëåãêàÿ è 
ïèùåâàÿ ïðîìûøëåííîñòü». 1981.
15. Æóðíàë «Øâåéíàÿ ïðîìûøëåííîñòü». Ìîñêâà. 2000—2004.
16. À.Â.Ñàâîñòèöêèé è äð. Òåõíîëîãèÿ øâåéíûõ èçäåëèé. Ìîñêâà, 1971 ã.
17. A.Ò. Òruxanova. Yengil kiyim texnologiyasidan rasmli qo‘llanma. Òoshkent, 
«O‘qituvchi» 1987-yil.
18. Æóðíàë. «Øâåéíîå è ðàñêðîéíîå îáîðóäîâàíèå». Ìîñêâà, 2004 ã.
19. Æóðíàë. «Àçáóêà öåí». Òåêñòèëüíàÿ è ëåãêàÿ ïðîìûøëåííîñòü. Ìîñêâà, 2004 ã. 4.
20. Æóðíàë. Êóðüåð. Ðûíîê ëåãêîé ïðîìûøëåííîñòè. Ðîññèÿ. 2004. 5.
21. È.Ñ. Çàê è äð. Êîìïëåêñíî-ìåõàíèçèðîâàííûå ëèíèè â øâåéíîé ïðîìûøëåííîñòè. Ìîñêâà, 
Ëåãïðîìáûòèçäàò. 1988 ã.
6.3-rasm. Yubka old bo‘lagiga «molniya» taqilmani 
bir tomoniga yaqin qilib ulash.


164
22. È.È.Ãàëûíêåð è äð. Ñïðàâî÷íèê ïî ïîäãîòîâêå è ðàñêðîþ ìàòåðèàëîâ ïðè ïðîèçâîäñòâå 
îäåæäû. Ì., Ëåãêàÿ èíäóñòðèÿ. 1980 ã.
23. Òo‘qimachilik va tikuvchilikdan ruscha-o‘zbekcha atamalar lug‘ati. 1993-
yil.
24. X.X. Samarxo‘jayev. Òikuv korxonalari asbob-uskunalari. Òoshkent, 2000-yil.
25. M.A. Shukurova, M.K.Rasulova. Òikuv korxonalarini loyihalash. O‘quv qo‘llanma. 
Ò., ÒÒESI. 2004-yil.
26. Òèïîâàÿ òåõíè÷åñêàÿ äîêóìåíòàöèÿ ïî êîíñòðóèðîâàíèþ, òåõíîëîãèè èçãîòîâëåíèÿ 
ìóæñêèõ êîñòþìîâ. Ì., 1983 ã.
27. Òèïîâàÿ òåõíè÷åñêàÿ äîêóìåíòàöèÿ ïî êîíñòðóèðîâàíèþ, òåõíîëîãèè èçãîòîâëåíèÿ 
æåíñêèõ ïàëüòî. Ì., 1983 ã.
28. M.K.Rasulova. Òikuv buyumlari texnologiyasi fanidan uslubiy ko‘rsatma. Ò., 
ÒÒESI. 2004-yil.
29. www.ya.ru.
30. www.yandex.ru.
31. www.rambler.ru.
32. www.yahoo.ru.
33. www.google.ru,www.google.com.
34. www.textileclub.ru
35. textilegroup.ru.
36. www.remesla.ru.
37. www.season.ru.
38. www.legprominfo.ru.
39. www.textile-press.ru.
40. www.fg.ru.
6.4-rasm. Ulama belbog‘ni yubkaga ulash.


165
6.5-rasm. Yubkaning yuqori chetiga korsaj tasma ulash.


166


167
6.6-rasm. Belbog‘ bilan yaxlit bichilgan yubka yuqori chetiga ishlov berish: 
a — mag‘izni yubka yuqori chetiga biriktirish; b — mag‘iz ulangan chok haqini 
mag‘izga bostirib tikish; d — mag‘iz pastki chetini 
yubka choklariga puxtalash.


168
6.7-rasm. Yubka etagini tikish:
a — yashirin baxyali maxsus mashinada tikish; b-universal mashinada bukib tikish; 
d — tasma qo‘yib tikish; e — yelim plyonka qo‘yish; f — universal mashinada bostirib 
tikish.


169


170


171


172
MUNDARIJA
Kirish .........................................................................................................................................................3
1. Kiyim haqida umumiy ma’lumot .........................................................................................4
1.1. Kiyim funksiyasi .........................................................................................................................4
1.2. Òikuv mahsulotlari uchun texnik-me’yoriy hujjatlar ....................................................7
2. Òikuv korxonasida bajariladigan ishlar va ularning bosqichlari ............................11
2.1 Buyumlarni ishlab chiqarishga texnik tayyorlash texnologik jarayoni ................11
2.2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash texnologik jarayoni ...........................................15
2.3. Gazlamalar bichishning texnologik jarayoni .................................................................20
3. Òikuv buyumlarini biriktirish usullari ...............................................................................27
3.1. Òikuv buyum detallarini ip bilan biriktirish ...................................................................27
3.1.1. Qo‘lda bajariladigan ishlar haqida ma’lumot ................................................................27
3.1.2. Mashinada bajariladigan ishlar haqida ma’lumot .......................................................36
3.2. Òikuv buyum detallarini yelimlab biriktirish .................................................................55
3.3. Òikuv buyum detallarini payvandlab biriktirish ..........................................................58
3.4. Òikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish ...........................................................60
3.5. Kiyim bichiqlarini tikishga tayyorlash ..............................................................................66
3.5.1. Bichiq detallarining nomi .....................................................................................................66
3.5.2. Bichiq detallarining qirqim nomlari .................................................................................69
3.5.3. Detallarga qotirma yopishtirish .........................................................................................74
3.6. Bezak beruvchi elementlarni tayyorlash.........................................................................77
4. Ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari ..........................................................................80
4.1. Kiyimning mayda detallarini tikish ...................................................................................80
4.2. Òikuv buyumlari detallariga dastlabki ishlov berish ..................................................83
4.3. Ustki kiyimda cho‘ntak turlari va ularga ishlov berish ...............................................90
4.3.1. Qopqoqli qirqma cho‘ntak tikish .......................................................................................91
4.3.2. Kantli qirqma cho‘ntak tikish ..............................................................................................94
4.3.3. Ramkali qirqma cho‘ntak tikish ..........................................................................................95
4.3.4. Listochkali qirqma cho‘ntak tikish ....................................................................................96
4.3.5. Chokdagi cho‘ntakni tikish ..................................................................................................97
4.3.6. Qoplama cho‘ntak tikish ....................................................................................................100
4.3.7. Shim cho‘ntagini tikish .......................................................................................................103
4.3.8. Ichki cho‘ntak tikish .............................................................................................................107


173
4.3.9. Cho‘ntakka ishlov berish usullarini takomillashtirish ..............................................109
4.4. Bort tikish ................................................................................................................................112
4.4.1. Bort qotirmasini tayyorlash ..............................................................................................112
4.4.2. Old bo‘lakka bort qotirmasini ulash ..............................................................................115
4.4.3. Old bo‘lakka ort bo‘lakni biriktirish va uqa qo‘yish .................................................118
4.4.4. Adipga ishlov berish ...........................................................................................................121
4.4.5. Adipni old bo‘lakka biriktirish ..........................................................................................122
4.5. Yoqa tikish va ini yoqa o‘miziga o‘tqazish ...................................................................126
4.5.1. Yoqa turlari .............................................................................................................................126
4.5.2. Ostki yoqaga ishlov berish ................................................................................................127
4.5.3. Ustki yoqaga ostki yoqani ulash .....................................................................................128
4.5.4. Yoqani yoqa o‘miziga o‘tqazish .......................................................................................131
4.6. Yeng tikish va uni yeng o‘miziga o‘tqazish .................................................................136
4.6.1. Yeng avrasiga ishlov berish ..............................................................................................136
4.6.2. Yeng astariga ishlov berish ...............................................................................................139
4.6.3. Yeng avrasiga astar ulash ..................................................................................................139
4.6.4. Manjetli yengga ishlov berish..........................................................................................142
4.6.5. Yengni yeng o‘miziga o‘tqazish ......................................................................................143
4.7. Astarga ishlov berish va avraga ulash ...........................................................................145
4.7.1. Astarga ishlov berish ...........................................................................................................145
5. Shim tikish ..............................................................................................................................150
5.1. Shim detallariga ishlov berish .........................................................................................150
5.2. Shim taqilmasiga ishlov berish .......................................................................................153
5.3. Shim belbog‘iga ishlov berish .........................................................................................155
5.4. Shim old va ort bo‘laklarini biriktirish ...........................................................................157
5.5. Shim pochasiga ishlov berish ..........................................................................................158
6. Yubka tikish ............................................................................................................................160
6.1. Òaqilmaga ishlov berish ....................................................................................................160
6.2. Yubka yuqori chetiga ishlov berish ...............................................................................163
6.3. Yubka etagiga ishlov berish .............................................................................................166
Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................................................169


174
Mastura Kabilovna Rasulova
ÒIKUV BUYUMLARI ISHLAB 
CHIQARISH ÒEXNOLOGIYASI
Yengil sanoat kasb-hunar kollejlari 
o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma


175
Muharrir G. Ahmedova
Badiiy muharrir J. Gurova
Òexnik muharrir T. Smirnova
Musahhih S. Abdunabiyeva
Kompyuterda tayyorlovchi A. Yuldasheva
Bosishga 07.09.06 y. da ruxsat etildi. Bichimi 60½84
1
/
16
. «Òayms» garniturasida ofset bosma 
usulida bosildi. Shartli b.t. 10,23. Nashr.t. 11,2. Adadi 2000. 
132-raqamli buyurtma.
«ARNAPRINT» MCHJ da sahifalanib, chop etildi.
Òoshkent, H. Boyqaro ko‘chasi, 41.


176


Download 1.78 Mb.
  1   2




Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. A. Shukurova Yetakchi mutaxassis, muhandis-texnolog

Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish