So’z boshi
Asrimizni globallashtirish va axborotlashtirish asri deb yuritilmoqda.
Darhaqiqat har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot
texnologiyalarisiz, ayniqsa komphyuterlarsiz tasavvur etish mushkul. Axborot-
kommunikasiya texnologiyalari (AKT) sohasi inson faoliyatining yuqori
sur‘atlarda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan alohida sohalaridan hisoblanadi.
.
Bu esa ta‘lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish va amalga
oshirish, o‘quv-uslubiy ta‘minotni
rivojlantirish, ayniqsa o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va
mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda
.
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka
erishuvi natijasida
hozirgi kunda barcha o‘quvchilar va talabalar zamonaviy kompyuterlardan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bois ham, "Informatika va axborot
texnologiyalari" fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan kompyuter savodxonligi
borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta‘lim konsepsiyasiga
asoslanadi.
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘qituvchi va
talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini yetkazish alohida ahamiyatga
ega.
Uslubiy qo‘llanma informatika fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib,
u algoritm tushunchasi, unig xossalari,berilish usullari, turlari va
qo‘llanilish o‘rni, matematik masalalarni yechish algoritmlarini
tuzish yuzasidan
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z
ichiga olgan.
Uslubiy qo‘llanma 2 ta paragrafdan iborat bo‘lib, u algoritm va algoritmlash
jarayoni to‘g‘risida umumiy ma‘lumotlar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlash
uchun masalalar, takrorlash uchun savollar, nazorat
uchun test savollari va
foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.
Uslubiy qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari ― Informatika va hisoblash
texnikasi asoslar‖ fanidan algoritm va algoritmlash jarayoniga doir mavzularni
o‘qitishda foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari uslubiy qo‘llanmadan sanoq sistemalarini o‘rganishga
qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy
o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin.