• Sanoat korxonalari omborlari ishini tashkil etish.
  • Omborda texnologik jarayonni tashkil qilish




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/172
    Sana13.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #229141
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172
    Bog'liq
    LOGISTIKA. Umarova D.M

    8.3. Omborda texnologik jarayonni tashkil qilish
    137


    yuk tushirish maydonehasidan qabul qilish dahasiga, u yerdan 
    saqlash, butlash, yuk ortish dahasiga. Yuklarni om bor ichida 
    transportlarga ortish ishlari ikki tom oni ochiq to ‘g‘ri yo‘llarda 
    amalga oshirilishi kerak. Bu o ‘z navbatida om borning har qanday 
    dahasiga qaytadan kelishning va amaliyotlar samarasiz bajarili- 
    shining oldini oladi. Yukning bir uskunadan boshqasiga o ‘tkazish 
    soni eng kam bo ‘lishi kerak.
    Sanoat korxonalari omborlari ishini tashkil etish. 
    Korxonada 
    omborlaming amaliy-ishlab chiqarish faoliyati omborxonaga kelgan 
    materiallarni va mahsulotlarni tushirishni, saralashni va qabul 
    qilishni, ularni joylashtirishni va saqlashni, shuningdek iste’m ol­
    chilarga berishni va jo'natishni o ‘z ichiga oladi.
    Yuklarni moddiy omborlarga yetkazish zavod rejasiga muvofiq 
    amalga oshiriladi. Omborga materiallarni va mahsulotlarni qabul 
    qilish texnik hujjatlarda va yo‘riqnom alarda bayon etilgan talablarga 
    muvofiq amalga oshiriladi. Qabul qilingan materiallar ularga ajratil- 
    gan saqlash joylariga belgilangan tartibda — xili, sorti, o ich am i 
    bo'yicha joylashtiriladi. Tez-tez va katta miqdorda iste’mol etiladi- 
    gan materiallar jo ‘natish maydonchalariga yaqinroq joylashtiriladi, 
    talabi kam bolgan maieriallar uzoqlashgan saqlash joylarida joylash­
    tirilad i. O g‘ir va q o ‘pol yu k lar o m b o rx o n ag a jo y lash tirish
    amaliyotlarini bajarishga qulay b o ig a n yerlarga joylashtiriladi.
    Ishlab chiqarishga berishdan oldin materiallarni butlash ishlari- 
    ning qiyinchiliklarini kamaytirish ham da ishlab 
    chiqarishning 
    butlangan materiallar bilan ta ’minlanishini nazorat qilishni yengil- 
    lashtirish maqsadida saqlanayotgan materiallarni guruhlash usuli 
    qo‘llaniladi, bunda butlovchi tarkibiga kiradigan materiallar bir- 
    biriga yaqin joyda saqlanadi. Stellaj kataklariga va boshqa saqlash 
    joylarga raqamlar qo'yiladi va material nomi va indeksi ko‘rsatilgan 
    taxtacha osiladi. M ateriallarni om bordan chiqarishga tayyorlash 
    maxsus reja asosida yoki bevosita ular kelib tushgandan keyin 
    amalga oshiriladi.
    Materiallarni va mahsulotlarni om bordan berish bilan bog'iiq 
    am aliyotlar tanlashni, butlashni ham da m ateriallarni tegishli 
    ravishda tayyorlashni o ‘z ichiga oladi. M ateriallardan ishlab chi- 
    qarishda foydalanishga tayyorgarlik ularni tozalashni, yarim m ah-
    138


    sulotlarga kesishni, taxtalangan materiallarni biehishni va boshqa- 
    larni 
    o‘z
    ichiga oladi.
    Omborda materiallar zaxirasi harakatini hisobga olish maxsus 
    karloteka yordamida olib boriladi. 
    Zaxiralar darajasini tartibga 
    solish miqdorni yozib borish yoki buyurtm alar davrivligi tizimi 
    bo‘yicha amalga oshiriladi. Omborxona xodimlari shtati omborxona 
    amaliyotlari uchun talab qilinayotgan m ehnatning ko‘pligiga va 
    qiyinchiliklariga, qo‘llanilayotgan transport vositalariga va yukni 
    ortish-tushirish hamda boshqa om borxona am aliyotlarining va 
    avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab belgilanadi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Omborda texnologik jarayonni tashkil qilish

    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish