Shu bilan birga global logistikani rivojlantirish yo‘lida sabablari
turlicha bo‘lgan to ‘siqlar ko‘p, shu jum ladan siyosiy tizimdagi
farq, mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bir
xil boMmagani. M asalan, bunday to‘siqlar YeS va sharqiy Yevropa
mamlakatlari o'rtasida, YeS va Rossiya o ‘rtasida mavjud.
Bunda moliyaviy to ‘siqlar ham o ‘rin tutgan. Ular davlatning
soliq, boj va savdo siyosati, kapital kiritilishidagi cheklovlar bilan
bog'liq.