qarish. uiar harakatining grafik va rejalari bajarilishi ustidan
nazorat, yuklar harakatini boshqarish va boshqalar bilan bog'liq
masalalarni yechadi.
Axborot logistik tizim lari korxonani boshqarish tizim ining
iyerarxik strukturasiga mos keladi va u ch ta darajadan iborat
bo‘ladi:
— birinchi daraja — logistik operatsiya amalga oshirilayotgan
ish joyi;
— ikkinchi daraja — ish joylari joylashgan va yuklarni tashish
amalga oshirilayotgan uchastka, sex, omborlar.
— uchinchi daraja - xom ashyoni tushirib olishdan tayyor
mahsulotni yetkazib borishgacha bo ‘lgan voqealar zanjirini qamrab
oluvchi transport va yuklarni tashash tizimi.
Bu uchta darajalardan keladigan axborot bitta axborot tizimiga
integratsiyalashadi. Vertikal va gorizontal integratsiyalar ajratiladi.
Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va bajaruvchi tizimlar
orasida aloqani vertikal axborot oqimlari orqali ta ’minlaydi.
Gorizontal integratsiya deb dispozitiv va bajaruvchi tizimlarning
alohida komplekslari orasida aloqaning gorizontal axborot oqimlari
orqali ta’minlashiga aytiladi.