• Алдегидлар ва кетонларнинг кимёвий хоссалари
  • Анилинни кимёвий хоссаларини ифодаловчи реакцияларга мисоллар ёзинг
  • Ароматик углеводородларнинг кимёвий хоссаларини ифодаловчи реакцияларга мисоллар ёзинг
  • Organik kimyo fanidan masalalar va mashqlar
  • Organik kimyo
  • M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD




    Download 9,69 Mb.
    bet129/131
    Sana19.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #141266
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
    Bog'liq
    Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

    Тарқатма материаллар



    C6H14 таркибли барча алканларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.




    C7H16 таркибли барча алканларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.










    C6H12 таркибли барча алкенларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.




    C6H12 таркибли барча циклоалканларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.












    C5H8 таркибли барча алкинларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.




    C5H8 таркибли барча алкадиенларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.










    C5H10Cl2 таркибли барча бирикмаларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.






    C5H11Cl таркибли барча бирикмаларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.












    C5H11ОН таркибли барча спиртларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.






    C5H12О таркибли барча оддий эфирларнинг формулаларини ёзинг ва номланг.










    Тўйинмаган дикарбон
    Кислоталарга мисолар ёзинг.




    Дикарбон
    Кислоталарга мисоллар ёзинг.




    Алдегидлар ва кетонларни синфланиши: тўйинган, тўйинмаган, дикарбонил бирикмалар.




    Алдегидлар ва кетонларнинг кимёвий хоссалари:
    оксидланиши; қайтарилиши, бирикиш реакциялари, конденсация реакциялари




    Карбон кислоталарнинг асосий вакиллари.




    Карбон кислоталарнинг синфланиши: монокарбон кислоталар, дикарбон кислоталар, тўйинган кислоталар, тўйинмаган кислоталар




    Нитроалканлар деб қандай бирикмаларга айтилади?




    Металлорганик бирикмалар деб қандай бирикмаларга айтилади?




    Металлорганик бирикмаларнинг олиниши ва хоссаларини кўрсатувчи реакция тенгламаларини ёзинг


    Анилинни кимёвий хоссаларини ифодаловчи реакцияларга мисоллар ёзинг


    Галогеналканларнинг муҳим вакиллари




    Галогеналканларда углерод-галоген боғининг табиати




    Галогеналканларнинг олиниш усуллари




    Спиртларнинг синфланиши: алканоллар, диоллар, триоллар, полиоллар, алкеноллар, алкиноллар




    Спиртларни олиниш усуллари




    Спиртларнинг энг муҳим вакиллари




    Спиртларни кимёвий хоссалари




    Ароматик углеводородларнинг кимёвий хоссаларини ифодаловчи реакцияларга мисоллар ёзинг




    Галогенаренларнинг муҳим вакиллари




    Галогенаренларда углерод-галоген боғининг табиати




    Нитроаренларнинг олиниш усуллари




    Конденсирланган аренларнинг синфланиши:




    Фенолларни олиниш усуллари




    Фенолларнинг энг муҳим вакиллари




    Фенолларнини кимёвий хоссалари


    Organik kimyo fanidan masalalar va mashqlar

    1. C6H14 tarkibli barcha izomer alkanlarning tuzilish formulalarini yozing va ularni nomlang.

    2. C6H12 formulaga to‘g‘ri keluvchi barcha uglevodorodlarni tuzilish formulalarini yozing va ularni nomlang.

    3. C7H14 formulaga nechta izomer to‘g‘ri keladi? Ularni tuzilish formulalarini yozib, nomlang.

    4. va ionlarining elektron konfiguratsiyalarini yozing.

    5. 7,36 mg metilxlorid natriy peroksid bilan qizdirilganda ajralib chiqqan xlorid-ion 20,68 mg kumush xlorid hosil qildi. Xlorning foiz miqdorini toipng.

    6. 3,02 gr galogenuglevodorod namunasi yoqilganda 8,86 gr karbonat angidrid va 5,43 suv hosil bo‘ldi. Shu moddaning 5,32 gr namunasidan 13,49 gr kumush xlorid hosil bo‘lsa, moddaning foiz tarkibini va empirik formulasini aniqlang.

    7. Papaverin alkaloidining tarkibida 70,8 % uglerod, 6,2 % vodorod va 4,2% azot borligi aniqlandi. Alkaloidning empirik formulasini aniqlang.

    8. Suyuq moddaning tarkibida 40 % uglerod va 6,7 % vodorod borligi aniqlandi. Shu moddaning 10 gr 200 oC 101,3 kPa bosimda 6,47 l hajmni egallaydi. Moddaning molekulyar formulasini aniqlang.

    9. Dixlormetan, bromxlormetan va bromftorxlormetanlarning fazoviy tuzilishi modelini tasvirlang.

    10. Ikkilamchi butilxlorid va 3-metilgeksanning fazoviy izomerlarini tuzilish formulalarini yozing. Nima uchun ushbu birikmalar fazoviy izomerlar hosil qiladi.

    11. 2-xlorpentanni, 3-xlor-2-metilpentanni, 3-xlor-3-metilpentanni, 1-xlor-2-metilbutanni va 3-xlorgeksanni D- va L-izomerlarini proeksion formullarini yozing.

    12. Normal butan va izobutanning barcha monoxlorli hosilalarini yotuzilish formulalarin yozing va ularni nomlang.

    13. C5H11Cl formulaga nechta izomer to‘g‘ri keladi?

    14. C4H8Br2 formulaga nechta izomer to‘g‘ri keladi?

    15. Propanni xlorlanishi natijasida mono- yoki dixlorpropan hosil bo‘lganligini qanday aniqlash mumkin?

    16. 4,12 gr noma’lum spirt namunasiga metilmagniyyodid qo‘shilganda normal sharoitda 1,56 l gaz ajralib chiqdi. Spirtning molekulyar massasini aniqlang va mumkin bo‘lgan struktura formulasini takklif qiling.

    17. Spektral ma’lumotlar asosida C10H22 tarkibli modda 2,7-dimetiloktan ekanligi aniqlandi. Ushbu ma’lumotni qanday usullar bilan tasdiqlash mumkin?

    18. Agar kerosinning o‘rtacha tarkibi C14H30 bo‘lsa 1 l kerosinni to‘la yonishi uchun necha litr kislorod sarf bo‘lishini va bunda qancha issiqlik ajralib chiqishini hisoblang (har bir -CH2- uchun 657,330 kJ/mol).

    19. 1-xlorpentan, 2-xlorpentan va 3-xlorpentan degidrogalogenlanganda qanday alkenlar hosil bo‘ladi?

    20. Izobutilen, penten-1 va penten-2 larni qaysi galogenalkanlardan olish mumkin?

    21. 2,3-dimetilbuten-2, 3-xlorpropen, sis-2-metilgepten-3 va 3,6-dimetilokten-1 ni struktura formulalarini yozing.

    22. Quyidagi birikmalardan qaysilari geometrik izomer hosil qiladi: buten-1, buten-2, 1,1-dixloreten, 1,2-dixloreten, 2-metilbuten-2, penten-1.

    23. Quyidagi birikmalardan propilen olish reaksiyalari tenglamalarini yozing: propil spirti, izopropil spirti, 2-xlorpropan, propin.

    24. 3-metilbuten-1 ga vodorod xlorid ta’sir ettirilsa ikki xil galogenalkan hosil bo‘ladi. Bular qanday birikmalar? Reaksiya mexanizmini tushuntiring.

    25. A uglevodorodga platina katalizatori ishtirokida vodorod biriktirilsa normal geksan, kaliy permanganat bilan kislotali muhitda qizdirilganda 3 ta uglerod atomi tutuvchi karbon kislota hosil bo‘ladi. tegishli reaksiya tenglamalarini yozing, A moddani va karbon kislotani aniqlang.

    26. Kislota qo‘shilgan suvli eritmada optik faol butanol-2 optik faolligini yo‘qotadi. Buning sababi nimada?

    27. 1-xlor-2-metilbutan xlorlanganda C5H10Cl2 tarkibli olti xil modda hosil bo‘ladi. ulardan to‘rttasi optik faol, ikkitasi esa optik faol emas. Ushbu moddalarning formulalarini yozib nomlang.

    28. Quyidagi birikmalarning mumkin bo‘lgan barcha stereoizomerlarining formulalarini yozing: 1) 3-brombutanol-2; 2) 2,3-dibrombutan kislota; 3) 2,3-difenilbutan; 4) pentaeritrit.

    29. Atsetilenning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiya tenglamalarini yozing.

    30. Zaysev qoidasi bo‘yicha boradigan reaksiyalarga 10 ta misol yozing.

    31. Propilmagniybromid eritmasiga geksin-1 qo‘shilsa molekulyar massasi 44 bo‘lgan gaz ajralib chiqadi. Ushbu gaz bromning tetraxlormetandagi eritmasidan va kaliy permanganat eritmasidan o‘tkazilganda hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi. Bu qanday gaz? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

    32. Ikkita idishda geksin-1 va geksin-2 bor. Ushbu alkinlarni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

    33. 4-bromgeksen-1 digidrogalogenlanganda qanday birikmalar hosil bo‘lishi mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

    34. Butadien-1,3 ni sintez qilish reaksiyalari tenglamalarini yozing.

    35. Butadien-1,3 ning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiya tenglamalarini yozing.

    36. n-geksan va geksadien-1,5 aralashmasini ajratish uchun avval aralashma bromlanadi, keyin haydaladi. Bunda uch xil fraksiya hosil bo‘ladi. fraksiyalarning tarkibi qanday? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

    37. Mirsen C10H16 tarkibga ega bo‘lib, 3 mol vodorodni biriktiradi va C10H22 ga aylanadi. Mirsen ozonoliz qilinganda atseton, 2 mol formaldegid va 2-oksopentandial hosil bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar asosida mirsenning mumkin bo‘lgan tuzilish formulasini aniqlang.

    38. C6H10 tarkibli uglevodorod 1 mol vodorodni biriktiradi, ozonoliz qilinganda esa geksandial hosil qiladi. Uglevodorodning tuzilishini aniqlang va nomini ayting.

    39. Silogeksanoldan foydalanib siklgeksen, 3-bromsiklogeksen va siklogeksadien-1,3 olish reaksiyasi tenglamalari yozing.

    40. Pentanni nirolash reaksiyasida qanday birikmalar hosil bo‘lishi mumkin? Tegilshi reaksiya tenglamalarini yozing.

    41. Alkilgeksanlar uchun ekvatorial va aksial konformatsiyalarning energiyalari orasidagicha quyidagi farq borligi aniqlandi: etilsiklogeksan 7900 j/m, izopropilsiklogeksan 8790 j/m, uchlamchibutilsiklogeksan 20930 j/m. Ushbu birikmalarning tuzilish formulalarini chizib, nima uchun uchlamchibutilda farq nisbatan katta ekanligini izohlang.

    42. Siklopeten kaliy permanganat eritmasi bilan oksidlanganda suyuqlanish temperaturasi 30 oC bo‘lgan C5H10O2 tarkibli diol hosil bo‘ladi, peroksichumoli kislotasi bilan oksidlanganda esa xuddi shunday tarkibli 55 oC da suyuqlanadigan diol hosil bo‘ladi. tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Diollar qanday tuzilishga ega bo‘lishi mumkin?

    43. 5,72 gr p-fenilendiamin namunasi Dyuma usulida analiz qilinganda 20 oC va 99500 Pa bosimda o‘lchanganda 1,31 l azot ajralib chiqdi. Birikmadagi azotning foiz miqdorini aniqlang.

    44. Quyidagi moddalarning struktura formulalarini yozing: p-dinitrobenzol; m-bromnitrobenzol; o-xlorbenzoy kislota; m-nitrotoluol; p-bromanilin; m-yodfenol; mezitilen; 3,5-dinitro-benzolsulfokislota; 4-xlor-2,3-dinitrotoluol; 2-amino-5-brom-3-nitrobenzoy kislota; p-oksibenzoy kislota; pikrin kislota.

    45. Benzolning quyidagi tarkibli hosilalari bo‘lishi mumkinmi? Agar bo‘lsa ularning struktura formulalarini yozing: C8H10Br, C8H10Br2, C8H10Br3, C9H12NO2, C9H12(NO2)2.

    46. Benzol UF nurlar ta’sirida xlor bilan reaksiyaga kirishib molekulyar massasi taxminan 300 ga teng bo‘lgan CHCl empirik formulali birikma hosil qiladi. Ushbu moddaning molekulyar formulasini va tuzilishini aniqlang.

    47. Benzolni sulfat kislota ishtirokida uchlamchibutil spirti va fosfat kislota ishtirokida propilen bilan alkillash reaksiyasi tenglamasini yozing va reaksiya mexanizmini ko‘rsating.

    48. Benzol, toluol va izopropilbenzolning nitrolanish reaksiyasi tenglamalarini yozing. Qaysi aromatik uglevodorod osonroq nitrolanadi?

    49. Benzol, fenol va anilinni sulfolash reaksiyasi tenglamalarini yozing. Qaysi aromatik birikma osonroq sulfolanadi?

    50. Fridel-Krafts bo‘yicha toluol, stirol va fenolni atsillash reaksiyasi tenglamalarini yozing va hosil bo‘lgan birikmalarni nomlang.

    Organik kimyo


    Download 9,69 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




    Download 9,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD

    Download 9,69 Mb.