Mikrodasturiy boshqarish qurilmasi (MBQ)




Download 3,98 Mb.
bet29/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Mikrodasturiy boshqarish qurilmasi (MBQ).
Bajariladigan operasiyaning turi va avvalgi operasiyaning natijasiga asoslangan boshqarish signallarning kerakli vaqt daqiqalarida shakllantiriladi va kompyuterning barcha bloklariga uzatadi (2.4,a-rasmi). Mikrodasturiy apparat doimiy xotira qurilmasi bo’lib, uning chiqishida bu dasturning bajarilishida qatnashadigan prosessorning alohida sxemalari va bog’lamalari uchun mo’ljallangan kodli so’zlar to’plami shakllanadi. Shunday qilib, bajariladigan buyruqning kodiga buyruqni bajarilishining barcha asosiy taktlarini (operandlarni o’qish, ular ustida ishlash, natijasini yozish) ishlatadigan bir necha mikroko’rsatmalarga mos keladi. Mikroko’rsatmalar kodli so’zlari razryadlarini vaqt bo’yicha va fazo bo’yicha taqsimlash uchun boshqarish bog’lamasi mantiqi (logika) xizmat qiladi.
Operasiya kodi bilan bir qatorda mikrodasturiy avtomat buyruqning manzillashtirish tizimining (MT) razryadlarini qayta ishlaydi. MT manzillashtirishning razryadlari bu buyruq uchun zarur manzillashtirish turini, ya’ni bajaruvchi operasiyalar manzillari buyruqlarini hosil bo’lish usulini aniqlaydi.
MT manzillashtirish tizimi va OK operasiya kodini deshifrasiyalashdan keyin buyruqning bajarilishi bo’yicha ishning ikkinchi bosqichi tugaydi.
MR manzil registri BR buyruq registrining ikkinchi yarmini tashkil etadi va buyruqning manzilli qismini (A1, A2) saqlash uchun mo’ljallangan. MR dagi ma’lumotlarga mos ravishda va MT manzillashtirish tizimining tanlangan ish tartibini hisobga olganda XMR xotira manzili registri orqali asosiy xotiradan operandlarni sanash amalga oshiriladi. XMR asosiy xotira xonasining manzilini bu xona bilan operasiyaning (o’qish yoki yozish) tugashigacha saqlash uchun mo’jallangan.U asosiy xotira va kompyuterning boshqa qurilmalarining tezkor ishlashi bo’yicha farqlarni tenglashtirish uchun bufer vazifalarini bajaradi.
Uchinchi bosqich ishlatilganda operandlar asosiy xotiradan o’qiladi. Buyruqning manzilli qismi XMR orqali asosiy xotiraga beriladi. Asosiy xotiraning (OXQ) sxemasi 2.4,b-rasmda keltirilgan. Odatda, ona platada joylashtirilgan xotira mikrosxemasida prosessor va xotira orasida bufer bo’lib xizmat qiladigan kirish MR manzili registri ham mavjud.
Operandlar manzillari MSh – manzillar shinasi orqali beriladi, MR da qayd etiladi va xotira xonalari matrisalarining DshX va DshU koordinatali deshifratorlarning kirishlariga beriladi. Manzillar kodlarining katta (X) va kichik (U) razryadlarini deshifrasiyalash natijasida saqlanadigan operandli xona tanlanadi.
Xotiraga har bir murojaat qilinganida XMR xotira manzili registri foydalaniladigan xotira qismining manzilini ko’rsatadi. Bu registrning chiqishi prosessorni manzillar shinasi (MSh) bilan bog’langan. Buyruq bajarilishining kichik qismi mobaynida XMR xotiradagi malumotlar bajariladigan buyruqning turiga bog’liq bo’ladi. Agar bu buyruqqa mos ravishda prosessor xotiraga yana bir murojaatini amalga oshirishi kerak bo’lsa (masalan, ikki A1 va A2 operandlarni tanlashda), u holda XMR ikkilamchi foydalanishda va joriy buyruqning bajarilish jarayonida bo’ladi. Buyruqlar hisoblagichi kabi xotira manzili registri mashina xotirasining istalgan qismini manzillantirish uchun yetarli razyadlar miqdoriga ega bo’lishi kerak.
Keyin mikrodasturiy avtomatning sinxronizasiyalovchi signali bo’yicha operand operativ xotira o’zining MR malumotlar registri orqali va MLSh ma’lumotlar shinasi orqali AMQ ning kirishiga beriladi (2.4,v-rasm).

Download 3,98 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikrodasturiy boshqarish qurilmasi (MBQ)

Download 3,98 Mb.