Kompyuterning buyruqlar tizimi




Download 3,98 Mb.
bet37/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

2.5. Kompyuterning buyruqlar tizimi
Buyruqlar tizimi - bu kompyuter ishlatadigan to’la buyruqlar ro’yxati bo’lib, ular yordamida dasturchi ma’lumotlarga ishlov berishning o’z algoritmini ishlatadi, ya’ni o’zining masalasini yechadi. Buyruqlar to’plami, ularning xilma-xilligi kompyuterning imkoniyatlarini, uning funksional imkoniyatlarini belgilaydi.
Yuqori darajali tillarning (S, Paskal) qo’llanilishi dasturlarni tuzish jarayonlarini sezilarli yengillashtiradi, lekin ularni tuzish va ishlatish uchun kompyuterning sezilarli resurslarini saqlash, kompilyasiya va bajarish uchun talab qiladi. Dasturlash darajasi saqlangan holda unumdorlikni oshirish maqsadida ishlab chiquvchilar buyruqlar tizim arxitekturasini takomillashtirish usullarini izlamoqdalar. Hozirgi vaqtda buyruqlar tizimining uchta turdagi arxitekturasi rivojlanmoqda:

  • to’laroq buyruqlar to’plamini an’anaviy CISC-arxitekturasi (Complex Instruction Set Computer);

  • buyruqlar to’plami qisqartirilgan RISC-arxitekturasi (Reduced Instruction Set Computer);

  • o’ta katta uzunlikdagi buyruqlar VLIW-arxitekturasi (Very Long Instruction Word).

80-nchi yillarning o’rtalarigacha deyarli barcha kompyuterlar CISC- arxitekturaga ega bo’lgan. Bu arxitektura IBM kompaniyasi o’zining quvvatli hisoblash resursli maynfreymlarida (IBM, ES9000), shuningdek, Intel kompaniyasi o’zining 8086 va Pentium modullarida qo’llagan.
Prosessor buyruqlari turi, mashina darajasi an’anaviy buyruqlarini bir necha turlarga ajratish mumkin, ular 2.2-jadvalda ko’rsatilgan.
Buyruq kodining asosiy qismini manzilli qism egallaydi. Agar prosessor bir manzilli bo’lsa, u holda bu yagona manzil ishlov beriladigan operandning joylashgan o’rnini ko’rsatadi. U yerdan olim uning ustida hisoblash harakatlarni bajarishi zarur va olingan natijani o’sha manzil bo’yicha yozishi kerak. Agar prosessor buyruqning ikki manzilli strukturasiga ega bo’lsa, u holda har ikkala manzillarda harakatlar amalga oshirilishi kerak bo’lgan operandlarni xotirada joylashgan o’rnini ko’rsatadi. Harakatdan keyin natija manzillardan biriga yoziladi yoki prosessorning ichki registrlaridan birida saqlanadi. Uchta manzilli formatda, odatda, ikkita operand birinchi va ikkinchi manzillar bo’yicha tanlanadi, natija esa uchinchi manzil bo’yicha yoziladi.
2.2-jadval.


Download 3,98 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Download 3,98 Mb.