M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




Download 3,98 Mb.
bet33/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Tizimli shina tizim blokining umumiy ona platasiga joylashgan, kompyuterning barcha qurilmalarini elektr va mantiqiy birlashtirish uchun xizmat qiladi. Tizim shinasi bir necha o’nlab va hatto yuzlab uzatish linyalariga (kopyuter turiga bog’liq ravishda) ega bo’lishi mumkin. Bu liniyalar manzillash, boshqarish axborotlarini, shuningdek malumotlarning uzatilishini taminlaydi.
Prosessor va xotira hamda xizmat ko’rsatuvchi tashqi qurilmalarini ulaydigan yagona tizimli shinali kompyuterning tuzilishi 2.10-rasmda tasvirlangan, 2.11-rasmda esa ikki turli “prosessor-xotira” va “kiritish/chiqarish” shinali kompyuterning tuzilishi keltirilgan. Bu prosessor va xotira orasidagi asosiy shina adapter (A) orqali tarmoqlanadi, ko’p sonli tashqi qurilmalarning ulanishini taminlaydi.






Adapterlar “prosessor-xotira” shinasi va TQ kontrollerlari orasida malumotlarni uzatishda bufer sifatida ishlatish uchun zarur.


Uchta shinali, qo’shimcha kengaytirish shinasiga ega bo’lgan kompyuterning tuzilishi 2.12-rasmda ko’rsatilgan. Ikkita oxirgi variant “prosessor xotira” shinasiga yuklamani sezilarli kamaytirish imkonini beradi.
ISA (Industry Standart Architecture-sanoat standart arxitekturasi) shinasi o’rta tizimli multipleksirlangan 16 razryadli tizim magistraliga kiradi. Unda axborot almashish 8 yoki 16 razryadli malumotlar bilan amalga oshirilgan. Shinada kompyuter xotirasiga va kiritish/chiqarish qurilmalariga ajratilgan murojaat etishdan foydalanilgan. Manzillashtiriladigan xotiraning maksimal sig’imi 16 Mbaytni (24 manzil linyalari) tashkil etadi. Kiritish/chiqarish uchun maksimal adresi oralig’i 64 Kbaytdan (16 manzil liniyalaridan) iborat. ISA eskirgan ona platalardagi asosiy shinadir, 32-razryadli yuqori tezlikli mikroprosessorlarning paydo bo’lishi bilan ISA shina ishlatilmay qo’yildi.
EISA (Extended ISA) bu 32-razryadli malumotlar shinasi bo’lib, 1989 yilda ISA shinasining funksional va konstruktiv kengaytirilishi sifatida yaratildi. Shinaning manzilli oralig’i 4 Gbayt va bu shina 8-10 MGs chastotada ishlaydi.
Nazariy jihatdan shinaning o’tkazish imkoniyati 33 M bayt/s, binobarin “prosessor-kesh-operativ xotira” kanali bo’yicha uzatish tezligi xotira mikrosxemalarining parametrlari bilan aniqlanadi. Shina orqali nazariy jihatdan 15 tagacha, amalda esa 10 tagacha qurilma ulanishi mumkin.Uzilishlar tizimi yaxshilangan, yagona boshqarish ish tartibi qo’llab-quvvatlanadi, shinaga qurilmalarning ruxsat etilishini boshqarish uchun arbitraj tizimi mavjud.
ESIA qimmat, lekin kiritish/chiqarish tezligiga yuqori talab qilinadigan ko’p masalali tizimlarda, fayl-serverlarda va barcha joylarda qo’llaniladigan o’zini oqlaydigan arxitektura.



MCA (Micro Channel Architecture - mikrokanalli arxitektura) 1987 yilda IBM firmasi o’zining PS/2 kompyuterlari uchun kiritilgan. Alohida qurilmalar orasida, xususan operativ xotira bilan malumotlarni tez almashtirilishini taminlaydi. MSA shinsi ISA/EISA va boshqa adapterlar bilan absolyut moslashmaydi. Boshqarish shinalarining tarkibi, protokol va arxitektura shina va prosessorning asinxron shakllanishiga yo’naltirilgan, bu prosessor va tashqi qurilmalarning tezliklarini moslashtirish muammosini olib tashlaydi. Shinali arxitektura barcha qurilmalarni dasturlash yo’li bilan avtomatik va samarali konfigurasiyalash imkoniyatini beradi. Arxitekturaning barcha rivojlanganligida (ISA shinasiga nisbatan) MSA shinasi ommaviy ISA-tizimlari bilan to’liq moslashmasligi tufayli ommaviy foydanilmaydi. Biroq, MSA shinasi yuqori ishonchli unumdor kiritish/chiqarish talab qilinadigan fayl-serverlarda qo’llanilmoqda.



Download 3,98 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Download 3,98 Mb.