M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




Download 3,98 Mb.
bet41/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Konveyerli ishlov berish bajarilishi kerak bo’lgan funksiyani maydaroq qismlarga (bosqichlarga) bo’linishiga va ularning har biri uchun apparaturaning alohida bloki ajratilishiga asoslangan. Unumdorlik bunda konveyerning turli bosqichlarida bir vaqtda bir necha buyruqlarning bajarilishi tufayli ortadi. Konveyerlashtirish prosessorning o’tkazish xususiyatini oshiradi (vaqt birligida tugaydigan buyruqlar soni), lekin u alohida buyruqning bajarilish vaqtini kamaytirmaydi.
Dasturning bir buyrug’i turli funksional vazifali bloklar xotira, AMQ, ichki registrlar, boshqarish bog’lamalari yordamida bajariladi. Oddiy ish tartibida bir buyruqning alohida tashkil etuvchilari (operasion va manzilli qism) ketma-ket bajariladi. Ko’rsatilgan bloklarning bir vaqtda ishlashi birdaniga bir necha ketma-ket buyruqlarni parallel ishlov berishga imkon beradi. Masalan, bitta arifmetik operasiya mantiqiy mustaqil mikrooperasiyalarga bo’linishi mumkin. Suriluvchi vergulli qo’shish buyrug’i quyidagi mikro operasiyalarga ajratilishi mumkin: tartiblarni ayirish, mantissalarni tenglashtirish, qo’shish, normallashtirish.
Umumiy holda buyruqning alohida qismlari, ya’ni uning tartib raqami, operasiya turi, manzillashtirish turi sektori, manzilli qismlar (birdan uchgacha) prosessorning alohida apparatli bog’lamalarida: buyruqlar hisoblagichida, buyruqlar registrida, boshqarish sxemasida, manzillar registrlarida va manzil deshifratorlarida bajariladi. Buyruqning bajarilishini ko’rsatilgan bosqichlari navbat bo’yicha o’rnatilgan tartibda amalga oshadi: 1-bosqich – buyruqni o’qish, 2-bosqich – uni deshifrasiyalash, 3-bosqich-ma’lumotlarni o’qish, 4-bosqich – operasiyani bajarish, 5-bosqich –natijaning yozilishi.
Agar har bir bosqichni alohida shartli tasvirlasak, u holda jadval ko’rinishida ularning ishlash ketma-ketligini hosil qilish mumkin (2.21-rasm).





Birinchi t1 vaqt momentida prosessorning mos bog’lamalari yordamida buyruqni o’qish bosqichi bajariladi. Birinchi bosqich tugaganidan keyin prosessor boshqa bog’lamalaridan foydalanib bu buyruqning ikkinchi bosqichini bajarishga (deshifrasiya) o’tadi, avvalgi bo’shagan bog’lamalar yordamida esa endi dasturning birinchi bosqichini bajarishga o’tadi (t2 moment). Shunday qilib, t2 momentda bir vaqtda birinchi buyruqning ikkinchi bosqichi va ikkinchi buyruqning birinchi bosqichining bajarilishi amalga oshiriladi.

Download 3,98 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Download 3,98 Mb.