|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 38/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevOperasiya turi
|
Misollar
|
Arifmetik va mantiqiy
|
Butun sonli arifmetik va mantiqiy operasilar: qo’shish, ayirish, mantiqiy qo’shish, mantiqiy ko’paytirish
|
Ma’lumotlarni uzatish
|
O’qish/yozish operasiyalari
|
Buyruqlar oqimlarini boshqarish
|
Shartli va shartsiz o’tishlar, proseduralarni chaqirish va qaytarishlar.
|
Tizim operasiyalari
|
Tizimli chaqirishlar, virtual xotirani boshqarish buyruqlari va boshqalar.
|
Suriluvchan nuqtali operasiyalar
|
Mavjud sonlar ustida qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish operasiyalari
|
O’nlik operasiyalari
|
O’nlik qo’shish, ko’paytirish, formatlarni o’zgartirish va boshqalar.
|
Satrlar ustida operasiyalar
|
Satrlarni qidirish, taqqoslash va qayta uzatish.
|
Prosessor faqat o’zining ichki mashina tilida harakatlarni bajaradi, dasturni ishga tushirishdan oldin u mnemonik yozish shaklidan mashina tiliga o’zgartirilishi kerak. Aynan bu o’zgartirish dasturi Assembler deyiladi. U xotirada saqlanadigan va faqat o’zgartirishda ishga tushiriladigan xizmt dasturi. Assembler tilining bitta buyrug’iga dasturning bitta buyrug’i mos keladi, bu ishlov berishning murakkab masalalarida samarasiz hisoblanadi.
Keyinroq foydalanuvchilarning tabiiy tillardagi dasturlarni qulayroq yozilishlari qo’llanila boshlanadi (S, Paskal). Uchta hollarning barchasida ma’lumotlar manbalari va natijalarni qabul qiluvchi sifatida prosessorlarning ichki registrlari, segment registrlari qatnashishi mumkin. Ular yordamida ishlanadigan ma’lumotlarni buyruq kodi bilan ishlov berishning turli usullari va yo’llari mavjud, ya’ni kirish operandlarini qayerdan o’qish va ishlov berish natijalarini (chiqish operandlarini) qayerga joylashtirish lozimligini aniqlash kerak. Bu usullar manzillashtirish usullari deyiladi. Tezlik va prosessorning ular bilan o’zaro tacirlanishining oddiyligi nuqtai nazaridan operandlarni qabul qiluvchi manbalari qanchalik xilma-xil bo’lsa, kompyuterning funksional imkoniyatlari shunchalik keng va uning unumdorligi yuqori bo’ladi.
Aynan manzillashtirish usullarining xilma-xilligi ma’lumotlar bilan ta’sir doirasini kengaytiradi. Bir operasiya kodi uchun (masalan, qo’shish) har xil xotira turlari OXQ, DXQ, kesh, ichki registrlar qo’llanilishli ma’lumotlar bilan yuqorida bayon etilgan ishlov berish variantlari qo’llanilishi mumkin. Manzillashtirish usullarining katta xilma-xilligi hisobiga prosessor buyruqlarining soni doimo ishlatiladigan operasiyalarining sonidan katta bo’ladi.
Prosessor buyrug’ining uzunligi manzilli oraliq hajmiga, buyruqlar tizimi esa qo’llanilish sohasiga bog’liq. Prosessor ichki xotirasining hajmi qanchalik katta bo’lsa, uning funksional imkoniyatlari shunchalik keng, lekin xotiraning katta hajmlari mashina so’zning uzunligini va mos ravishda buyruqning manzilli qismining uzunligini oshirishni talab qiladi.
Manzilli kodning cheksiz o’sishidan qochish va barcha ichki va tashqi xotira qurilmalarining imkoniyatlarini samarali ishlatish uchun xotiraning umumiy hajmi va buyruq manzilli qismning uzunligi orasida to’g’ri proporsional bog’liqlikdan ozod etadigan turli usullar qo’llaniladi. Turli prosessorlarda manzillashtirish usullar soni 4 dan 16 tagacha bo’lishi mumkin.
Kengaytirilgan buyruqlar tizimi (bir necha o’nlab va hatto yuzlab) yechiladigan masalalar sinfi va foydalanuvchiga ko’rsatiladigan xizmatlar sifati nuqtai nazaridan kompyuterning imkoniyatlarini oshiradi. CISC-arxitekturalarining imkoniyatlaridan foydalanish va qo’llanilish tajribasi shuni ko’rsatdiki, quvvatli buyruqlar tizimi ko’pincha to’liq ishlatilmaydi, ko’p buyruqlarni bajarishda qatnashadigan apparat vositalar samarasiz ishlatiladi.
|
| |