• III BOB. Ma’lumotlarga ishlov berish tarmoqlarini qurishning umumiy qoidalari
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet46/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Nazorat savollari



    1. Kompyuterning asosiy funksional komponetlarini sanab o’ting.

    2. Kompyuterning asosiy bog’lamalari qanday o’zaro aloqa qiladi?

    3. Xotira ko’rinishlarining pog’onalarini sanab o’ting.

    4. Kesh-xotiraning funksiyasi nimadan iborat?

    5. Qanday turdagi shinalar ichki, qaysilari esa tashqiga kiradi?

    6. Konveyerli ishlov berish qoidasini tushuntirib bering?

    7. PCI Express shinalarining ishlash qoidasi nimaga asoslangan?

    8. Kiritish-chiqarish moduli qanday ishlaydi?

    9. Buyruqlar sikli necha bosqichdan iborat bo’ladi?

    10. Stek xotiraning vazifasi nimadan iborat?

    III BOB. Ma’lumotlarga ishlov berish tarmoqlarini qurishning umumiy qoidalari

    Kompyuter tarmoqlari axborotlarni o’zgartirishning ikkita asosiy texnologiyalarini - hisoblashlar texnologiyalarini va ma’lumotlarni uzatish texnologiyalarini o’zida birlashtiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular ilmiy-texnik taraqqiyotning ikki asosiy yo’nalishlari - kompyuter va telekommunikasiya texnologiyalarining taraqqiyoti natijasi hisoblanadi.


    Birinchi yaratilgan kompyuterlar hisoblash markazlariga o’rnatilgan, u yerga barcha foydalanuvchilar dasturlarini kiritish, ishlov berish va olingan natijalarni bosmadan chiqarish uchun o’z dasturlarini olib borishgan. Bu markazlashtirilgan ishlov berish tizimi bo’lib, foydalanuvchilar dasturlari paketlarga to’plangan, kompyuter operatorlari xotiraga navbat bo’yicha dasturning butun paketini kiritishgan, kompyuter shunday tartibda bu dasturlarni ishlagan va ana shunday navbatda olingan natijalarni bosmadan chiqargan. Agar dasturda xatolik aniqlansa, u foydalanuvchiga to’g’rilash va dasturlarni keyingi ishga tushirishni navbatdagi paketlarni to’plash seansi uchun qaytarilgan. Bunday texnologiya paketli ishlov berish deyilgan.
    Rivojlanishdagi keyingi qadam vaqt bo’yicha taqsimlangan ko’p terminalli tizimlar bo’ldi. Har bir foydalanuvchi alfavit-raqamli displey deb ataluvchi o’z terminaliga ega bo’lgan. Uning yordamida foydalanuvchida hisoblash markazi kompyuteri resurslaridan foydalanish imkoniyati bo’lgan.
    Jamoa bo’lib foydaniladigan hisoblash markazi kompyuteriga oldindan kiritiladigan dasturlar bilan ishlash xatoliklarni to’g’rilash, dasturga birinchi buyruqlarni displeydan kiritish, kompyuterda bu dasturlarni ishga tushirish va olingan natijalarni tuzatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bunday terminallarning hisoblash imkoniyatlari mukammal bo’lgan, shu bilan birga bunday taqsimlangan tizimning zamonaviy tarmoqlarini dastlabki bosqichi deb hisoblash mumkin. Foydalanuvchi umumiy fayllarga ruxsat olishi mumkin bo’lgan, unda kompyuterga yagona egalik hissi bo’lgan, chunki u kerakli dasturni ishga tushirishi va deyarli birdaniga natijani olishi mumkin bo’lgan. Bu imkoniyatni hisoblash markazi kompyuteri (meynfreym) vaqt buyicha taqsimlash ish tartibi bilan ta’minlagan.
    Shunday qilib, birinchi taqsimlangan tizimlar “terminal-kompyuter” turdagi masofaviy ulanishga ega bo’lgan va telefon aloqa liniyalariga asoslangan. Terminallar kompyuterlar bilan telefon tarmoqlari orqali modemlar yordamida ulangan. Birinchi taqsimlovchi tizimlarda bunday mexanizm asosida fayllarni almashtirish va elektron pochta xizmatlari ishlatilgan. Biroq, bungacha telefon tarmoqlari kanallarni kommutasiyalash ish tartibida ishlagani uchun, foydalanuvchi va maynfreym, shuningdek ikkita kompyuter orasida tezkor ma’lumotlarni almashtirish imkoniyati qiyin bo’lgan, kerakli ulanish tezligini o’rnatish va almashtirish trafigi ta’minlanmagan. Bunda eski ko’rinishidagi telefon kanallari asosan faqat bitta so’zlashuvini analog shaklda uzata olgan, bunday kanallar bo’yicha uzatish tezligi faqat sekundiga bir necha o’nlab kilobaytlarni tashkil etgan, shuningdek xatoliklardan himoya yaxshi ta’minlanmagan.
    Ma’lumotlarni uzatishda paketlarni kommutasiyalash texnologiyasining o’zlashtirilishi oldinga sezilarli qadam tashlash bo’ldi. Bunda ma’lumotlar uncha katta bo’lmagan qismlarga, ya’ni paketlarga bo’linadi. Paketlar bir-birlaridan mustaqil ravishda, paketning sarlavhasida oxirgi bog’lamaning manzili bo’lganligi tufayli tarmoq bo’yicha harakatlangan. Ijaraga olinadigan telefon kanallarida qurilgan bunday texnologiyaga misol X.25 tarmoqlari hisoblanadi.
    Bir necha kompyuterlarni yagona tizimga birlashtirish g’oyasini amalga oshirgan birinchi tarmoq ARPANET (AQSh) tarmog’i bo’ldi. Bu yerda yagona tizimda faqat kompyuterlar emas, ulardan tashqari kompyuterning operasion tizimlari kommunikasion protokollarning qo’shimcha modullari bilan birgalikda ishlatildi. Ma’lumotlarni taqsimlangan holatda saqlash va ishlatilishini tashkil etish, ya’ni tarmoqning umumiy resurslarini yaratishga imkon beradigan birinchi tarmoq operasion tizimi paydo bo’ldi. Tarmoq funksiyalarini bajaruvchi dasturiy modullar, kompyuter va kommunikasion texnikaning rivojlanishi, tarmoqda ko’rsatilgan xizmatlar soni kengayishining rivojlanish ko’lami bo’yicha doimo takomillashdi.
    Elektron texnikaning rivojlanishi bilan, prosessorlarning, xotiraning, katta sig’imli to’plagichlarning integral sxemalarining yaratilishi bilan mini-EHM larni, keyin esa shaxsiy kompyuterlarni yaratish imkoniyatlari paydo bo’ldi.
    Aynan shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi lokal tarmoqlarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi, bu yerda shaxsiy kompyuter mini-EHM va meynfreymlarning asosiy resurslaridan ruxsatli foydalanish vositasiga aylandi. Nisbatan arzonligi va foydalanishda oddiyligi tufayli shaxsiy kompyuterlar davlat tashkilotlarida, xususiy kompaniyalarda, banklarda, oliy o’quv yurtlarida va ommaviy foydalanuvchilarda keng ko’lamda foydalaniladigan bo’ldi. Shaxsiy kompyuterlarning quvvatli modellarining paydo bo’lishi shunga olib keldiki, dastlab ular qimmat maynfreymlar va minikompyuterlarning o’rnini olgan holda uncha katta bo’lmagan lokal tarmoqlarning serverlari vazifasini bajardi.
    Paketlar kommutasiya texnologiyalarini o’zlashtirilishi va keng joriy etilishi, masofadagi kompyuterlar orasida unifikasiyalangan almashuv qoidalarini ishlab chiqilishi, apparat va dasturiy vositalarining (drayverlar, kabellar, raz’yomlar) moslashgan to’plamlarining shakllantirilishi, aloqa liniyalari bo’yicha ma’lumotlarni samarali uzatish mexanizmlarining o’rnatilishi yangi texnologiyalarning o’zlashtirilishi bilan birgalikda olib borildi.
    Bular endi tarmoq texnologiyalari bo’lib shakllandi.
    Tarmoqlarni tashkil etilishida katta xilma-xillikka qaramasdan, dastlab oddiy ishlash algoritmi va jihozlarning past narxi tufayli lokal tarmoqlar texnologiyalari orasida Ethernet texnologiyasi yetakchilikni qo’lga kiritdi. Lokal va global tarmoqlarning rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarida ular bir-birlaridan sezilarli farq qilardi.
    Lokal tarmoqlar kompyuterlar orasida cheklangan masofaga ega bo’lgan va uzatish uchun sifatli aloqa liniyalaridan foydalangan. Shuning uchun ma’lumotlarni almashtirish usullari oddiy, jihozlar ishonchli va arzon bo’lgan. Yaxshi aloqa liniyalarda ma’lumot uzatish tezligi 10 dan 100 Mbit/s ni tashkil etgan. Lokal tarmoqlar faylli ma’lumotlardan, printerlardan va apparat resurslaridan birgalikda foydalanish, elektron pochta servislari kabi keng xizmatlar spektrini taqdim etganlar.
    Global tarmoqlarda aloqa liniyalari bir turga mansub emas va mos ravishda ishonchsizroq bo’lgan, shuning uchun ma’lumotlarni uzatishning murakkabroq usullari, kommunikasiyaning qimmatroq jihozlari talab qilinar edi. Ma’lumotlarni almashtirish tezligi Kbit/s dan Mbit/s birliklargachani tashkil etar edi. Apparat resurslardan foydalanish imkoniyati bo’lmagan, pochta va fayl xizmatlari esa cheklangan imkoniyatlariga ega bo’lgan.
    Biroq, katta masofadagi optik tolali aloqa liniyalarining paydo bo’lishi bilan lokal tarmoqlarni regional va shahar tarmoqlariga integrasiyalash imkoniyati paydo bo’ldi. Elektron tijorat sohasida tijorat xizmatlarida o’sish, uzatiladigan axborotlar turlarining (audio va video ma’lumotlar) sezilarli kengayishi, raqamli almashtirish kanallariga o’tish faqat lokal va shahar tarmoqlarni regional va global tarmoqlarga integrasiyalanishidan tashqari, ularning texnologik ko’rsatgichlarini yaqinlashtirishiga olib keldi. Yangi Frame Relay, ATM almashtirish texnologiyalari paydo bo’ldi. Ularda uzatishdagi bittalik xatoliklar minimallashtirildi, nutq, tasvir ma’lumotlarni va video axborotlarni yuqori tezlikda katta masofalarga uzatish mumkin bo’ldi.
    Lokal va global tarmoqlarning imkoniyatlarini yaqinlashtirishda katta rolni IP tarmoq protokolining yaratilishi va tarqalishi sabab bo’ldi. Bu protokol barcha Ethernet, Token Ring, Frame Relay, ATM lokal va global tarmoqlar texnologiyalarida ishlay boshladi. Shu tufayli IP protokolga Internet tarmog’ida World Wide Web gipermatnli axborot xizmatlarini joriy etilishi mumkin bo’ldi.
    Lokal va global tarmoqlarning integrasiyalanishi kompyuter tizimlarini tashkil etishning yangi variantlarini yaratdi. MAN (Metropolitan Area Networks) shahar tarmoqlari, yirik tashkilotlarning, banklarning, davlat, transport, soliq va bojxona xizmatlarining korporativ tarmoqlari paydo bo’ldi. Biroq tarmoqlarning o’zaro integrasiyasi yangi muammoni – ruxsatsiz foydalana olishdan ma’lumotlarni himoyalashni keltirib chiqardi.
    Hozirgi vaqtda ma’lumotlarni almashish texnologiyalari takomillashtirilmoqda, 100 Mbit/s dan ortiq magistral almashish tezligi ta’minlanmoqda, integrasiyalangan tizimlarda uzatish bilan bir qatorda videokonferensiyalar, nutq va matn birgalikda uzatish ish tartiblari quvvatlamoqda. Lokal va global tarmoqlarda almashish texnologiyalari orasida farq yo’qolib bormoqda (masalan, Giqabit Ethernet, ATM). Tarmoqlarning texnologik yaqinlashishi raqamli uzatish tizimlari, paketlarni kommutasiyalash usullari va taqdim etiladigan xizmatlarni dasturlashtirish asosida amalga oshiriladi.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.