|
NRZ potensial kod (Non Return to Zero)
|
bet | 54/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevNRZ potensial kod (Non Return to Zero).
Bu oddiy raqamli signal bo’lgan oddiy kod bo’lib, bunda birlar ketma-ketligini uzatish nolli holati yo’q, bir (1) va nol (0) potensialning yuqori va pastki holati bilan qayd etilgan (3.3,a-rasm). Bu ishlatishda oddiylikni ta’minlaydi, aloqa liniyasida yuqori o’tkazish xususiyatini talab qilmaydi. Masalan, bir 100 ns uzunlikli 10 mbit/s uzatish tezligida aloqa liniyasining talab qilinadigan o’tkazish xususiyatiga 5 MGs ni tashkil etadi.
NRZ kodining kamchiligi axborotlarning uzun paketlarini qabul qilishda sinxronlashtirilishning yo’qolishi mumkinligi, chunki qabul qiluvchi nolli holatning yo’qligi sababli qabul qilishning boshlang’ich momentini paketning faqat birinchi momentiga bog’lashga majbur bo’ladi, keyin esa sinxronlashtirish ichki takt generatori hisobiga bo’ladi (u uzatuvchi generator taktlari bilan mos tushmasligi mumkin), shuning uchun NRZ faqat qisqa paketlarni (1 Kbitgacha) uzatishda ishlatiladi. NRZ kodi RS232 standartida ishlatiladi (kompyuterning ketma-ket porti). Uzatish baytlarida start va stopli bitlar belgi sifatda ishlatiladi.
Sinxronlashtirish uchun qulayroq AMI (Alternate Mark Inversion) nolinchi darajali modifikasiyalangan NRZ kod hisoblanadi. Unda potensialning uchta- manfiy, nolinchi va musbat pog’onasi qo’llaniladi (3.3,b-rasm). Manfiy nolni (0) kodlash uchun nolinchi potensial, mantiqiy birni (1) kodlash uchun musbat yoki manfiy potensial ishlatiladi, lekin bunda har bir keyingi mantiqiy birning (1) potensiali oldingi potensialga qarama-qarshi bo’ladi. Bu qabulda sinxronlashtirish qiyinchilik tug’dirmaydi, chunki turli qutbli impulslarining mavjudligi bilan har bir navbatdagi bitga bog’lanish mumkin. Bu usulning NRZ kodiga nisbatan kamchiligi aloqa liniyasining talab qilinadigan o’tkazuvchanlik qobiliyati ikki marta katta bo’ladi (10 Mbit/s), uzatish tezligida liniyaning 10MGs o’tkazish xususiyati talab qilinadi.
AMI kodi uzatiladigan xatolik bitlarini nazorat qilish bo’yicha imkoniyatlarni beradi, signallar qutblaridagi qatiy o’rnatilgan navbatning buzilishi xatolik (yolg’on) impulsining paydo bo’lishini bildiradi.
|
| |