Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari va liniyalari




Download 3,98 Mb.
bet51/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

3.2. Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari va liniyalari

Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plami quyidagilar: axborotlar uzatgichi, aloqa kanali va axborotlar qabul qiluvchi birligi hisoblanadi. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi sifatida kompyuterlarni bevosita aloqa liniyalariga ulanishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir. Bular modemlar (telefon liniyalari uchun) va tarmoq adapterlari hisoblanadi.


Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti signallar uzatiladigan elektr va optik o’tkazgichlar (o’tkazish muhiti), shuningdek, yer yuzidagi va sun’iy yo’ldoshli aloqa radiokanallar tarzidagi simsiz muhit hisoblanadi. Ishlatiladigan chastota diapazoni va kanalning uzunligi bilan farqlanadigan ko’pllab xilma-xil radiokanallar turlari mavjud. Kompyuter tarmoqlarida ham o’tkazgichli, ham simsiz muhitlar qo’llaniladi. Hozirgi kunda Ethernet standartidagi mobil kompyuter tarmoqlari texnologiyalari rivojlanmoqda. Ko’p hollarda, xususan, global va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar qanday oraliqda ma’lumotlar o’tkazgichlar orqali emas, simsiz radiokanallar va sun’iy yo’ldoshli aloqa kanallari orqali uzatilishini har doim ham bilishmaydi.
Kabelli aloqa liniyalari kengroq tarqalgan. Kompyuter va telekommunikasion tarmoqlarda bir necha turlardagi kabellar qo’llaniladi.

  • Ekranlashtirilmagan o’rama juft UTP (Unshielded Twister Pair);

  • Ekranlashtirilgan o’rama juft STP (Shielded Twister Pair);

  • Koaksial kabel (“yo’g’on yoki “ingichka”);

  • Optik tolali kabel.

Bu kabellarning tuzilishi va parametrlarini ko’rib chiqamiz.
Izolyasiya bilan qoplangan juft o’ralgan mis o’tkazgichlar o’rama juft kabel deyiladi. (3.2,a-rasm). O’rama juft asosidagi kabel yagona plastik qoplamdagi bir necha o’ralgan izolyasiyalangan o’tkazgichlar juftligi. O’tkazgichlarning o’ralishi uzatiladigan tashqi va o’zaro holatlarning ta’sirini kamaytiradi. Odatda, kabelga ikki yoki to’rtta o’ralgan juftliklar kiradi, bunda har bir juftlik ma’lum rangga ega bo’ladi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juftlar holatlardan kuchsiz himoyalangan va binolarning ichkarisiga o’rnatiladi. Ular montaj, ta’mirlashning osonligi, 100m kam chegara masofaga ega, 1000 Mbit/s gacha tezliklarda ishlaydi.
Ekranlashtirilgan o’rama juft uzatiladigan signallarni tashqi eletromagnit maydonlardan yaxshi himoya qiladi, chunki u kabelning ichki tomonida izolyasiya va qobiq orasida to’r yoki zar qog’oz tarzdagi yerga ulanadigan metall ekranga ega bo’ladi.
O’rama juftlarni ulash uchun RJ-45 turidagi maxsus raz’yom (konnektorlar) ishlatiladi. Ular to’rt kontaktli telefon raz’yomlaridan farqli ravishda sakkizta kontaktlarga ega bo’ladi. Ko’pincha o’rama juftlar bir yo’nalishda ma’lumotlarni uzatish uchun, ya’ni “yulduz” yoki “halqa” topologiyalarida ishlatiladi.

Download 3,98 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarining aloqa kanallari va liniyalari

Download 3,98 Mb.