• Optik tolali kabel
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet52/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Koaksial kabel markaziy o’tkazgich (mis sim) va ekran vazifasini bajaradigan metall qoplamadan tashkil topgan elektr o’tkazich hisoblanadi (3.2,b-asm). Metall o’tkazgich va ekran izolyasiya bilan ajaratilgan. Tayyorlanish texnologiyasi va parametrlari bo’yicha koaksial kabellar “yo’g’on” va “ingichka” koaksial ikki guruhga bo’linadi.
    “Yo’g’on” koaksial kabel 12.5 mm tashqi diametrga va yaxshi elektr hamda mexanik xarakteristikalarni ta’minlaydigan 2.17 mmli diametrdagi yo’g’on o’tkazgichga ega. Ma’lumotlarni uzatish tezligi yo’g’on koaksial kabelda yuqori bo’lib, u 50 Mbit/s gachani tashkil etadi. U yuqori halaqitbardoshlikka va bir kilometrgacha hamda undan ortiqcha ruxsat etiladigan uzatish masofasiga ega. Biroq bunday kabelni montaj va ta’mirlash o’rama juftga nisbatan murakkab, chunki yo’g’on kabelni ulash uchun qimmat qurilmalarni ishlatish kerak bo’ladi. Ular “ingichka” kabellardan ko’ra kam qo’llaniladi. “Ingichka” koaksial kabel ingichka ichki o’tkazgichga (0.89 mm) va 5.6 mm tashqi diametrga ega, u arzon va ishlatishda qulay, lekin yomon elektr va mexanik xarakteristikalarga ega. “Ingichka” kabel bo’ylab uzatish tezligi 10 Mbit/s dan ortmaydi.
    Optik tolali kabel (3.2,v-rasm) qattiq shisha qobiq bilan o’ralgan va tashqi himoyaviy plastik qobiqqa ega bo’lgan yupqa ixcham (50-60 mikron) shisha tolalardan iborat. Bitta kabelda bir necha yuzlab bunday o’tkazgichlar bo’lishi mumkin.
    Bir modli tola bo’ylab (8-10 mikron dimetrli) optik signal oynali qobiqqa va kichik sindirish koeffisiyentiga ega bo’lgan tola devorlaridan qaytmasdan tarqaladi. Tola bo’ylab yorug’lik turi tarqalib uning chegaralaridan tashqariga chiqmaydi, bu bilan keng o’tkazish yo’lagi (yuzlab GGs gacha) ta’minlanadi. Bunda signalda yo’qotish sezilarsiz bo’ladi, bu signallarni uzoq masofaga yuborish imkonini beradi. Bir modli kabel uchun yorug’likni talab qilinadigan to’lqin uzunligida generasiyalaydigan lazerli qabul qiluvchi uzatgichlar qo’llaniladi.
    Ko’p modli kabelda yorug’lik nurlarining trayektoriyasi sezilarli og’ishlarga ega. Shisha tola 62.5 mikron diametrga ega, tashqi himoya qobig’i esa 125 mikronga teng. Uzatish uchun lazerli uzatgich emas, oddiy yorug’lik diodi ishlatiladi, shuning uchun tola bo’ylab birdaniga turli uzunliklardagi ko’p to’lqinlar tarqaladi, ulardan har biri o’z tushish burchagiga va turli qaytarish burchagiga ega bo’ladi. Vujudga keladigan interferensiya uzatiladigan signalning sifatini yomonlashtiradi, shuning uchun ko’p modli signallarning xarakteristikalari yomon hisoblanadi.
    Ko’p tolalar soniga ega bo’lgan optik tolali kabel bo’ylab ko’p miqdordagi xabarlarni uzatish mumkin. Axborotlarni kodlash yorug’lik nurining kuchini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi. Kabelning boshqa oxirida qabul qiladigan asbob yorug’lik signallarini elektr signallarga o’zgartiradi. Optik tolali kabel bo’ylab ma’lumotlarni uzatish tezligi juda yuqori va 1000 Mbit/s gacha qiymatga yetadi. Bunday kabel qimmat turadi va undan kompyuter tarmoqlari telekommunikasiyalarining magistral, yuqori tezlikli segmentlarni yotqizishda foydalaniladi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.