• 2B1Q potensial kod
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet55/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Bipolyar impulsli kod shunday farqlanadiki, unda mantiqiy bir (1) bir qutbdagi impuls, nol (0) esa boshqa qutbdagi impuls bo’ladi (3.3,v-rasm). Har bir impuls taktning yarmigacha davom etadi, bunda har bir taktda mavjud bo’lgan nolinchi potensial qabul qilish/uzatishni sinxronlashtirish uchun yaxshi asos bo’ladi. Aloqa liniyalarining o’tkazish xususiyati qo’yiladigan talablarning potensial o’sishiga qaraganda impulsli kodlarning spektri kamroq. Bipolyar impulsli kod kam ishlatiladi.
    Manchester kodi lokal tarmoqlarda keng qo’llaniladi. U ham yaxshi sinxronlashtiriladigan kodlarga kiradi, lekin faqat ikkita pog’onaga ega. Mantiqiy birga bitta bit markazida musbat o’tishga (“past pog’ona”- “yuqori pog’ona” turdagi o’tish), mantiqiy nolga esa bit markazidagi manfiy o’tish mos keladi. Boshqacha aytganda, axborot takt o’rtasida bo’ladigan potensialarning o’zgarishlari bilan kodlanadi (3.3,g-rasm).
    Ma’lumotlarning bir bitini uzatish takti mobaynida signal bo’lmaganda bir marta o’zgaradi, u holda manchester kodi almashtirishni sinxronlashtirish uchun yaxshi xususiyatlarga ega. Aloqa liniyasining o’tkazish xususiyati NRZ kodi ishlatilgandagiga qaraganda ikki marta ko’p talab qilinadi. Masalan, 10 Mbit/s uzatish tezligi uchun aloqa liniyasining 10 MGs o’tkazish polosasi talab qilinadi. Manchester kodi bipolyar kodga qaraganda yana bir afzallikka ega, unda ma’lumotlarni uzatish uchun uchta emas, ikkita holat ishlatiladi. Manchester kodi Ethernet, Token Ring texnologiyalarida qo’llaniladi va ham elektr, ham optik tolali kabellarda ishlatiladi.
    2B1Q potensial kod ma’lumotlarni kodlash uchun signalning to’rtta pog’onasiga ega. Kodning nomi uning ma’nosini anglatadi. Har bir ikki bit (2V) to’rtta holatga (Qurdra) ega bo’lgan signalning bir taktida (1) uzatiladi (3.3,d-rasm). Ikkita bitlarning 00 qo’shmasiga-2,5V potensial, 01 juftga-0,833 V, 11 juftga+0,833 V, 10 juftga esa+2,5V potensial mos keladi. 2B1Q kod yordamida o’sha bir liniya bo’yicha AMI va NRZ1 kodlariga qaraganda ikki marta ko’p ma’lumotlarni uzatish mumkin, lekin qabul qiluvchi halaqitlar fonida to’rtta pog’ona aniq ajratilishi uchun uzatuvchi katta quvvatli bo’lishi kerak.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.