• Mantiqiy bog’lanish
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet58/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Deytagrammali uzatishda bog’lanish o’rnatilmaydi, barcha uzatiladigan paketlar bog’lamalar bo’yicha bir-birlariga mustaqil ravishda uzatiladi. Ishlov berish jarayoni paketga kiritilgan parametrlarni aniqlash va trafikning holatini tahlil qilishdan iborat. Uzatilgan paketlar haqidagi axborot saqlanmaydi va navbatdagi paketga ishlov berishda hisobga olinmaydi. Tarmoq tomonidan uzatiladigan alohida paket ma’lumotlarning mustaqil birligi deytagramma sifatida ko’riladi. Kelgan paketni uzatish kerak bo’lgan kommutasiya interfeysini tanlash, paket sarlavhasida bo’lgan jo’natish manziliga asoslanib amalga oshiriladi. Paketning axborot oqimiga tegishliligi hisobga olinmaydi.
    Tarmoqning paketli kommutatorlari bo’yicha keladigan paketlar jo’natish manzillari va kommutatorlar marshruti bo’yicha keyingi manzillar orasida moslikni aks ettiradigan kommutasiya jadvali (3.13-rasm) yordamida harakatlanadi.



    Deytagrammali tarmoqning kommutasiya jadvalida kommutator kirishiga keladigan paketlarning qayerga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan barcha manzillar haqida yozuv mavjud (kommutatorlar xotiraga ega va minglab kirish/chiqishli jadvallarini saqlaydi). 3.14-rasmda deytagrammali tarmoq misolida yuqorida ko’rsatilgan jadvalning ishlatilishiga misol keltirilgan. Jadval yuqorisida keltirilgan K1bog’lama kommutatori shtrixlangan.


    Deytagrammali tarmoqlarning ko’p hollarida kommutasiya jadvallarida o’sha jo’natish manzili uchun bir necha yozuvlar bo’lishi mumkin. Keltirilgan misolda №2 manzilli jo’natish bog’lama uchun K1 ga keladigan paketlar K2 va K3 orasida taqsimlanishi va jadvalda ikkita yozuv ko’rsatilishi mumkin.
    Deytagrammali usul tezkor hisoblanadi, chunki hyech qanday dastlabki harakatlar kerak emas, biroq uning kamchiligi - yetkazishni nazorat qilish mumkin emasligi, manzilga paketning yetkazilishiga kafolat yo’qligi.
    Mantiqiy bog’lanish o’rnatishli uzatish seanslarga bo’linadi. Ishlov berish prosedurasi alohida paket uchun mos bitta bog’lanishning barcha paketlari uchun aniqlanadi. Bog’lanishni o’rnatish uchun malumotlarni jo’natuvchi bog’lama maxsus formatdagi xizmat kadrini oluvchi bog’lamaga (almashtirishga so’rov) jo’natiladi. Tayyor bo’lganda oluvchi bog’lama xatoliksiz almashish sharti uchun zarur malumotlarni taklif etadigan va almashishga tayyorlikni tasdiqlaydigan boshqa xizmat kadrini javob tariqasida yuboradi. Bular: bog’lanish indentifikatori, kadrlar malumotlar maydonining chegaraviy uzunligi, kadrlar soni (3.15-rasm). Agar shartlar qoniqarli bo’lsa jo’natuvchi bog’lama uchunchi xizmat kadrini yuboradi, so’ng birdaniga bir necha paketlarda malumotlarning uzatilishi boshlanadi. Malumotlar olinganidan keyin jo’natuvchi bog’lamaga kvitansiya yuboriladi. Uzatish tugaganidan keyin jo’natuvchi bog’lama mantiqiy bog’lanishni uzilishiga so’rov xizmat kodini yuboradi, u tasdiqlanganidan keyin almashish seansining tugaganligi qayd etiladi.

    Mantiqiy bog’lanish kadrlarining harakatlanish marshrutini qayd etmaydi, bir bog’lanish seansining paketlari, hatto o’sha jo’natish bog’lama manzili va qabul qilish bog’lamasining manzili bir bo’lsa ham, turli marshrutlar bo’ylab harakatlanishi mumkin. Faqat axborot xabarlarni uzatiladigan deytagrammalarini uzatishdan farqli ravishda mantiqiy bog’lanish o’rnatilishli uzatish ham axborot malumotlarini, ham bog’lanishni o’rnatish yoki uni uzish uchun to’plangan xizmat axborotining uzatilishini quvvatlashga imkon beradi. Paketlarni bunday turda uzatishi shonchliroq, lekin uzatish uchun ko’p vaqtni talab qiladi.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.