|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 61/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevTarmoq adapterining vazifasi - abonent apparaturasini tarmoq bilan moslashtirish, kompyuter va malumotlarni uzatish kanali orasida almashishini, shuningdek kompyuter zanjirlarini tarmoq kabeli bilan elektr bog’lanishini taminlaydi. Tarmoq adapteri RSI va ISA uchun tizim shinasining kengaytirilgan slotlari, shuningdek tarmoq kabeli bilan ulash uchun raz’yomlar joylashgan bosma plata hisoblanadi.
Tarmoq adapteri quyidagi vazifalarni bajaradi;
uzatish/qabul qilish signallarni kodlash va dekodlash;
qabul qilinadigan paketda o’zining tarmoq manzilini identifikasiyalash;
malumotlarni parallel koddan ketma-ket kodga va aksincha o’zgartirish;
o’zining ichki registrlarida malumotlarni birlashtirish;
baholi vaziyatlarni aniqlash va ajratiladigan muhitga ruxsat etish algoritmlarini ishlatish;
nazorat yig’indisini hisoblash;
almashish protokollariga amal qilish.
Har xil turdagi kabellar bilan ishlash uchun adapter platasida maxsus qayta ulagichlar, shuningdek, adapter sxemasi va tarmoq kabeli orasida signallarning pog’ona va shaklini moslashtirish uchun transiverlar mavjud.
Tasodifiy ruxsat etishning asosiy qoidalarini ko’rib chiqamiz.
Muhitga ruxsat etish faqat mazkur momentda almashishni amalga oshirmayotgan va muhitda signallar bo’lmagan hollarda bo’lishi mumkin.
Muhit bo’sh bo’lganida va boshqa bog’lamalar unda almashish olib bormayotganida kompyuter va almashish tashabuskorining muhitini (uzatish kanallarini) egallashi va almashishni boshlashi mumkin. Bir bog’lama bilan ajratiladigan muhitni yakkaxon ishlatilishi bitta kadrning uzatilish vaqti bilan cheklanadi (kadr bu uzatiladigan umumiy malumotlar faylining qismidir).
Ajratiladigan muhitga kadr uzatilganidan keyin barcha tarmoq adapterlari bir vaqtda bu kadrni qabul qila boshlaydi, kadrning boshlang’ich maydonlarida joylashgan, uning jo’natish manzilini tahlil qiladi.
Agar tahlil qilingan manzil o’z manzili bilan mos tushsa kadr tarmoq adapteri ichki buferiga joylashtiriladi va qabul qilingan hisoblanadi.
Tasodifan ruxsat etish usuli noaniqlikni keltirib chiqaradi, bunda birdaniga ikkita kompyuter tarmoq bo’yicha malumotlarni uzata boshlaydi. Bu ko’proq tarmoq trafigiga, uning intensivligiga bog’liq. Ajratiladigan muhitli tarmoq texnologiyalarida almashish jarayonini aniqlash va o’zgartirish algoritmi ko’zda tutilgan. Kolliziya topilganda uzatuvchi tarmoq adapterlari uzatishni to’xtatadi va pauzadan keyin yana muhitga ruxsat etishni olishga urinadi.
|
| |