• Takrorlovchi
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet63/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Mantiqiy struktura (mantiqiy aloqalar) tarmoq bo’yicha axborot oqimlarini o’tish yo’li hisoblanadi. Bu yo’llar aktiv kommunikasion qurilmaning sozlanishi hisobiga shakllanadi.
    Bazi hollarda fizik va mantiqiy strukturalar mos bo’ladi (3.18-rasm). Keltirilgan struktura fizik halqa hisoblanadi. Determinantlangan ruxsat etish usuli ishlatilganda marker kompyuterdan kompyuterga, ular fizik halqani tashkil etgan tartibda uzatiladi. Birinchi kompyuter markerini ikkinchi kompyuterga uzatadi. Punktir chiziqlar halqani (mantiqiy halqali) tashkil qilib, malumotlarni uzatish yo’lini belgilaydi.



    3.19-rasmda tarmoqning mantiqiy strukturalari mos bo’lmagan holga misol keltirilgan. Fizik jihatdan kompyuterlar umumiy shina topologiyalari bo’yicha ulangan. Shina ruxsat etishi shinali tarmoqlardagi qabul qilingan tasodifiy ruxsat etish bo’yicha emas, markerni halqali ketma-ketlikda uzatish yo’li bilan amalga oshadi. 1-nchi kompyuterdan 2-nchi kompyuterga, keyin 3, 4, 5, 6-nchi kompyuterlarga uzatiladi. Bu yerda endi markerni uzatish tartibi fizik aloqalarni takrorlamaydi, tarmoq adapterlari drayverlarining mantiqiy konfigurasiyalanishi bilan aniqlanadi. Bunda halqa teskari tartibda ham shakllanishi mumkin (6, 5, ...,1).


    Tarmoqlarni fizik strukturalashtirishning asosiy vositalari takrorlovchilar (repeater) va konsentratorlar (concentrator) yoki xablar (hub), tarmoqni mantiqiy strukturalashtirishning asosiy vositalari esa ko’priklar (bridge), kommutatorlar (swith) va marshrutizator (router), ya’ni aktiv kommunikasion qurilmalar elementlari hisoblanadi.





    Takrorlovchi tarmoqning umumiy uzunligini oshirish uchun tarmoq kabelining turli segmentlarining fizik ulanishlari uchun ishlatiladi. Takrorlovchilar so’nadigan signallarni kuchaytiradi, ular signallarni elektr xarakteristikalariga mos bo’lgan shaklini va quvvatini yaxshilaydi. Takrorlovchilar aloqa liniyalar uzunligini oshirishga, ajratiladigan muhitning makonini kengaytirishga imkon beradi. Tarmoq takrorlovchilarining qo’shilishi tarmoqning fizik topologiyasini o’zgartiradi (kengaytiradi), bunda uning mantiqiy strukturasini o’zgarishsiz qoldiradi.
    Konsentratorlar bir necha alohida segmentlarni yagona tarmoqqa birlashtirish uchun xizmat qiladi va bir necha portlari takrorlovchilar deb hisoblanadi. Bu qurilmada mazkur tarmoqning barcha segmentlari aloqa liniyasiga ulanadi. U barcha Ethernet, Token Ring, FDDI asosiy texnologiyalarda qo’llaniladi. Tarmoq turiga bog’liq konsentratorlarning qo’llanilishidagi farq konsentratorning qaysi chiqish portlarida kirish signalining takrorlashiga asoslanadi. 3.20-rasmda Ethernet tarmog’i konsentratoriga misol keltirilgan, u bu signal keladigan portdan tashqari barcha o’zining portlaridagi kirish signalini takrorlaydi. Ethernet dan farqli ravishda Token Ring texnologiyasining konsentratori faqat bitta, qo’shni portda kirish signalini takrorlaydi (3.21-rasm).






    Takrorlovchilar va konsentratorlarning rolini ko’rib chiqishga yakun yasab shuni aytish mumkinki, ularning qo’llanishi tarmoqning o’lchamlarini oshirish va ma’lumotlarni uzatish yo’nalishlarini rostlanishini ta’minlash imkoniyatini beradi, lekin ular faqat tarmoqning fizik qurilmasiga ta’sir qiladi. Mantiqiy struktura ularning ishlatilishida o’zgarmaydi. Boshqacha aytganda aloqa liniyalarining va takrorlanishidagi konsentratorlar ko’rinishidagi kommunikasion qurilmalarning butun to’plami yagona ajratiladigan muhit bo’ladi. Bunday muhitda ikki kompyuterning aloqa seansi vaqtida unga ruxsat etish usuliga bog’liq bo’lmasdan, muhit boshqa foydalanuvchilar uchun ruxsat etilmaydigan bo’lib qoladi.


    Yagona uzatish muhitini mantiqiy segmentlarga bo’lishni ko’priklarning qo’llanilishi ta’minlaydi. Ko’prik axborotlarni bir segmentdan boshqa segmentga faqat jo’natish kompyuter manzili boshqa segmentga tegishli bo’lsagina uzatadi. Ko’prik bir segment trafigini boshqa segment trafikidan ajratadi va segment doirasida trafikni lokallaydi. 3.22-rasmda ko’prik yordamida alohida segmentlar o’zaro ta’sirlashadigan (masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo’limlari) tarmoq ko’rsatilgan. Har bir mantiqiy segment konsentrator asosida quriladi va oddiy fizik strukturaga ega bo’ladi. Agar 1-nchi kompyuter foydalanuvchisi bir segmentga joylashilganda 2-nchi kompyuter foydalanuvchisiga ma’lumotlarni yuborsa, u holda bu ma’lumotlar konsentrator tomonidan faqat shu segment kompyuterlarining tarmoq interfeyslariga translyasiya qiladi.



    Ma’lumotlar yo’naltirilishi kerak bo’lgan segmentni aniqlashni ko’prikdagi o’qish algoritmi bajaradi (3.23-rasm). Ko’prik o’zining 1-nchi va 2-nchi kirishlariga ulangan ikkita tarmoq segmentini bog’laydi. Dastlabki holatda ko’prik o’zining 1-chi va 2-chi portlariga qanday manzilli kompyuterlar ulanganligi haqida axborotga ega bo’lmaydi, ko’prik qaysi portdan kelganidan tashqari, o’zining barcha portlariga uzatadi. Tasvirlangan sxemada oddiylik uchun ikkita port ko’rsatilgan, shuning uchun uzatish faqat ular orasida bo’lishi mumkin. Olingan paket ko’prikning buferiga yoziladi, paket manba manzili tahlil qilinadi (bu holda MAS-manzil), tarmoqning qaysi segmentidan paket kelganligi haqida mos manzilli jadvalda yozuv joylashadi (jo’natuvchining segment tartib raqami-port tartib raqami). Bu jadval filtrlash jadvali (chunki, 1-chi portga kelgan va undan 2-chi kompyuterga yo’naltirilgan paketlarni ko’prik boshqa segmentga o’tkazmaydi). Shuning uchun jadvalda birinchi MAS-manzil - 1-port yozuvi paydo bo’ladi. Barcha kompyuterlar ishlaganda jadval bosqichma-bosqich to’ldiriladi va har bir kompyuterga bittadan yozuvli 5 ta yozuvga ega bo’ladi. Keyin navbatdagi paketning kelishi bilan ko’prik manba manzilini kompyuterlar va bir segmentda jo’natish joylashganligini tekshiradi. Agar ular turli segmentlarda bo’lsa, ko’prik oluvchi segmentga olib boradigan portga paketni yuboradi. Oluvchi segmentiga ruxsat etish segment muhitiga o’rnatilgan ruxsat etish qoidalari bo’yicha (tasodifiy yoki determinlangan) bajaradi.


    Agar jadvalni tekshirish manba va jo’natish manzillari bitta segmentda joylashganligini ko’rsatsa (masalan, 1-chi va 2-chi kompyuterlar), u holda olingan paket ko’prik buferidan chiqarib yuboriladi. Agar olingan paketning manzillari jadvalda bo’lmasa (jo’natish manzili marshrutizatorga ma’lum bo’lmasa) ko’prik paketni manba portidan tashqari, barcha portlarga uzatadi. Ko’priklar turli almashtirish standartlaridagi tarmoqlarni birlashtirish uchun xizmat qiladigan qurilmalardir. Ko’priklarning muhim xususiyati turli kabellardan foydalaniladigan lokal tarmoqlarni yoki tarmoq segmentlarini masalan, koaksial kabeldagi tarmoqni optik tolali kabellarda qurilgan tarmoq bilan birlashtira olish xususiyati hisoblanadi.



    Ko’priklarning vazifalari va ularning sxemalari lokal va global tarmoqlarga bag’ishlangan boblarda yoritiladi.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.