• Kanallar kommutasiyasi Paketlar kommutasiyasi
  • Aktiv kommunikasion qurilmalar




    Download 3,98 Mb.
    bet60/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    3.6. Aktiv kommunikasion qurilmalar

    Kompyuter tarmoqlarida malumotlarni uzatish muhiti passiv va aktiv turdagi qurilmalaridan foydalaniladi. Passiv qurilmalar toifasiga elektr signallarni uzatishning faqat passiv funksiyasini taminlaydigan elektr zanjirlar bo’ylab signallarning o’tishiga tasir qilmaydigan fizik o’zaro tasirlashish vositalari kiradi. Ularning qatoriga koaksial, o’rama juft kabellar, optik tola va radioto’lqinlar kiradi.Bu har bir kompyuter tarmog’i uchun oxirgi bog’lamalar orasini bo’linadigan malumotlar uzatish muhitidir.


    Aktiv kommunikasion qurilmalar toifaga tarmoq bog’lamalari va oxirgi foydalanuvchilar kompyuterlari orasidagi ajratiladigan uzatish muhitida birgalikda foydalanishni taminlaydigan qurilmalar kiradi. Ularga takrorlovchilar, konsentratorlar (xablar), ko’priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kiradi.
    3.1-jadval.

    Kanallar kommutasiyasi

    Paketlar kommutasiyasi

    Dastlabki fizik bog’lanishni o’rnatish zarur

    Bog’lanish talab qilinmaydi(deytagrammali usul) yoki mantiqiy bog’lanish

    Manzil faqat bog’lanish bosqichida talab qilinadi

    Manzil va xizmat axboroti paketning o’zi bilan uzatiladi

    O’zaro ishlaydigan abonentlar uchun kafolatli o’tkazish xususiyati

    O’tkazish xususiyati noaniq, paketni uzatish kechikishi mumkin

    Tarmoq abonentga bog’lanishli o’rnatishga rad etishi mumkin

    Tarmoq hamisha abonentlardan malumotlarni qabul qilishga tayyor

    Real vaqt grafigi kechikishsiz bo’ladi, lekin kanalning o’zi samarasiz ishlatiladi.

    Tarmoqning resurslari, shu jumladan, uzilishli trafikda samarali ishlatiladi.

    Uzatishning yuqori ishonchliligi

    Buferlarni to’lib qolishi tufayli malumotlar yo’qotilishining mumkinligi

    Kanallar o’tkazish xususiyatining unumsiz ishlatilishi

    Trafikning intensivligini hisobga olganda o’tkazish xususiyatini dinamik ishlatish

    Malumotlarni uzatishning ajratiladigan muhiti deb, tarmoqning bir necha oxirgi bog’lamalari bevosita ulangan fizik muhitiga aytiladi. Har bir vaqt momentida bog’lamalardan faqat biri ajratiladigan muhitga so’rov qilishga ruxsat oladi va mana shu muhitga ulangan boshqa bog’lamaga paketlarni uzatish uchun harakat qiladi.
    Ajratiladigan muhitni tashkil etishda muhim muammolardan biri unga ruxsat etish usuli hisoblanadi. Tasodifan ruxsat etish usullaridan biri CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access With/Collision Detection) usuli hisoblanadi, u Ethernet tarmog’ining asosiga qo’yilgan. Bu usulni ishlatishda tarmoq interfeyslari qatnashadi, oxirgi foydalanuvchilar kompyuterlariga esa muhitni bo’lish vazifasini tarmoq interfeys kartalari (tarmoq adapterlari) bajaradi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




    Download 3,98 Mb.