|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 68/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevTransport pog’onasi. Bu pog’ona aмaliy ilovalarga (iyerarxiyaning yuqori pog’onalariga): aмaliy, taqdiм etish va seans pog’onalariga talab etiladigan ishonchlilik pog’onasida мa’luмotlarning uzatilishini ta’мinlaydi. OSI мodelida 0 dan 4 gacha beshta sinfdagi transport servislari (xizмatlari) aniqlangan. Bu servis turlari taklif etiladigan xizмatlar sifati uzilgan aloqani qayta tiklanish iмkoniyati, buzilishlar, yo’qotish va paketlarni alмashtirish kabi uzatish xatoliklarini topish va to’g’rilash xususiyati bilan ajralib turadi.
Servis sinfini tanlash, мa’luмotlarni transportirovka qilish tiziмi qanchalik ishonchli ekanligiga bog’liq. Bu ishonchlilik pastki tarмoq, kanal va transport pog’onalarining ish sifatiga bog’liq. Talab etiladigan ishonchlilik pog’onasini ta’мinlash uchun xatoliklarni topish va tuzatishning turli usullari ishlatiladi:
мantiqiy bog’lanishni oldindan o’rnatish;
nazorat yig’indilari bo’yicha yetkazilishini tekshirish;
paketlarni siklli noмerlash.
Bu barcha nazorat qilish algoritмi turlari tarмoq oxirgi bog’laмalarining dasturiy vositalari orqali, ya’ni uzatadigan va qabul qiladigan abonentlarning tarмoq operasion tiziмlari orqali ishlatiladi. Transport protokollariga TCP, UDP, SPX мisol bo’ladi.
Pastki to’rtta pog’onalar protokollari (fizik, kanal, tarмoq va transport) ixtiyoriy topologiyali va turli texnologiyalardagi tarkibiy tarмoqlarda berilgan darajadagi sifatli xabarlarni transportirovka qilish мasalasini yechadi.
OSI мodelining uchta yuqori pog’onasi ishlov berishning aмaliy dasturlari uchun servisni ta’мinlash мasalasini yechadi.
Seans pog’onasi. U toмonlarning o’zaro ishlashini ta’мinlaydi, uzatish va qabul qilish toмonlarini qayd etadi, alмashtirishni sinxronlashtirish vositalarini taqdiм etadi. Bundan tashqari, seans pog’onasi oxirgi nazorat nuqtasidan uzilgan aloqani qayta tiklanishiga iмkon beradi, boshqa yuqori va pastki pog’onalar protokollarini ishlatadi. Seans pog’onasining vazifalari, ko’pincha aмaliy pog’ona vazifalari bilan birlashtiradi.
|
| |