• Marshrutizator
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet64/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Kommutator funksional jihatdan ko’prikka o’xshash va yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi. Kommutatorning har bir porti parallel ish tartibida kadrlarni qayta ishlaydigan prosessor bilan jihozlangan, ular turli ma’lumotlarni uzatish tezligi har xil bo’lgan tarmoq segmentlari orasidagi aloqa vositasi hisoblanadi. Bog’lamalar va kommunikasion qurilmalar orasidagi yig’indi o’tkazish polosasi nazorat jihatdan kommutator unumdorligi bilan cheklangan. Ko’priklar kabi kommutatorlar bir segmentdan boshqa segmentga barcha paketlarni emas, faqat boshqa segmentning kompyuterlariga yuboriladiganlarini uzatadi.
    Marshrutizator ko’prikka qaraganda ishonchliroq va samaraliroq, tarmoqning alohida qismlar trafigini bir-birlaridan ajratadi. Ular ham turli almashish texnologiyalarida qurilgan (masalan, Ethernet va ATM) tarmoqlar fragmentlarini yagona tarmoqqa birlashtirish xususiyatiga ega. Marshrutizatorlar tarmoqning alohida oraliqlarini o’ta yuklashidan qochish yoki zararlangan oraliqlarni aylanib o’tish maqsadida tarmoq trafigini uzatishning optimal yo’lini tanlaydi. Tarmoqning mos dasturiy ta’minotli kompyuterlaridan biri marshrutizator bo’lishi mumkin.
    Ko’priklardan farqli ravishda marshrutizator paketlar fizik manzillar bilan (MAS-manzillar bilan) emas, mantiqiy tarmoq manzillar bilan (IP-manzillar bilan) ishlaydi. Marshrutizatorlar ko’priklar va kommutatorlardan murakkabroq va, demak, sekinroq ishlaydi. Agar repiter faqat unga keladigan paketlarni qaytarsa, kommutatorlar va ko’priklar esa faqat segmentlararo va keng uzatishli paketlarni retranslyasiya qilsa, unda marshrutizatorlar mustaqil tarmoqlarni ular orasida uzatish imkoniyatini saqlash sharti bilan bog’laydi.
    Aynan marshrutizatorlar ko’pincha lokal tarmoqlarni global tarmoqlar bilan, xususan, to’liq marshrutlanadigan tarmoq sifatida qaralishi mumkin bo’lgan Internet tarmog’i bilan aloqani amalga oshirish uchun ishlatiladi. Marshrutizatorlar, shuningdek, uzatish tezligini oson o’zgartiradi (masalan, Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet tarmoqlarini o’zaro bog’lash bilan).
    Yuqorida sanab o’tilgan aktiv kommunikasion qurilmalardan tashqari, tarmoqning alohida qismlarini shlyuzlar bog’lashi mumkin. Shlyuz mavjud turli dasturiy va apparat platformalarida qurilgan tarmoqlarni birlashtirishga imkon beradi. Masalan, shlyuz Unix platformasidagi tarmoqqa ishlayotgan abonentlarga Windows tarmog’idagi abonentlar bilan o’zaro aloqaga imkon berishi mumkin. Shlyuzlar qimmat va kam qo’llaniladigan tarmoq qurilmalardir.
    Tarmoqqa boshqa tarmoqdan ruxsat etishning oldini olish, tarmoqqa keladigan va undan chiqadigan ma’lumotlarni nazorat qilish uchun mo’ljallangan apparat dasturiy vositalari brandmauyerlar (firewall) deyiladi. Ular tarmoqni ruxsatsiz kelgan ma’lumotlardan himoyalaydi (masalan, internetdan), shuning uchun himoyalanadigan tarmoqning chegarasida o’rnatiladi va tarmoqqa faqat ruxsat etiladigan paketlarni o’tkazadi.
    Tashqaridan keladigan IP-paketlarni filtrlaydigan brandmauyerlar eng ko’p tarqalgan tur hisoblanadi. Jo’natuvchi va oluvchi, manzillar portlar tartib raqamlari IP-manzillariga bog’liq ravishda brandmauyerlar paketlarni o’tkazadi yoki chiqarib yuboradi. Brandmauyer xotirasidagi filtrlash qoidalari ro’yxati ruxsat etilgan IP-manzillar, protokol turlari jo’natuvchi portlar va oluvchi portlar tartib raqamlaridan iborat. Bu qurilma ichidagi filtrlar paketlar ichidagi ma’lumotlarni emas, faqat paketlarning sarlavhasini tekshiradi.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.