• Fizik struktura
  • Muhitga determinantlangan ruxsat etish




    Download 3,98 Mb.
    bet62/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Muhitga determinantlangan ruxsat etish usuli.
    Bu usul maxsus kadr - markerning ishlatilishiga asoslangan. Bu usul ko’pincha “halqa” topologiyasida qo’llanadi, shuning uchun markerli ruxsat etish usulining ishlashini halqali topologiya misolida ko’rib chiqamiz. Halqa bo’yicha abonentlarga o’z paketlarini uzatish huquqini taklif etadigan marker to’xtovsiz aylanadi. O’zining malumotlar paketini uzatishni istagan abonent, unga keladigan bo’sh markerni kutishi, markerga o’z paketini qo’shishi, markerni band sifatida belgilash va halqa bo’yicha butun uzatishni jo’natishi kerak. Barcha qolgan abonentlar paket qo’shilgan markerni olib, manzilni tekshiradi. Agar uzatish ularga yuborilmagan bo’lsa, u holda ular band markerli jo’natmani halqa bo’ylab keyingi kompyuterga uzatadi.
    Agar qandaydir abonent paket unga yuborilganiga ishonch hosil qilsa, u holda u uzatishni qabul qiladi va markerda qabul qilinganligini tasdiqlash bitini o’rnatadi, hamda jo’natmani halqa bo’ylab keyingisiga uzatadi. Paketni uzatgan abonent butun halqa bo’ylab o’tgan o’zining jo’natmasini qaytadan qabul qiladi, o’z paketini chiqaradi, markerni bo’sh sifatida belgilaydi va bo’sh markerni halqa bo’ylab jo’natadi. Bo’sh marker o’z paketini jo’natishni hoxlagan navbatdagi (keyingi) abonent uni egallab olmaguncha halqa bo’ylab aylanadi.
    Bunday tarmoqning abonentlaridan biri, ko’pincha tarmoq serveri, marker halaqitlar va ishlashdagi uzilishlar tufayli yo’qolib qolmasligini kuzatib boradi. Bu usulning tasodifiy ruxsat etish usulidan afzalligi shundaki, bu yerda ruxsat etish vaqtining qiymati doimiy belgilangan. Markerli usul trafigining katta yuklanganligida samarali, u tarmoqni maksimal intensivlikda ishlashga majbur qiladi.
    Markerli ruxsat etish usuli faqat halqada (Token Ring yoki FDDI) emas, shinali topologiyada yoki passiv yulduz texnologiyasida ishlatilishi mumkin. Bu holda fizik emas, mantiqiy halqa ishlatiladi, yani barcha abonentlar ketma-ket bir-birlariga markerlarni uzatadi va bu markerlarni uzatish zanjiri yopiq.
    Aktiv kommunikasion qurilmani vazifasini ko’rib chiqishga o’tishdan oldin tarmoqning fizik va mantiqiy struktura tushunchasini aniqlaymiz.
    Fizik struktura (fizik aloqalar) kompyuterlarning elektr ulanishi orqali aniqlanadi va graf ko’rinishida bo’lishi mumkin. Uning bog’lamalari kompyuterlar va aktiv kommunikasion qurilmalar, graf qirralari esa bog’lamalar juftligini bog’laydigan kabel (passiv kommunikasion qurilma) bo’laklariga mos keladi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhitga determinantlangan ruxsat etish

    Download 3,98 Mb.