M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




Download 3,98 Mb.
bet59/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Virtual kanal. Paketlar kommutasiyali tarmoqda oxiri bog’lamalarni bog’laydigan yagona, oldindan o’rnatilib qayd etilgan marshrut virtual kanal deyiladi. Virtual kanallar texnologiyasi umumiy trafikdan malumotlar oqimini ajratadi, uning har bir paketi belgi bilan belgilanadi.
Virtual kanalning o’rnatilishida jo’natuvchi bog’lamadan so’rov jo’natiladi (bog’lanishni o’rnatish paketi). So’rovga jo’natish manzili va oqimining belgisi ko’rsatiladi, buning uchun jo’natish manziliga mos ravishda so’rov kommutatorlarining har birida harakatlanish yo’nalishi bo’ylab uning kommutasiya jadvalida yangi yozuvni shakllantiradi (3.16-rasm). Bu kommutasiya jadvali deytagrammali uzatishdagi jadvaldan farqli ravishda barcha bo’lishi mumkin bo’lgan jo’natish manzillari haqida emas, faqat shu kommutator orqali o’tadigan virtual kanallardan iborat bo’ladi. Yirik tarmoqlarda kommutasiya bog’lamalari orqali qo’yiladigan virtual kanallar soni umumiy bog’lamalar sonidan sezilarli kam, shuning uchun bog’lamalar kommutasiya jadvallari ancha qisqa, bunday jadvalni tahlil qilish kam vaqtni oladi. Virtual kanalli tarmoqlarda oxirgi bog’lama belgisi va paket sarlavhasini yuborish bog’lamaning uzun manzili o’rniga oqimning qisqa identifikatoriga ega. 3.17-rasmda virtual kanal tashkil etishli uzatish texnologiyasining misoli keltirilgan. Birinchi kanal №1 manzilli oxirgi bog’lamadan №2 manzilli oxirgi bog’lamagacha K1, K2, K4 kommutatorlari orqali o’tadi. Ikkinchi virtual kanal №3-K5-K3-K1-№1 marshrut bo’yicha malumotlarning harakatlanishini ta’minlaydi.






Virtual kanallar X,25, Frame Relay, ATM texnologiyalarning asosiy konsepsiyasi hisoblanadi.


Paketlar kommutasiyasi texnologiyasi kanallar kommutasiya texnologiyalaridan farqli ravishda abonentlar kompyuterlari orasidagi ko’plab bog’lanishlarni bir vaqtda shakllanishini ta’minlaydi. Trafikni ishlatishda faol kommutasiyalashda qatnashadigan bog’lamalar bo’lgan bunday texnologiya uzatiladigan ma’lumotlarda xatoliklarni topish va tuzatishga, monitoring olib borish va tarmoqni boshqarish imkonini beradi.



3.1-jadvalda kanallar kommutasiyasi va paketlar kommutasiyasi amalga oshiruvchi tarmoqlarning asosiy sifat xarakteristikalarining nisbiy tahlili natijalari keltirilgan.





Download 3,98 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Download 3,98 Mb.