• 3.3. Axborotlarni kodlash va uzatish
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet53/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Simsiz radiokanal havo muhiti orqali ishlaydi. Radiokanal bo’ylab uzatish tizimi o’sha bir chastota diapazoniga sozlangan radiouzatgich va radioqabullagichni o’z ichiga oladi. Radiokanal bo’ylab uzatish tezligi faqat qabullash/uzatish apparaturasining o’tkazuvchanlik xususiyati bilan cheklangan. Tezkor kanallar 2 Mbit/s va undan yuqori uzatish tezliklarni ta’minlaydi. Simsiz aloqa kanallari yomon halaqitbardoshlikka ega, lekin foydalanuvchiga maksimal mobillikni va tezkorlikni ta’minlaydi. Kompyuter tarmoqlarida simsiz kanallar kabel texnologiyalarining qo’llanilish qiyin bo’lgan joylarda ishlatiladi.
    So’ngi vaqtlarda qisqa masofalarda radiokanallar bo’ylab ma’lumotlarni uzatish Bluetoth texnologiyasi rivojlandi. Bu texnologiya simsiz telefonlar, kompyuterlar va turli tashqi qurilmalar orasida, hatto to’g’ri ko’rinish bo’lmaganda aloqani amalga oshirish imkonini beradi. Bluetoth texnologiyalarning rivojlanish yo’nalishlaridan biri uncha katta bo’lmagan tashkilotlar, ofislari lokal tarmoqlari bo’ldi. Bluetoth simsiz aloqa texnologiyasining kamchiligi nisbatan kichik 720 Kbit/s gacha ma’lumotlarni uzatish tezligi hisoblanadi.



    Oraliq apparatura turiga bog’liq ravishda kompyuterlar orasidagi barcha aloqa liniyalari analog va raqamli liniyalarga bo’linadi. Analog liniyalarda oraliq ulaydigan va kommutasiyalovchi apparatura analog signallarni kuchaytirish uchun mo’ljallangan. Raqamli liniyalarda signallar diskret ko’rinishda uzatiladi, bunday kanalga kiritilishidan oldin signal raqamli shaklga o’zgartiriladi va analog signalning joriy qiymati 8 razryadli ikkilik kod bilan akslantiriladi. Standart raqamli kanal bo’ylab uzatish tezligi (diskretlashtirish chastotasi 8 kbs bo’lganda) 64 kbit/s ni tashkil etadi.




    3.3. Axborotlarni kodlash va uzatish

    Kodlash, ya’ni axborotlarni diskret ko’rinishida uzatish ishlatiladigan kanalning uzatish tezligiga va o’tkazish xususiyatiga ta’sir qiladi. Kodlash qabul qiluvchi va uzatuvchi orasida sinxronlashtirishni, barqarorlikni, xatoliklarni topish va tuzatishni ta’minlashga yordam beradi. Keng qo’llaniladigan kodlash usullarini ko’rib chiqamiz (3.3-rasm).








    Download 3,98 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.