M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




Download 3,98 Mb.
bet49/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Yulduzsimon topologiyada (3.1,v-rasm) har bir kompyuter umumiy markaziy qurilmaga maxsuslashtirilgan qurilma (konsentrator, kommutator, marshrutizator) tarzida yoki universal kompyuter, ya’ni tarmoq ishini boshqaradigan server tarzida ulanadi.
Server orqali axborotlarni almashtirishda ishchi stansiyalar orasidagi bahsli vaziyatlar bo’lmaydi, lekin tarmoqni qo’llash serverning ko’p sonli abonentlarga xizmat ko’rsata olish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. Tarmoqning o’tkazish qobiliyati ham markaziy bog’lamaning quvvati orqali aniqlanadi.
Agar markaziy bog’lamada server o’rnatilgan bo’lsa, u holda bunday topologiya “aktiv” topologiya deyiladi, serverning xarakteristikalari uzatish tezligi va ishlash tartibi, radial yo’nalishlar va terminallar sonini aniqlaydi. “Passiv” texnologiya variantida markaziy qurilma sifatida marshrutizator yoki “xab” ishlatiladi. U uzatiladigan signallarni kuchaytiruvchi radial yo’nalishlar ulagichi hisoblanadi.
“Yulduz” topologiyasining afzalligi tarmoqning ishlashini bitta markaziy qurilmadan nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi. Shu bilan birga bu texnologiya kabelli jihozlarga katta sarflarni, markaziy bog’lamaga (serverga) katta harajatlarni talab qiladi. Bazan tarmoqning yulduzsimon varianti bir necha kosentratorlar va bitta server bilan ishlatiladi (3.1,g-rasm). Bu “yulduz” turidagi bir necha segmentlarning kombinasiyasi bo’lgan daraxtsimon topologiya hisoblanadi.
Tarmoq “yulduz-shina” kombinasiyasida bo’lishi mumkin (3.1,d-rasm), bunda konsentrator yoki server orqali alohida ishchi stansiyalar emas, butun shinali segmentlar ulanadi. Boshqa ulanish varianti “yulduz-halqa” bo’lishi mumkin. Bunda tarmoqning bir segmenti ishchi stansiyalarning yulduzli ulanishida qolgan segmentlarning ulanishi esa halqali ulanishda bajariladi.



Shu bilan bir vaqtda ko’lami bo’yicha uncha katta bo’lmagan tarmoqlar namunaviy topologiya (yulduz, halqa, shina) ga ega bo’lgan, yirik tarmoqlar mavjud topologiyalar asosida yoki ularning kombinasiyasida yaratiladi, shuning uchun ular aralash toifaga kiradi. Tarmoq kompyuterlari orasida o’zaro aloqa bog’lash ish tartibi bog’lamalar orasida kommunikasiya usulini aniqlaydi.

Download 3,98 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Download 3,98 Mb.