• Halqali topologiyada
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet48/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Shina topologiyali tarmoqlarda (3.1,a-rasm) axborotlarni uzatish muhiti barcha ishchi stansiyalar uchun teng ruxsat etishli magistral kommunikasion yul ko’rinishida taqdim etiladi. Uzatadigan foydalanuvchidan axborot tarmoqdagi barcha kompyuterlarga (bog’lamalarga) keladi, lekin bu axborotni manzillangan qurilma qabul qiladi.
    Muhitdan foydalana olish uchun shina topologiyasida musobaqa usulidan foydalanadi. Shuning uchun shinaga yuboriladigan axborotni faqat manzilli uzatiladigan xabarda belgilangan va oluvchi manziliga mos kompyuter qabul qiladi. Har bir vaqt momentida faqat bitta kompyuter xabar yuborishi mumkin, u uzatishdan oldin shinaning bo’shashini kutishi kerak bo’ladi. Har bir kabelning oxiriga elektr signallarning aks sadosini oldini olish uchun yuqori Omli qarshilik (terminator) ulanadi.
    Shinali topologiyali tarmoqlarda markaziy bog’lama yo’q, shuning uchun serverning vazifasi tarmoqning axborot resursini yig’ish va saqlash bo’ladi, bu yerda tarmoqning ishini boshqarish funksiyasi minimumga keltirilgan.
    Yangi ishchi stansiyalar qo’shilganda va kabelning uzunligi oshirilganda, kabel bo’yicha uzatiladigan signal so’nadi, shuning uchun kuchaytiradigan bog’lama - repiter qo’yiladi. Repiter yordamida tarmoqning o’lchamini oson oshirish mumkin, lekin ishchi stansiyalar sonini o’ta ko’p oshirish tarmoqning o’tkazish qobiliyatiga salbiy tasir etishi mumkin, chunki vaqtning har bir momentida bir juft kompyuter (uzatadigan va qabul qiladigan) ishlaydi va ishchi stansiyalar soni ortganida navbat hosil bo’ladi.
    Bu topologiya malumotlar uzun faylli uzatilganda samaraliroq, shuning uchun shinali topologiyaning ofislarda, ishlab chiqarish bo’linmalarida, o’quv kompyuter tizmlarida qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Qaysidir kompyuterning ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga tasir etmaydi, lekin kabelning ishlashidagi har qanday o’zgarish yoki uning uzilishi tarmoqning ish faoliyatini buzadi. “Shina” topologiyasidan Ethernet texnologiyasi foydalanadi.
    Halqali topologiyada (3.1,b-rasm) har bir ishchi stansiya aloqa liniyalari orqali ikkita qo’shni stasiyalarga ulangan, malumotlar bitta kompyuterdan boshqasiga halqa bo’ylab uzatiladi. Har qanday bog’lamalar juftligi ikkita yo’l bilan soat strelkasining aylanishi bo’yicha va unga qarshi yo’nalishda ulangan.
    Aloqa liniyasining har bir bo’lagida axborotlar bir bog’lamadan boshqasiga uzatiladi, bunda tarmoqning qabul qiladigan bog’lamasi istemolchi vazifasini (agar xabarda uning manzili ko’rsatilgan bo’lsa) yoki signal shaklini qayta tiklashli va uni halqa bo’ylab keyingi uzatuvchi takrorlovchi (repiter) vazifasini bajaradi. Bunday uzatish usuli tarmoq serveriga manzillarga malumotlarni yetkazish jarayonini nazorat qilish imkoniyatini taminlaydi. Uzatish seansining tashabbuskori istalgan ishchi stansiya bo’lishi mumkin, bunda malumotlar halqaning barcha ishchi stansiyalarining takrorlovchilaridan o’tib uzatuvchi stansiyaga qaytadi va uni o’chiradi.
    Halqali tarmoqqa yangi abonentlarni ulash juda oson, lekin ulanish vaqtiga trafikni to’xtatish talab qilinadi. Maksimal abonentlar soni bir necha yuzlab abonentlarga yetkazilishi mumkin. Halqali texnologiya malumotlar oqimi bo’yicha o’ta yuklanishlarga barqaror, yani uzatiladigan paketlar halqa bo’ylab bir-birlaridan keyin kesishmasdan o’tadi. Fizik aloqalarning halqa topologiyasi Token Ring va FDDI texnologiyalarda keng ishlatiladi.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.