|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 50/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevSimpleks ish tartibi ma’lumotlarni faqat bir yo’nalishda uzatishga imkon beradi, uzatuvchi bog’lama uzatish vaqtida aloqa kanaliga yakkaxon egalik qiladi.
Yarim dupleks ish tartibi ma’lumotlarni ikki tomonlama, lekin har bir vaqt momentida faqat bir yo’nalishda uzatishga ruxsat etadi. Yo’nalishlarning almashtirilishi maxsus signalning berilishini va tasdiqlanishning olinishini talab qiladi.
Dupleks rejim axborot ma’lumotlarni har ikki qarama-qarshi yo’nalishlarda bir vaqtda uzatilishiga ruxsat etadi. Agar har ikkala yo’nalishlarda o’tkazuvchanlik xususiyati bir xil bo’lsa, bu ish tartibi simmetrik dupleks ish tartibi, agar o’tkazish oraliqlari turli bo’lsa, bu rejim nosimmetrik dupleks ish tartibi bo’ladi. Dupleks kanal ikki fizik muhitdan iborat bo’lishi mumkin bo’lib, ulardan har biri axborotlarni bir yo’nalishda uzatish uchun ishlatiladi.
Asinxron uzatish ish tartibi qabul qiluvchi va uzatuvchi uchun yagona sinxronlashtirish manbaining bo’lmasligini ko’zda tutadi, ma’lumotlarni almashtirish ixtiyoriy vaqt momentida boshlanishi mumkin.
Almashuvning sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi vaqt birligida uzatiladigan bitlar soni (Bit/s, Kbit/s, Mbit/s);
Aloqa kanalining o’tkazish xususiyati vaqt birligida aloqa tizimi bo’ylab uzatishi nazariy erishish mumkin bo’lgan axborotlar miqdori hisoblanadi;
Xatoliklar darajasi yoki xatoliklarsiz uzatish ehtimolligi-uzatilgan axborotning umumiy hajmiga nisbatdan xatolik bitlarining o’rtacha soni.
Yana bir sifat ko’rsatkichi uzatishning ishonchliligini nazorat qilish hisoblanadi. Asosiy yo’l uzatiladigan axborotlarga qo’shimcha bitlar kiritishi hisoblanadi (belgilar darajasida yoki kadrlar darajasida). Qo’shimcha bitlar yig’indisiga uzatuvchi tomon foydali axborotdan ma’lum qoidalar bo’yicha hisoblanadigan kodni joylashtiradi, qabul qiluvchi bu kodni o’zi hisoblagan qiymat bilan taqqoslaydi. Taqqoslanadigan qiymatlarning to’g’ri kelmasligi foydali axborotda xatoliklar birligini bildiradi. Qo’shimcha bitli xizmat axboroti nazorat yig’indisi (kontrol summasi) deyiladi, u barcha baytlarning nolgacha yoki barcha birlik yig’idisiga qo’shimcha hisoblanadi. Yig’indini hosil qilish modul bo’yicha kadr maydonida bajariladi. Qabul qiluvchi modul bo’yicha kadrning barcha baytlarini nazorat kodi bilan birga qo’shib, barcha nollar yoki barcha birlarni olishi kerak.
Nazorat yig’indi ishonchlilikni nazorat qilishda juda oddiy va ko’p tarqalgan usul hisoblanadi va ma’lumotlarni uzatish tizimlaridan tashqari disklar va tasmalardagi to’plagichlarda qo’llaniladi.
|
| |