• , t5 momentdan
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet42/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Keyingi t3 momentda prosessor birinchi buyruqning uchinchi bosqichini (ma’lumotlarni o’qish), ikkinchi buyruqning ikkinchi bosqichini (deshifrasiya) va uchinchi buyruqning birinchi bosqichini (buyruqni o’qish) bajaradi.
    Keyingi t4 momentda endi bir vaqtda prosessorning turli bog’lamalarida dastur buyruqlarining bir-birlaridan keyin keladigan to’rtta bosqichlari bajariladi.
    Nihoyat t5 vaqt momentida prosessor birinchi buyruqning oxirgi beshinchi bosqichini va dastur buyrug’ining hisobi bo’yicha beshinchi buyruqning birinchi bosqichini bajaradi. Shunday qilib, t5 momentdan boshlab prosessorning barcha beshta asosiy funksional bog’lamalari ishlaydi va bir-birlaridan keyin keladigan dastur buyruqlarining navbatdagi beshtasini bir vaqtda konveyerli ishlov berish jarayoni amalga oshadi.
    Buyruqlar bajarilishining oddiy nokonveyerli usulida har bir t vaqt momentida dasturning bitta buyrug’i bajariladi.
    Konveyerlashtirish faqat bajariladigan buyruqlar taxminan ishlatilishi vaqtiga teng vaqtga ega bo’lganida samarali. Masalan, konveyerli ishlov berishda bir operasiyaning bir necha bosqichlarda bo’linib bajarilishi to’la yuklanishga yaqin bo’lganida, dasturning navbatdagi operandlarining uzatilishi tezligi apparat vositalarining maksimal unumdorligiga mos kelganda samaralidir. Agar kechikish vujudga kelsa, parallel bajariladigan operasiyalar soni kamayadi. Bunda operasion tizim yordamida yo’qotilishi mumkin bo’lgan bahsli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin. Operasion tizim bu barcha vaziyatlarda bahsli vaziyatlarning to’satdan vujudga kelishi vaqtdan yo’qotishlarni kamaytirish mexanizmiga ega bo’lishi kerak.
    Bir vaqtda qo’shilib bajarilishi mumkin bo’lgan buyruqlar kombinasiyalarini (navbat almashish) alohida apparatli bloklar quvvatlay olmaydigan hollarda bahsli vaziyatlar vujudga keladi. Bu dastur buyruqlari ham tez ishlatiladigan mantiqiy buyruqlarga, ham uzoq bajariladigan arifmetik buyruqlaridan iborat bo’lishi tufayli vujudga keladi. Bunday arifmetik buyruqlar bajarilish siklining kechikishini keltirib chiqarishi mumkin, bu operasion tizimning aralashuvini talab qiladi. Kechikishda hamda ishlov berishda ham xotiraga murojaat qilishda ortiqcha taktlar paydo bo’lishi mumkin. Bu holda konveyerni bajarish tizimi bir taktga ishni to’xtatishga majbur.
    Bunday bahsli vaziyatlar quyidagilar hisobiga yechiladi:

    • xotirani modulli qurish, bir necha modullardan biriga murojaat qilish ehtimolligi yuqori bo’lishi;

    • kesh-xotiraning borligi, murojaat qilish OX va kesh-xotira orasida bo’linish mumkin (ba’zan kesh-ma’lumotlar va kesh-xotiralar ajratiladi);

    • OX xotiraning o’zi ham ma’lumotlar va buyruqlar xotirasiga ajratiladi.


    Download 3,98 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.